Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.08K subscribers
24.7K photos
4.83K videos
1 file
11.3K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Dars vaqtida savdo bilan band bo‘lgan o‘quvchilar maktabga qaytarildi

Namangan shahar IIO FMB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor-psixologlari tomonidan Namangan shahrida joylashgan bozorlarda sababsiz dars mashg‘ulotlarini qoldirib, savdo bilan shug‘ullanayotgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd tadbirlari davomida maktab o‘quvchilari va ularning yaqinlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, dars mashg‘ulotlariga qaytarildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Наманган вилояти ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси томонидан навбатдаги ўқув машғулот ўтказилди
Батафсил
———
Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi
Batafsil

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Profilaktik tadbirlarning "Dolzarb 40 kunligi" davomida amalga oshirilayotgan ishlar

Namangan viloyat IIB Ijtimoiy profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar doirasida Pop tumanining Uyg‘ur, Paxtakor hamda Iftixor MFYlarida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar hamda mahalla masʼullarining faoliyati o‘rganildi. Mazkur hududlarda aholi bandligini taʼminlash, ular orasida jinoyat va huquqbuzarliklar yuzaga kelishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avtomobil qatnov yo‘llarida o‘tkazilgan reyd tafsilotlari

©️"Navbatchilik qismi" xabarlari informatsion dasturi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati hududida tezkor-profilaktik tadbirlarning "dolzarb 40 kunligi" doirasida jinoyatchilikka chek qo‘yish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida Namangan viloyati Ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda

Jumladan, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 ta holatda ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 7 ta holatda 4.615 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o‘tkazish holatlari, 13 dona noqonuniy qurol hamda 190 dona o‘q-dorilarni saqlash holatlari, 61.000 donadan oshiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi holatlariga chek qo‘yildi.

Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxslar ushlanib, qonun ustuvorligi taʼminlandi.

Bundan tashqari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilib, jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar!


Viloyatimiz hududida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi

Namangan viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi va patrul-post xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida yashovchi, Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar xonadoniga borilib, ularga nisbatan sud tomonidan tayinlangan cheklov qoidalariga qay darajada amal qilinayotgani tekshirildi.
Shuningdek fuqarolar bilan profilaktik suhbat o'tkazilib, jazoni o'tash vaqtida oldingi xatolardan tegishli xulosa olib, mehnatga halol munosabatda bo'lish sud tomonidan jazo yengillashtirilishida muhim ahamiyatga egaligi tushuntirildi.
Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi targ'ibot va reyd tadbirlari barcha hududlarda davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Voyaga yetmagan Gashish savdogari qo‘lga olindi

©️"Navbatchilik qismi" xabarlari informatsion dasturi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
"Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" shiori ostida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

"Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish" xalqaro kuni munosabati bilan Namangan Muhandislik-Qurilish institutida tashkil etilgan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostidagi uchrashuvda Yangi Namangan tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, mazkur oliygohga biriktirilgan profilaktika inspektori hamda institut masʼul xodimlari va talaba qizlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, uning turlari, himoya orderi, uni olish tartibi, qanday shaxslarga berilishi, muddati va tartibi haqida yig‘ilganlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, psixologik treninglar va mavzuga doir tezkor savol-javoblar yordamida talaba qizlarning zo‘ravonlik va tazyiq holatiga duch kelgan vaqtda amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatlari tushuntirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube