Saviyali insonlar muhiti qidirilmaydi - u bizning ichki yuksalishimiz natijasida tabiiy ravishda atrofimizda shakllanadi. Inson o'z ustida ishlashida qat'iy bo'lishi kerak, shunda uning o'zi intellektual dunyoning markaziga aylanadi.
Vaqtimizni eng ko'p o'tkazadigan 5 ta yaqinimiz yoki tanishimizni ro'yxatini tuzib, ularning suhbati bizni o'stiryaptimi yoki g'iybatmi, mayda muammolar bilan energiyamizni olyaptimi?
Bizga intellektual yuksalish bermaydigan insonlar bilan uchrashuvlar davomiyligini kamaytirishimiz kerak. O'rniga har hafta kamida bitta yangi, o'zimizdan aqlliroq yoki boshqa soha vakili bo'lgan inson bilan qisqa suhbat yoki qahva ustida muloqot qilishimiz foydaliroq bo'ladi.

Forwarded from Olis Samo
Og'ir fojialar - shovqinli urush, katta yo'qotishlardan ham ko'ra, jimjitlikda badali umr bilan o'tayotgan yanglish insonlar birligi.
Bu yanglishlik qalblarni vujudga musofirlik tuyg'usini ulashadi..
Hayot - qayta yozib bo'lmaydigan qoralama. Go'yo, shu qoralamani xatolar bilan yozishga mahkumdeksan.
afif

Fizika qonunlariga ko'ra bo'shliq hech qanday og'irlikka ega emas deyishadi. Menimcha ular hissiy bo'shliq og'irligini hisobga olishmagan. Inson uchun eng og'ir yuk shu. Hissiy o'tish davri, eskilari o'z ahamiyatini yo'qotgan, yangilari esa shakllanib ulgurmagan.
Ichimizga yutayotgan har bir so'z va barcha hissiyotlar bir kun kelib o'ziga boshqacha bir jismoniy shakl topadi.
π«

Biz o'zimizni jamiyatdagi vazifamiz va atrofdagilarga munosabatimiz orqali taniymiz. Qachon sovuqqon, jizzaki bo'lib qoldik, qaysi nuqtalarda o'ta ketgan mehribonlik qilyapmiz..
Agar hayotimizni bir kitob deb tasavvur qilsak, undagi har bir kun - so'zlar. Agar so'zlar orasida bo'shliq (probel) bo'lmasa, hech qaysi gapni o'qib bo'lmaydi, hamma narsa tartibsiz shovqinga aylanadi. Lirik chekinishlar - bu o'sha so'zlar orasidagi bo'shliqlar. Ular iboralarga ma'no beradi, jumlalarni tushunarli qiladi. Ruhga dam bermasak, yashayotgan hayotimizning ma'nosini ham o'qiy olmaymiz.
Hamma qayergadir shoshayotgan, muvaffaqiyat ortidan quvayotgan bir vaqtda katta ma'naviy ehtiyojlarimdan biri - ruhga dam berish. Odatda biz vaqtning asirimiz. Insoniyatning barcha muammolari uning bir nuqtada, yolg'iz va sokin qololmasligidan kelib chiqadi.