MuniSAT
340 subscribers
94 photos
24 videos
17 files
65 links
MuniSAT - Matematikani o'rganamiz

🔹 Matematika darslari
🔹 Mantiq darslari
🔹 Qiziqarli masalalar
🔹 Logika

Ustoz: Munisa Qodirova

✉️ Admin bilan bog'lanish: @munisatadminbot
Download Telegram
To'rt xonali 14a2 soni 4 ga karrali bo'lishi uchun a ning o'rniga nechta raqam qo'yish mumkin
Anonymous Quiz
36%
4
45%
5
18%
6
3
x= 30112 y= 330000 z= 102588 sonlardan qaysilari 12 ga qoldiqsiz bo'linadi?
Anonymous Quiz
18%
y
15%
X
6%
z
62%
y va z
2
To'rt xonali 3m7n soni 5 va 9 ga karrali toq son bo'lsa, m+n ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
13%
7
55%
8
19%
9
13%
10
3
a va b raqamlari uchun 44ba to'rt xonali son 15 ga qoldiqsiz bo'linsa, a×b ning eng katta qiymatini toping
Anonymous Quiz
47%
40
35%
25
18%
20
3
Tanqidiy fikrlash kitobini buyurtma qilgandim. Hali kelmadi. Kitob kelsa bu darslikni ham boshlaymiz In shaa Alloh ☺️
116👍4
Sinfda shovqin — bu signal, muammo emas

Ba’zan sinfga kirasiz — qo‘ng‘iroq allaqachon chalingan, betartiblik, sinf bozordek shovqin. O‘ylaysiz: "Endi bu 45 daqiqani qanday o‘tkazib olaman?"

Baqirib hammani ovozini o‘chirib qo‘yishni xohlaysiz. Chunki ovozni faqat undan balandroq ovoz bilan bosish mumkin deb o‘ylaysiz.

Lekin tajriba shuni ko‘rsatadi: shovqin bu ustozning dushmani emas, bu aniq signal.

Sinfdagi shovqin sizga nima haqida signal beryapti?
O‘quvchilar diqqati jalb qilinmagan, ayni paytda vazifa aniq emas va ular siz bilan bir ritmda emas.

Sinf tinchlanishi uchun kuch emas, tizim kerak. To‘g‘ri qo‘llansa ishlashi aniq bo‘lgan 3 bosqichli yechim beraman:

1. Ko‘z + pauza. sinfga kirgan zahoti odatdagidek gapirishni boshlamang. 5-10 soniya sukut, sekin qadam tashlang va o‘quvchilar bilan ko‘z aloqasi (eye contact) o‘rnating. Ular diqqatini sizga qaratadi.

2. Kelishilgan signallar. O‘quvchilar bilan oldindan qo‘l ishoralariga kelishib oling. Umumiy diqqatni o‘zingizga qaratish va sukut saqlash uchun ham bir ishoraga kelishing.

3. Kichik vazifa. Yangi mavzuni e’lon qilmasdan 3 ta savol bering va o‘quvchilar shu savollarga javob topish orqali bugungi mavzu nima ekanligini taxmin qilishsin.


Eslab qoling, sokinlikni siz yaratmaysiz — sinf yaratadi. Siz esa faqat yo‘naltirasiz.

Ibrohim Qodirov

MuniSAT- Matematikani o'rganamiz
6👍5
Rasmning mantiqiy juftini toping
Anonymous Quiz
49%
1
29%
2
22%
3
👍52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7-dars. Qoldiqli bo'lish. Tub va Murakkab sonlar
👍74
MuniSAT
7-dars. Qoldiqli bo'lish. Tub va Murakkab sonlar
Qoldiqli bo'lish, Tub va murakkab sonlarga doir anonim savollar👇
Krakoziya davlatida dam olish kunlari shanba va yakshanba emas. Balki, har oyda sanalarni 4 ga bo'lganda, 3 qoldiq qoladigan kunlaridir. Yanvar oyida krakoziya aholisi necha kun dam oladi?
Anonymous Quiz
45%
7
41%
8
14%
9
3
Eng kichik tub son qaysi
Anonymous Quiz
50%
1
42%
2
8%
3
2
32
Murakkab son bo'lishi uchun qanday shart bajarilishi kerak?
Anonymous Quiz
20%
Bo'luvchilari 2 dan ortiq
54%
Bo'luvchilari 2 va undan ortiq
26%
Faqat 1 va o'ziga bo'linsa
2
Qaysi misol Qoldiqli bo'lishga oid?
Anonymous Quiz
62%
48= 5×9+3
17%
36= 8×5-4
21%
26= 3×6+8
2
x= 12×4+r ushbu misolda x eng katta son bo'lishi uchun r qoldiq nechi bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
22%
12
47%
11
31%
Aniqlab bo'lmaydi
3
O‘quvchi sizning darslaringizni emas, unga bo‘lgan munosabatingizni eslaydi.

Yillar o‘tib o‘quvchilar siz o‘tgan mavzularni eslay olishmaydi.

Lekin sizning ovozingizni, ohangingizni va sizning darsdagi kayfiyatingizni eslashadi.

Ular kimdan yaxshi munosabat ko‘rganini, kim ularni eshitganini, kim ularga "barakalla, men senga ishonaman" deganini yodda saqlaydi.

Chunki inson miyasi faktlardan ko‘ra — hislarni uzoqroq saqlaydi.

Ba’zan bitta mehrli qarash, bitta iliq so‘z o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini qayta tiklaydi. Siz dars o‘tib, yaxshi baho qo‘yasiz. Lekin bolaning ongida "meni qadrlashdi" degan tuyg‘u qoladi.

Empatiya — bu dars o‘tishda emas, uning ichida yashiringan kuch.

U bolani salohiyatini ochadi, o‘qituvchini inson qiladi.

Ustozlarimizni eslab ko‘raylik, ularning mavzularidan ko‘ra bizga bo‘lgan munosabati yorqin xotiralarimizda qolgan.

MuniSAT- Matematikani o'rganamiz
👍762👀1
Farzandi ta'limiga befarq bo'lmagan ota-onalarim sizlarga yangilik bilan keldim☺️.

Farzandingiz matematikani faqat hisoblash emas, ingliz tilida xalqaro savollarni tushunib yecha olishini istaysizmi?

U holda Men Munisa Qodirova sizlarga 5-6-7-sinf o‘quvchilari uchun “Singapore Math + English” onlayn kursimni taklif etaman

Nima uchun farzandingiz bu kursda o'qishi kerak?
✔️ Xalqaro darajadagi matematik fikrlashni rivojlantirish;
✔️ Ingliz tilidagi xalqaro matematik misollarni bemalol tushunib, ishlay olish;
✔️ Ingliz tili so'z boyligini oshiradi;
✔️ SAT imtihonlariga erta tayyorlov
✔️ Har hafta qisqa hisobot — ota-onaga aniq ko‘rinadigan natija.

Darslarni qanday tartibda olib boraman:
5- sinf matematikasidan boshlab har bir mavzuni chuqur o'rganamiz;
Darslikni Singapore math kitobidan o‘taman.

Dars vaqti: haftada 3- kun,
Zoom platformasi orqali

Kimlar uchun: 5-6-7-sinf (12-13-14 yosh)

Dars boshlanish vaqti: 10-noyabr

Oylik to‘lov: 200 ming so‘m, guruhga atigi 15 ta o'quvchi qabul qila olaman

Oxirgi to‘lov kuni: 8-noyabr

Joylar cheklangan. To‘lov qilganlar qabul qilinadi.

Biz bilan Farzandingizni xalqaro fikrlashga va SAT imtihoniga oldindan tayyorlang☺️

Kursga ro'yxatdan o'tish: @munisat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4
Singapure math + English kursimizni ham boshlab oldik Alhamdulillah☺️

O‘quvchilar faol qatnashayaptilar👏👏👏
6👍51