MUZAFFAR VAKKOSOV
3.47K subscribers
451 photos
169 videos
39 files
292 links
📚 👉 t.me/muzaffar_vakkosov1
🎧 👉 t.me/mv_audiokitoblar

Hayotiy shaxsiy fikrlarim

Postlar mavzusi⬇️
💰 Iqtisodiy ilmlar
😇 Psixologiya
🏘 Sotsialogiya
🧑‍🎓 Umuminsoniy ta'limotlar
🕌 Diniy qarashlar
🪐 Ilmiy mavzular


Admin: @M_Vakkosov
Download Telegram
Ego bu - biz karmamiz bo'yicha borishimizga undovchi dasturiy tizimdir!


Har bir elektron texnikaga yaralishlikdan maqsadi bo'lgan o'z vazifasini bajarishlik uchun unga shunga ko'ra harakat qilishi uchun maxsus dasturiy tizim o'rnatiladi.
Bundan avvalgi postda aytib oʻtilganidek biz odamlarga o'z taqdirimiz bo'yicha borishimiz uchun ham shunga oʻxshash dasturlar tugʻilishimizni ilk daqiqalaridanoq va hatto ona qornida bo'lganimizdanoq boshlab bizni ongimizga o'rnatilishni boshlaydi.

Har bir inson voyaga yetgunga qadar hayotida ko'rgan kechirgan voqealari bu uni kelajak taqdiri uchun ongini dasturlash uchundir. Biz shu saboqlarimiz orqali dunyo haqida va o'z shaxsiyatimiz haqida ma'lum bir tushunchaga ega boʻlamiz. Bular orqali o'zimizni ma'lum bir darajadagi shaxsiyatimizni va qadrimizni shakillantiramiz. Keyin esa bu illyuziyaviy "soxta men"imiz bilan turli vaziyatlarda karmamiz bo'yicha borishimiz uchun qarorlar qabul qilamiz.

Ba'zi insonlarga hayot haqiqatlarini o'rgatishga urinsangiz ular buni qabul qilmaydi. Chunki ularni karmasi bo'yicha bosib o'tishi kerak bo'lgan yo'llari hali yakunlanmagan. Shuning uchun ularni Egosi siz bergan informatsiyani rad etadi va o'zi hayotdan olgan saboqlarini asl haqiqat deb biladi. Ego bizni ongimizda bizni yo'ldan chiqarvormaslik uchun ma'lum illyuziya qobigʻini yaratadi. Biz qachonki ma'lum bir karmamizga javob berib bo'lganimizdan so'ng qobiq parchalanadi va avval anglamagan haqiqatlani tushina boshlaymiz.

"Nol" holatiga tushganlar bo'lsa kerak? Ular huddiki boʻm-boʻsh xonaga tushib qolishadi. Bosib o'tgan shuncha yo'llari huddi besamar ketgandek va hozirgacha umuman yashamagandek bo'lishadi. Chunki hozirgachalik hayotlari karmasi bo'yicha javob berishi uchun ongiga o'rnatilgan illyuziya qobigʻi ichida sodir boʻlgan. Bu illyuziya parchalanganida Soxta men ham parchalanadi va hatto o'ziga "men kimman o'zi" deb savol berishni boshlashadi. Hozirgacha olgan saboqlari huddi osmonga uchib ketgandek ertaga nima qilishni ham bilmay qolishadi. Chunki ularni ertangi orzu istaklar taraf harakatlantirgan "meni" endi ongida mavjud emas.

Juda koʻplab postlarda aytganman. Ego, ya'ni soxta menimizni parchalashga erisholsakkina Xudoga yaqinlashamiz deb. Chunki shunda bizni bittagina istagimiz qoladi, bu - Xudoga qullik qilishdir!
Egoimizga hos istaklar esa, karmik vazifalarimiz uchun energiyamizni yo'naltirish uchun bo'lgan. Ego yo'q ekan barcha energiyamiz qalb istakalari uchun saqlanadi. Qalb esa, Allohni istaydi. Unga erishish uchun esa, yerda ezgulikka xizmat qilish kerak.

Aynan o'sha "Nol" holatidan o'tganlargina asl ilohiy o'zligini anglayidi. Aynan shunda "Bandalik"ni asl haqiqatiga erishadi. Sizda ego bor ekan "Xudoga qullik"ni mohiyatini anglamaysiz!
Shuning uchun Shayton egoni iloji boricha ko'proq sizda qolishi uchun qoʻlidan kelganini qiladi. U asosida sizga gunoh ishlar qildiradi. Gunoh davom etayotgan ekan, sizda karma davomiy bo'ladi.
Surunkali gunoh qiladiganlar, masalan o'g'ri yoki foxishaga bu yoʻl noto'g'ri ekanini aytsangiz ular bu normal ekani haqida ishonch bilan gapirishadi. Chunki ularni ongiga shayton illyuziya yaratadi shu ishlarni qildirish uchun. Shayton ularni energiyasini o'z maqsadlari uchun rosa sarflatgizganidan so'ng ongidan chiqadi. Shunda ularni ko'zi ochiladi va iymonga kelishadi.

Karmani ikki usulda poklanadi. Bu unga javob berish, ya'ni hayotiy tajribalar orqali. Va yana ilm olib o'zini anglash va shu anglashga xos bo'lgan ijobiy va ezgulik ishlari bilan band bo'lish orqali.
Tanamiz vaqt energiyasidan ojizdir uni davomiyligi cheklangan. Shunday ekan birinchi usulda borar ekansiz sizga poklanish uchun bir hayot kamlik qilib qolishi mumkin. Ilm vaqtdan yuqoridir, ilm olish yo'lida siz vaqtdan tezroq harakatlanasiz. Va anglashlar orqali qalbni tezroq poklay olasiz.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Ego bu - biz karmamiz bo'yicha borishimizga undovchi dasturiy tizimdir! Har bir elektron texnikaga yaralishlikdan maqsadi bo'lgan o'z vazifasini bajarishlik uchun unga shunga ko'ra harakat qilishi uchun maxsus dasturiy tizim o'rnatiladi. Bundan avvalgi…
Ba'zi postlar kommentariyasida post mavzusiga qarshi fikr qoldiruvchilar uchrab turadi. Albatta bu normal. Chunki hammani ongi o'z karmasiga ko'ra dasturlangan bo'ladi. Ammo anglashingiz kerakki bu postlar sizni har qanday dasturdan tashqariga olib chiqish uchundir. Sizga yoqish uchun emas!

Siz o'z negativ fikringizni bildirishingizga erkinlik berishimni o'z ongingiz illyuziyasidan kelib chiqib hammani teng ko'rish deb hisoblarsiz. Lekin bu sizni ongingizdan tasharida turgan holda qaralganda sizni Shayton boshqarayotgani belgisidir!
Qalbdan hech qachon negativ sochilmaydi. Qarshilik faqat Egodandir! Negativga erkinlik bermaslik Shaytonga erkinlik bermaslikdir!

Sizga mavzu bo'yicha nimadir maqul kelmadimi demak shu holatga kelishingiz uchun ongingizda hali tozalanmagan nimadir bor!

Tortishish o'rniga #tafakkur_qiling shunda tezroq rivojlanasiz!


@muzaffar_vakkosov1
Rossiyadan qaytganimda qishlogʻimizda ham kitob do'koni bor ekanini koʻrib xursand bo'lgandim. Ammo savdo yaxshi emas deb yopib qo'yishdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay o'rnida "spirtli ichimliklar" do'koni ochildi. Savdo yaxshi shekilli-da ancha kengaytirib tashlashibdi !!!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Rossiyadan qaytganimda qishlogʻimizda ham kitob do'koni bor ekanini koʻrib xursand bo'lgandim. Ammo savdo yaxshi emas deb yopib qo'yishdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay o'rnida "spirtli ichimliklar" do'koni ochildi. Savdo yaxshi shekilli-da ancha kengaytirib…
Xo'sh nega buni yozdim?!
Albatta bir qarashda bu misol bilan millatimizni ahvolini ko'rsatishga urinayotgandekman. Ha tafakkur qiluvchilar uchun bu yaxshigina tushuncha beradi.

Ammo yana ham kengroq fikrlab ko'rsak. Bu hodisa bizga moddiyatga bogʻliq eng katta va muhim tushunchalarni beradi:
Agar sizning maqsadingiz faqat pul to'plash bo'lsa, unda atrofingizdagilarni xohishiga koʻra mahsulot yoki xizmat taklif qiling!
Agar sizning maqsadingiz oxirat dunyosidagi farovonlik bo'lsa, Allohning xohishiga ko'ra atrofingizdagilarga mahsulot yoki xizmat taklif qiling!


Albatta agar atrofingizda oxiratdan ko'ra bugungi nafsini ustun qoʻyganlar ko'p bo'lsa ikkinchi variantda ko'p pulga erisholmaysiz. Ammo halol yo'l bilan mahsulot va xizmat orqali atigi bitta odamga bergan manfaatingiz uchun U dunyoingiz uchun katta boylik jamgʻarayotgan bo'lasiz!

Bu voqea tushuntiradigan yana bir moddiyat qonuni shuki: Pul yaxshi yomonni ajratmaydi. Hamma odamni qo'lida aylanaveradi. U shunchaki energiya, kim energiyasini nimaga sarflashni istasa shu narsa uchun ketaveradi.
Ammo biz ongimizni pulga qaramlikdan yuksaltirsak, pul bizni harakatlarimizni emas, biz pulni boshqaramiz. Shu orqali atrofdagi insonlarni ham ijobiy tarafga o'zgartirish qudratiga erisholamiz.

Agar siz masalan islom uyg'onush davrida sahobalar bilan birga yashaganingizda odamlarni nafsiga ko'ra tovar sotib bo'y bo'lolmasdingiz, aksincha qattiq jazolanardingiz. Hozir esa, odamlar asosan nafsi uchun pul sarflaydi. Shu sabab qaysiki biznes nafslarni qondirish uchun moʻljallangan bo'lsa u tezda muvaffaqiyatga erishadi va u biznes egalarida katta pullar aylanadi.

Bejizga bu dunyoni imtixon dunyosi deb atalmaydi. Chunki har bir vaziyatda biz tanlov qabul qilishimiz kerak: Yoki nafsni bugungi rohati yoki qalbning keyingi farovonligi o'rtasida.

Bu post bilan kimnidir tanqid qilish maqsadida emasman. Ammo har birimizni qandaydir harakatimiz butun millat kelajagiga ta'sir etishi mumkin. Ayniqsa keng ko'lamli tadbirkorlik keng koʻlamli ta'sirga ega. Shu bois tadbirkorlar unutmasligi kerakki: Faqat o'zingizni kirlatsangiz sizga bitta gunoh yoziladi, agar faoliyatingiz orqali boshqalarni ham kirlatsangiz o'sha har bir odam uchun bir necha barobar gunohingiz ko'paytirib yoziladi.
Ikkinchi tarafdan nafslarni kuchaytirishga undaydigan faoliyat orqali, bu millatdan Buyuk insonlar chiqishiga salbiy ta'sir etayotgan bo'lasiz!


Barchaga ikki dunyo saodati nasib etsin!!!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Forwarded from Солиха
Чакралар энсиклопедияси китобизни укиб чикдим..мана Энди топдим узим излаган китобни .....Ундаги билимлар .Жудаям Зур..1 млнга арзирли китоб асли ..10 15 та группага алишмасдим сизи каналингизни .Ишингизни Аллох кулласин
Ijtimoiy qatlamlarni vujudga kelishining asosiy sababi...(Post) 👇
MUZAFFAR VAKKOSOV
Ijtimoiy qatlamlarni vujudga kelishining asosiy sababi...(Post) 👇
Moskvada yurgan vaqtimda bir ajoyib haqiqatni aniqlagan edim: Bir kuni bir tanishim mendan arzonroq kiyim magazinlarini internet orqali qayerda bor ekanini bilib berishimni so'radi. Men onlayn kartadan izlab manzillarini aytdim.
Men o'zim esa, yangi hech borib ko'rmagan kitob do'konlarini bir aylangim keldi va yana onlayn kartaga murojaat qildim.

Hayratlanarlisi shundaki, arzon magazinlar va kitob do'konlari asosan shaharning alohida hududlardida joylashgan edi. Huddiki qandaydir ko'zga ko'rinmas qonun asosida ular alohida hududlarni bo'lib olishgandek. Bu tafovutning sababini keyin angladim...

Gap shundaki Moskva hududi aholining ijtimoiy darajasiga qarab asosan 3 ga boʻlinadi. Bu bo'linishlarni chegarasini 3 ta xalqa yo'li bilan ajratiladi.
Eng boy qatlam eng markazda, eski shahar hududida yashaydi. U yerda davlat boshqaruvidagi asosiy siyosiy binolar, elchixonalar va eng nufuzli mehmonxonalar joylashgan. Yashaydigan aholisi ham bir necha avlodi avvaldan boy boʻlganlardir.
Ikkinchi kengroq xalqa esa, xalqning ijtimoiy darajasidan kelib chiqib o'rta bo'g'imdir. Ular asosan kimnidir qo'lida, yuqori lavozimlarda ishlaydigan yoki o'z shaxsiy faoliyatiga ega ijtimoiy ahvoli yaxshi darajadagi qatlamdir.
Uchinchi eng keng va chekkadagi xalqa ichida esa, asosan Moskvaga Yangi ko'chib kelgan rossiyaliklar yoki boshqa migrantlar yashaydi. Ular oylikka ishlovchi qatlamdir.

Yuqoridagi kartaga e'tibor bersangiz eng markazda arzon do'konlar deyarli yoʻq ekanini ko'rasiz. Bunday do'konlar asosan o'rta va ishchilar qatlami hududida joylashgan.
Kitob do'konlari va katta kutubxonalarni deyarli 70/80% esa eng markazdagi boy qatlam hududida joylashgan.

Bu boylik va farovonlik poydevori ilm ekaniga yana bir yaqqol misoldir.

Yana bu postni kechagi postni davomi sifatida ko'rsak ham yaxshigina tushuncha olamiz: mana nega aholining quyi qatlami yashaydigan hududlarda kitob do'konlari va ilm maskanlari o'rniga yemakxonalar yoki arzon do'konlar savdosi yaxshiroq ketadi. Gap shundaki quyi qatlam boylikka ilm orqali emas, tinimsiz mehnat bilan erishiladi deb hisoblashadi. Keyin esa, arzimagan maoshlarini tejab ishlatish bilan tirikchilik qilishga majbur boʻlishadi. Surunkali kambagʻallik sababi dunyo qarashlarida ekaniga e'tibor ham berishmaydi.
Boy qatlam esa, doim ilm olishda va pullarini ma'lum qismini muntazam o'z ilm darajalarini oshirishga sarflab yashashadi. Chunki ular yaxshi anglashadiki o'z farovonliklari va bugungi ijtimoiy darajalarining asosida ilm yotadi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir haftadan beri yangi postlarni kutaverib ko'zlari to'rt bo'lib, meni sog'inib qolgan sevimli obunachilarimiz bormi? 🤗

Havotirga o'rin yo'q. Biz davom etamiz yana🙋‍♂
Alloh jonimni oladigan so'ngi lahzagacha xalqimizga ziyo ulashishda davom etaman, inshaAlloh!!!

Tez orada kanalimizda ko'pchilik kutayotgan audiochatlarni ham boshlaymiz😊👍


@muzaffar_vakkosov1
Shaxsiy karma yoki Genetika?


Inson taqdirini nima boshqaradi?
Bu savolga javob beruvchilar asosan ikkiga boʻlinadi: Dunyoga ko'proq ilmiy nazar tashlaydiganlar "ajdodlar genetikasi" desa. Ko'proq ruhiy olam haqiqatlariga ishonadiganlar "shaxsiy karma" deb javob berishadi.

Men har doim neutral holda turib har bir ilmni zamiriga kirib asl haqiqatlarni izlashga urinaman. Chunki haqiqat ikkita bir biriga qarama-qarshi bo'lishi mumkin emas. Yoki bu yerda biri noto'g'ri, yoki ikkisida ham uygʻunligi bo'lishi kerak.
Shu sabab ham taqdir masalasida asl haqiqatlarni izlash maqsadida bularni hech birini rad etmasdan, har ikkisini ham chuqur o'rganishga intilaman.

Hozirgacha o'rganganlarimdan shuni xulosa qilishim mumkinki: bu yerda har ikki ta'limot ham haqiqatdir. Faqat ular o'z ta'limotlariga shunchalik yopishib olishganidan boshqasini rad etishga urinadilar. Aslida esa, tafakkur qiluvchilar uchun bu yerda ajoyib uygʻunlik va shuncha yillik tortishuvlarga chek qoʻyadigan asl haqiqatlar mavjuddir!

Ongi hali botiniy haqiqatlarga ochilmagan va dunyoni faqat ko'zi bilan ko'radiganlarga genetika haqiqat sifatida ko'rinadi. Chunki albatta, meva urugʻida daraxtni to'liq informatsiyasi mavjud bo'lishi qanchalik haqiqat bo'lsa, bola hujayralari ham uning ota onasining genetik informatsiyalari bilan to'yinganligi shunchalik haqiqatdir!

Ammo meni ongim uchun bu chegara torlik qildi. Chunki nega aynan kimdir qaysidir oilada tugʻilib aynan o'sha oila genetikasiga mos azoblarni yoki baxti his etmoqda, boshqa oilada emas?
Bu savol, bu yerda ko'zga ko'rinmas yana qandaydir qonunlar ham mavjud ekani anglashga undaydi.

Ko'pchilikka ma'lumki va hatto ilmiy yondoshadiganlar ham tan oladiki, har qanday biologik mavjudotning ruhi bor. Tanada ruh bo'lmasa hatto u tana hujayralari sogʻlom va yashashga ishtiyoqli, navqiron bo'lsa ham hayotiylikni to'xtadi. Demak bu yerda hujayralardan tashkil topgan tanani mohiyati "ilohiy" bo'lgan nimadir boshqarishi haqiqatdir!

Xo'sh o'sha ilohiy narsa nega aynan shu tanaga kirdi? Va nega aynan shunday genetik informatsiyasi mavjud tana bilan yerda faoliyat olib borishga majburlanmoqda, boshqa oilada tugʻilgan tanaga kirsa bo'lmasmidi?

Aynan shu yerda "Shaxsiy karma" haqiqatini ham anglash darajasiga kelamiz.
Balki islomiy e'tiqod chegarasi ichidagilar buni rad etar. Ammo reinkarnatsiya haqiqat ekanligi shu yerda ayon bo'ladi.
Chunki masalan men nega boy oilada tugʻilmadim? Axr Alloh hamma bandasini teng ko'radiku, nega meni azobladi? Demak bu yerda Alloh tuzib qo'ygan va barchasi shaxsiy tajribamga asosan qilgan xatolarimga javob berishim kerak bo'lgan kengroq haqiqatlar va tizimlar ham mavjud.

Ruh o'lmaydi ammo tana oʻladi. Ruh ma'lum bir biologik kiyimda mujassamlashib u kiyimning biologik hayoti yakunigacha o'z vazifasini yakunlay olmadimi, demak unga yana majburan boshqa kiyim berishadi. Va bu kiyim aynan uning vazifasiga mos bo'ladi.
Biz avvalgi hayotni eslay olmaymiz, ammo bizga vazifamizni eslatadigan tizim kerak. Qaysidir postda "ota onamizni bizga qilgan munosabati bizni o'z darajamizga keltirish uchundir" degan edim. Ya'ni, biz voyaga yetgan vaqtgacha ko'rgan kechirganlarimiz bizni avval kelgan darajamizga keltirish va Uygʻonish uchundir. Huddi shunday bizni ongimizga ta'sir etadigan tanamizdagi ajdodlardan o'tgan genetik kodlar ham bizni ruhiy darajamizga hamohang bo'lgani sabab ham biz aynan shu oilada tugʻilganmiz.

Xo'sh qay biri bilan ishlash kerak?
Har ikkisi bilan ham!

Gap shundaki o'z sulolangizni genetik jihatdan o'ziga xosligidan xabardorlik bu bir vaqtda o'z karmik vazifangizni ham anglashingizda juda muhimdir. Chunki yuqorida anglaganimizdek genetik jihatdan ham karmik jihatdan ham tozalashingiz kerak informatsiyalar bir xildir.

Ruhni dunyoga qanchalik bog'langanigi va hayotiy tajribalaridan olgan negativlari kirlatadi. U kirlandimi demak o'zidagi biologik tana hujayralarini ham kirlatadi. Sulolaviy negativlar ham aynan shunday to'plangan. Demak har ikkisidan ham bir vaqtda tozalanish uchun. Siz bugun o'z qalbingizni poklashingiz kerak!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shayton sabab Odam avlodlariga bu dunyo bilan sinovlanish taqdir etildi.

Biz esa, bu dunyoda o'sha Shayton kishanlaridan qutilishga intilish o'rniga uning istaklarini "meni xohishim" deb nomlab olib, ruhimizni dunyo hirslari bilan battar kirlatgan holda Jannat taraf emas, yana qayta Do'zax bilan sinovlanish taraf intilib yashamoqdamiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Shayton sabab Odam avlodlariga bu dunyo bilan sinovlanish taqdir etildi. Biz esa, bu dunyoda o'sha Shayton kishanlaridan qutilishga intilish o'rniga uning istaklarini "meni xohishim" deb nomlab olib, ruhimizni dunyo hirslari bilan battar kirlatgan holda Jannat…
Dunyoni seving: U Allohning ijodi ekani uchun.

Dunyo uchun harakat qiling: Dunyoni Do'zax kabi emas, Jannat kabi bo'lishi va undagi Allohning bandalariga eson omon bu imtixon dunyosidan ozod bo'lishlariga sharoit yaratib berish uchun.

Ehtiyojlaringiz uchun dunyo to'plang: Toki ehtiyojingizni qondirish sharti bilan shayton sizni o'z istakalari uchun boshqara olmasin.

Dunyoning moddiy matohlarini nazorat qilishga intiling: Toki ularni shayton nazorat qilib, ko'plab bandalarga ta'sir etib ularni jannatga kirishlariga qarshilik qilolmasin!

Dunyo haqida uni din, e'tiqod va madaniyatga bo'lmasdan o'rganing: Toki bunday umumiy izlanish uning Buyuk Ijodkorini hech qanday qoliblarga solmay, to'liqroq anglashingiz va U sizning cheklangan ongingiz darajasidan ancha keng va qudratli ekanini anglashingiz uchun yo'l ochsin.

Dunyoda rohatlanib yashang: Agar bu rohat nafsingiz uchun emas. Allohning bandalariga qilgan ezgulik xizmatlaringiz va ularga bergan hary ehsoningiz ortidagi qalbingiz rohati bo'lsa!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Photo
Qandli diabet!


Bu kasallik bugungi kunda dunyoda uchta eng keng tarqalgan asosiy va davosiz hisoblangan (Yurak qon tomir tizimi, Saraton, Diabet) kasalliklardan biridir. O'zbekistonga qatganimdan so'ng shu narsani guvohi bo'lyapmanki bu hatto xalqimiz orasida eng keng tarqalgan N1 kasallikka aylangan ekan.

Har qanday kasallikning asosiy sababi bu dunyo va Xudo haqidagi noto'g'ri dunyo qarash bilan yashashdir!

Borliqda aslida davosiz kasallik mavjud emas. Chunki bu dunyo sizni kasal qilgan ekan, davo ham bu dunyodadir! Ammo ba'zi kasalliklarni davolab bo'lmayotganini sababi bu bemor o'sha kasallikka olib kelgan o'z qarashlarini o'zgartirishni istamayotganidir.

Siz Xudoga va atrofingizga nisbatan qarashingizni ijobiy tarafga o'rgartirmas ekansiz. Jismoniy davolanish uchun millionlaringizni sarflasangiz ham kasallikdan qutilolmaysiz, yoki biroz vaqt yaxshi bo'lasiz ammo yana bu takrorlanaveradi.
Chunki faqat jimoniy davolanishga urinishni huddi bir quvurdan xonaga suv kirayotgan bo'lsa siz suvni chiqarish uchun chelaklab tashqariga chiqarishingizga o'xshaydi. Suv kamayganga o'xshaydi ammo tugamaydi. Chunki suv kirayotgan quvurni yopmadingiz!

Sizni dunyo va Xudo haqidagi notoʻgʻri tushunchangiz o'sha quvurdan kirayotgan suv misolidir. Siz qarashlaringizni o'zgartirsangizgina o'zingizdagi kasallikni yengishga qodir boʻlasiz!

Bu kasalikning ruhiy sababi shundaki bunday insonlar dunyoviy istaklariga qattiq yopishib olishadi. Kimnidir yoki nimanidir yo'qotgisi kelmaydi. Bu shuni koʻrsatadiki bunday insonlar o'z rizqi va taqdirini Xudoga ishonib topshirolaydi.
Buni o'z kuzatuvlarim ham tasdiqladi. Chunki atrofimdagi men tanigan diabetga chalinganlarni deyarli 80%i umuman "Namoz" o'qimasligi ma'lum bo'ldi. Ya'ni bu kasallikni vujudga kelishini asosiy sababi bu Xudoga bo'lgan iymonni sustligidir!

Agar sizda ham bu kasalikning qaysidir darajasi mavjud bo'lsa birinchi qiladigan ishingiz iymoningiz ustida ishlashdir. Agar namoz oʻqimasangiz buni tezda boshlang. Ruhan Allohga bogʻlanish hayotingizni va bu dunyoda "meniki" deb yopishib olgan nimadir yoki kimnidir o'z Egasiga topshira olish darajasiga sizni olib chiqadi.
Ibodatlaringizda asli Allohni mulki bo'lgan ne'matlarga yopishib olganingiz va qo'yib yuborishni istamay yashaganingiz uchun Yaratgandan uzur so'rab tavba qiling.

Unutmang har qanday kasallikka eng yaxshi davo bu uni vujudga kelishiga aynan qaysi qarashlaringiz sabab bo'lganini anglashdir. Xatolarni anglash esa tavba bilan yuvilganida uning jismoniy oqibatlaridan Alloh bandalarini halos qiladi. InshaAlloh!

#tafakkur_qiling


*Bu kasalikka chalinganlar xalqimiz orasida ko'p ekani bois. Aynan shu kasallikni sabablari va davolash usullariga bagʻishlangan alohida bir kitobni tayyorlab barchaga ulashishni maqsad qildim. InshaAlloh duo qilib tursangiz tez kunlarda taqdim etaman!


@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
John Rokfeller - dunyo tarixidagi dollarda eng birinchi milliarder bo'lgan va insoniyat tarixdagi eng boy odamlardan biri. Va Kamina 😅 Qiziq savol bularni qanday o'xshash taraflari bor? 🤔 @muzaffar_vakkosov1
O'tgan yili hatto "namyok" bilan post yozsam ham hech kimni hayoliga kelmagan edi. 😅
Bu yil hali o'zim yozmasimda anchagina tabriklar kelmoqda🤗

O'z yaqiningizdek ko'rib bugungi sanani yoddan ko'tarmagan, hamda hozirgacha va endi tabriklamoqchi bo'lgan barchadan minnatdorman!🙏
Bejizga kanaldagilar barchamiz bir oilamiz demaymanda🤗

#boringizga_shukur❤️

@muzaffar_vakkosov1
Nega "Qalb kasbingiz" ni topa olmayapsiz?!


Ko'p bor menga "o'z qalb kasbimni topa olmayapman" deb yozishadi.
Agar sizda ham shunday holat bo'lsa eng avvalo o'zingizga savol bering: Xo'sh aytingchi uni nega topmoqchisiz?

Agar javobingizni asosiy qismini "Agar topsam ishlarim yurishib, ko'proq pul topishni boshlardim yoki qalb kasbida ishlasa odam muvaffaqiyatli boʻlib ketadi..." degan moddiyatni yoki mashhurlikni ko'zda tutuvchi istaklar egallagan bo'lsa, unda qalb kasbingizni hali ancha vaqt izlab yuraverasiz!

Xo'sh nega bunday?!
Ko'p bor takrorlayman: Bizni ongimizni asosan ikki xil (bizni poklovchi va kirlatuvchi) kuchlar boshqarishga urinadi.

Bizni jannatdan uzoqlashtiruvchi kuchlar bizda nafsimiz va egoimizni ustuvor qilib, ular istagiga intilib yashashimizga undaydi. Poklovchi kuchlar esa, bizda bizni qalbimizni poklashimizga undovchi istaklarni uygʻotadi va shu orqali bizni karmalarimizni poklagan holda jannat taraf yetaklashadi.

Iqtidor ham karmadir. Ya'ni u ruhimizga biriktirilgan va bu olamda uni amalda ezgulik yo'lida ishlatib, insoniyatga manfaat keltirish orqali poklashimiz kerak bo'lgan narsadir. Shu bois ham qachonki sizni ongingiz nafsoniy istaklar bilan to'lgan ekan. Bu holatda iqtidoringiz qalbingiz tubida chang bosib yotaveradi.

Asl o'zligingiz va qalbingizning asl xohishlariga yetib berishingiz uchun, avvalo sizni dunyoviy istaklar ketidan chopishga majbur qilayotgan shaytoniy illyuziyalardan ongingizni tozalashingiz kerak. Buning eng tez va samarali usuli o'zingizni, bor energiyalaringizni, rizqingizni va ertangi taqdiringizni to'liq Alloh izniga topshirishdir. Ya'ni Taslimiyat!

Shunda siz o'zingizni ezgulik kuchlariga topshirgan bo'lasiz. Keyin esa ular asta-sekin sizni poklashga olib boradigan yo'llar bilan boshqarishni boshlashadi. Kirlatuvchi kuchlar nafsingiz istagiga undagan bo'lsa, poklovchi kuchlar asl qalb istaklaringizni uygʻotib beradi. Shunda siz insoniyatga qandaydir yaxshiliklar qilgingiz keladi. Aynan qaysi yo'l bilan yaxshilklar qila olaman degan savol bilan qalbingiz tubidagi o'z iqtidoringizni ham aniqlay olasiz.

Yuqorida aytganimdek iqtidor karmasini yuvilishi u orqali ezgulik xizmatlarini qilish bilan sodir boʻladi. Shunday ekan o'zingizga savol bering: Aynan nimalarni odamlarga beminnat va shartiz qilib berishni istaysiz?
Shartsizlik istagi qalb istagidir. Qanchalik atrofingizga shartsiz xizmatlarni ko'p ulashsangiz shunchalik ongingizni boshqarishdagi qalbingiz ustivorligi ortib boradi.

Bundan tashqari, agar siz allaqachon iqtidotingizni topgan va u orqali faoliyat olib borayotgan bo'lsangizu, lekin uni ba'zida shartsiz, ezgulik yo'lda ham ishlatib turmayotgan bo'lsangiz va uni faqat nafsingiz istaklari uchun ishlatayotgan bo'lsangiz, unda hali siz iqtidor karmangizni ruhingizdan forigʻ qilmayotgan bo'lasiz.

Xo'sh uni poklayotganingizni qanday aniqlash mumkin?
Qachonki, qancha ko'p odamlar iqtidoringiz orqali sizdan minnatdor bo'layotgan bo'lsa va xizmatlaringiz uchun sizdan rozi bo'lib, chin koʻngildan sizni duo qilishayotgan bo'lsa, shunchalik siz Ruhingizni karmalardan poklayotgan bo'lasiz!
Chunki Allohning rozi qilayotganingizni asosiy ko'rinishlaridan biri bu turli xizmatlaringiz orqali Uning bandalarini qalbiga yorugʻlik kiritishga erisholganingizdir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Nega "Qalb kasbingiz" ni topa olmayapsiz?! Ko'p bor menga "o'z qalb kasbimni topa olmayapman" deb yozishadi. Agar sizda ham shunday holat bo'lsa eng avvalo o'zingizga savol bering: Xo'sh aytingchi uni nega topmoqchisiz? Agar javobingizni asosiy qismini…
Ba'zida kanaldagi avval yozilgan postlarni qayta o'qib ko'rganimda hatto o'zim hayratda qolaman: "Bularni kim yozdi? Axr meni miyamda bu ilmlar yo'qku?!"
Huddiki yuksak ilmlari mavjud qandaydir yuqori kuchlar meni tanam va qo'llarimni boshqargan holda bu ilmlarni menga yozdirgandek.

Hech e'tibor berganmisiz insoniyat tarixida kuyuk kashfiyotlar qilgan olimlar va kuchli ilmlarni barchaga ulashgan avliyolar o'zlari dabdabali sharoitda yashashmagan. Sababi agar ular ham e'tiborini faqat o'z nafslari va dabdabali hayotga erishish istagiga qaratishganida ularga bunday ilmlar va kashfiyotlar qila olish imkoni berilmas edi.

Agar ongingiz moddiyat hirslari illyuziyasi ichida qolar ekan. Sizga insoniyatni yangi darajaga olib chiqish vazifasi berilmaydi. Qachonki taslimiyatga kirib tanangizni va butun hayotingizni ezgulik qilishga bagʻishlasangiz Yuqori kuchlar sizni iqtidoringizdan foydalanib, sizni tanangiz orqali yer kurrasida buyuk ishlar qilishni amalga oshirishni boshlaydi. Keyin esa bu ishlar insoniyat nuqtai nazaridan huddiki sizning ishingiz sifatida e'tirof etiladi.

O'zingizni asl bandalik darajangizni va sizdagi hech bir narsa, hatto tanangiz ham sizniki emasligini va baribir sizni yuqoridan boshqarishlarini chuqur anglab yetganingizda, juda yengillik bilan taslimiyatga kira olasiz va hayotingizni dunyoning ijobiy rivojlantirishga sarflab yashashga kirisholasiz!
Ana shunda sizga Buyuk ishlarga yengil yo'l ochib beriladi hamda jismoniyatingiz va jamiyatdagi nomingiz qilgan xizmatlaringizga qarab, yillar o'tgandan so'ng odamlar "Buyuklar" deb hisoblaydigan tarixiy insonlar qatoriga kiritiladi.

Endi sizga ushbu "Buyuk sir" ayon boʻldi. Qolgan umringizni qanday o'tkazishni o'zingiz tanlang.
Ha aytgandek Ruhimiz uchun berilgan tanlov imkoni bu ezgulik yoki yovuzlik kuchlaridan biriga xizmat qilishni tanlash uchundir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Restoranga kirib 100 minglik yegulik yeyish bu normal. Ustimizga 300 minglik kiyim olishimiz bu normal. Lekin kitob do'koniga kirib 30 minglik kitobni olishga pul sarflash bu juda katta pul yo'qotishdir. To'g'rimi?

Ba'zilarni hayotiga nazar tashlar ekansiz, huddiki ular faqat tanasi uchun yashayotgandek ko'rinadi. Va aynan shundaylar bilan suhbatlashsangiz moliyaviy yetishmovchik haqida ko'p aytishadi.
Buning sababi, ular hayotlariga haqiqiy baraka olib keluvchi asliyati rivoji uchun deyarli energiya sarflashmaydi.

Ha "Ilm"ni yeb bo'lmaydi, ushlab bo'lmaydi. Lekin uning hayotingizga ikkilamchi ijobiy taʼsiri kiyim yoki yegulikdan ko'ra 10 va hatto 100 karra ko'proqdir!

Tanani to'ydirsangiz u kuniga bir necha yuz ming ishlab topishi mumkin. Ongingizni to'ydirsangiz bir kunda bir necha millionlarni topa oladigan darajaga chiqasiz. Chunki uch o'lchamli dunyo energiyalarini qachonki sizda yuqoriroq o'lcham energiyasi bo'lgan "ilm" yetarli bo'lsagina nazorat qila olasiz!

Ba'zilar tanasini bezatib tashqaridan o'zini huddi moliyaviy erkin insondek ko'rsatishga urinadi. Lekin ichkaridan esa moliyaviy tashvishlar girdobida bo'ladi.
Asl farovonlikka esa, qachonki o'zingizni ichkaridan boyita olsangizgina erisholasiz! Shunda siz tanangizni tashqaridan boy ko'rsatmasangiz ham moliyaviy hotirjam yashay olasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
O'zingiz ilmli va ruhan yuksalishga erishgan bo'lsangiz-u, lekin atrofingizdagilar ilmsizlik sabab azoblanib yashayotganini va o'zlari anglamay oxiratini ham barbod qilayotganini ko'ra-bila turib, ularga ilm ulashsam o'zim yuqori ilmlardan uzilib qolaman deb ziyo tarqatishdan bosh torsangiz. Unda, boyligi bo'laturib ehtiyojmandlarga bergisi kelmaydigan "Xasis boy"dan sizni nima farqingiz bor?

O'zingizni ruhan yuksalib, ongim boshqalar bilmagan ilmlarni anglab, qandaydir yuqori darajaga erishdim deb hisoblasangiz-u. U darajani yo'qotishdan qo'rqsangiz. Demak siz hali hamon o'z Nafsingiz va Egoingiz uchun xizmat qilmoqdasiz!

Ruhimiz barcha erishganlarimizni Allohga topshira olib, o'z "Men"imizni eritib tashlab, borliqqa birlasha olsakgina asl darajasiga erishadi!

"Men"ingiz uchun emas, Alloh uchun xizmat qilishning asl darajasiga chiqqaningizda obro-mansabingizdan ham, ilmingizdan ham, va hatto jannatingizdan ham voz kechib hayotingizni yer yuzida ezguliklar qilib, o'z iqtidoringiz bo'yicha atrofingizdagi Allohning boshqa bandalariga xizmat qilib, ularning jannatiy bo'lishlariga ko'maklashish uchun bagʻishlay olasiz.
Mana bu "Men"likni haqiqiy yo'q bo'lishidir!

Jannat uchun intilish bosqichi, bu albatta gunohlardan tiyilishni o'rganishimiz uchundir. Ammo bu qaysidir ma'noda u dunyo azobidan qo'rqob, o'z meningizni qutqarishga urinish hamdir. Butun millat uchun, butun insoniyat uchun, butun Yer kurrasi uchun ezguliklar qilib, xizmatlaringizni oqibatini Allohga topshira olsangiz "U" albatta bu xizmatlaringiz ajri uchun sizni siz kutganingizdan ham yuqoriroq jannatlar bilan siylaydi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mendek "Inteligilee..." bola bilan tanishadigan qizlar yo'qmi? 😅


#barchaga_yaxshi_kayfiyat😉

@muzaffar_vakkosov1
Nega bugun bu millatdan avvalgidek dunyo tan olgan Buyuk olimlar chiqmayapti?


Buning asosiy sababini tushunish uchun millatning hozirgi kundagi oila qurishdan maqsadiga e'tibor bersangiz Millatning bugungi tushib qolgan ahvoli bejiz emasligini anglaysiz!


Yigitlarning oila qurishdagi asosiy maqsadi: tezroq uylanib, har kunlik bepul jinsiy aloqaga erishish.

Qizning oila qurishdan asosiy maqsadi: Tezroq erga tegib, farzand ko'rib, boshqa tengdoshlaridan kam joyi yo'q ekanligini isbotlab qo'yish.

Qizning ota-onasining qizni tezroq uzatishdan maqsadi: "Qiziga yaxshi tarbiya beribdi tezda egasini topib ketti" degan maqtov olish yoki "qizi o'tirib qolibdi nimadir netosi bor ekan" degan gaplardan qutilish.

Yigitning ota onasining to'y qilishdan asosiy maqsadi: tezroq uyga tekin xizmatchi olib kelish!


Bolalarning bu dunyoga kelib nimalar qilishi esa, umuman qiziq emas. Ular asosan ota onasini boshqalarni gap so'zlaridan qutqaruvchi bir qo'g'irchoq kabidir. Ularning istagi ota onasiga hamohang bo'lishga majbur. Ularning iqtidori ham ota onasi aytgan soxada bo'lishi kerak. Voyaga yetguniga qadar bolalarni shaxsiyatiyu iqtidori butkul bloklanadida keyin, "Qo'lingdan hech narsa kelmaydi, sen ham biror nima qilib pul top" deb uni jismoniy mehnat bilan tirikchilik qilishga undashadi.

Bolalarni kelajakni Buyuk insonlari sifatida ko'rishni boshlasak. Huddi biror Buyuk inson uyingizga tashrif yurishiga oldindan tayyorgarlik ko'rganingiz kabi ularni ham hali dunyoga kelishidan avval alohida e'tibor bilan kutib olasiz va voyaga yetguniga qadar shunga muvofiq tarbiyalaysiz. Shundagina haqiqatdan ham Buyuk insonni jamiyatga tarbiyalab berolasiz!


"InshaAlloh oila qurishdan asosiy maqsadim, butun insoniyat va butun ummat uchun buyuk xizmatlar qilib, millatni yana avvalgidek yuqori darajaga olib chiqadigan farzandlarni dunyoga keltirish va tarbiyalash" degan birlamchi maqsad bilan oila quradigan yigit va qizlar soni oshsagina millatimiz bugungi ilmiy va ma'naviy botqoqlikdan chiqib ketoladi.

Unutmaslik kerakki, buyuklarni tarbiyalay olmaydigan millatga Alloh buyuk ishlar qiladigan ruhlarni farzad sifatida yubormaydi!


#tafakkur_qiling


@muzaffar_vakkosov1