Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.46K subscribers
25.8K photos
4.94K videos
1 file
11.6K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
IIV Namangan Akademik litseyining o'quvchilari fan olimpiadasida yuqori o'ringa loyiq ko'rildi

Joriy yilning 28-30 noyabr kunlari Namangan shahrida bo'lib otgan fan olimpiadasi musobaqasining viloyat bosqichida IIV Namangan akademik litseyining 4 nafar o‘quvchisi ishtirok etib, o'zlarining yuksak bilim va mahoratlari bilan raqiblaridan ustunlikka erishishdi. Eng bilimli, zukko o‘quvchilar saralangan mazkur olimpiadada litseyning 1 nafar o'quvchisi 3-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, yana 1 nafari 2-o'rinni egalladi. Faxrli birinchi o'rin bilan 2 nafar o‘quvchi g'olib bo'lib, olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Yoshlar masalasi mas'ullar e'tiborida

Namangan viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi inspektor-psixologlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentyabrdagi 468-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida yoshlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o'tkazilmoqda. mazkur tadbirlar davomida ularni qiynab kelayotgan muammolari va murojaatlari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, yoshlarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli hamda maqsadli tashkil etish uchun ularning qiziqish va salohiyatlaridan kelib chiqib bepul to'garaklarga jalb etish chora-tadbirlari ham belgilandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Profilaktik tadbirlarning "Dolzarb 40 kunligi" davomida amalga oshirilayotgan ishlar

Namangan viloyat IIB Ijtimoiy profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar doirasida Namangan tumanining Navqiron, Mullakuding hamda Bog‘ko‘cha MFYlarida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar hamda mahalla mas‘ullarining faoliyati o‘rganildi. Mazkur hududlarda aholi bandligini ta‘minlash, ular orasida jinoyat va huquqbuzarliklar yuzaga kelishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Davlat rahbarining Toshkent shahri mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash hamda xizmat jarayonida profilaktika inspektorlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan topshiriqlarini ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan poytaxtning Yunusobod, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida oʻrganish ishlari amalga oshirildi

▶️ Batafsil
———
Давлат раҳбарининг Тошкент шаҳри маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш, жамоат тартибини сақлаш ҳамда хизмат жараёнида профилактика инспекторларининг масъулиятини оширишга қаратилган топшириқларини ижросини таъминлаш мақсадида Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги ишчи гуруҳ томонидан пойтахтнинг Юнусобод, Миробод ва Яккасарой туманларида ўрганиш ишлари амалга оширилди

▶️ Батафсил

Телеграм канал