Muxlisa AI
218 subscribers
2 photos
2 links
Muxlisa Aqlli yordamchi rasmiy kanali
muxlisa.uz

Savol va takliflar bo'yicha info@muxlisa.uz

UZINFOCOM
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum barchaga! 🇺🇿

Muxlisa ovozli yordamchisining boshlang’ich qadamlarida uning ikki imkoniyatini sinab ko’rishingiz mumkin.

Nutqni matnga o’girish va matnni nutqga o’girish funksiyalarini sinab ko’rishingiz uchun siz @muxlisa_ai_bot ga o’tishingiz va /start buyrug’ini bergach foydalanishni va o’z fikrlaringizni qoldirishni boshlashingiz mumkin. 🥳

Shundan so’ng matn yuborsangiz ovozli shaklini, agar o’z ovozingizni yozib yuborsangiz aniqlangan matnni sizga javob sifatida yuboradi. 😉

Har bir ovoz va aniqlangan matnga o’z reaksiyangizni bildirishingiz yoki kamchilik, takliflar haqida fikr qoldirishni bosib fikringizni qoldirishingiz mumkin. Takliflaringiz albatta hisobga olinadi.

Yangilikni yaqinlaringizga ham ulashing 🥳

Muxlisa ovozli yordamchi
@muxlisa_ai
Assalomu alaykum barchaga! 👋🏻

Muxlisa AI loyihasi doirasida birlamchi "Nutqni matnga o'girish" va "Matnni nutqga o'girish" xizmatlarini dasturchilar va o'z loyihasi va tizimi bilan uyg'unlashtirmoqchi bo'lganlar uchun taqdim etishga judayam oz muddat qolmoqda. ⚡️

Sinash, o'z tizimingiz bilan integratsiya qilishga tayyormisiz? Biz ham bu imkoni boricha tezroq amalga oshishi ustida tinimsiz ishlayapmiz 🧑🏻‍💻

Quyidagi botga o'tib qisqa so'rovnomani to'ldiring: @muxlisaai_robot

@muxlisa_ai kanalida esa loyihadagi eng oxirgi o'zgarishlar, yangilanishlar va natijalarni kuzatib boring.

Umid qilamizki talabgorlar va foydalanuvchilar orasida so'rovnomada qatnashganlar birinchilar qatorida bo'ladilar 😉

Hammaga hayrli kun va omad tilab
Muxlisa AI jamoasi 🧑🏻‍💻

@muxlisa_ai
Forwarded from UZINFOCOM
🌐 UZINFOCOM delegatsiyasining Xitoyga qilgan safari davom etmoqda

Samarali uchrashuv va muzokaralar natijasida bugun kompaniyamiz bilan IFLYTEK va BYD kompaniyalari oʻrtasida rasmiy uch tomonlama bitimga erishildi va imzolandi, unga koʻra 2024-yil oxirigacha BYD avtomobillarida oʻzbek tilida Muxlisa AI ovozli yordamchisi o‘rnatilishi kelishib olindi ⭐️

Ushbu integratsiya texnologiyani mahalliylashtirish va avtomobil egalari uchun qulay vositalarni yaratish, ularga o‘z transport vositalari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishda qulay foydalanuvchi tajribasini taqdim etishda muhim qadam bo‘ladi.

——

🌐 Визит делегации UZINFOCOM в Китай продолжается

По итогам плодотворных встреч и переговоров, сегодня между нашей компанией и компаниями IFLYTEK и BYD было достигнуто и подписано официальное трёхстороннее соглашение, согласно которому до конца 2024 года на автомобилях BYD появится голосовой ассистент на узбекском языке Muxlisa AI ⭐️

Эта интеграция станет важным шагом в локализации технологий и создании удобных инструментов для владельцев автомобилей, обеспечивая им комфортный пользовательский опыт во взаимодействии со своими транспортными средствами.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook 🔗 uzinfocom.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🦱 Muxlisa AI loyihasi davomida ishlab chiqilgan matnni nutqqa o'girish va nutqni matnga o'girish imkoniyatlaridan foydalanish uchun yaratilgan Muxlisa AI mobil ilovasida profilga kirish bilan bog'liq muammolar bartaraf etildi.

Ilovani yuklab olib, sinab ko'rishingiz mumkin.
Fikr va mulohazalaringizni ilova orqali yuborishingiz mumkin, biz ularni albatta inobatga olamiz 😉

🛒 iOS qurilmalarga yuklab olish
🛒 Androidga yuklab olish

👩‍🦱 Muxlisa AI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM