Vaqtincha
57 subscribers
352 photos
17 videos
1 file
60 links
— Shaxsiy hudud 👒

• Bir umrlik oʻrganuvchi;
• Ilm yoʻlidagi xulosalarim;
• Oʻrganganlarimdan parchalar;
• Shaxsiy blog, shaxsiy qarash va shaxsiy fikrlar.

💡 Muvaqqot - barchasi vaqtincha aslida!
Download Telegram
Forwarded from Bintu Ikrom
Oxirgi vaqtlaram hayotimda qaysi borada nima muammo, nima qiyinchlik boʻlgan boʻsa hammasiga oʻzimni yondashuv xatoligi bilan oʻzim sababchi boʻldim, boʻlganman...
Bintu Ikrom
Oxirgi vaqtlaram hayotimda qaysi borada nima muammo, nima qiyinchlik boʻlgan boʻsa hammasiga oʻzimni yondashuv xatoligi bilan oʻzim sababchi boʻldim, boʻlganman...
Bir yil avval...

Yaqinlarim, doʻstlarim bilan eski yozishmalarni ora-orada qayta oʻqib chiqishni yoqtiraman...

Bundan bir yil avval, ikki yil avval nimalar bor edi menda, ahvolim qanday edi, ishlarim qanday ketayotgandi, diqqat markazimda turganlar, asosiy  muammolarim, yashab oʻtayotganlarim nimalar edi, hayot tarzim, ishim, ilm olishim, asosiysi qalbim, ruhim qay ahvolda edi... Bugunim bilan avvalimni solishtirib, oʻsishim va yo ne qadar choʻkkanimni tahlil qilish yuzidan juda qiziq, va koʻp narsa beradigan ham yoqimli, ham alamli bir odatim bu mening

Oʻzi chatlarni uzoq muddat saqlab yuradigan biri emasman, tez-tez chatlarni oʻchirib yuboraman, ammo baʼzi insonlar bilan, qadrlilarim, qalbga yaqin insonlarim bilan yozishmalar men uchun juda muhim, qanday yozishma boʻlsa ham hech oʻchirishni xohlamayman, u insonlar bilan oramiz hozir ne holda boʻlsa-da, oʻsha vaqti ular-la his etilgan, yashalgan, ishonch ila boʻlishilgan hislar haqqi, oʻsha vaqtdan qolgan xotiralar men uchun doim qadrli, muhim bir oʻrinda)

Xullas, yana shu odatim tutdi, yaqin desam yaqinmas, uzoq desam uzoqmas biriga, bir yil avval yarim tunda uzundan-uzun qilib shu kabilarni yozgan ekanman, har xolda bu qadar ochiq boʻlganimga koʻra ishonganim, juda uzoqmas inson... Va oʻylab qoldim, shu sanalardan boshlanmish bu bir yilda koʻp narsa boʻldi, juda koʻp narsa, nimalar yashaldi-yu, ehhe qancha qanchalar oʻzgarib ketdi, boʻlmaydi deganlarimiz boʻlib, boʻladi deya kutganlarimiz hech boʻlmas holga keldi, hayotimning eng yaxshi, va bir vaqtda eng yomon vaqtlarini yashadim

Va afsuski, ming afsuski bir yil avvalgi holatimni yana takrorlabman, oʻzimga oʻzim ozor yetkazishda davom etibman koʻp vaqt... xatolar, xatolardan saboq olish uchun muhim, ammo men yetarli saboq olmabman chogʻi...

Ammo, bu gaplar rost, hamd:

Oldin qila olgansiz va hozir ham qila olasiz

Orada bu kabi holatlar, muammolar, ozgina tushish holatlari bo’lishi tabiiy

Endi nazoratni qo’lga olish kerak tamom

Hammasi yaxshi holatga keladi Inshaalloh


Va bular ham:

Har kim ko’tara oladigan sinovlari bilan sinaladi

Havotir olmang

Sinovlar sizni kuchliroq qiladi

Oldin ham siz uchun katta deb o’ylagan muammolarizni, sinovlarni eslang

O’tib ketdizku hammasidan

Bulardan ham havotir olmang, bundan nima xulosa qilishim kerak, nima xato qildim, nima qilsam to’g’riroq qilgan bo’laman deb yondashsangiz bas


Birodarimizga koʻpdan koʻp tesekkur ederiz, shunday yaxshi va juda oʻrinli bir eslatmalar qilgan ekan, bular hozirgi holatda ham juda aktual boʻldi, bence)

Shunaqqib shunaqa gaplar bizda, sizda nima gaplar doʻstlar, ishlaringiz, oʻqishingiz boshqa-boshqalarni qoʻyib turing, qalbingiz, ruhingiz holati qanday ayni vaqti?)
3❤‍🔥2🔥2
- Toʻgʻri juft topganimni qayerdan bilaman?
- Topganingda unday savol paydo boʻlmaydi.
7❤‍🔥3🔥3🕊3
Odam alayhissalom, ya’ni erkak zoti tuproqdan yaratilgan. Shuning uchun erkaklar his-tuyg‘uga kamroq berilishadi, ko‘proq mahsuldorlikka e’tibor qaratishadi.

Havvo onamiz, ya’ni ayol kishi Odam alayhissalomning bir qismidan yaratilgan. Shuning uchun ham u erkakka ko‘proq moyil bo‘ladi, unga intiladi.

Erkakning ayolga intilishi butunning o‘zining bir bo‘lagiga tortilishi kabi bo‘lsa, ayolning erkakka intilishi qismning o‘z butunligiga intilishi kabidir.

Shuning uchun ham ayol kishi erkakning panohida, uning qo‘l ostida yashashdan, erkak uning ehtiyojlarini qondirishi, unga g‘amxo‘rlik qilishidan uyalmaydi, bu holat unga noqulaylik tug‘dirmaydi.

Ayol kishi erkakka qaram ekanini bilsa ham, buni kamchilik deb hisoblamaydi, o‘zini kamsitilgandek his qilmaydi. Chunki ayol zoti ishlab pul topish, tirikchilik tashvishini qilish uchun yaratilmagan.

Biroq erkak kishi o‘z fitratiga ko‘ra, ayolga boqimanda bo‘lishni, uning hisobiga yashashni ko‘tara olmaydi. Agar oilaviy xarajatlarni ikkalasi birgalikda ko‘tarsa, bu erkak kishiga juda og‘ir botadi va u o‘zini ezilgandek his qiladi.

Alloh insonlarni ana shunday fitratda yaratgan.

(c) Adham Sharqoviy

tarjamaatiy
❤‍🔥1🔥1🕊1
"Xayrlisi bo'lsa, hech kutilmaganda, birdan va yana juda tez bo'lib ketadi", deb ko'p aytardim doim)

So'ngi vaqtlar hayotimda, atrofimda qayta-qayta guvohi bo'lyapman, kutganingda emas, kutmaganingda kutganingdan ziyodasi berilishi... albatta yolg'iz Uning fazli, rahmatidan, hamd

Keragidan avval taqdirga isyon qilib, shoshilib, ta'malar qilmasang, sabr va tavakkulda bardavom bo'lsang, xayrlisini, xayrli vaqtini kutolsang va o'sha vaqti kelganida go'zal taslimiyat ila qabul qilolsang bas, hammasi duo qilganingdan ham, o’ylaganingdan ham go'zal bo'ladi, go’zal tarzda bo’ladi, ishon)
❤‍🔥3🕊3🔥1
Bugun tarixiy kun 🤭
❤‍🔥2🕊1
- Eplay olasanmi oʻzi, qoʻlingdan kelishiga ishonasanmi?
- Oʻzimga emas, Robbimga ishonaman! Qoʻlimdan kelsa ham, kelmasa ham U nasib qilgani, xayrlisi boʻlishiga ishonaman)

@muvaqqot
🔥5❤‍🔥32🕊1
Bu xabarni yozganimda meni hali oldinda nimalar kutib turganini xatto hayolimgayam keltirmagandim, og'zim qulog'imda umuman boshqacha bir zavqda, xursand edim-da xullas, ammo keyinroq...

U kun qanaqa tarixiy kun edi, nimalar bo'ldi hammasini bugun kechroq yozaman)
4
Erta tongdan, go’zal nasibamiz)

“O’z irodasi, rag’bati va muhabbati ila itoat qilish…. Bu itoat o’zini tushungan, hayotdagi o’rnini, vazifasi va mas’uliyatini his etgan go’zal insonning itoatidir.” | 4:34

Bir qismi tafsiri shuncha ma’noni jamlagan, butun boshli oyat va butun boshli surada esa… bizga chindan ham hayotimiz uchun ochiq-oydin, aniq, eng to’g’ri dasturul amal berib qo’yilgan-da, cheksiz hamd aytishimiz kerak

Ayollar kuchli bo’lish, boshqarish, erishish, uddalash, rahbarlik qilish uchun emas, aslida mutlaqo boshqa fitratda yaralgani, erkak va ayolning o’z fitratlariga muvofiq, xos vazifalari belgilab qo’yilganini ochiq-oydin, batafsil keltirib qo’yilgan bir oyat, birgina oyat, subhanalloh)
❤‍🔥4🔥42🕊1
Vaqtincha
Bugun tarixiy kun 🤭
Alhamdulillah)
❤‍🔥62🕊2
Akrom Malik
Hammaning mehrini qozonaman, hammaning sevgisini egallayman deb o‘ylama, hammaning sevgisi va mehri – yo‘q narsadir; hammaniki bo‘lgan narsa – egasiz narsadir. Sen faqat o‘zingga tegishli insonlar mehri bilan yashay olasan; sen faqat o‘zingga tegishli insonlarga mehr berib, kimlarnidir yashata olasan.
Senga tegishli insonlar – bu ota-onang; opa-singling; aka-ukang…; va Xudo ato qiladigan umring yo‘ldoshi – xo‘jayiningdir. So‘ng farzandlaring. Ulardan boshqa hamma senga begona, ularning erkasi Sen. Ularning boyligi – Sen. Sen uchun ham ular sening hayoting mazmunidir. Shu sababli o‘zingni hech qachon begonalar qo‘liga va nazariga tashlama!
Qizgina!
Sen juda zarif, nafis va zaifa yaratilding. Sening quvvating va izzating shu sifatlaringdadir.
Sen sevikli va qadrli yaratilding, senga sevgi itoating, farosating va shirin so‘zlaringdan keladi.

Qizgina!
Sen faqat o’zingga tegishli insonlar mehri bilan yashay olasan, sen faqat o’zinga tegishli insonlarga mehr berib, kimlarnidir yashata olasan.

…ularning erkasi Sen. Ularning boyligi — Sen)

Yoqimli… Ayol bo’lib yashash, qiz bola bo’lish judayam yoqimli aslida, alhamdulillah)
❤‍🔥3🔥2🕊2
Zulhijjaning 10 kunida 10 ta ibodat

1. Namozlarni vaqtida ado etish (Alloh taologa eng mahbub amal - o’z vaqtida xushu va huzu bilan o’qilgan namozlar)

2. Qiyomul Layl (nafllarni ko’paytirish)

3. Ro’za tutish (Alloh taolo uchun: bandalarning barcha amallari o’zlari uchun, faqatgina Ro’za men uchun, va uning ajrlarini ham O’zim beraman)

4. Qur’on o’qish (imkon qadar 10 kunlikda 1 ta hatm qilishga harakat qilish)

5. Zikrlar (Subhanalloh alhamdulillah vala ilaha illallohu vallohu akbar, vala havla vala quvvata illa billah - tasbeh, tahlil)

6. Birodarlarini, bemorlarni ziyorat qilish, silai-rahmni ziyoda qilish

7. Musulmon birodarlar qalbiga xursandchilik, quvonch bag’ishlash (tashvishini ketkazish, qarzini uzish, qornini to’ydirish, kamg’aballar holidan xabar olish, yosh bolalarni xursand qilish - Allohga suyukli bo’lgan har qanday amallar)

8. Musulmon kishini aybini berkitish (Alloh taolo hayyun - hayoli, hayo qiluvchi zotdir, Alloh taolo hayoni sevadi va u Sittir zotdir, bandalarining ayblarini, xatolarini yashiradi, berkitadi
‼️ avratlarni berkitish ham shu jumladan, bu kunlarda ayollarimiz bilaklari ochilganda qo’llari ochilib qolishi, sochlari ko’rinib qolishi, avratlari to’liq berkilishini, ro’mollarini ko’kraklari bilan o’rashga e’tibor qilishsin)

9. Kechirimli bo’lish (hozirmi, avvalmi kechirolmagan insonlarni kechirish, nohaqliklarni avf etib, unutib yuborish)

10. Allohga tavba qilish, gunohlariga iqror bo’lib tavba qilish (har qanday katta-kichik gunohdan saqlanish, seriallar ko’rish, ko’zni tiyolmaslik, musiqaga berilish, yolg’on gapirish, tilini nazorat qilmaslik kabi barchasi)

Youtube videodan qaydlar

@muvaqqot - barchasi vaqtincha aslida!
❤‍🔥3🔥2🕊2
Xotiralardan yaxshiroq narsa yo'q,
ammo undan yomoni ham yo'q.
4❤‍🔥2🕊1
Quron_va_sunnatda_kelgan_duolar.pdf
740.3 KB
Solih salaflar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan-qancha orzu-umidlar va duolar arafa kuni oqshomida ijobat qilingan.

Ramazon oyida qadr kechasi qaysi kunligi aniq bo‘lmagani uchun uni bilmaymiz. Ammo Zulhijjaning Arafa kuni haqida Alloh bizga aniq xabar berib qo‘ygan. Shunday imkoniyat bo‘lsa ham kamchilikka yo‘l qo‘yamizmi?

Agar arafa kunining oqshomida o‘zing bilan o‘zing xoli qolish imkoni bo‘lsa, yaʼni xoli qolib duo qilish imkoni bo‘lsa uni amalga oshir. U asr namozidan to shom namozining azonigacha bo‘lgan fursat oraligʻidadir.

Solihlardan biri aytdi:

Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi tongni yorishgani kabi amalga oshganini ko‘rdim.


©️Eng afzal duolar — Qur’on va sunnatda kelgan duolar. Shundan so‘ng esa qalbingizdagi har qanday niyatingizni, ijobatiga ishongan holda, soʻrang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊1
Qur’on xodimasi || خادمة القرآن
Quron_va_sunnatda_kelgan_duolar.pdf
Arafa muborak, birodarlar!

Judayam qiymatli, qimmatli kun va vaqtlardamiz, tezda oʻtib ketib qoladi, yetarlicha eʼtibor beraylik, foydalanib, ajrlanib qolaylik)
❤‍🔥3
Bugun Arafa kuni.
Uni boy berib qo’ymang.
Qanday duoingiz bo’lsa so’rab so’rab oling.
Bandalarimni so’ragan narsasini beraman degan kun bu.

Vaqtizni oshxonada o’tkizmang!
Vaqtizni uyquda o’tkizmang!
Vaqtizni sovg’alar orashda o’tkizmang.
Vaqtizni hayit uchun pishiriqlar pishirishga o’tkizib yubormang.

Zikr qiling, ko’pgina zikr qilib oling.
Duo qiling ko’pgina duo qilib oling.
Bir marta so’ramang! So’rayvering, so’rayvering.
Bola to xohlagan narsasiga erishmaguncha otaonasi qancha yo’q desaham oldiga kelaverib so’ragani kabi,
Siz ham Robbingiz huzurida yotib oling. To bermaguncha so’rayvering.

Unutmang, bugun Arafa kuni.
Yilda bir marta keladi. Uni qadrlang!
❤‍🔥1
Bayramimiz muboraaak, birodarlaaar! 💕

Xursandchilik va bayram qilish, o’zaro hadyalashish, quvonch va mehr ulashish uchun eeeng munosib kunlardamiz 💕

Robbim barcha duolarimizni, ibodatlarimizni qabul qilsin 🌷, amiyn! Hayit kunlarimiz, bayramimiz eng go'zal holatda, yoqimli tarzda, xursandchiliklarga booy o'tsin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21🕊1
Bezak berishdan oldin tozalash, yoxud yaxshi sifatlarni olishdan oldin yomon narsalardan xalos bo‘lish.

Kecha Arafa kuni gunohlardan poklanish, ko'p tavbalar qilib, Alloh taologa qaytish kuni edi.

Bugun Nahr (Iydul-Adha) kuni esa qalbni iymon va ibodat ziynati bilan bezash kunidir.

Shunday ekan, bugungi vaqtimizni faqat o'yin-kulgu bilan emas, balki toat bilan, zikrlar va ibodatlar bilan o'tkazishga harakat qilaylik!

Yodimizdan chiqmasin, e’tiborli bo’laylik) har qancha xursandchilik ham me’yorida bo’lgani yoqimli)

#eslatma
❤‍🔥11🕊1
Always remember that Allah
wildflowers.
always remember that Allah (swt) knows…

Allah (swt) knows about your exhaustion .
Allah (swt) knows about the harsh words that broke your heart , that no one else knows.
He knows about your sadness when you were abandoned by people who you wished would've stayed forever . He knows about the betrayal of the people you trusted.
21
Hali vaqting borligiga oʻzingni ishontirib, oʻyin-kulguga berilayotgan payting atrofingdagilar ilm talabida yuribdi.

Farzanding senda hikmat topolmaganidan boshqalarning ota-onasiga yugurgan payti holing qanday kechadi?
3🔥33