NamDU Registrator Ofis
11.4K subscribers
32K photos
3.42K videos
446 files
11.8K links
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali!

Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin.

Murojaat: @namdu_murojaat
Aloqa uchun: +998692395006
Download Telegram
#Yil_talabasi2025 #Natijalar

“Yilning eng faol talabasi - 2025” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan e’lon qilingan “Yilning eng faol talabasi - 2025” ko‘rik-tanlovining Namangan davlat universiteti bosqichi natijalari bilan tanishing:

📌 «Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin: To‘xtasinov Mira’zam Abdujabbor o‘g‘li - Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi;
🥈 2-o‘rin: Usmonjonova Ozodaxon Komiljon qizi - Biotexnologiya fakulteti 3 - bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin: Foziljonova Niholaxon Fayoz qizi - Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi


📌 «Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin: Tursunboyev Xusayn Xabibullo o‘g‘li - Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin: Abdumutalov Mirzoolim Abdunabi o‘g‘li - Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin: Zokirjonov Akramjon Akramjon o‘g‘li - Fizika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi


📌 «Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin: Abdullayev Maxmal Axmetovnna - Fizika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin: Ikromjonova Madina Anvar qizi - Jahon tillar fakulteti 2-bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin: Nazirjonova Gulasalbonu Nazirjon qizi - Biotexnologiya fakulteti 3 -bosqich talabasi


📌 «Yilning eng faol sportchi talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin: Tursunpo‘latova Malikaxon Maqsudjon qizi - San'at va sport fakulteti 4 -bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin: Anvarova Muhsinaxon Otabek qizi - Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin: Davlataliyev Dostonbek Rustam o‘g‘li - Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi


📌 «Yilning eng faol iqtidorli talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin: Abjalilova Gulmira Mahmudjon qizi - San’at va sport fakulteti 3 -bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin: Ibroximov Muhammadyusuf Sodiqjon o‘g‘li - Yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin: Nabibullayeva Madinabonu Alisher qizi - Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi


📌 «Yilning eng faol ijodkor talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin: Sattixo‘jayev Qahramon Saidxon o‘g‘li - Yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin: Asqaraliyeva Dilshoda Hojiakbar qizi - Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin: Shermirzayeva Maxliyo Murotjon qizi - Jahon tillar fakulteti 2-bosqich talabasi


📌 «Yilning eng faol tadbirkor talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin: Abdulvositova Fazilat Abdurashid qizi - Fizika-matematika fakulteti 3-bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin: Karimberdiyeva Sojida Qahramon qizi - Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
🥉 3-o‘rin: Mamatova Sanmanxon Akmaljon qizi - Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi


📌 Tanlov nizomiga muvofiq har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 7 nafar g‘oliblar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Ushbu g‘olib talabalarimizga tanlovning respublika bosqichida ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65❤‍🔥3🔥2🥰1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin:

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
👉
kontrakt;
👉 ipoteka kreditlari;
👉 nodavlat bog’cha va maktablar.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.


👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍2🔥1
#Bilasizmi

⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?

JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
2👍2🔥1
DIQQAT EʼLON!!!

Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul bo‘lmoqda:

1. Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 13.822.600 so‘m.
2. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.382.000 so‘m.
3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7.888.000 so‘m.
4. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.888.000 so‘m.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍52
#Natijalar #20noyabr

👍 Namangan davlat universitetida 20-noyabr kuni o‘tkazilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim imtihonlari va suhbatlari natijalari e’lon qilindi.

💼 Imtihon natijalarini imtihon.namdu.uz sayti orqali har bir talabgor oneid tizimiga ulangan telefon raqami orqali bilib olishlari mumkin!

ESLATMA: Apellyatsiya bo‘yicha murojaatlar imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi.


Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
KUN TARIXI

Bugun 22-noyabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Xalqaro psixologlar kuni.
🇺🇳BMT – O‘g‘il farzandlar kuni.
🌏Lug‘atlar va ensiklopediyalar kuni.
🇦🇲Armaniston – Bank xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
🔹1946 – Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi.
🔹1986 – Mayk Tayson boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
🔹2008 – Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi.

#tavalludlar
🔹1787 – Rasmus Rask – daniyaliik tilshunos olim.
🔹1819 – Jorj Eliot – ingliz shoiri.
🔹1877 – Joan Gamper – Barselona futbol jamoasi asoschisi.
🔹 1911 – Asror Jo‘rayev – O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1986 – Dilnoza Kubayeva – o‘zbek kino va teatr aktrisasi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍63
Forwarded from RENESSANS NamDU
#Iqtidorli_talabalar_ilmiy_axborotnomasi

Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan «Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi» jurnalining 2025-yil 4-soni uchun maqolalar qabul qilish yakunlanmoqda.

📖 «Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi» jurnalining 1-soni, 2-soni va 3-sonlari bilan tanishing.

👨‍💼👩‍💼 Iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorantlar va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan barcha tadqiqotchilarni ushbu jurnalda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga harakat qilayotgan talabalar uchun yaxshigina imkoniyat.


✍️Maqolalarga qo'yilgan talablar

📥 Maqolalar joriy yilning 25-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) quyidagi manzil orqali qabul qilinadi.

🛫Mira'zam To‘xtasinov 😎

#Iqtidorli_talabalar_ilmiy_axborotnomasi #4_son

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👌2👍1👏1😍1🤝1
#Natijalar #21noyabr

👍 Namangan davlat universitetida 21-noyabr kuni o‘tkazilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim imtihonlari va suhbatlari natijalari e’lon qilindi.

💼 Imtihon natijalarini imtihon.namdu.uz sayti orqali har bir talabgor oneid tizimiga ulangan telefon raqami orqali bilib olishlari mumkin!

ESLATMA: Apellyatsiya bo‘yicha murojaatlar imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi.


Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3👏1
#Qayta_tayyorlov #Qabul

Qayta tayyorlov kurslariga marhamat!

Namangan davlat universiteti huzuridagi Oliy ma’lumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash markazida dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul davom etmoqda:

Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 13 822 600 so‘m.
Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 382 000 so‘m.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 898 000 so‘m.
Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 898 000 so‘m.

Murojaat uchun:
+998931749700 , +998939121800
Telegram:
@namdu_qtm_qabul

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🥰1
#Natijalar #22noyabr

👍 Namangan davlat universitetida 22-noyabr kuni o‘tkazilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim imtihonlari va suhbatlari natijalari e’lon qilindi.

💼 Imtihon natijalarini imtihon.namdu.uz sayti orqali har bir talabgor oneid tizimiga ulangan telefon raqami orqali bilib olishlari mumkin!

ESLATMA: Apellyatsiya bo‘yicha murojaatlar imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🥰1
Forwarded from Edu.uz
Fan va taʼlim integratsiyasi: samarali amaliyot

Namangan davlat universiteti
Biotexnologiya fakulteti huzuridagi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya talabalarning real texnologik jarayonlarda ishtirok etishini taʼminlamoqda.
Bu yerda qovun, qizilcha, xurmo, sabzi kabi xom ashyolardan tabiiy sukat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jarayonlarga 30 dan ortiq talabaning jalb etilgani ularning texnologik tajribasini chuqurlashtirmoqda. Mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy hamkorlarning ham eʼtiborini tortayotgani ilmiy ishlanmalar iqtisodiy samaradorligini koʻrsatadi.

Biologik tadqiqotlar markazida esa umumiy qiymati 2 milliard 624 million soʻmlik xalqaro va davlat dasturlari doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍721🔥1
🔴 Yana bir marta isbotlandi: ChatGPT bergan ma’lumotlarning yarmi noto‘g‘ri

📍 Yaqinda Dikin universitetida o‘tkazilgan tadqiqot ChatGPT chat-botidan akademik izlanishlarda foydalanishning ishonchliligi borasida jiddiy savollarni tug‘dirdi.

🔴 Tadqiqot natijalariga ko‘ra:
— Chat-botdan olingan ma’lumotlarning yarmidan ko‘pi noto‘g‘ri yoki uydirma iqtiboslardan iborat bo‘lib, ko‘plab havolalar mantiqsiz yoki mavjud bo‘lmagan manbalarga yo‘naltirilgani aniqlandi.
— Bu holat ChatGPTning ilmiy faoliyatda qo‘llanishini shubha ostiga qo‘yib, uning salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda.
— Ayniqsa, ko‘plab olimlar turli ilmiy yo‘nalishlarda ishlash jarayonini tezlashtirish maqsadida ushbu vositadan keng foydalanayotgan bir paytda bunday natijalar muhim ahamiyatga ega.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍53
⚡️ Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;

yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.


Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍41