Muta'allima || متعلمة
28 subscribers
170 photos
19 videos
3 files
32 links
Download Telegram
Biiznillah ☺️

Hilol intellektual o'yinida 2-bor "Maknuna" jamoasi bo'lib qatnashdik.
Alhamdulillah g'olib bo'ldik. Ishtirok etishning gashti ham boshqacha, lekin yutmoqning hissi bo'lakcha🌟
Qizlardan O'zi rozi bo'lsin🤍juda samimiy qizlar💕
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤍🤍🤍

Dunyo–vafoli insonlar ila go'zal)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Salbiy xatti-harakatlar ortida qondirilmagan katta ehtiyoj yotadi. Xatti-harakat qanchalik keskin bo'lsa, ehtiyoj ham shunchalik kuchlidir."


Hasadgo'y qalb ovozini eshitishni bilish kerak. Shu mavzuga doir kitobda 6yoshli qiz yangi kelgan mehmon–ukasini yuziga rashk sababli yostiq bosadi. Onasi ko'p onalar tanlaydigan ishni qilib jahl bilan baqira ketadi..

Bunday tuyg'ular insonda bo'lishi tabiiy hol. Faqat buni boshqarishni va o'z kuchi bilan to'g'ri yo'naltirishni o'rgatish kerak. Yo'l-yo'riq ko'rsatish kerak.
"Allohim, men Sendan naf bermaydigan ilmdan va qo'rqmaydigan qalbdan, to'ymaydigan nafsdan va ijobat bo'lmaydigan duodan panoh tilayman".
Solih kishiga ofat-musibatlarning yetib turishi Allohning unga bo‘lgan muhabbati alomatidir. Bu narsalar uning uchun gunohlariga kafforat yoki darajotlarining ko‘tarilishiga aylanadi.

Agar osiy bo‘lsa, musibat uning uchun yomonliklarini yuvish va bu dunyo bevafoligini eslatish bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:"Musulmonga qay bir musibat–horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikan kirishimi–yetadigan bo‘lsa, Alloh ular tufayli uning xatolarini kafforot qiladi".
Toqating yetmaydigani–yuklanmas.
Odam alayhissalomning duolari:

Ey Robbimiz! Biz oʻzimizga zulm qildik! Agar bizni magʻfirat qilmasang va bizga rahm qilmasang, biz ziyon koʻruvchilardan boʻlamiz!
Egilib boradir dol kabi qaddim,
Meni suyay olmas birorta aso.

Akrom Malik
—Ehtimol, ba‘zan darz ketib chil-chil bo‘lish, gullab yashnash uchun vasila bo‘lar..)
Bermoqni istamasa, istamoqni bermasdi.
–Kishi bir ish qilayotganda nima istayotganini bilishi kerak. Nima uchun? Noto‘g‘ri bo‘lsa to‘g‘rilash uchun.

—Nofe‘ ibn Jubayrga bir kishi yuring janozaga borib kelaylik debdi. U biroz to'xtab qolibdi. Nega bunday qildingiz deyishsa niyyatimni to‘g‘rilab olay debdi.

—Inson hamma narsada o'zini taftish qilishi kerak.

–inson qaysi ishniki qilayotganda qalbida Allohning rizosi va muhabbati uchun qilmayotgan bo‘lsa o‘sha amalni to‘xtatishi kerak, to'xtatib niyyatini to‘g‘rilashi lozim, o‘sha ishni bajarishdagi turtki Allohning roziligi bo‘lsa keyim bajarishi kerak.

–Niyyatni taftish qiling. Jazo mukofot niyyatga qarab bo‘ladi.

Yusuf ibn Asfor aytadilarki: "Niyyatni uni buzuvchi narsalardan toza saqlash–amal qiluvchi insonni amalidan qiyinroq."

Sufyoni Savriy: "Bajarishda niyyatni to‘g‘rilashdan ko‘ra qiyinroq narsani topmadim."


"Risalatul Mustarshidin" dan qaydlar
Bugundan)

📍Yourganizer —Kutubxona(faqat do'kon ichida o'qish uchun), do'kon-konstavar, o'yinchoq, kitob.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qalbimni aqlimga itoatgo‘y qil-ki, bir-biriga ozor bermasin..

Ikrom Sharif
Salom Hasandan rivoyat qiladi: "Bir kishi undan: "Ota–onamga amri ma‘ruf, nahyi munkar qilsam bo‘ladimi?" deb so‘radi. "Agar istashmasa, bo‘lmaydi", dedi.

Sharx: Demak, ota–ona farzandining nasihatlarini yoqtirmay, "Biz uni ko‘tarib katta qilgan edik, endi bo‘lsa bizga aql o‘rgatyapti" degan noto'g'ri tushunchada bo‘lsa, farzand o‘zini ehtiyot qilib, indamasligi lozim ekan.

"Yaxshilik va silai rahm"
Shu qadar o'zing bilan band bo'l-ki, boshqalarning aybini ko'rishga oshiqma.

"Kimki o'z ayblari bilan band bo'lib, boshqalarning ayblarini istashdan chalg'itgan bo'lsa, o'sha odamga tubo bo'lsin."
​“Kim oqibatni unutsa, halok bo‘ladi.”

​Baraka istab, lekin kunlaringizni reels, seriallar va foydasiz suhbatlar bilan o‘tkazar ekansiz – oqibat sizni xafa qilmasin.

​Bir maqsad qo‘yib, lekin maqsadingizga zid bo‘lgan, sizni undan chalg‘itadigan ishlarni qilar ekansiz – oqibat sizni xafa qilmasin.

Ilmli bo'lishni istab, lekin dangasalikdan "bo'shamas" ekansiz—oqibat sizni xafa qilmasin.

​Solihlikka da’vogar bo‘lib, lekin nafsingizga ergashar ekansiz – oqibat sizni xafa qilmasin.

​“Koshki” demaydigan ishlarni qil.
"Nega?" "Nima uchun?" lar ortidan javobga yetib borasan.