Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.07K subscribers
30.7K photos
5.37K videos
1 file
12.9K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Muhim masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Kosonsoy tuman IIBda "temir intizom oyligi" munosabati bilan IIV shaxsiy xavfsizligi xizmati Namangan viloyati bo‘yicha masʼul xodimi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xodimlar xizmat, transport intizomiga rioya etish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, tamagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida, qonuniy ko‘rib chiqish bo‘yicha ogohlantirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan huquq-tartibot maskanlarining faoliyati muhokama qilindi

Joriy yilning aprel oyida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumani hududlarida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, aholi muammolari, shuningdek, murojaatlarini tezkorlik bilan qonuniy hal etishda yangicha tizim tashkil etilib, unga ko‘ra, ushbu shahar-tumanlar 15 ta kichik hududlarga bo‘linib, ularning har birida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi huquq-tartibot maskanlari tashkil etildi.

Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati rahbariyati, Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumani IIBlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari boshliqlari, shuningdek, 15 ta huquq-tartibot maskani bosh inspektorlari ishtirok etib, huquq-tartibot maskanlarining ikki oylik ish faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi hamda hududlarda ishni samarali tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlari namoyish etildi.

Yig‘ilish davomida so‘nggi 2 oy ichida kichik hududlarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi ahvoli chuqur tahlil qilinib, huquq-tartibot maskanlarining faoliyati natijasida jinoyatlar salmog‘i sezilarli darajada kamayganligi alohida taʼkidlab o‘tildi. Shu bilan birga, maskanlarni to‘liq raqamlashtirish, u yerda soha xizmatlar faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish bo‘yicha masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Norin tumanining “Pastki Cho‘ja” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Norin tumani 3-sektor rahbari “Pastki Cho‘ja” mahallasi fuqarolari bilan Yuzma-yuz muloqot qildi.

Qabul davomida hudud ahli davolanish, suyultirilgan gaz yetkazib berish, ishga joylashish va boshqa masalalardagi murojaatlarini bayon qildilar. Mazkur murojaatlar belgilangan tartibda hal etish uchun mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nabiralar o'rniga "ko'knor" tarbiyalagan jinoyatchi (Namangan)

©️ "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Yoshlar bandligini taʼminlash masalasi muhokama qilindi

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi majlislar zalida sektor rahbarlari ishtirokida shu masalada tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tumanda 456 nafar 18-30 yosh oralig‘idagi ishsiz yigit-qizlar ro‘yxatga olingan va ularning 207 nafarining bandligi taʼminlandi. Yig‘ilish davomida “Axsi”, “Chustko‘prik”, “Oqtosh”, “Baxt” mahallalari yoshlar yetakchilari bu borada sust ishlagani tanqid qilindi. Norasmiy ishdagi 6090 nafar yoshni rasmiy ro‘yxatga o‘tkazishda esa “Olchin” “Axsi”, “Qatag‘on”, “Ozod”, “Obodon” mahallalari hokim yordamchilarining faoliyati sezilmagani taʼkidlandi.

Shu bois tuman hokimi tomonidan har ikki yo‘nalishdagi topshiriqni yakunlash uchun yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilariga muddat berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube