MUZAFFAR VAKKOSOV
3.26K subscribers
444 photos
165 videos
38 files
282 links
📚 👉 t.me/muzaffar_vakkosov1
🎧 👉 t.me/mv_audiokitoblar

Hayotiy shaxsiy fikrlarim

Postlar mavzusi⬇️
💰 Iqtisodiy ilmlar
😇 Psixologiya
🏘 Sotsialogiya
🧑‍🎓 Umuminsoniy ta'limotlar
🕌 Diniy qarashlar
🪐 Ilmiy mavzular


Admin: @M_Vakkosov
Download Telegram
Agar kanalimni zakritiy qilib, postlarni ko'chirishni o'chirib qo'ysam, juda ko'p kanallar postlarsiz qolsa kerak-a? 😅

Ba'zida shunday kanal va guruplarga kirib qolaman, u yerdagi deyarli hamma postlar shu kanaldan ko'chirilgan boʻladi. Yana ostiga huddi o'zlari yozgandek ismini yozib qo'yishadi🙊

Men postlarni va ilmlarni qizgʻonmayman. Chunki barchasi Allohni mulki, men shunchaki o'tkazguchi bandaman. Shuning uchun ham kanalni va jo'natishlarni berkitmayman.
Lekin "bunday" Kanal egalari o'z auditoriyasiga bundayin o'z ichidan chiqmagan postlarni meniki deb koʻrsatgan holda yolg'onlar bilan kanal yuritib ulardan mehr kutishi g'alati!

Aziz kanal egalari, sizning rivojingizni istagan holda bir nechta maslahat aytaman: Sizning auditoriyangiz qachonki sizning ichingizdagi asl energiyani olsagina o'sadi va aktivlashadi.
"Kanalimni postlar bilan to'ldirmasam Aktivlik tushib ketadi" deb, har hil narsalarni boshqa kanallardan olib to'ldirishni hojati yo'q. Ichingizdan chiqqan asl ilmlarni bering. Agar siz boshqalardan olib qo'yishga o'rgansangiz o'zingizni tafakkuringizga ilmlarni filtirlash imkonini bermaysiz. Natijada o'zingiz ham rivojlanmaysiz.

Ba'zan men ham 2-3 kunlab post yozolmayman chunki berishga arzigulik yangi anglashlar kelmaydi. Shunday vaqtda men ham kimlarnidir postlarini ko'chirishim mumkin edi. Ammo kanalimdagi azizlarimga o'z ichimdan chiqarib mazza qilib yozilgan anglashlarnigina ulashgim keladi.

Mayli postlaringiz oz bo'lsin lekin "Brilliant" kabi bo'lsin. Shunda sizni va kanalingizni qadrlashadi.👍


* Postlarni o'zgartirishsiz ulashayotganlardan minnatdorman☺️🙏


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Kelajak ongidan buguningizga nazar!


Kecha bir inson "Sizdagi kitoblarni o'qiganimdan so'ng boshqa kitoblar juda soddadek tuyilib qolmoqda" deb yozdi.

Sizda ham shunday bo'lmoqdami? :
Bizdagi sotuvdagi kitoblarni olib o'qib chiqqaningizdan so'ng, O'zbekistondagi boshqa kitoblar ongingizni qoniqtira olmayotgandek, to'ydira olmayotgandek tuyulmoqdami? 😅

Buni asosiy sababi shundaki, odatda men kitob tanlashda Rossiya kitob bozoridagi va New York Times reytingidagi eng yuqori o'rinlarda turganlarini tanlayman.
AQShku u yoqda tursin, hatto Rossiya kitobxonlari darajasi ham o'zbek kitobxonlaridan kamida 20-30 yil oldindadir. Men esa u yerdagi kitobxonlar aynan hozirgi vaqtda o'qiyotgan eng so'ngi va yuqori reytingli kitoblarni saralab olib tayyorlamoqdaman.

Qiyosiy misol: 10-15 yil avvalgi to'y videolarini ko'rsangiz, o'sha vaqt odamlari hozirgidan ancha soddadek tuyuladi. Chunki insoniyat ongi hayotiy tajribalar va ilm-fan yutuqlari asosida tobora yuksalib boradi. Yana 10-15 yildan keyingi odamlar uchun ham bugungi jamiyat turmush tarzi va odamlarni ongi sodda bo'lib ko'rinadi.

Ana endi barchasi ayonki, men sizlarga taqdim etayotgan kitoblardagi ilmlar o'zbek xalqi ongining kamida 20 yildan keyingi darajasidagi ilmlardir. Shu bois ham bularni o'qiganingizdan so'ng ko'chada kitob do'konlarida sotilayotgan kitoblar endi sizning ongingizga juda soddalik qilib qoladi. Chunki siz allaqachon kelajak darajasidagi ilmlarni o'rgangan bo'lasiz. Ya'ni ongingiz siz yashayotgan jamiyatning kelajagida suzayotgan bo'ladi.
Mana nega bu kitoblar sizga birdan hozirgacha anglamagan xatolaringizni anglatib, ko'zingizni ochib qo'yadi..😊👍

***

Kanalni kuzatishda davom eting. Bu yerda siz, o'nlab yillar davomida og'ir hayotiy tajribalar asosida anglashingiz kerak bo'lgan tushunchalarni qisqa muddatda kitoblar va postlar orqali anglashingiz va tafakkur sarhadlaringizni kengaytigan holda, atrofingizdagilardan bir qadam oldinga chiqib olib, dunyoga teran nigohlar bilan nazar solish imkoniga ega bo'lasiz👍


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Kanaldagi oilamiz a'zolari bilan 3 minglik choʻqqini zabt etishimizga ham juda oz qolibdi. 🤗
Har doimgidek ushbu birgalikda erishilgan navbatidagi ulkan natija uchun ham mendan siz azizlarga ajoyib sovgʻa bor🎁😊

"Bolalarni sogʻlom chakralar bilan ulgʻaytirish" kitobi Chakralar ensiklopediyasi kitobining davomidir. Bunda har bir yoshda bolalarni qaysi chakrasi faollashishi hamda bunday davrlarda ota onalar farzandlini energiya markazlari bloklanib qolmasligi va butun umr sogʻlom chakralar bilan yashashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerakligi haqidagi ilmlar yoritilgan.

Xullas, barchasi o'z qo'limizda!
Sizdan kanalga yaqinlaringizni taklif etish, mendan esa bebaho Sovg'alar ulashish🎁🎁🎁
Xo'sh yangi sovg'aga qachon erishamiz? 😊


@muzaffar_vakkosov1
"Bolalarni sogʻlom chakralar bilan ulgʻaytirish" Kitobi tayyor!🤩

Ushbu kitob farzandini haqiqiy baxtli va barkamol qilib tarbiyalashni istagan ota onalar uchun juda manfaatlidir. Unda har bir yoshda bolalarni qaysi chakrasi faollashishi hamda bunday davrlarda ota onalar farzandini energiya markazlari bloklanib qolmasligi va butun umr sogʻlom va aktiv chakralar bilan yashashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerakligi haqidagi ilmlar yoritilgan.


Kitobni bepul olish uchun ushbu e'lonni shaxsiy kanal va guruhlaringizga yoki +10 dan ortiq yaqinlaringizga jo'natsangiz yetadi🎁👍

Uzatmalarni skrinshot qilib
@vakkosov_admin ga jo'nating, sizga kitob elektron PDF formatda tashlab beriladi🤝


Boshqa bepul kitoblarni olish uchun kanalga a'zo bo'ling👇
T.me/Muzaffar_Vakkosov1
Uraaaa! Biz birgalikda erishdik! 🤩

Juda ko'p bor menga obunachilarni qisqa muddatda +5K yoki +10K qilib berish taklifini aytishadi.
Men aytaman: Men kanalni yuqoridagi sunʼiy katta raqamlar uchun emas. Haqiqiy Qalblarga manfaatli xizmat qilish uchun yuritaman!

Huddi shunday ilmsevar qalblarga kanal linki yetib borishida o'z hissasini qo'shayotganlardan minnatdorman!🙏

InshaAlloh birgalikda biz yanada rivojlanishda davom etamiz! 👍

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Photo
Bu dunyoda nimadir sizga ma'qul kelmasa, demak uni toʻgʻrilash sizga topshirilgan!


Bir necha yil avval yangi ilmlarni izlab, turli telegram kanallarga kirib hech o'qimaganim bo'lgan yangi kitoblar chiqib qolarmikan deb rosa izlardim. Ammo deyarli har bir kanalda bir xil kitoblar takrorlanaverar edi. Shunda "Qani edi shunday bir kanal topib olsamu ichi to'la hech qayerda yo'q noyob kitoblar bo'lsa, mazza qilib yangi ilmlarni o'rganar edim!" deb orzu qilardim.

Ammo baribir o'zim istaganimdek ilm madanlariga to'lib toshgan noyob kitoblar konini hech uchratolmadim. Shunda bir narsani maqsad qildim "Xo'sh agar men orzu qilgandek kanal yo'q bo'lsa, buni men o'zim yo'lga qo'ysamchi?  O'sha noyob kitoblar bilan to'lib toshgan kanalni yaratib, men kabi ilm izlayotganlarga niyatlariga erishishiga va ilm darajalarini oshishiga o'z hissamni qo'shsamchi?" deb o'sha men o'zim izlaganimdek kanalni yaratishga harakatni boshladim...

Mana oradan ikki yildan ortiq vaqt oʻtdi, qanchalik buni uddalay oldim va qanchalik boshqa ilmsevarlarni qalbini zabt etoladigan kanal yaratoldim, Albatta haqiqiy xolisona baxoni siz azizlar qo'yasiz.🙏

Agar bu kanaldan sanoqli odamlar bo'lsada o'zi uchun manfaatli nimadir ololgan bo'lsa, demak men maqsadimga erishmqodaman! Alhamdulilah! 😊



@Muzaffar_Vakkosov1
Faqat bizning kanalda mavjud boʻlgan BEPUL elektron kitoblar ro'yxati 📚🤩

Bu kitoblar to'liq holatda.
Kerakli kitob havolasi ustiga bosib yuklab olishingiz mumkin
👇


📙1. S Lazarev - Barcha dardlarga davo
📘2. D. Sommer - Koinot valyutasi
📕3. Oleg Torsunov - Oilaviy karmani yaxshilashning 21 siri
📘4. Valeriy Sinelnikov - Qo'rquvsiz hayot
📗5. Maykl Laytman - Inson kamoloti
📘6. Sergey Lazarev - Oilaviy baxt sirlari
📙7. Andre Bertin - Homila davridagi Tarbiya
📗8. Liz Burbo - Pul va Serobgarchilik
📕9. Liz Burbo - Qo'rquv va e'tiqodlar
📘10. Luiza Hey - Men buni qila olaman!
📙11. Liz Burbo - Ota Ona va farzand munosabatlari
📕12. N. Peychev - Salomatlikni tiklashning to'liq tizimi


Ushbu bebaho kitoblarni yaqinlaringizga ham ulashishingiz mumkin!

👉 Sotuvdagi kitoblar 👈


Kanalga a'zo bo'lib qo'ying. Hayit bayramiga yana ikkita kitobni yuklaymiz👍
⬇️⬇️⬇️⬇️
@muzaffar_vakkosov1
Ilohiy qobiliyatlarga ochilish!


Menga ko'p bor Intuitsiyani rivojlantirish haqida kitob yozishimni so'rab murojaat qilishadi.
Xo'sh nega intuitsiyangizni rivojlantirmoqchisiz? degan savolga javob odatda bu orqali odamlarni bilib olish va voqealikni oldindan sezish orqali jarayonlarni o'z manfaatlari uchun boshqarish bo'ladi.

Ammo sizning fikru hayolingiz yuqoridagidek moddiy olam g'am tashvishi va nimagadir erishish xirslari bilan band ekan. Siz har qancha intuitsiyani ochish praktikalarini qilmang uni asl darajasiga erisholmaysiz. Chunki insonda Intuitsiya, empatiya, ichki ravshanlik, telapatik qobiliyat kabi ilohiy hususiyatlar qachonki uning ongi yuqori ilohiylikka erishib borgani sari ochilib boradi xolos.

Bu darajalar ongni nozik qatlamlarga uchib chiqishiga o'xshaydi. Havo sharida ogʻir yuklar qancha ko'p bo'lsa u yuqoriga ko'tarilishi shuncha qiyin bo'ladi. Qancha yuklarini kamaytirgani sari samoga yuqorilaydi. Moddiyat tashvishlari ongni yuksaltirishga halaqit beradigan og'ir yuk bo'lib xizmat qiladi. Shu bois qachonki siz ilohiy qobiliyatlar sizda bo'lishiga intilsangizu lekin ongingiz to'la yeriy istaklar bo'lsa sizga asl sof ilohiy qobiliyatlar berilmaydi.

Aksincha dunyoning ikki qarama qarshi energiyasi va bu energiya ortidagi yuqori kuchlarni ikkiligi mavjudligi sabab, qachonki siz nafsoniy istaklar bilan ilohiy qobiliyatlarni o'zlashtirishga intilsangiz, siz ichki pok holatida bo'lmaganingiz sabab qora kuchlarga ulanasiz. Ular sizga huddi ilohiy qobiliyatlarni bergandek bo'lib, sizdan yeriy jarayonlardagi o'zlarining g'arazli istakalrida foydalanishadi.

Ertaklardagi Jodugar kampir siymosini eslang. U ham g'ayrioddiy qobiliyatlarga (sehr qila olish, oldindan koʻrish, telepatik qobiliyatga) ega. Ammo u g'arazli maqsadlari bilan barchaga negativ tarqatadi.
Endi uning energiyasiga teskari bo'lgan Avliyo insonlarni faraz qiling. Ular atrofga faqat ezgulik tarqatadi. O'zlaridagi ilohiy qobiliyatlarini ham faqat yaxshi maqsadlarda ishlatishadi. Odamlarni duolar bilan taqdirini poklaydi, yomonliklarni oldini olishga intiladi...

Bu ikki energiyani ortidagi kuchlarning faqrini faqat ularga tashqaridan nazar solgan ilmli insonlar anglay oladi. Afsuski bugungi kunda ham "Zamonaviy Jodugar kampirlar" Ko'p uchramoqda. Ular go'yoki o'zlarini yuqori ongga erishgandek ko'rsatib, yuqori sivilizatsiya, qanaqadir o'tkazgichlari bor ekanini aytib oʻsha kuchlarni ta'limotlarini atrofga tarqatishga urinmoqda, ammo aglashmaydiki u kuchlar shunchaki bu insondan foydalanib o'z maqsadlarini yerdagi jarayonlarda amalga oshirayotganini.

Unutmang: Dunyoning shunday qonunlari borki, bu qonunlar o'sha yuqori sivilizatsiya kuchlaridan ham kuchlidir. Ya'ni siz kimga va qanday jarayonlarga energiyangizni sarflashingizga qarab baribir karmik oqibatlariga javob berasiz. Agar harakatlaringiz insonlarni poklanishiga va Xudoga yaqinlashishiga olib bormasa, bunday faoliyatning karmik oqibati ruhingiz uchun ancha qimmatga tushadi va kelajakdagi azoblar bilan yakunlanadi.

Qalb har qanday kuchlardan ham yuksakdir. Birlamchi maqsadni uni poklashga qarating shunda sizga ilohiy qobiliyatlar va botiniy haqiqatlar shundoq ham yengil ochiladi.
Qalbi poklargina Xudoga erishadi. Agar faoliyatingiz oqibati bandalarni Xudodan uzoqlashtirishga qaratilingan bo'lsa buning karmik oqibati qalbni, ya'ni ruhni kirlatadi. Demak insonlarni Xudodan uzoqlashtiradigan ta'limotlarini tarqatayotganlar aslida o'zlari anglamagan holda, ya'ni yovuz kuchlarni o'z ongiga singdirgan illyuziyasiga asosan ish ko'rish orqali ruhiy poklanish taraf emas, uni aksi tarafga ketishmoqda!

Qaysiki yo'l yakunida Xudo bo'lmasa, bu yo'l peshvolari o'zini 99-darajaga chiqdim deb hisoblasa ham adashtiruvchidir!

Dunyo uchun ham, ilohiy qobiliyatlar uchun ham intilmang. Shunda yagona va asl yo'lga, ya'ni Xudo va uni anglash yo'lida borasiz. Yaralishlikning asl mohiyati ham shudir aslida!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Qaygʻurish ortidagi ongsiz zo'ravonlik!


Bizni xalqimizda juda koʻp uchraydigan bir holat bor: Qaysidir yoshi katta odam o'z qarashi bilan butun oilasidagilarni va boshqa qarindoshlarini hayotini belgilab beradi.
Albatta agar bunday odam dono inson bo'lsa bu oila kelajagi uchun yaxshi. Lekin ko'p guvohi bo'lganmanki, odatda bunday qaror qiluvchilarni o'zi o'z hayotida na baxtga na faravonlikka va na jamiyatda muvaffaqiyatga erishgan bo'ladi.

Natijada hatto o'zini baxtli qilolmagan bundaylar zamonaviy va to'g'ri yo'ldan yurishi mumkin bo'lgan oilaning yoshlarini baxtsiz qilib qo'yishmoqda: Farzandlar o'zi qiziqqan sohasida emas qaysidir yoshi katta yaqinini orzusidagi sohada ishlashga va o'qishga majburlanmoqda, oilaviy ong dasturidan kengaygan farzandlar kengroq qarashli juft tanlaganida, ularga yana oila qadriyatlatiga mos tor qarashli juft majburan topib berilmoqda vahokazo...

Shundaylarga savolim: O'z dunyo qarashingizga asoslangan qarorlaringiz natijasida hatto o'zingizni baxtli qilolmagan bo'lsangiz, nega yana qaysidir yaqiningizni aynan shu qarash asosida yashashga majburlamoqdasiz?

Yana bu ishingizni "u uchun qayg'urish" deb nomlab olgansiz!
Hech bir mavjudot o'zi foyda ko'rmagan narsani yaqiniga ravo ko'rmaydi. Faqat odamzodgina o'z egosiga asoslanib qaysidir o'zidan ojizroq yaqiniga "meni aytganimni qilishga majbursan" deb o'zi botgan va hali ham chiqolmayotgan botqoqa botiradi.

Bundaylarni yoshlarga erkinlik bermasligini yana bir sababi o'z hayot tajribasidan olgan qo'rquvlaridir!
Agar sizda ham shunday bo'lsa, tafakkur qilng. U odam hayoti uniki, u hatto farzandingiz bo'lsa ham unga imkon bering sulolaviz qo'rquvlar chegarasini buzishga va kattaroq natijalarga intilishga...

Balki endi boshqalarni hayotiga aralashishdan avval miyangizni boshqarayotgan baxtsizlik illyuziyadan tashqariga chiqib o'zingizga va siz tuzgan oilangizga bir nazar solib ko'rarsiz?


* Bu postni shunday tanishlarizga jo'natib qo'ying. Bir #tafakkur qilishsin!

@muzaffar_vakkosov1
Tanamizni istalgan a'zosi hujayralari har bir necha kundan, bir necha oygacha boʻlgan vaqtda yangillanib turadi. Bu shuni anglatadiki 20-30 yillab, davosiz deb hisoblangan surunkali kasalliklardan azob chekayotganlar ham bir necha kunda salomatligini tiklashlari va xasta hujayralardan butkul qutulishlari mumkin. Faqat bu uchun o'sha hujayralarni kasal qilayotgan fikrlaridan ongini tozalanishlari kerak bo'ladi.

📙 Timofey Karmatskiy



* Xo'sh ong va tanani bogʻlaydigan va fanda psixosomatika deb ataladigan bu tizim o'zi qanday ishlaydi?

Tasavvur qiling siz katta ishtiyoq bilan ish joyingizga borasiz. Ahvolingiz yaxshi va bugun har kungidan ham ko'proq ishlarni bajarishni maqsad qilgansiz. Ammo borib qarasangiz boshqa kollektivlaringiz kayfiyati yo'q, sizga ham yomon informatsiyani aytishadi. Masalan boshliqni ishlari yurishmayotgani va oylik maosh kechikishi haqidagi xabarni..

So'ng bir necha daqiqa avval ishtiyoqqa to'lib toshgan siz, endi kuni bilan passiv holatda ishlaysiz. Xo'sh sizga nima ta'sir etdi?
Bu biror bir jismoniy qarshilik emas edi, bu shunchaki informatsiya edi.

Xa azizlar borliqni informatsion oqim boshqaradi. Bu yuqoridan pastga oqadi va yuqori darajadagi holatni pastda ham aks ettiradi. Yuqori o'lchamlar mavjudodtlar ongiga ta'sir etgani kabi. Inson ongidagi informatsiyalar ham uning jismoniy hujayrajariga kirib boradi va ularni ishlash tarziga salbiy yoki ijobiy ta'sir etadi.

Demak hujayralarni kayfiyati yo'qmi va nosog'lommi bu ularni boshqaruvchi ong ularga shunga mos informatsiya yubormoqda deganidir. Tanada tizimli ijobiy jarayonni tiklash uchun avval uni boshqaruvchi markaziy offisda, ya'ni inson ongida bu ijobiylikni va hayotga ishtiyoqni yaratish kerak!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odatda mendan "Nega uylanmayapsan" deb so'rashganda men "Sayyoradoshimni izlayapman" deb javob beraman.😁
"Yerlik qizlarchi?" deyishsa "Yerlik qizlarni fikru hayoli yeriy tashvishlar bilan band bo'larkan, o'zga sayyoralik esa, yerga botib ketmaydi!" deyman.

Bu videoni shunday o'zga sayyoralik qizlarga jo'natib qo'ying. 🙋‍♂😅

Ularga ayting men ko'pdan beri izlayotganimni. Bilaman ular ham mendaqasini kutayotgan😅😁



@muzaffar_vakkosov1
Har birimizga umr azoblarga sabr qilish va chidash uchun emas, dunyoni yaxshilash va barcha uchun azobsiz hayotni yaratish yo'lida bir qadam tashlash uchun berilgan.

Sabr bu harakat qilgandan so'ng oqibatini Xudoga topshira olish qabiliyatidir!

Na o'zi uchun va na boshqa bandalar uchun foydali nimadir qilmay "men sabr qilyapman endi menga ber!" deb Xudodan nimadir kutish, go'yoki sabri uchun (aslida esa yangilanishni istamayotgan nafsi uchun) makkorona usulda Xudoni qarzdor qilishga urinishdir!

Soatni chikkillashini jimgina eshitingda, o'sha har bir ovoz sizni umringiz tobora tugab borayotgani haqida singnaldir. Siz esa, odamlar o'zi o'ylab topgan va suniy qiymat bergan qanaqadir matohlarga erishish tashvishi bilan, hali hamon har soniyasi aslida eng qimmatli bo'lgan umringizni asl vazifangiz boʻlgan qalblarni rozi qilish uchun emas, aksincha ularga va o'zingizga azob berish uchun sarflab yashamoqdasiz!


Aytingchi - o'zi nima uchun dunyoga keldingiz?


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Bizda hech bir bayram sovg'alarsiz o'tmaydi🤗🎁🎁🎁


Endi bizda Champion Kurt Toych kitobining audiosi ham mavjud🙋‍♂

Ushbu audioni kitobning elektron formatini olganlarga bayram sovg'asi sifatida bepul qo'shib beriladi🙋‍♂

Kitob - Toych IDEAL metodi bo'yicha tashkil etilgan seminar treningga asoslangan. Audiosini eshitar ekansiz o'zingizni huddi muallif yonida, uning treningida eshitib o'tirgandek his etasiz! 😇

Kitobning elektron formati atigi 40.000 so'm.
Demak endi ushbu pulga birdaniga PDF va Audio formatlariga erishishingiz mumkin👍

Murojaat uchun 📲 @m_vakkosov


@muzaffar_vakkosov1
Bayramga yana sovg'a kutayotganlar bormi? 🙋‍♂


Hali sovg'alarimiz ko'p🤗

Bu bayramga ikkita kitobni sovg'a qilishimni va'da qilgan edim. Bugun bittasini yuklayman. Ertaga esa yana biri yuklanadi 👍


Bizni kuzatishda davom eting. Hali yangiliklar juda koʻp👇
@muzaffar_vakkosov1
Болалар чакраси.pdf
348.5 KB
Болаларни соғлом чакралар билан улғайтириш


Байрам совғаси🎁

@muzaffar_vakkosov1
📚 Kanalimizdagi sotuvdagi kitoblar narxlari🤩


📗 Karma diagnostikasi 2 - 3.
Har biri 40.000 dan👍

📙 Champion Kurt Toych - IDEAL metod
PDF + Audio - 40.000

📕 Marina Targakova - Kuchli & Ojiza ayol
PDF. 50.000
🎧(audiosi) 15.000

📙 N.Peychev - Ko'p o'lchamli inson modeli
PDF. 50.000

📘 S.Lazarev - Ruhni shifolash
PDF. 50.000 .
🎧 (audiosi) 20.000

📕 Liz Burbo - Kasalliklarning metafizik sabablari
PDF. 60.000 🤩

📔 Liz Burbo - Beshta ruhiy jarohatlar (to'liq)
PDF. 70.000 .
🎧 (audiosi) 30.000

📓 Mark Wolynn - Bu sizdan boshlanmagan
PDF. 70.000
🎧 (audiosi) 30.000

📘 S.Voliniskiy - Kvant ongi
PDF. 80.000

📙 Chakralar to'liq ensiklopediyasi
PDF. 100.000 🤩


Bir nechta kitob olganga qo'shimcha chegirma beriladi🙋‍♂


📲 Murojaat uchun: @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1
Yoshligimdan o'ziga to'q oilalar har "Qurbon hayiti"da mol yoki qo'y so'yib qurbonlik qilganini bilsam, men ham katta bo'lsam qurbonlik qilaman deb niyat qilardim.
Chunki qurbonlik qilib qon chiqarganni oilasiga Xudo baraka va baxt beradi deb o'ylardim.

Ammo o'sha yoshligimdan beri har hayitda qurbonlik qilib keladigan oilalarni juda koʻpida hali hamon na moddiy o'sish va na oilaviy baxt bor ekanini, aksincha oila a'zolarini ba'zilari ogʻir kasalliklardan qiynalyotgani ajablanari edi. Xo'sh nega ular qurbonlik qilsa ham, qilmaganlardan farqli ijobiy turmushga va salomatlikka ega emas?

Keyinchalik diniy va psixologik ilmlarni o'rganib angladimki. Asl qurbonlik bu o'z egosini, ya'ni soxta menini qurbon qilish va shu orqali qalbni poklash ekan. O'sha shunchaki hammaga nimaga qodrligini ko'rsatish uchungina yoki pulim yanada koʻpaysin degan maqsadda qurbonlik qilayotganlar, aslida qurbonigidan maqsadi o'z kibri uchun bo'lgani sabab ham Alloh ularni ijtimoiy holati va sogʻlig'iga ijobiy oʻzgarish bermas ekan.

Bizda ego bor ekan, biz dunyoviy matohlarimiz va hayoliy ijtimoiy darajalarimizni "meniki" deb atrofdan ajratib olamiz. Va butun umir ularni himoyasi bilan ongimizni band qilib qalbimizni qafasda saqlaymiz.
Shu bois ham juda ko'plab boyligi borlar ham hayotini ikkinchi yarmida davosiz kasalliklardan aziyat chekadilar. Chunki ular aslida Xudoni mulki bo'lgan ne'matlarni meniki deb belgilab olib hayotini Xudoga yaqinlashishga emas, U bilan mulk talashishga sarflar ekan.

Demak Qurbonlikni asl mohiyati "Meniki" deb chegaralab olgan narsalarimizdan Xudo yo'lida voz kechish, ya'ni Alloh istagan ezguliklar yo'lida qurbon qilishlik ekan.

Ba'zi ijtimoiy holati yaxshi bo'lmaganlar "men qurbonlikka qodir emasman" deyishadi, chunki qurbonlik faqat "qon chiqarish" deb bilishadi. Ammo asl qurbonlikka har bir inson qodirdir. Bu har bir hayotiy vaziyatda Egoni qurbon qilish orqali qalbni poklab borishdir!

Kimdir sizni xafa qilganida uni kechirish.
Haqorat qilganida unga g'azablanmaslik.
Oilada nizo chiqqanida jaxlni tiyish.
Jismoniy va aqliy mehnatingizni boshqa insonlar manfaati uchun shartsiz berish.
Bittagina noningiz qolgan bo'lsa ham, shuni yarmini muhtojlarga berish ham "ertaga men o'zim nima qilaman" deyotgan "men"ingizni qurbon qilib Xudoga rizqingizni ishonib tobshirishdir.

Xudo aslida o'zi yaratgan mahluqotlar qoniga muhtoj emas. Ammo qurbonlik orqali siz U uchun nimalarga qodir ekaningizni sinab koʻradi.


Allohga yaqinlashishga yana bir qadam tashlash bayrami bo'lgan "Qurbon hayiti" Muborak bo'lsin aziz dindoshlar!!!🌙


@muzaffar_vakkosov1
OSHO - Ego kitobi. _2.pdf
727.1 KB
OSHO - Ego kitobi


Egosini tanib olishni istaganlar uchun👍
Bayram sovg'asi 🎁


@muzaffar_vakkosov1
Bolalik travmalari nega beriladi?


Ko'pchilik mendan bolalikdagi travmalardan tozalanish maqsadida kitob so'rashadi. Albatta insonni katta hayotidagi darajasini uni bolaligidan qabul qilgan dunyo haqidagi turli tushunchalari va tajribalari belgilab beradi. Ammo bunday: "Menga bolaligimda (Ota-onam yoki boshqa) kimdir qandaydir ta'sir etgani uchungina men shunday bo'lib qoldim" deb yondoshish juda tor qolibga tushib olishdir.

Men shunday bolalik travmalarini yechish maqsadida ko'plab kurslarga borgan va ko'plab kitoblar o'qiganlarni bilaman. Ular hali ham o'sha travmalari oqibatidan qutila olmay yurishadi. Chunki bunday yondoshuv mohiyatida "meni baxtsiz bo'lishimga kimdir (ko'p ehtimol ota-onam) sababchi degan e'tiqod yotadi.
Keyin esa o'sha kimnidir kechirish amaliyoti bilan band bo'lib asl haqiqatni chetda qoldirishadi.

Ota onangiz ham va boshqa bolaligingizdan sizga uchragan va sizga ijobiy va salbiy ta'sir etgan har qanday insonlar ham, sizga o'sha paytda va o'sha vaziyatda saboq berishi kerakligi uchun ham shunday qilishgan.

Men ko'p bor takrorlayman: Har bir odamni ongini yuqoridan boshqarishadi deb. Biz karmamizga ko'ra javob berishimiz kerak bo'lgan taqdirni bosib o'tishimiz kerak. Shuning uchun bizni ongimizni o'z taqdir yo'limiz bo'yicha borishimiz uchun dasturlashadi. Bu dasturlash jarayoni shunga ko'ra ota ona va boshqalarni bizga qilgan turli munosabatlari bilan bo'ladi. Ular orqali olgan tajribamiz sabab bizda karmamizga ko'ra biz kim bo'lib yashashimiz va hayotimizda nimalarni boshdan kechirishimiz kerakligi haqida yo'l dasturi onsiz tarzda ongimizda kiritiladi. Biz esa bu tajribalar orqali yig'gan dunyo qarashimizni shaxsiyatimiz deb ataymiz. Shu shaxsiy dasturimiz illyuziyasiga ko'ra qarorlar qabul qilamiz va kimlar bilandir tortishamiz.
Aslida esa biz qanday bo'lishimiz tugʻilishimizdan avval yuqoridan rejalashtirilgan bo'ladi.

Demak, hayotimiz uchun birlamchi masuliyat bizning o'zimizda ekan. Kimdir sabab men shu holga tushdim deb, ularni kechirish bilan ovora bo'lish o'rniga, karmamizni poklashga e'tibor berish yaxshiroq va tezroq yorqin hayotga olib boradi ekan.

Karmani esa, qalbni poklash bilan tozalanadi.
Qalbni esa, o'z soxta menidan voz kechib Xudoga taslimiyatda yashashga kirish orqali poklash mumkin. Chunki shunday ongga kelganingizda siz dunyo tashvishlariga bogʻliq his tuygʻular girdobidan chiqasiz. His tuygʻular poklanishi esa o'z o'zidan karmik poklanishdir.


Hayotingizni butkul o'zgartirishni istasangiz. Ezgulik tarqatuvchi yaxshi odamga aylaning. Shunda har qanday karmik negativ ta'sirlardan ham, sulolaviy dasturlardan ham poklanasiz! InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1