Multilevel Up ↑ Mr.English Academy
1 subscriber
32 photos
42 videos
5 files
40 links
Ushbu kanalda siz

• Multilevel kursimizning 12% i
• imtihonga oid maʼlumotlar
• jonli video darslarni va boshqa foydali maʼlumotlarni topasiz!

• Murojaat uchun: @kursqabul2

• Asosiy kanalimiz: @murphymrenglish
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga elektropoyezdda bordi

Davlat rahbariga Bekobod vokzalida poytaxt va mazkur shaharni bog‘lovchi yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

192 kilometrlik Toshkent – Bekobod temir yo‘l qatnovi kuniga qariyb 1000, yiliga esa 300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Ushbu yo‘nalishda endi olti vagondan iborat, 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan elektropoyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️DXX: Urgut tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U Pastdarg‘om tumanida ishlagan davrida mahalliy MChJning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida davlatga yetkazilgan 2 mlrd 887 mln so‘mlik zararni 805,9 mln so‘mga kamaytirib berish evaziga vositachilar orqali 6,5 ming AQSh dollari va 35 mln so‘m pora olganlikda ayblanmoqda.

Shuningdek, u MChJ rahbaridan jinoyat ishi doirasida zarar miqdorini 150–200 mln so‘mgacha kamaytirish va sud orqali yengil jazo tayinlanishiga ko‘maklashishni va’da qilib, 15 ming AQSh dollari talab qilgan, deyiladi DXX xabarida.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ikki kichik sayyoraga o‘zbekistonlik olimlarning nomi berildi

Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomlari ikki kichik sayyora — asteroidlarga berildi.

Endilikda ushbu osmon jismlari xalqaro astronomik kataloglarda (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan.

📆 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Oʻzbekistonda anomal issiq sabab bogʻchalar vaqtincha yopilishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, anomal issiq kunlarda bog‘chalarni vaqtincha yopish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu borada hokimliklar, Sanepidqo‘mita va “O‘zgidromet” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, har bir hududdagi vaziyat alohida o‘rganilib, qaror mahalliy sharoitdan kelib chiqib qabul qilinadi. Zarurat tug‘ilganda bog‘chalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar uchun 5 ta muhim eslatma. Testga kiradigan tanishlarga yuborib qo’ying.
#abituriyent


👉 @xushnudbek 👈
❗️Xorazmdagi barcha davlat bog’chalari 14-iyuldan 17-iyulgacha yopildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ular 20-iyuldan boshlab yana odatiy tartibda faoliyat yuritadi.


👉 @xushnudbek 👈
🎓 Ish yoki o'qish: Profi University bilan endi ikkisidan birini tanlash shart emas!

Profi Universitydagi Part Time Education — bu bir vaqtning o‘zida ham ishlash, ham o‘qish imkonini beradigan format. Qulay narxda va qulay format: darslar faqat shanba va yakshanba kunlari bo‘ladi.

Yo‘nalishlar:
• Iqtisodiyot • Marketing • IT
• Turizm • Bank ishi • Buxgalteriya hisobi

💰 Barcha yo‘nalishlar uchun yillik kontrakt narxi 15 mln so‘m.

📌 Imtihon sanasi 21-iyul.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
profiuniversity.uz | 78-777-11-11

📄 Litsenziya (№ 676806, 10.11.2022-y.)

@profiuniversity | Reklama
Taqiqlangan manbalar.pdf
4.4 MB
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.

(2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra
).


👉 @xushnudbek 👈
☀️ SSV aholiga jazirama issiqdan saqlanish bo’yicha tavsiyalar berdi

Jumladan:

⚠️ Xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar (65 yoshdan oshgan keksalar, chaqaloqlar va yosh bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yo‘llari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, “suv haydovchi”, allergiyaga qarshi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvchilar) holidan muntazam xabar olib turish;

⚠️ Chanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv ichish. Yurak, buyrak kasalliklari yoki shishga moyilligi bor bemorlar esa suyuqlik miqdorini shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilashi kerak;

⚠️
Yengil, keng, havo o‘tkazuvchan va och rangli kiyimlar kiyish;

⚠️ Og‘ir, yog‘li, qovurilgan, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlardan saqlanib, sabzavotli salatlar, yengil sho‘rvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq go‘shti, mevalar iste’mol qilish;

⚠️ Taxminan soat 11:00 dan 17:00 gacha ochiq quyosh ostida yurishni cheklash;

⚠️ Hech qachon bolalarni, keksalarni yoki hayvonlarni avtomobil ichida yolg‘iz qoldirmaslik.


👉 @xushnudbek 👈
Bugundan test sinovlari boshlanadi.

Chin dildan tayyorgarlik ko’rgan, o’qigan, intilgan abituriyentlarning omadini bersin!


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💙 Nega minglab abituriyentlar Osiyo xalqaro universitetini tanlamoqda?

🎓 Ayni damda Osiyo xalqaro universitetida 90 dan ortiq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar uchun kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Universitetda:
➡️ Buxoro va Xorazmda 10 ta kampus;
➡️ Stomatologiya markazi, simulyatsiya markazi, mini farmatsevtika zavodi va texnik laboratoriyalar;
➡️ 90+ ta ta’lim yo‘nalishi;
➡️ 1000+ muvaffaqiyatli bitiruvchi;
➡️ Davlat OTMlari diplomlari bilan teng kuchga ega diplom;
➡️ 2000+ rektor stipendiyasi sohiblari;
➡️ AQSHdagi WUST universiteti bilan 2+2 qo‘shma dasturi mavjud.

👉Hoziroq hujjat topshiring

Litsenziya (№1129795 10.11.2022y.)

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot:
Buxoro filiali:
+998553050009
Xorazm filiali:
+998553100009

Reklama
Multilevel Up ↑ Mr.English Academy
Bugundan test sinovlari boshlanadi. Chin dildan tayyorgarlik ko’rgan, o’qigan, intilgan abituriyentlarning omadini bersin! 👉 @xushnudbek 👈
📺📺 An’anaga ko‘ra, joriy yilda ham test sinovlari test2026.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatchilik jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education sayti orqali tekshirish mumkin:

https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/


👉 @xushnudbek 👈