31 subscribers
5 photos
3 links
Fikrlarni beta testingdan o’tkazish uchun kanal
Download Telegram
Bir atrofga e’tibor bersam, xuddi hamma “IELTS IELTS” o’ynayotganga o’xshayapti nimagadir. Ko’pchilikdan so’rayman nimaga IELTS o’qiyapsan, nimaga topshiryapsan deb, bilmadim kere bo’lib qolar deyishadi ko’pchiliklari va men hayron. Shunchaki ingliz tilini o’zini zo’r o’qib qo’ysayam yetadi kareriya uchun, sababli IELTS ga harakat qilyotganlarni tushunaman, lekin faqat “IELTS 7.5 oldim” deyish uchun 4 oy vaqt va pul sarflash g’alatida, yana men eng kam muddatni aytyapman.

Faqat “ingliz tili ingliz tili” o’ynaylik, yetadi )
4👍3🔥3❤‍🔥11👏1
Bugun dasturchilar kuni ekan, har yili istalgan kunni dasturchilar kuni deb aytishadigandek tuyulardi, lekin har yilning 256-kuni ekan, bu raqam dasturchilar tanish, shungadir.

Xullas, biz sog’-salomat bo’laylik, noutbukimizga, yozayotgan kodlarimizga baraka bersin, baxtli bo’laylik va hech qachon bizga dasturchi bo’lganligimiz uchun “kompyuterimni ko’rib bering, telefonimni ko’rib bering,” deyishmaydigan kunlargayam boraylik!
👍6🔥3👏311
Dunyodan gapirsak, bugun Eron Isroilga tarixdagi ikkala davlat o’rtasidagi eng katta hujum bo’ldi deb bildim, men odamlar o’lishi, urush-janjallar bo’lishi tarafdori emasman, lekin davomiy ravishda zolimlik qilayotgan tomon biroz bo’lsayam tiyib turilishi, hech bo’lmasa unga qarshilik pozitsiya bildirilishi kerak normal jamiyatlar(davlatlar) tomonidan. Shuningchun bugungi shu ishdan biroz xursand bo’ldim. Qayerdadir portlashlar, vayrongarchiliklarnimas, umumiy ma’nodagi ogohlantirishni tog’ri deb bildim.

Bu fikr ular boshqa dindagilar bo’lgani uchunmas, yaqin Sharqda bo’lgan voqelarni insoniylik jihatdan baholasak ham bu haqli javob va ogohlantirish bo’ldi.
4🔥3👏21👍1
Esimdan chiqibdi, ustozlar kuni edi bugun. Ustozlarni hayotimizdagi o’rni katta agar fikrlab qaraydigan bo’lsak. Ular o’rgatgan har bir bilim, hayotimizni qaysidir voqealari jarayonida qaysidir tog’ri qarorni qabul qilishga sababchi bo’lishi mumkin va bunday qarorlarni har biri hayotimizga, jamiyatga qanchalik foydali g’oya va kelajakda jarayonga aylanib ketish ehtimolini hisobga olsak ham yetarli menimcha.

Ustozlarimiz doim sog’-salomatlikda hurmat va sharafli o’rinda hayot kechirishsin. Albatta ustoz deganda faqat maktab va institutdagi o’qituvchilar emas, balki ishda, hayotda davomli va foydali bilimlar, maslahatlar beradiganlar, o’rgatadiganlar ham ustoz sifatida ko’riladi. Yaxshi bilimli ustozlar hozir bizga doimgidan ham ko’proq kerak, yangi davr avlodlarini yetishtirish uchun. O’zimiz ham yaxshi ustoz bo’lishimiz kerak!
🔥4👏321👍1
Umumiylashtirib fikrlash ba’zida kichik muammolar keltirib chiqaryapti. Masalan, biror bir telegram kanaldan doim ma’lumot o’qib tursak yoki doim bir odamni tavsiyalariga amal qilib turgan bo’lsak va ular bizga foydali bo’lib turgan bo’lsa, ularga nisbatan 100% to’g’ri va foydali ma’lumot beradi degan xulosa qilib qo’yish qachondir ular no’tog’ri, bizni zararimizga ishlaydigan ma’lumot berganda ham biz ulardan bilgan, eshitgan narsalarni tog’ri deb qabul qilaveramiz. Mana shu umumlashtirib fikrlashni bir zararlaridan biri. Hozirgi ma’lumotlar almashinuvi rivojlangan zamonda juda muhim, bizda doim olayotgan ma’lumotlarga nisbatan tanqidiy fikrlash va filter bo’lishi kerak, aslida olayotgan ma’lumotimiz nima haqida, qayerdan olingan va qayerda tasdiqlangan degan savollar berish ham ancha filterlab beradi.

Masalan men bir geosiyosat bo’yicha yaxshi mutahassisni kuzatib boraman, men u odamni juda suhbatlarini ko’rganman, uni haqiqatdan yaxshi odam va o’z ishini professionali deb bilaman, lekin bir suhbatida emotsiya berilib sal no’tog’riroq bo’lgan fikr aytdi, o’shanda nojo’ya fikr bildirib qo’yganligini keyinchalik o’zi aytdi, aytmaganlarida qachonlardir bu ma’lumot meni zararimga ishlardi, bu kichkina misol xolos, lekin jiddiy bo’lgan xolatlarda zarari kattaroq bo’lgan bo’lardi.
🔥43👏3👍1🆒1💘1
Doim yilni oxirida yil yakuni, keyingi yilga rejalar qilinadi. Bu yil ma’lum ishlarni tugataman, shuncha kitob o’qiyman, shu maqsadlarga erishaman va shunga o’xshash. Lekin shunaqa yillik rejalar menda “hali qilsa bo’ladi” degan illuyiza yaratadi. Shunchaki ishlari doim ketma ketligini va muhimligini aniqlab bajarish kerak tinmasdan, yilni oxirida qandaydir pauza qilishni nima keragi bor. Albatta umumiy maqsadlar qo’yiladi, lekin yilni oxirida rejalarni qayta ko’rib chiqish hech nimani anglatmaydigandek tuyuladi menga, chunki buni doim qilsa bo’ladi, davomiy, rejali to’xtovsiz harakatlar.
👍53😁3🔥1👏1💯1👨‍💻1💘1
Qachonlardir maktabda ona tili darsida o’tirganimda bu fan vaqti kelib kanalga post yozish uchun foydali bo’lishi mumkinligini hayolimgayam keltirmaganmanda
💯53👍3👏2🔥1😁1👨‍💻1💘1
Oxirgi paytlar koinotga aloqador narsalar qiziqish ortib qoldi. Avval bunga aloqador kinolar, videolar ko’p ko’rganman. Cheksizlikka qarab kengayadigan bu olamda xatto biz bilmagan, o’ylamagan, tasavvur ham qilmagan, o’lchamlar, tushunchalar juda ko’p. Koinotni o’zini bir quti deb tasavvur qilsak u cheksiz marta kengayaveradi, lekin qayerga kengayadi? Koinot chegarasidan tashqarida nima bor? O’zi bor yoki yoq deb atash mumkinmi unga nisbatan? Xatto vaqt va zamon tushunchasi ham har xil. Yanayam ko’proq o’rgansam bularni bilarman balki, lekin o’ylash va tasavvur qilish uchun doim qiziqarli narsa.

Biz yashaydigan joy va qilayotgan ishlar bu borliqni 1 trillionidan biriga ham ta’sir qiladigan bo’lmasa, nimadandir nolishga uyalarkan odam
👍54❤‍🔥42🔥2🆒1💘1
Ramazon o’ziga xos ruhiy energiyaga boy oy. U o’zida doim yoqimli, qadrli xotiralarni saqlaydi va ularni har yili ko’paytiradi.
Hammamizga muborak bo’lsin.
🎉6💘54❤‍🔥1
Spotify va Yandex Musicni kontent tomondan deyarli bir xil lekin Yandex bizni xududga yaxshiroq moslashgan va arzonroq deb hisoblab kelaman anchadan beri. Lekin oxirgi paytlarda men yoqtirgan, qidirgan treklar Yandexdan topa olmayapman, qanaqadir cover versiyalari chiqadi qidirganim, lekin original trek yo'q. Ancha vaqt o'tib post yozishni boshlaganimdek Spotifyni qayta ishlatishni boshladim, men xohlagan hammasi shu yerda, yandex, youtube, telegram qilib qiynalib yurgandimakan.

Welcome back Spotify and me
44👏3💘1
80 yoshdan o’tgan opoddam(bobom)lar doim sog’lom yashash uchun doim faol harakatda bo’lish kerakligini aytardi, yoshlikda unchalik e’tibor bermasdik, hozir bu oddiy, lekin juda foydali maslagatdek ko’rinadi. O’zlari doktor bo’lgan, yaqin yillargacha pomidor ekish, yig’ishitirish bilan shug’ullanganlar, biz o’zimizcha ularni asrash uchun bunaqa ishlarni tashlashni, dam olib kamroq ishlashni aytardik, aslida ular o’zlarini asrash uchun qilganakan logically o’ylab qarasa ). E’tibor berib qaraganimda o’zlarini yoshidagi odamlardan, ba’zida o’zidan kichkina odamlardanam ancha tetik ko’rinadi. O’zimga hayron qolaman shunday tayyor hayotiy misol va maslahat ichida yillar davomida yashagan bo’lsam ham buni odat qilmaganman, oddiygina kunlik piyoda yurish ham yetardi aslida.
4👍4🔥41👏1💘1
Bir kuni ishlab o’tirganimda, hozirgi ishim haqida o’ylab qoldim, nimagadir doim bu ishda ishlayotganimga 1 yil bo’ldi deb o’ylardim, hozir Mutolaa loyihasida ishlayotganimga 1 yil 8 oy bo’libdi. Xuddi kechagina “Create New Project” knopkasini bosgandekman, bu vaqt tez o’tdi. Bu loyihada faqat dasturchi sifatidamas, startap loyiha jamoasi a’zosi sifatida ko’proq tajriba oldim, har xil vaziyatlarni ko’rdim. Umumiy ish jarayoni maqulligi uchun shuncha vaqt o’tganini bilmay qolgandekmanmi balki, bu juda ko’p bo’lmasayam meni kareriyamdagi eng ko’p ishlayotgan joy bo’lib turibdi hozircha. Ish bo’yicha yangi fikrlar berish, muhokama qilish, tortishish va “implement” qilish, shunday ishlash qiziq va buni ishda topolganim uchundir balki.
👍643🔥1🆒1💘1
AI rivojlangan zamonda, u ko’p sohalarda odamlar ishini olib qo’yadi degan fikrlar paydo bo’lyapti, ayniqsa IT sohasidagilarni. Qolganlarni bilmadim, lekin meni ishimga AI boost beryapti xolos, xuddi junior dasturchini so'kib ishlatyotgandek). ChatGpt ni anchadan beri ishlataman, oxirgi oydan kod "editor" larni ishlatib ko'rdim, masalan Cursor, o'ylaganimdan ancha yaxshi, qilishga erinadigan, ko'p fikrlash va o'ylash kerak bo'lmagan, lekin ko'p vaqt oladigan ishlarga ishlatish ancha vaqt, resurslarni tejab qoladi, "yana shuni qilish kerak" degan stresslar kamayadi. Umuman olganda "not bad".
4🔥3👏31👍1💘1
Shu Cursorni topib olganimdan keyin qilmoqchi bo'lib yurgan, lekin vaqt topilmayotgan proyektchalar, ishlarni qildirishni boshladim. Endi bo'sh vaqt bo'lganda charchagan, ishlagim kelmagan bo'lardi ko'proq. Hozir shu vaqtda kompyuter yoniga kelaman choy/kofeni qo'yvolib "prompt" larni yozib, ishlarni tekshirib o'tiraman, oyiga 100$ ketsayam yaxshida
🔥63💘31👍1👏1
Qisqa deepthinking sessiyalaridan.

Ba’zida o’ylab qolaman 4-5 yil ishlab, biror o’zimga yoqqan ish/biznesni yo’lga qo’yib shu bilan shug’ullanib tinchgina yashab yuraverish kerakmi, doim hayotda “yugurib”yashash shartmi deyman, lekin hamma shunday fikrlab yashaversa rivojlangan jamiyatlar qanday quriladi,
yashashdan katta maqsad yo’qdek tuyulib sokin-havotirli lifestyle bo’lib qoladi. Va yana lekin hamma bunday fikrlamaydiku, o’zim tinchgina yashasam bo’ladiku deyman, va yana orzular nima bo’ladi deyman, baribir iloji yoq, orzularda materialistik narsa ko’p bo’ladi va ularga erishilgandan keyin ularni value si qanday bo’ladi, men xohlagan narsa ololmasam shuncha yillar nima bo’ladi, va shunday loop bo’lib aylanaveradi argumentlar, fikrlar. Hayot qiziq narsada o’zi )
43🔥3🌚2❤‍🔥1👍1
Googleni Veo 3 ni ko’rib AI rivojlanishini kichik yoki katta bo’lsin, bu bir bosqich oldinga yurish deyish mumkin, u generatsiya qilayotgan videolarni avvalgilariga yoki boshqa AI larga solishtirilsa, transformers 5 kinosidagi bitta epizod esimga tushdi: “ularga upgrade nima ekanligini ko’rsatib qo’yaylik”. Yaxshilab e’tibor berilsa hozir ham haqiqiy va Veo 3 generatsiya qilgan videoni farqiga borsa bo’ladi, lekin natija yaxshi. Boshqa tomondan , qaralsa bundan ham rivojlangan bosqichida undan qanaqa yomon yo’llarda foydalanish mumkinligini bilib bo’lmaydi, hamma narsa qilish mumkin bo’lsa, taxmin qilish mumkinmi chegaralarni.
3🔥3💯31❤‍🔥1🏆1🤝1🆒1
One more light
3🆒32❤‍🔥11👍1🔥1🌭1💯1🏆1👀1
Linkin Parkni One more light degan qo’shig’i eshitib qolib, 5-6 yil avvalgi xotiralar birdaniga nostalgiya bo’lib aylanib ketdi,chunki o’sha vaqtlar eshitib yurardim.
Ekrani singan laptopimni televizorga ulab ishlatadigan, video o’yinlarga passion juda yuqori bo’lgan, o’zini aniq bir yo’lini topmagan paytlarim bo’lsayam buni kulib esladim.
Chunki biz doim baxtlimiz, faqat buni o’z vaqtida his qilmimiz, doim avvalgi paytlar baxtliroq bo’lgandek tuyulaveradi, shuni o’ylab turgan paytimiz ham baxtli bo’lamiz aslida lekin buni kelajakda eslab his qilamiz.
❤‍🔥43🔥3🏆21💯1🆒1
Bu yil startap trendi kirib keldi bizga, buni yaxshi tushunmasdim lekin qaysidir ma’noda qilayotgan ba’zi ishlarim startapp bo’lganakan. Shunday qilib yaqinda Ovqat AI (@ovqatai_bot) nomli kichik loyihamizni ishga tushirdik. Bu odamlarga ozish yoki semirish uchun ovqalanish normasini nazorat qilishga yordam beradi. Bu yo’nalish butun dunyo bo’ylab mashxur, odamlar ishlatadi, ko’p yaxshi loyihalar, ilovalar qilingan, bizniki xuddi o’shalarni O’zbekistonga adaptatsiya qilingan varianti, ko’ramiz nimalar bo’ladi, ko’ramiz nimalar bo’ladi, bu loyihaga potensial yoq emas.
5🔥3👨‍💻3❤‍🔥11💯1🏆1🆒1
Bizni dinamikaga boy 2026 yil kutib turibdi,xuddi avvalgi 3 yildek, urush, AI , startaplar. Bu yilda global geosiyosatda muhim qarorlar qabul qilinishi, startap trendini pikga chiqishi va balki AI rivojlanish yo’li qaysi tomonga qarab ketishi bo’yicha biroz visionlar ko’rinishi kutiladi.
Shaxsan men uchun qiziq yil bo’ladi, kareriyadagi yangi izlanishlar, o’zgarishlar, chunki bu yilgi rejalar har doimgidan aniqroq ko’rinyapti, dasturchiligim uchun aniqlik hotirjamlik va energiya beradi ko’p holatda. Va albatta bu “yanvardagi motivatsiya” bo’lib qolib ketmaydi
🔥54👍2🏆1