MUHSIIN.UZ
5 subscribers
11 photos
3 videos
Muhsiin.uz
Yaxshilik ulashuvchi
Diniy ma'naviy ma'rifiy kanal.
Dunyoda yaxshilikdan yo'qdir yaxshi narsa.
Download Telegram
Channel created
IZZAT VA XORLIK

Yaratganga bo'ysunish izzat, nafsga bo'ysunish esa xorlik keltiradi


@muhsiin
NAFS TARBIYASI

Birinchi jixod nafsdan boshlanadi

@muhsiin
Nafsni isloh qilishning eng oson yo'llari

Har bir inson nafsini isloh qilishga va uni yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qiladi. Ba’zilar bu ishni chorasiz deb, noumidlikka tushadi. Quyidagi satrlarda nafsimizni o‘zgartirish va uni isloh qilishning eng oson yo‘llarini bayon qilamiz.

Birinchi yo‘l: hayotingizni o‘zgartiradigan bir ishni yo‘lga qo‘ying. Misol uchun, har kuni Qur’oni karimdan yoki birorta yaxshi kitobdan bir sahifa o‘qish, sizga yomonlik qilgan odamga yaxshi so‘z aytish va hokazo. Yoki o‘zingizga qulay boshqa bir ishni yo‘lga qo‘yishingiz ham mumkin. Bu ishlar nafsingizni isloh bo‘lishida katta yordam beradi.

Ikkinchi yo‘l: nafsini o‘zgartirib, isloh qilishga erishgan salafi solihlar va ulug‘ zotlar haqidagi kitoblarni ko‘proq o‘qing.

Uchinchi yo‘l: nafsingiz isloh bo‘lishda erishgan biror yutug‘i uchun uni mukofotlang. Mukofot kichik, arzimas narsa bo‘lsa ham mayli. Masalan, ko‘pdan beri biror joyga sayohatga bormoqchi bo‘lib yuribsiz. Shu sayohatni nafs islohida biror ijobiy natijaga erishgandan keyin amalga oshiring.

To‘rtinchi yo‘l: doimo nafsingizni islohi haqida fikr qiling. Shu narsa haqida xayol surish bo‘lsa ham mayli. Fikringizni doim shu narsa band etsin. Toki mana shu xayol sizni nafsni isloh etishga yanada qiziqtirsin, shavqingizni oshirsin.

Beshinchi yo‘l: Allohdan nafsingizni isloh etishini so‘rab duo qiling. Bu eng oson va eng muhim yo‘ldir. Qolaversa, maqsad ro‘yobga chiqishida eng manfaatlisi ham shu yo‘ldir. Ibn Qayyim rahimahulloh bu borada shunday deganlar: “Duo zararni daf qilishda va foydani hosil qilishda eng kuchli omildir. Endi duo ijobatining kechikishi esa bir necha sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Yo duoning o‘zida kamchilik bo‘ladi. Masalan, u Alloh yaxshi ko‘rmaydigan duo bo‘lishi, unda bir insonga nisbatan adovat ma’nolari bo‘lishi mumkin. Yoki duo qiluvchining qalbi zaif bo‘lgani, Alloh sari yuzlanmagani, ixlossiz qilgani sabab bo‘lishi mumkin. Xuddi kamonning ipi juda bo‘sh bo‘lsa, undan otilgan o‘q uzoqqa bormaganiga o‘xshab. Yoki ijobatga mone’lik qiladigan narsalar: harom yeyish, zulm, gunohlarning qalblarni qoplab olishi, g‘aflat, shahvat va behuda so‘z-amalning duo qiluvchini egallab olishi, ushbu narsalarning unga g‘olib bo‘lishi kabi”.

Alloh taolo nafslarimizni isloh qilsin! Bu xayrli ishda O‘zi Madadkor bo‘lsin, omin!

@muhsiin
O‘tkir zehn

Tug‘ma qobiliyat va o‘tkir zehn ato etilgan kishiga qanchalik mushkul savol berilsa ham, javob berishda uning tili tutilmaydi. Bunga bir misol:
Hazrati Alidan (roziyallohu anhu): “Alloh adadi hisobsiz bandalarni qanday hisob-kitob qiladi?” deb so‘rashganida: “Adadi hisobsiz bo‘lishiga karamay, ularga rizqlarini bo‘lib berganidek”, deb javob kildi. Abdulloh ibn Abbosdan (roziyallohu anhu): “Ruhlar jasaddan chiqqanidan keyin kaerga boradi?” deb so‘rashdi. U: “Moyi tugagan chiroqning nuri qaerga ketadi?” deb javob berdi. Har ikki javob ham ortiqcha gap-so‘zga o‘rin qoldirmay, kuchli hujjat-dalili bilan lol qoldiruvchi javoblardir.
Iblis haqida keltirilgan hikoya bundan ham ajoyibdir. Iblis Isoga (alayhissalom) ko‘rinib: “Alloh taqdiringga bitgani senga yetadi, deysan, shu to‘g‘rimi?” dedi. “Ha”, dedilar Iso (alayhissalom). Iblis: “O‘zingni mana shu qoyadan tashla-chi, agar omon qolish taqdir qilingan bo‘lsa, omon qolasan”, dedi. Iso (alayhissalom): “Ey mal’un, bandalarni sinash Allohning haqi, Parvardigorini sinash bandaning ishi emas”, dedilar.
Alloh vahiy yuborgan, nusrat ato etilgan payg‘ambarlardan bu tariqa javob bo‘lishi hayratlanarli emas. Ammo faqat aqli va zehniga suyanadigan kishilardan bunday javobning chiqishi hayratlanishga arziydi. Qusam ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Hazrati Aliga “Osmon bilan yerning orasi qancha?” deb savol berishdi. U: “Mustajob duo (masofasicha)”, deb javob qildi. “Mashriq bilan mag‘ribning o‘rtasi-chi?” deb so‘rashganida: “Quyoshning bir kunlik yo‘li”, dedi. Bu savolni bergan kishi yo sinab ko‘rish yo bilish maksadida so‘ragan bo‘lsa, ehtimol. Hazrati Alining (roziyallohu anhu) javobi esa hech qanday savolga o‘rin qoldirmadi.


@muhsiin
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin aziz dindoshim

@muhsiin
Агар инсон илм нури билан ўз йўлини ёритмаса, зулмат ва нодонлик кўчасида қолади. Киши қалбининг нури илм ва маърифат билан бақувват бўлади. Инсониятнинг қадри илм билан ҳосил бўлади. Илмдан ҳали ҳеч ким зарар кўрган эмас. Илмни эгаллаб олиш эса бир санъатдир.

@muhsiin
ИЛМ ҲАҚИДА
ШАРҚ ҲИКМАТЛАРИ

Илм ўрганиш ҳар бир мусулмон учун фарздир.

Ҳадис

Бешикдан қабргача билим иста.

Ҳадис

Бир соатгина илм ўрганиш бир кечалик ибодатдан яхшидир.

Ҳадис

Қайси бир олимнинг илмидан сўралганда қизғониб гапириб бермаса, қиёматда оғзига ўтдан тизгин солиб қўйилади.

Ҳадис

Аввало олим бўл! Лоақал таълим олувчи ёки тингловчи, илму уламоларни севувчи бўлгин.

Ҳадис

Садақанинг афзали мусулмон кишининг илм ўрганиб, сўнг бошқа мусулмон биродарларига ҳам ўргатишидир.

Ҳадис

Илм ибодатдан афзал.

Ҳадис

Илм ўқуб қилмаган амал мақбул,
Дона сочиб кЎтармади маҳсул.

Навоий

Ер юзи бир дашту саҳро бўлса, гулзори илм,
Саҳнаи оламни бўлмоқда намудори илм.
Илму фан бирла қуролланмоқда сардори илм,
Илм ўқи, ҳеч бир жонга еткурмайди озор илм.

Оразий

Эмиш ҳар элға қадри илм бало,
Ўла илм мақоми баски боло.
Кишиким илму фандин бохабардур,
Ҳалойиққа мўътабардур.
Тирикликда кишиким қилса ҳар кор,
Анинг осонлиғина илм даркор.

Абдулла Авлоний


@muhsiin
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Barchangizga bu kun hayrli va barokatli bo'lsin🤲🏻

@muhsiin
ILM

O'qi, ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo'l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, ammo to'rtinchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan.

®️Abdulqodir Zamaxshariy


@muhsiin
Ayollarning ta’lim olishiga ko‘nmaydilar. Lekin ayollari kasal bo‘lib qolsa, ayol shifokor qidiradilar.

®️Doktor Ali Virdiy


@muhsiin
Agar har bir taqqilagan eshik darhol ochilaverganida edi Umid, sabr va xohishning darajasi bunday bo'lmas edi.

Jaloliddin Rumiy

@muhsiin
Savol: banda Alloh azza va jallaga qachon yaqin bo'ladi?
Javob: banda o'z robbisiga sajdada yaqin bo'lgani kabi hech qayerda yaqin bo'lmaydi.
Ya Alloh barchamizni omonatimizni sajdada topshirishimizni nasib aylagin 🤲🏻

@muhsiin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hasbunalloh
Qalbingiz siqilganda, ishonchsizlik hukum surganda faqat Allohga suyaning!

○Abdulloh domla
@muhsiin
🌺Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu

🌸Sayyidul ayyom hajjul masokin bo'lmish JUMA AYYOMI MUBORAK BO'LSIN
Alloh taolo bu kunning hurmatidan bizlarni o'z rahmatiga olsin hato kamchiliklarimizni o'z fazli ila mag'firat qilsin
Savobli hayrli ishlarda doim bizlarni bardavom qilsin
Ummati Muhammadni o'zi aziz qilsin
Barchalarimizdan o'zi rozi bo'lsin!🤲🏻
@muhsiin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer yuzining har joyiga agar ibrat ko'zi bilan boqsangiz Allohning qudratiga guvoh bo'las va lol qolasiz, albatta bu bilan iymon mustahkamlashadi insha Alloh😍

@muhsiin