Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.39K subscribers
27.6K photos
5.09K videos
1 file
12.1K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Pop va Chust tumanlaridagi g‘alla o‘rimi jarayonlari bilan tanishdi

Bugun polkovnik Shuhrat Aliyev Pop tumanining “Xudoyberganov” MMTP va Chust tumanidagi “O‘zbekiston” MMTP hududlaridagi g‘alla maydonlarida bo‘lib, o‘rim mavsumiga masʼul bo‘lgan xodimlar bilan uchrashdi hamda g‘alla o‘rimi jarayonini o‘rgandi.

Shuningdek, Pop don mahsulotlarini qabul qilish shahobchasi faoliyati ham o‘rganilib, g‘alla o‘rimi mavsumida don mahsulotlarini saqlash va tashishda yong‘in hamda yo‘l harakati xavfsizligiga qatʼiy amal qilish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Pop tumanida sodir bo‘lgan tan jarohati bilan bog‘liq hodisa yuzasidan

Joriy yilning 11-iyun kuni soat 11:30 larda Pop tumani, Madaniyat mahallasi hududida joylashgan bilyard klubida ikki guruh yoshlar o‘zaro janjallashib, ulardan uch nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari olishgan. Jumladan, M.T. (videodagi shaxs) hodisa natijasida og‘ir tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan 11.06.2024-yilda Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi "e, l" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, ayblanuvchining ushbu harakatlariga daxldor bo‘lgan qolgan shaxslar ham jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hozirda Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda va jinoyat ishi Namangan viloyati IIB tomonidan alohida nazoratga olingan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
IIV Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Yashash manzili bo‘yicha Namangan viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;

- Bo‘yi erkaklar uchun 165, ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmasligi;

- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (erkaklar uchun);

- Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.

To‘liq maʼlumotlar shu yerda 👈🏻

Eslatma: IIV MOI Kasbiy tayyorgarlik fakultetida ichki ishlar organlarining serjantlar tarkibidagi lavozimlar uchun mutaxassislar tayyorlanadi, mazkur o‘qishni tamomlaganlar ichki ishlar organlarida faoliyat olib boradi.

Arizalar 2024-yilning 01-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun: ☎️+99869-210-32-06

Qo‘shimcha maʼlumotlar

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
To‘raqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

“Shovon” mahallasida tashkil etilgan Yuzma-yuz muloqotda aholi uy-joy zarurati, tadbirkorlik faoliyatidagi muammoni yechimga keltirish, subsidiyaga chok mashina olish, imtiyozli kredit ajratish, tibbiy yordam, uy-joy taʼmirlash kabi masalalarda yordam so‘rashdi.

Bildirilgan taklif va muammolarni hal etish bo‘yicha tumandagi masʼul  tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Post-patrul xizmati xodimlari vakolatiga kiritilgan yangi moddalar bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus bog'chada "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi

Ushbu tadbirda Namangan viloyati YHXB va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ham ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga sherik bo'lishdi.


Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
“Qonunchilikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Chortoq tuman IIB shaxsiy tarkibiga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, tamagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik, temir intizom bilan o‘z xizmat vazifasini bajarish bo‘yicha Chortoq tumani IIB boshlig‘ining MMI bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan profilaktik ogohlantirish ishlari olib borildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube