Turmush qurishda qay biri afzal?!
Sevgan kishiga turmushga chiqish afzalmi yoki sevib turmushga chiqishni istagan kishini tanlashni murakkab va qiyin tanlov va Islomda tanlov faqat tuyg‘ular asosida emas, imon, aql, sabr va Allohga bo‘lgan tavakkul asosida bo‘lishi lozim. Rasululloh▫ aytdilar: “Ayollar to‘rt narsa uchun nikoh qilinadi: moli, nasabi, husni va dini uchun. Dindorini tanla, ikki qo‘l tuproqqa botmasin” (Buxoriy va Muslim). Bu nafaqat ayollar, balki erkaklar uchun ham mezon. Chin sevgi — bu vaqtinchalik hayajon emas, balki umr yo‘ldoshlikka tayyorlik, mas’uliyat va halollikka asoslangan muhabbatdan iborat. Ba’zida inson o‘zi sevgan kishining qalbida joy topolmaydi, lekin uni chin dildan sevgan boshqa bir zot bor bo‘ladi. Alloh har bir qalbni yaratgan Zotdir va qaysi yurakda baraka borligini ham aynan U biladi. Zayd ibn Horisa ▫ Rasululloh ▫ tomonidan o‘stirilgan bo‘lib, u kishilar uni o‘z farzandidek ko‘rganlar. Zaynab binti Jahsh bilan bo‘lgan nikoh esa muhabbatdan emas, Allohning hikmati bilan bo‘lgan tanlov edi. Natijada bu nikoh orqali Islom ummati uchun katta darslar berildi. Shuning uchun turmush qurishda asosiy mezon — taqvo, halol niyat, Allohdan rozilik olishga intilish bo‘lishi kerak. Kim Alloh uchun sevsa, Alloh uning qalblariga baraka beradi. Kim dunyo uchun sevsa, u sevgi sinovga aylanadi. Muhimi, hayot yo‘ldoshini tanlar ekan, kim halollikni istab kelyapti, kim duo bilan yurdi, kim Allohning roziligini ko‘zlayapti — shuni hisobga olish lozim. Har bir yurakni ochuvchi ham, qalblarni bog‘lovchi ham Allohdir. Istihora qilingan tanlovda, ota-ona roziligi va maslahatlari bilan amalga oshirilgan qarorda xato bo‘lmaydi, chunki qalb aldanishi mumkin, ammo Alloh hech qachon adashtirmaydi, chin muhabbat Allohga yaqin qiladigan muhabbatdir, qolganlar esa, sinov va sabr vositasidir. Yaxshi inson tanlanar ekan, Allohga yaqinligi, sabr-toqati, niyatining pokligi va qadrdonlikka tayyorligi qaraladi. Tashqi ko‘rinish o‘tkinchi, yurakdagi taqvo esa bardavomdir. Alloh kimni qalbga solsa o‘sha barakali tanlov bo‘ladi.
📍 mutadayyina
Sevgan kishiga turmushga chiqish afzalmi yoki sevib turmushga chiqishni istagan kishini tanlashni murakkab va qiyin tanlov va Islomda tanlov faqat tuyg‘ular asosida emas, imon, aql, sabr va Allohga bo‘lgan tavakkul asosida bo‘lishi lozim. Rasululloh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Alloh taolo hadisi qudsiyda aytadi: “Men bandamning men haqimdagi gumoniga qarab muomila qilaman, bas Men haqimda qanday gumon qilsa shunday boʻladi.”
Alloh taolo seni rahm qiladi deb oʻylasang, rahm qiladi, gunohlaringni kechiradi deb oʻylasang, kechiradi, seni avf etadi deb oʻylasang, avf etadi, duo qilganingda esa chin ishonch bilan duo qil. Albatta Alloh azza va jalla bandasining U haqida yaxshi gumonda boʻlishini yaxshi koʻradi.
📍 mutadayyina
Alloh taolo seni rahm qiladi deb oʻylasang, rahm qiladi, gunohlaringni kechiradi deb oʻylasang, kechiradi, seni avf etadi deb oʻylasang, avf etadi, duo qilganingda esa chin ishonch bilan duo qil. Albatta Alloh azza va jalla bandasining U haqida yaxshi gumonda boʻlishini yaxshi koʻradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Fikrimcha, bolalar biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq narsani his qiladi, faqat ular buni ifodalab bera olmaydi. Ba’zan katta inson bir og‘iz qattiq gapni ertaga unutadi, ammo o‘sha gap yosh bolaning qalbida yillar davomida qolishi mumkin, biz esa “hali kichkina-ku, eslamaydi” deb o‘ylaymiz. Aslida u voqeani emas, o‘sha paytda o‘zini qanday his qilganini unutmaydi, ya’ni mehr ko‘rgan bola mehrni taniydi, doim eshitilgan bola boshqalarni ham tinglashni o‘rganadi, hurmat ko‘rgan bola hurmat bilan ulg‘ayadi. Aksincha, doim qo‘rqitilgan, kamsitilgan yoki e’tiborsiz qoldirilgan bola ham bularni o‘zi bilan katta qiladi. Ular unutishmaydi, ular siz va biz bergan qaynoq soʻzlarni, ularga atalgan iliq tabassumimizni uyqudan oldin aytib bergan hikoyalarimizdan tortib birovlarning oldida maqtab yoki yomonlab gapirgan gaplarimizgacha unutishmaydi. Rasululloh ▫ bolalarga mehrni so‘z bilan emas, muomalalari bilan o‘rgatganlar. U zot bolalarni bag‘riga bosganlar, erkalaganlar va ularga alohida e’tibor berganlar, ya’ni tarbiya faqat taqiqlar bilan emas, mehr bilan ham bo‘ladi, sababi bolaga bugun berilgan muhabbat uning ertangi fe’l-atvoriga aylanadi. Bugun ajratilgan vaqt esa ertaga uning eng go‘zal xotirasiga aylanadi. Bolalar ulg‘aygach, siz ularga nima olib berganingizni emas, yoningizda o‘zini qanday his qilganini eslaydi, chunki bolalik xotiralari buyumlar bilan emas, mehr va muomala bilan quriladi. Oʻzi barchamizga tavfiq bersin.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Allohning ulug’ ne’matlaridan biri sizni ortiqcha qiziquvchanlik illatidan uzoq qilganidir, shunday bo’ladiki, siz odamlarning hayoti va yashash tarzining mayda tafsilotlariga berilib ketmaysiz, ular haqidagi yangi gaplar, sirlari yoki shaxsiy ishlari sizni qiziqtirmaydi. G’iybat-u mish-mishlar ortidan yugurmaysiz, birov haqida ortiqcha narsa bilishga ham havas qilmaysiz, yana bir ulkan ne’mat shuki, butun g’amingiz har kuni o’zingizni kechagidan yaxshiroq inson qilish bo’ladi, yana bir buyuk ne’mat esa o’z holingizni isloh qilish bilan mashg’ul bo’lishingiz, boshqalarning holini esa ularning Parvardigoriga qo’yib qo’yishingizdir. Darhaqiqat, bular Allohning eng ulug’ ne’matlaridandir.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Nega biz insonni avval tanishga emas, unga oldindan hukm chiqarishga shunchalik o‘rganib qolganmiz? Nega jamiyatimizda ayrim toifalar haqida tayyor xulosalar bor? Qaynona deyilsa qattiqqo‘l, kelin deyilsa hurmatsiz, erkak deyilsa beparvo, ayol deyilsa hissiyotga beriluvchan degan qarashlar nega bunchalik ildiz otgan? Hatto ilm izlab chet elga yoki boshqa shaharga o‘qishga ketgan qizlarga ham ko‘pincha ular bilan umuman tanish bo‘lmasdan turib salbiy nigoh bilan qaraladi. Ayrim bir-ikki insonning xatosi sababli ilm olayotgan barcha qizlarga bir xil baho beriladi. Go‘yoki ularning maqsadi ilm emas, boshqa narsadek qaraladi. Holbuki, ilmning o‘zi ayb emas. Insonni uning manzili emas, odobi, taqvosi va amallari belgilaydi. Bir insonning xatosi butun bir toifaning aybi bo‘la olmaydi. Shunga qaramay, biz ko‘pincha bir voqeani ko‘rib, yuzlab insonlarga hukm chiqaramiz. Bir kelin xato qilsa, “hamma kelin shunday”, bir qaynona adolatsizlik qilsa, “hamma qaynonalar shunday”, bir talaba noto‘g‘ri yo‘l tutsa, “chetga o‘qishga ketganlarning hammasi shunday”, deymiz. Aslida esa adolat har bir insonni alohida baholashdan boshlanadi. Biz ko‘rgan voqea haqiqatning faqat bir tomoni bo‘lishi mumkin. Eshitganimiz esa har doim ham haqiqat bo‘lavermaydi. Chunki har bir hikoyaning aytilmagan tarafi ham bo‘ladi. Shuning uchun bir tomonning gapi bilan ikkinchi tomonga hukm chiqarish na odobga, na adolatga to‘g‘ri keladi. Eng achinarlisi, bu salbiy qarashlar hali bir-birini umuman tanimagan insonlarning qalbiga ham joylashib ulgurgan bo‘ladi. Oqibatda insonlar bir-birini tushunishga emas, o‘z gumonlarini tasdiqlashga harakat qiladi. Kimdandir yaxshilik kutish o‘rniga, xato kutadi. Kimningdir fazilatini ko‘rish o‘rniga, kamchiligini izlaydi. Holbuki, adolat tayyor xulosalar chiqarish emas, har bir insonni o‘z amali bilan baholashdir. Balki bugun bizga boshqalarni o‘zgartirish emas, ularga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartirish kerakdir. Chunki insonlarga qanday nigoh bilan qarasangiz, ko‘pincha ulardan shuni ko‘ra boshlaysiz. Adolat esa eshitilgan gaplar bilan emas, haqiqatni izlash va har bir insonni alohida qadrlash bilan boshlanadi. Oʻzi barchamizga tavfiq bersin.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Hamma to’g’ri insonni uchratishni istaydi, ammo juda kam odam o’zi o’sha to’g’ri inson bo’lishga harakat qiladi. Biz o’zimizni to’g’ri sevadigan, muloyim, sabrli va sadoqatli insonni so’rab duo qilamiz, ammo Alloh bugunning o’zida duoyingizni ijobat qilsa-chi? Siz o’sha insonga tayyormisiz? Yoki hali tuzatishni istamagan kamchiliklaringiz sabab bu munosabatni o’zingiz buzib qo’yarmidingiz? Biz hissiy jihatdan yetuk insonni istaymiz, lekin o’zimiz nafs va g’urur bilan ish tutamiz. Sadoqatli insonni xohlaymiz, ammo o’zimiz hamisha sadoqatli bo’la olmaymiz. Allohdan qo’rqadigan insonni orzu qilamiz, ammo o’zimizning Alloh bilan bo’lgan munosabatimizni e’tiborsiz qoldiramiz eng achinarlisi shundaki, buni ko’pincha o’zimiz ham sezmaymiz. Chunki mukammal insonni tasavvur qilish, o’zimizdagi kamchiliklarga ro’baro’ bo’lishdan osonroq. Aslida qiyin narsa to’g’ri insonni topish emas. Eng qiyini o’zingiz o’sha to’g’ri insonga aylanishdir. Bu o’sishni tanlash demakdir, hatto nafsingizga og’ir botsa ham. Sizni qulay his qildiradigan bo’lsa ham, zararli odatlardan voz kechishni anglatadi. Hech kim sizni nazorat qilmasa ham, o’zingizni hisob-kitob qilishni anglatadi, chunki Alloh sizga faqat xohlagan narsangizni berib qo’ymaydi. U sizni avvalo o’zingiz qanday inson bo’lsangiz, shunga munosib ne’matlar bilan ro’baro’ qiladi.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Qadrli u, bir kun kelib sening qarshingda turganimda, senga mukammallikni va’da qilmayman. Ammo chin dildan yashaladigan hayotni va’da qilaman, mehnat, halollik va iymon ustiga qurilgan hayotni. Sinovlar kelganida ham mahkam turadigan muhabbatni. Hayot og’irlashganida, oramizda masofa paydo bo’lganida yoki bir-birimizni tushunish qiyin bo’lgan kunlarda ham yoningda bo’lishni va’da qilaman. Oson kunlarda ham seni tanlayman, qiyin kunlarda ham seni tanlayman, bir-birimizga nega bu yo’lni boshlaganimizni va bularning barchasini Alloh uchun qilayotganimizni eslatib turamiz. Chunki Alloh rizosi uchun qurilgan muhabbat hech qachon behuda ketmaydi, uyimizni shunchaki to’rt devordan iborat maskan emas, balki qalblarimiz xotirjamlik topadigan sakinat maskaniga aylantirishga harakat qilaman. Shunday bir joy bo’lsinki, ikkovimiz ham unga qaytganimizda taskin topaylik, o’zimizni borimizcha qabul qilingan va qadrlangan his qilaylik. Men har doim ham to’g’ri so’z topa olmasligim mumkin, ammo seni tinglayman. Qalbingni nima xotirjam qilishini o’rganaman va charchagan paytlarimda ham qalbing tushunadigan tilda gapirishga harakat qilaman. Fasllar almashib, sochlarimiz oqarib ketganida ham senga ilk bor qaragandek boqaman. Chunki sen hayotimdagi eng to’g’ri qaror bo’lasan, va men bu ne’matni hech qachon oddiy narsa deb qabul qilmayman. Shu bilan birga aytib oʻtmoqchiman, Bu satrlar muayyan bir insonga emas.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Sizga ko’proq vaqt kerak emas, sizga vaqtingizdagi baraka kerak. Sizga tinchlanish uchun turli usullar kerak emas, sizga Allohni ko’proq zikr qilish kerak. Sizga ko’proq diqqatni jamlash usullari kerak emas, sizga chalg’itadigan narsalarni kamaytirish kerak. Sizga motivatsiya kerak emas, sizga o’zingizni anglash va o’zingizni hisob-kitob qilish odati kerak. Maqsadlaringiz haqida “faqat real bo’lish”ning o’zi yetarli emas, sizga U’nga tavakkul qilish kerak. Sizga ko’proq narsalarni sotib olish kerak emas, qo’lingizdagi ne’matlarga shukr qilishni o’rganishingiz kerak. Sizga ko’proq pul topishning o’zi kifoya emas, qo’lingizdagidan ehson qilib, molingizni poklashingiz kerak. Sizga shunchaki intizomliroq bo’lish emas, U’ni ko’proq yodda tutadigan, U Zotdan qo’rqadigan qalb kerak. Sizga ko’proq yutuqlarga erishish emas, asl maqsadingizni unutmaslik kerak, u maqsad esa Alloh subhanahu va taoloning roziligini izlashdir.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Alloh muvaffaq qilmasa oʻqigan bilan boʻlavermaydi, yodlab olsam olim boʻlaman degan odam adashadi, yodlash bir vosita, oʻqish bir vosita ilm U beradigan ma’rifat boshqa narsa boʻladi u, soʻzlarni orqasidan ma’lumotlarni orqasidan keladigan ma’rifat bu. Demak tavfiq U’ndan shuning uchun Qur’oni karimni ilmlari bilan shugʻullanishga oʻzi tanlaganlarni muvaffaq qildi deganidan bilamizki, tavfiq Allohdan demak biz qori boʻlmoqchi boʻlsak U’ndan soʻrashimiz kerak yolvorib, ma’nosini tushunmoqchi boʻlsak oʻzidan soʻrashimiz kerak, istigʻfor aytib, salovat aytib, duo qilib soʻrashimiz kerak, oʻqisam-la zoʻr boʻlib ketaman degan bu fizikaga oʻxshatib yoki kampyuterga oʻxshatib yoki toʻrt pishirish kursiga oʻxshatib qaramaslik kerak, “kitob” Allohga yolvorish bilan unga iltijo bilan ibodat bilan hosil qilinadi uni ilmi, uni Oʻzi xohlagan kishilarning qalbiga soladi, demak tavfiqdan. Tavfiq degani toatga qudrat yaratib berish, “Oʻzi tavfiq bersin” degani toatiga qudrat bersin degani.
📍 Husayn Buxoriy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzoqlashing. Sizni qadrlamaydigan, faqat o’z manfaatini o’ylaydigan, qalbingizni siqadigan va eng muhimi, sizni Allohdan uzoqlashtiradigan insonlardan uzoqlashing. Har bir ketish yo’qotish emas, ba’zan bu qalbingizni asrashdir. O’zingizga shunday hamroh topingki, sizni tushunsin, hurmat qilsin, xatolaringizni muloyimlik bilan to’g’rilasin va har safar sizni Allohga yaqinlashtirsin. Chunki yaxshi hamroh sizni nafaqat bu dunyoda, balki oxiratingiz uchun ham foydali bo’lishga undaydi. “Bo’lmayapti”, “o’xshamayapti”, deb o’ylayotgan narsalaringizni esa Allohga topshiring. Siz faqat bugunni ko’rasiz, Alloh esa siz bilmaydigan yaxshiliklarni ham biladi. Siz sabablarni qiling, duo qiling va tavakkul qiling. Natijani esa Allohga qo’ying. Qalbingizni o’zgaruvchan insonlarga emas, hech qachon sizni tark etmaydigan Zotga bog’lang, ana shunda hayotingizdagi har bir sinov ham sizni sindirish uchun emas, iymoningizni mustahkamlash uchun kelganini anglaysiz.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Sizning iymoningiz profilingizdagi surat emas, u qiyofangiz ham emas, soqolingiz ham emas, boshingizdagi ro’molingiz ham emas. Barmoqlaringizdagi tasbeh, telefoningizdagi arabcha yozuvli fon, masjidda olingan suratlar yoki Ramazonda ulashilgan postlar ham iymonning o’lchovi emas. Iymon qalbingizdagi narsadir, agar tilingiz yomon bo’lsa, ro’molingiz sizni go’zal qilmaydi, agar niyatlaringiz nopok bo’lsa, soqolingiz sunnatning ma’nosini ifodalamaydi. Iymon insonning tashqi ko’rinishida emas, qalbida bo’ladi. Muhimi, o’zingizni odamlarga qanday ko’rsatayotganingiz emas, balki aslida qanday inson ekanligingizdir. Oʻzi barchamizga tavfiq bersin.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
Yolg’iz qolish sizni halok qilmaydi, ammo noto’g’ri insonlar davrasida bo’lish sizni halokatga olib borishi mumkin. Ba’zan Alloh hayotingizdan ayrim insonlarni olib qo’yadi, bu qalbingizni va iymoningizni asrayotgani uchundir. Bu har doim ham jazo emas, ba’zan bu poklanishdir. Kahf surasidagi g’or ahlini eslang. Alloh ular haqida: “Ular Parvardigorlariga iymon keltirgan yigitlar edi va Biz ularning hidoyatini yanada ziyoda qildik”, deb marhamat qiladi. Ular atrofdagi fitnani, kufrni, buzuqlikni va ko’pchilikka ergashish bosimini ko’rdilar. Shuning uchun iymonlarini saqlab qolish uchun qulay hayotlarini, jamiyatlarini va mavqelarini tark etdilar. O’sha yolg’izlik ichida esa Alloh ularni ulug’ladi, asradi va uzoq yillar davomida O’z himoyasida saqladi. Rasululloh ▫ “Kishi o’z yaqin do’stining dinida bo’ladi”, deganlar. Shunday ekan, yolg’iz qolish ba’zan og’ir tuyulishi mumkin, ammo noto’g’ri insonlar bilan birga bo’lish iymoningiz va hayotingizga zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun kim bilan birga bo’lishingizni oqilona tanlang. Oʻzi barchamizga tavfiq bersin.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Men hali biror marta ham munosabatda bo’lmaganman. Hatto bir marta ham. Yo’q, bu meni hech kim xohlamagani uchun emas, bu mening yolg’iz qolishni tanlaganim uchundir. Bilaman, bugungi kunda bu g’alati tuyulishi mumkin. Chunki vaqtinchalik munosabatlar odatiy holga aylangan, munosabatda bo’lmagan inson esa go’yo nimadandir yutqazgandek ko’riladi. Ammo men uchun muhabbat muqaddasdir. U tong otishi bilan unutiladigan tungi suhbatlar emas. U vaqtinchalik insonlar bilan qalbdagi doimiy bo’shliqlarni to’ldirish ham emas. U hech qanday va’da va mas’uliyatsiz qalbimning bo’laklarini birovga ulashish ham emas. Men menga umrboqiy bo’lishga va’da bermagan insonga qalban bog’lanishni istamayman. Albatta, men ham mehr va yaqinlikni sog’inaman. Axir men ham insonman, ammo U rozi bo’lmaydigan munosabatni qurishni istamayman. Allohga itoatsizlik bilan boshlangan muhabbat hikoyasiga keyin baraka so’rashni xohlamayman. Men o’zimni ham, Alloh men uchun belgilab qo’ygan chegaralarni ham hurmat qilaman. Chunki mening muhabbatim va e’tiborimga loyiq yagona erkak — mening bo’lajak turmush o’rtog’imdir. Mening sadoqatim uni uchratgan kunimdan boshlanmaydi. U bundan ancha oldin boshlangan, men nigohimni, qalbimni va mehrimni u uchun asrayman. Shuning uchun tanlovimdan aslo afsuslanmayman. Agar Alloh mendan rozi bo’lsa, men uchun shu kifoya.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Bilasizmi nima, doim yolgʻizlik haqida koʻp fikrlaymiz, oʻylaymiz va ba’zan bundan qoʻrqamiz, hech kim U’ni dunyodan ustun qo’yganingizda keladigan yolg’izlik haqida gapirmaydi. Siz asta-sekin ayrim do’stlaringizni yo’qota boshlaysiz, ba’zan oilangiz ham sizni tushunmaydi. Bir paytlar odatiy bo’lgan narsalardan chetlashganingiz uchun boshqalarga g’alati ko’rina boshlaysiz. Atrofdagi sukunat esa ba’zan qalbingizga og’ir botadi, ba’zi ishlardan tiyilganingiz uchun sizni hukm qilishadi yoki tushunishmaydi yoki shuncha xatolarni qilib, endi dinni niqob qilibdi deydi, toʻgʻri rostdan ham bunday qilganlar bordir ammo bu yoʻlni tanlagan inson haqida yaxshi gumonda boʻlavering, uning qalbini yorib ichidagi oʻy-hayol va maqsadlarni bilib koʻrmagansizku?) U Ankabut surasida shunday marhamat qiladi, odamlar: “Iymon keltirdik”, deganlari uchungina sinovsiz qoldirilamiz, deb o’ylaydilarmi? bu sinovlar Alloh sizni hidoyat qilayotganining belgilaridan biridir, U’ning yo’lida to’kilgan har bir ko’z yoshi, yolg’izlikda o’tgan har bir tun va Uning rizosi uchun voz kechilgan har bir munosabat o’rniga Alloh bundan ham yaxshisini beradi, qalbingizga og’ir bo’lgan paytlarda shuni eslang, siz yolg’iz emassiz. Dunyo sizdan uzoqlashgandek tuyulsa ham, qalbingiz U’nga yaqinlashayotgan bo’lishi mumkin, balki bugun o’zingizni yolg’iz his qilayotgandirsiz, ammo kuni kelib bu uchun ham siylanasiz.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Umrini behuda sarflayotganlar, mazmunli hayotni yoʻliga qoʻymaganidan shu kunga tushadi, hayotiga mazmun asli iymon bilan boʻladi, namozdagi xushuni man qiladigan amallardan yoyingki ishlardan biri bu behuda narsa bilan mashgʻul boʻlish. Foydasiz, dunyosiga ham foydasi yoʻq oxiratiga ham foydasi yoʻq narsalar bilan mashgʻul boʻlish. Xatto namozdagi xushuni yoʻqotadi, endi hayotni mazmuni ham xuddi shunga oʻxshash hayotizdagi eng qimmatli ishlarga eng yaxshi ishlarga siz ulgimay qolishingizga asosiy sabab behuda vaqt sarf boʻladi.
© Husayn Buxoriy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Ko’pchiligimiz tavakkul bilan tavakkulni adashtiramiz. “Alloh menga yordam beradi”, deymiz, ammo o’zimiz hech qanday harakat qilmaymiz, bu tavakkul emas, bu tavvakkuldir. Tavakkul xuddi imtihonga umuman tayyorlanmay borib, “Alloh oson qiladi”, deyishga o’xshaydi, holbuki, buning uchun siz hech qanday harakat qilmagansiz. Rasululloh ▫ “Avval tuyangizni bog’lang, keyin Allohga tavakkul qiling”, deganlar, ya’ni avvalo o’zingiz qo’lingizdan kelgan sabablarni qiling, kerakli qadamlarni tashlang, shundan keyin natijani Allohga topshiring. Tavakkul qo’l qovushtirib o’tirish emas. Tavakkul mehnat qilish, duo qilish va qolganini U’ning hikmatiga ishonib topshirishdir, shuning uchun keyingi safar biror ishda to’xtab qolsangiz yoki ko’nglingiz to’lmasa, darrov U’ni ayblamang. Avvalo o’zingizdan, men bu ish uchun chin dildan harakat qildimmi? deb so’rang, chunki Alloh harakat qilgan bandalariga yordam beradi, hech bir ezgu mehnatni zoye qilmaydi. Oʻzi barchamizga tavfiq bersin.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Siz shunday ne’matlarga egasizki, boshqalar ularga erishish uchun kecha-yu kunduz Allohga iltijo qilmoqda. Siz shikoyat qilayotgan ishingizga ega bo’lishni qancha inson Allohdan so’rab duo qilmoqda. Boshingiz uzra tom bor, holbuki ayrimlar ko’chada tunab, U’ndan boshpana so’rashmoqda, sog’lig’ingiz, oilangiz, yurish qobiliyatingiz, nafas olayotganingiz, namoz o’qiy olishingiz bularning barchasi ulkan ne’matlardir. Ularni qo’lingizdan ketgandan keyingina ne’mat bo’lganini anglaydiganlardan bo’lmang. Shukr faqat til bilan “Alhamdulillah” deyish emas, shukr qalbingiz bilan ne’matning qadrini his qilish va unga munosib hayot kechirishdir. Bir lahza to’xtang, atrofingizga nazar soling va: “Alhamdulillah”, deng, hayotingiz mukammal bo’lgani uchun emas, balki Alloh sizga tasavvur qilganingizdan ham ko’proq ne’mat ato etgani uchun.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Ba’zan istagimizning kechikishi yoki ayrim voqealar biz uchun yomondek tuyulsa ham, keyinchalik bunda Allohning rahmati va hikmati borligini anglaymiz, sababi inson faqat bugunini ko’radi, Alloh esa o’tmishimizni, bugunimizni va kelajagimizni mukammal biladi. Biz biror narsani chin dildan xohlaymiz, ammo uning biz uchun qanchalik foydali yoki zararli ekanini har doim ham anglay olmaymiz. Shuning uchun ham ba’zi duolarimiz darhol ijobat bo’lmaydi, ayrim eshiklar yopiladi yoki kutishimizga to’g’ri keladi. Bu esa Alloh bizni unutgani uchun emas, balki bizni eng yaxshi vaqtda, eng yaxshi natijaga olib borayotgani uchundir, vaqt o’tgach, ortga nazar tashlaganimizda, o’sha kechikish bizni asraganini, sabr bizni o’zgartirganini va kutish bizni duo qilgan ne’matga munosibroq insonga aylantirganini tushunamiz, shundagina qalb “Allohning tanlovi mening xohishimdan ko’ra yaxshiroq”, degan xotirjamlikni his qiladi.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Bu bo’lajak nasibimga yozilgan maktub, Alloh men uchun taqdir qilgan insonga. Biz hali uchrashmaganmiz, balki uchrashgandirmiz-u, faqat Alloh biz uchun nimalarni rejalashtirganini hali bilmaymiz, ammo qo’llarimni duoga ochganimda seni ham o’ylayman. Bu umidsizlikdan emas, balki umid bilan, umid qilamanki, sen bu dunyodan ko’ra Allohni tanlayapsan. Umid qilamanki, o’tmishingdagi yaralaringdan shifo topyapsan va sen uchun yozilmagan narsalarni qo’yib yuborishni o’rganyapsan. Bilasanki, men shunchaki seni kutib o’tirganim yo’q, men sen uchun, sen uchratadigan mening o’sha kelajakdagi holatim uchun o’zim ustimda ishlayapman. Men sen uchratadigan ayol Allohdan qo’rqadigan, mehribon, samimiy va qalban butun inson bo’lishini xohlayman. Mukammal emas, ammo doimo yaxshilik sari intiladigan. Umid qilamanki, sen ham xuddi shunday yo’ldasan, chunki U bizni nihoyat birlashtirganida, men begona inson bilan uchrashishni istamayman. Men qalbini go’yo allaqachon taniydigan insonni uchratishni xohlayman, uni qilgan duolarim orqali tanigandek bo’lishni xohlayman. Bizning muhabbatimiz faqat gullar va va’dalar ustiga qurilmaydi, sabr, tavakkul va sajda ustiga quriladi. Allohga chuqur bog’langan muhabbat bo’ladi. Shunda hatto og’ir kunlarda ham biz bir-birimizdan uzoqlashmaymiz, aksincha, Allohga yanada yaqinlashamiz, ungacha esa men sen loyiq bo’lgan ayolga aylanish yo’lida davom etaman, va umid qilamanki, sen ham men duo qilib so’ragan inson bo’lish yo’lidasan, sababi biz uchun yozilgan narsa allaqachon biz tomon yo’l olgan, va sen, sen kutishga arziydigan insonsan.
📍 mutadayyina
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3