Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
48.2K subscribers
15.8K photos
4.35K videos
49 files
5.68K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali

Boshqarmaning murojatlar boti
t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot

Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti
t.me/Namangandarslik_murojat_bot
Download Telegram
#MAORIF

🏫 "Бугун мактабда олган чуқур билимларингиз Янги Ўзбекистоннинг эртанги кунини белгилайди" - Наманган вилояти ҳокимининг ўринбосари Мустақиллик дарсини ўтди

Наманган вилоятидаги 715 та мактабда 549 минг 277 нафар ўқувчи “Биринчи қўнғироқ” тадбири билан дарсларни бошлади.

Билимлар куни Наманган шаҳридаги 6-сонли давлат ихтисослаштирилган умумтаълим мактабида ҳам кенг нишонланди.

Тадбирда Наманган вилояти ҳокимининг ўринбосари Жамшид Ҳотамов ўқувчиларга мактабда олинадиган чуқур билимлар Янги Ўзбекистоннинг эртанги кунини белгилашга хизмат қилажагини таъкидлади.

Жажжи ва юқори синф ўқувчилари билан мулоқотда бўлиб, уларни ота-оналари орзу қилган аълочи ўқувчи, Ўзбекистонимиз ишонган муносиб фарзандлар бўлишга руҳлантирди.

Қувонарлиси, ўтган ўқув йилида мактабни тамомлаган 85 нафар битирувчининг барчаси юртимиз ва хориждаги нуфузли олий ўқув юртларига қабул қилинди. Уларнинг ярмидан кўпи давлат гранти асосида талаба бўлиш бахтига эришди.

⤵️ Бизни кузатиб боринг!
🌐 namangan24.uz
👉 @namanganim24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TA'LIM MUASSASALARINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Pop, Chust tumanlari, Namangan shahri
MINGBULOQLIK O‘QUVCHI 8 BALLIK NATIJA BILAN IELTS SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI

Mingbuloq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Ozodbek Akramov bugunga qadar egallab kelayotgan bilimi hamda izlanishlari bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelmoqda. U ingliz tilidan IELTS sinovlarida 8 ball yig’ishga muvaffaq bo’di. Shuningdek, “APIO 2023” xalqaro olimpiadasi ishtirokchisi bo’lgan iqtidor egasi “Japan Digital University” tomonidan o'tkazilgan The Ninja IT contest turnirining respublika bosqichida qatnashib, 12 million soʻmlik grant sohibiga aylangan edi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda birgina mazkur maktabning 45 nafar o’quvchisi IELTS , CEFR va SAT sertifikatlariga ega bo’ldi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
📊 PISA 2025 asosiy tadqiqotiga tayyorgarlik doirasida sinov materiallarini tayyorlash bo‘yicha xalqaro darajadagi uchrashuv o‘tkazildi

Ushbu uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas'ullari hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) baholash va so‘rovnoma materiallarini tayyorlash bo‘yicha hamkori cApStAn (Belgiya) tashkiloti ekspertlari va tadqiqotda ishtirok etishi belgilangan 91 ta davlat vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda PISA 2025 asosiy tadqiqoti uchun baholash materiallarini tayyorlash bo‘yicha savollar muhokama qilindi.

Asosiy muhokamalarda:

🔹 Tajriba-sinov jarayonida foydalanilgan materiallar;
🔹tajriba-sinovning tahliliy natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
🔹tayyorlangan materiallarni qayta verifikatsiyadan o‘tkazish muddatlari haqida so’z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#қонунчиликдаги_ўзгаришлар

Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qator Kodeks hamda Qonunlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha orqali nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshirilishini belgilandi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 53-moddasi uchinchi qismiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli maqsadlar uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmasligi belgilandi.

Shuningdek, qabul qilingan yangi Qonunga koʻra:

taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi mexanizmi joriy etildi;

davlat taʼlim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi belgilandi.

👉 Qonunning to‘liq matni:
https://lex.uz/pdfs/7093724

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan shahrida «ZIYOKOR INTERNATIONAL SCHOOL» xususiy maktabi faoliyat boshladi
#diqqat_tanlov
#Namangan_viloyati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining birinchi tuman (shahar) bosqichi o'tkaziladi.

Tanlovning nizomi hamda tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishish uchun bu yerni bosing 👉TANLOV NIZOMI

♻️ 📍 Tanlov joriy yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida ro'yxatda ko'rsatilgan maktablarda bo'lib o'tadi.

Namangan shahar 15-maktab
Namangan tumani 5-maktab
Kosonsoy tumani 13-maktab
Mingbuloq tumani 6-maktab
To'raqo'rg'on tumani 12-maktab
Pop tumani 40-maktab
Norin tumani 34-maktab
Uychi tumani 22-maktab
Uchqo'rg'on tumani 2-maktab
Chust tumani 74-maktab
Chortoq tumani 8-maktab
Yangiqo'rg'on tumani 22-maktab
Davlatobod tumani 56-maktab
Yangi Namangan tumani 86-maktab

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
“ZAKOVAT” G’OLIBLARI ANIQLANDI

“ZAKOVAT” intellektual o‘yinining Davlatobod tuman bosqichida 24 ta jamoaning 144 nafar bilimdon yoshlari o’zaro kuch sinashdi. Barcha yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan bir-biridan qiziqarli va murakkab savollar o‘ynalgan bahslar murosasiz kechdi. Unda o‘quvchilar tezkorlik, tanqidiy va tahliliy fikrlash borasidagi bilim va mahoratlarini namoyish qildilar. Yakunda 18-DIMIning “Zukkolar” jamoasi 3-, 49 - maktabning “Mustaqillik avlodlari” jamoasi 2 - o’ringa sazovor bo’ldi. 3-DIMIning “Irfon” jamoasi 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Yangi Namangan tumanidagi 55 – maktabda "Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni" mavzusida ma’naniy - ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Unda ishtirok etgan tuman prokurori Habibullo Isaqov Bosh Qomusining yaratilish tarixi, qamrab olingan jihatlar, mazmun – mohiyati haqida so‘z yuritib, bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida yigit-qizlarimiz turli sohalarda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, vatanimiz shuhratini butun dunyoga tarannum etayotganini alohida ta’kidladi. Yoshlar Konstitutsiya to’g’risida fikr – mulohazalarini bildirib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi. Uchrashuv so’nggida iqtidorli o’quvchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati