Forwarded from ONA TILI VA ADABIYOT_AKBAR OTABOYEV
Mashhurlar hayotidan 12 ta iqtibos:
1. "Pirimqul Qodirov 1990-yillarda xorijiy atamalarni o'zbekchalashtirish ishiga bosh-qosh bo'lgan".
(Abdulla Oripov)
2. "Yaxshiyam, Stalin farzand otasining, ota esa farzandining jinoyati uchun javobgar emas, deb qaror chiqargan".
(Odil Yoqubov)
3. "Naqdina bo'lsin bolam, naqdina bo'lsin. Ham topishga oson, ham yashirishga qulay".
("Shum bola" dan)
4. "Kam ishlaydimi yo ko'p ishlaydimi, baribir qasamiga sodiq shifokor astoydil xizmat qiladi".
("O'tkir Hoshimov)
5. "Shoirlar qishloqda tug'ilib, shaharda yashaydi, degan gap bor".
(O'tkir Hoshimov)
6. "Bizning o'quv markazga keling, sertifikat olasiz".
(Hammaning gapi)
7. "Ingliz tilini har qancha urinsam ham, o'rgana olmadim. Baribir o'z tilim yaxshi".
(Akbar Otaboyev)
8. Frilanser... Frilanser...
(Hech kim)
9. "Mening ilmimni tanlashmadi. Reklamasi kuchli "savodasizlar" ni tanlashdi".
(O'quvchisi kamaygan repetitor gapi)
10. "Ijtimoiy tarmoqni bilaman? Instagram, telegram... Uning fenomeni ham bo'ladimi?"
(Akbar Otaboyev)
11. "Akbar Otaboyev kitobini onlayn xarid qilishingiz mumkin?"
("PIR" nashriyoti)
12. "Hamma shifokor bo'l deyishgan. Lekin qiziqqan sohamni - adabiyotni tanlaganman".
(Akbar Otaboyev)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ONA TILI VA ADABIYOT_AKBAR OTABOYEV
12 ta iqtibos - 12 ta esse mavzusi!
Frilanser —o'zini ish bilan taminlovchi, erkin ishchi
Frilanserlik: Zamonaviy erkinlikmi yoki doimiy noaniqlik?
Kirish:
Texnologiyalar rivojlanishi va internet qamrovining kengayishi mehnat bozorida frilanserlik, ya’ni masofaviy va mustaqil ish shaklini ommalashtirdi. Bugungi kunda ko‘plab mutaxassislar an’anaviy ofis ishidan voz kechib, erkin faoliyat yuritishni afzal ko‘rmoqdalar. Ayrimlar buni shaxsiy erkinlik deb hisoblasa, boshqalar daromadning noaniqligi va ijtimoiy himoyasizlikdan xavotir bildiradilar. Ushbu esseda frilanserlikning ijobiy va salbiy jihatlari ko‘rib chiqiladi hamda yakunda yakuniy xulosa yasaladi.
Asosiy qism:
Bir tomondan, frilanserlikning eng katta afzalligi ish vaqti va joyini mustaqil belgilash imkoniyatidir. Frilanserlar o‘z kun tartibini shaxsiy ehtiyojlariga moslab tuzishlari mumkin, bu esa oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yordam beradi.Birinchidan, yo‘l xarajatlari va vaqtini tejash orqali insonning ish unumdorligi ortadi. Ikkinchidan, mutaxassis faqat bitta kompaniya bilan cheklanib qolmasdan, dunyoning turli nuqtalaridagi loyihalarda ishtirok etishi va o‘z tajribasini boyitishi mumkin. Bu esa professional jihatdan tezroq o‘sishga va ko‘proq daromad topishga yo‘l ochadi.
Ikkinchi tomondan, mustaqil ishlashning o‘ziga yarasha murakkabliklari va xatarlari mavjud. Frilanserlikda doimiy ish haqi kafolatlanmagan bo‘lib, buyurtmalar soni har oy o‘zgarib turishi mumkin, bu esa moliyaviy noaniqlikni keltirib chiqaradi. Shuningdek, frilanserlar uchun mehnat ta’tili, kasallik varaqasi yoki davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy imtiyozlar odatda mavjud emas. Yana bir muhim jihat — intizom masalasidir. Inson o‘zini qat’iy nazorat qila olmasa, uy sharoitida ish samaradorligi pasayib ketishi va ruhan charchash holatlari kuzatilishi mumkin.
Shaxsiy fikrimcha, frilanserlik faqatgina ish turi emas, balki yuqori mas’uliyatni talab qiladigan turmush tarzidir. Garchi u barqarorlik borasida kamchiliklarga ega bo‘lsa-da, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan va erkinlikni qadrlaydigan mutaxassislar uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi. Menimcha, frilanserlikning salbiy tomonlarini moliyaviy savodxonlik va to‘g‘ri vaqt menejmenti orqali to‘liq bartaraf etish mumkin.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, frilanserlik zamonaviy dunyoda ham katta erkinlikni, ham jiddiy xatarlarni o‘zida mujassam etgan. U har bir kishidan individual yondashuv va kuchli irodani talab qiladi. Bugungi raqamli asrda ushbu soha rivojlanishda davom etadi va u o‘z kelajagini o‘zi boshqarishni istaydigan shaxslar uchun eng maqbul tanlov bo‘lib qolaveradi.

👍7❤2
Forwarded from ONA TILI VA ADABIYOT_AKBAR OTABOYEV
- Xotin, o'g'limiz, Otabek qani?
- Shifokor aytgan dorini olishga ketdi.
- Kumush qani?
- Uyda emas, bog'chada.
- Homid qani?
- Sun'iy intellektdan dars o'rganyapti.
- Zaynab nega yig'laydi?
- Tadbirga pul ajratish kerak ekan.
- Bolaga erta pul berma.
- Davlat ishida ishlayman. Oylik oz o'zi...
✔️ @Akbar_Otaboyev
- Shifokor aytgan dorini olishga ketdi.
- Kumush qani?
- Uyda emas, bog'chada.
- Homid qani?
- Sun'iy intellektdan dars o'rganyapti.
- Zaynab nega yig'laydi?
- Tadbirga pul ajratish kerak ekan.
- Bolaga erta pul berma.
- Davlat ishida ishlayman. Oylik oz o'zi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔4🔥3
Forwarded from Samgin Qurbonov
70+. 4-namunaviy esse.pdf
807 KB
25-aprel 2-smenada tushgan mavzuda yozilgan namunaviy esse!
Esseni mana shunday aniq, lo`nda va fikrni asoslagan tarzda yozsangiz, 70 balldan yuqori natijani qo`lga kiritasiz.
Barcha imtihonga kiruvchilarga yuboring, ular uchun manfaatli bo`lsin!
Kanalimizda har kuni 70+ ballik namunaviy esselar berib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Muhammad Haydarov
26-aprel 2-smena esse mavzusi:
Hozirgi kunda ayrim odamlar butun umri davomida bitta ish o'rnida ishlash kerak, deb hisoblashsa, ba'zilar esa tez-tez ishni o'zgartirib turish lozim ekanligini ta'kidlaydi.
@ona_tili_haydarov

Forwarded from O'zbek tili va adabiyot
So‘nggi yillarda ta’limdagi muammolarni hal etish maqsadida malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilmoqda. Bu masala turli qarashlarga sabab bo‘lmoqda:
• Ayrimlar ularning til egalari sifatida xorijiy tillarni samarali o‘rgatishini ta’kidlaydi.
• Boshqalar esa ularga mahalliy mutaxassislarga nisbatan yuqori maosh berilayotganidan norozi.
Ayrimlar tarixiy obidalarni saqlashga va taʼmirlashga mablagʻ ajratish kerakligini aytishsa, boshqalar unga ajratishdan koʻra jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga mablagʻ ajratish kerakligini aytishadi.
Ayrimlar moliyaviy barqarorlikka erishish uchun davlat tashkilotlarida ishlash lozim ekanligini ta'kidlasa, ba'zilar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish lozim deb hisoblaydi.
Ba‘zilar bir kasbda muntazam ishlashni afzal koʻrishsa, ayrimlar zamonaviy dunyo ish oʻrinlarini tez-tez almashtirishini talab qilishini takidlashadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏1
Forwarded from O'zbek tili va adabiyot
KIRISH QISMI.
Maktab ta'limi har bir bolaning kelajagini belgilovchi asosiy poydevordir. Bugungi kunda esa bu poydevorni mustahkamlashda qo'shimcha mashg'ulotlarning o'rni haqida jamiyatda ikki xil qarash shakllangаn. Bir tomon ularni zaruriy deb bilsa, ikkinchi tomon asosiy darslarning o'zi yetarli, deb hisoblaydi. Jamiyatimiz gultojlari uchun qaysi qarash amaliyotda qo'llanishi kerak?
ASOSIY I.
Qo'shimcha mashg'ulotlar tarafdorlari fikricha, zamonaviy hayot talablari maktab dasturidan ko'ra kengroqdir. Asosiy darslar o'quvchiga nazariy bilim beradi, ammo amaliy ko'nikmalar, ijodiy fikrlash va liderlik sifatlarini rivojlantirish uchun qo'shimcha mashg'ulotlar zarur. Buni Janubiy Koreya va Yaponiya misolida hma ko'rishimiz mumkin. Bu maktablarda asosiy darsdan tashqari qo'shimcha ta'lim olishi an'anaga aylangan bo'lib, bu mamlakatlar xalqaro PISA reytingida doimo yuqori o'rinlarni egallaydi. Bundan tashqari, sport, musiqa yoki robototexnika to'garaklari bola iste'dodini erta aniqlash va rivojlantirishga katta hissa qo'shadi.
ASOSIY II.
Biroq bu fikrga qo'shilmaydigan mutaxassislar ham bor. Ularning ta'kidlashicha, haddan ortiq yuklanish bolaning jismoniy va ruhiy sog'ligiga zarar yetkazadi. Bolaning o'yin o'ynash, dam olish va oila bilan vaqt o'tkazish huquqi ham muhim. Finlandiya ta'lim tizimi buning yorqin namunasidir — u yerda o'quvchilarga ko'p vazifa berilmaydi, qo'shimcha mashg'ulotlar majburiy emas, biroq sifat jihatidan ta'lim darajasi dunyoda eng yuqorilardan biri hisoblanadi.
ASOSIY III.
Shaxsan men qo'shimcha mashg'ulotlar foydali, lekin majburiy emas, ixtiyoriy bo'lishi kerak, deb o'ylayman. Har bir bolaning qiziqishi, salohiyati va sog'lig'i har xil. Shuning uchun ota-onalar va o'qituvchilar birgalikda har bir o'quvchi uchun muvozanatli yuk belgilashi zarur. Zo'rlab orttirilgan bilim emas, qiziqish bilan o'rganilgan bilim — bu haqiqiy ta'limdir. Zero, charchagan va ruhan toliqgan bola hech qanday mashg'ulotdan to'liq foyda ola olmaydi.
XULOSA.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1💘1
Forwarded from Davlatbek Ochilov
Madaniyat va san’atga investitsiya: Ma’naviy ehtiyojmi yoki ortiqcha xarajat?
Kirish:
Har qanday davlatning rivojlanishida byudjet mablag‘larini to‘g‘ri taqsimlash strategik ahamiyatga ega. Bugungi kunda hukumat mablag‘larini madaniyat va san’at sohasiga yo‘naltirishning zarurligi borasida turli qarashlar mavjud. Ayrimlar buni milliy o‘zlikni saqlash va ma’naviyatni yuksaltirish uchun muhim deb hisoblasa, boshqalar ushbu mablag‘larni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirish kerakligini ta’kidlaydilar. Ushbu esseda har ikki tomonning vajlari ko‘rib chiqiladi va yakunda shaxsiy munosabat bildiriladi.
Asosiy qism:
Bir tomondan, madaniyat va san’atga davlat tomonidan mablag‘ ajratilishi millatning yashab qolishi va kelajagi uchun hal qiluvchi rol o‘ynaydi. San’at nafaqat estetik zavq manbai, balki xalqning tarixi va an’analarini avloddan-avlodga yetkazuvchi asosiy vositadir.
Birinchidan, davlat ko‘magisiz ko‘plab muzeylar, teatrlarning faoliyat yuritishi va madaniy meros obidalari saqlab qolinishi imkonsiz bo‘lib qoladi. Ikkinchidan, san’at sohasining rivoji mamlakatga sayyohlar oqimini ko‘paytiradi va xalqaro maydonda davlatning nufuzini oshiradi, bu esa uzoq muddatda iqtisodiy foyda ham keltiradi.
Ikkinchi tomondan, byudjet mablag‘larini iqtisodiyotning ko‘proq real va dolzarb sohalariga yo‘naltirish kerak deb hisoblovchilarning ham asosli vaji bor. Ularning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilmani yaxshilash san’atga qaraganda ancha muhimroqdir. Insonlarning yashash darajasi past, ishsizlik mavjud yoki tibbiy xizmat sifati qoniqarsiz bo‘lgan sharoitda qimmatbaho madaniy tadbirlar yoki haykallar o‘rnatishni "isrofgarchilik" deb baholashadi. Davlat byudjeti cheklanganligi sababli, birinchi navbatda xalqning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish lozim deb hisoblanadi.
Shaxsiy fikrimcha, madaniyat va san’atga ajratiladigan mablag‘larni mutloq to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki faqatgina iqtisodiy o‘sish bilan cheklangan jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Ammo bu taqsimotda muvozanat bo‘lishi shart. Davlat san’atning o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashi uchun imkoniyatlar yaratishi, masalan, homiylik tizimini rag‘batlantirishi, asosiy byudjetni esa baribir aholi hayotiga bevosita ta’sir qiladigan ijtimoiy sohalarga yo‘naltirishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, madaniyat va ijtimoiy sohalar o‘rtasidagi mablag‘ taqsimoti murakkab masala bo‘lib, u davlatning ustuvor maqsadlariga bog‘liq. Garchi moddiy ehtiyojlar birlamchi tuyulsa-da, madaniyat millatning ruhi ekanligini unutmaslik lozim. Eng to‘g‘ri yechim — iqtisodiy farovonlikni ta’minlash bilan birga, millatning ma’naviy qiyofasini saqlab qoladigan oqilona byudjet siyosatini olib borishdir.

❤2
Forwarded from O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
❤1
Forwarded from MILLIY TIL.Jo'raqulov. (Jo'raqulov)
1.Ba’zilar Harakatlar strategiyasi mamlakatni tez rivojlantirdi deydi, boshqalar esa natijalar yetarli emas deb hisoblaydi.
2.Ayrimlar iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi deydi, boshqalar esa muammolar hanuz saqlanib qolganini ta’kidlaydi.
3.Ba’zilar Harakatlar strategiyasi yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratdi deydi, boshqalar esa imkoniyatlar teng taqsimlanmagan deb hisoblaydi.
Yondosh esselarga misol.Ya'ni yuqoridagi 3 ta esseni bir xil deya hisoblamang.Bular boshqa-boshqa mavuzdagi esselar.Imtihonda ham chalg'ib qolmang.
2.Ayrimlar iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi deydi, boshqalar esa muammolar hanuz saqlanib qolganini ta’kidlaydi.
3.Ba’zilar Harakatlar strategiyasi yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratdi deydi, boshqalar esa imkoniyatlar teng taqsimlanmagan deb hisoblaydi.
Yondosh esselarga misol.Ya'ni yuqoridagi 3 ta esseni bir xil deya hisoblamang.Bular boshqa-boshqa mavuzdagi esselar.Imtihonda ham chalg'ib qolmang.
❤1
Forwarded from MILLIY TIL.Jo'raqulov. (Jo'raqulov)
Kirish:
So‘nggi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Harakatlar strategiyasi asosida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu jarayonlar jamiyatda turli fikrlarni keltirib chiqarmoqda. Ba’zilar ushbu strategiya mamlakat rivojini tezlashtirdi desa, boshqalar natijalar hali yetarli emasligini ta’kidlashadi.
Asosiy qism 1:
Harakatlar strategiyasi tarafdorlari uning qisqa vaqt ichida sezilarli natijalar berganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiy sohada ochiqlik kuchayib, xorijiy investitsiyalar hajmi oshdi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida yangi imkoniyatlar yaratildi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvida shaffoflik oshib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilandi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bularning barchasi mamlakat rivoji tezlashganidan dalolat beradi.
Asosiy qism 2:
Biroq, boshqa bir guruh mutaxassislar va fuqarolar bu fikrga to‘liq qo‘shilmaydi. Ularning ta’kidlashicha, amalga oshirilgan islohotlar hali barcha hududlarga birdek yetib bormagan. Ayrim joylarda ishsizlik, narx-navoning oshishi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. Shuningdek, ayrim sohalarda byurokratik to‘siqlar hamon mavjud. Shu sababli ular rivojlanish borligini inkor etmagan holda, uning tezligi va samaradorligini yetarli deb hisoblamaydi.
Shaxsiy fikr:
Mening fikrimcha, Harakatlar strategiyasi mamlakat rivojida muhim rol o‘ynadi. Haqiqatan ham, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ammo har qanday islohot natijasi darhol to‘liq sezilmaydi. Shu bois, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va boshlangan ishlarni izchil davom ettirish zarur, deb o‘ylayman.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, Harakatlar strategiyasi mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U rivojlanish jarayonini tezlashtirdi, ammo hali bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Eng muhimi, islohotlar izchil davom ettirilsa, yanada yuqori natijalarga erishish mumkin.

❤2👍1
Forwarded from MILLIY TIL.Jo'raqulov. (Jo'raqulov)
Kirish:
Mamlakat taraqqiyotida aholi farovonligini oshirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada jamiyatda turli qarashlar yuzaga keldi: ba’zilar farovonlik sezilarli darajada oshganini ta’kidlasa, boshqalar bu o‘zgarishlar hali yetarli emasligini aytmoqda.
Asosiy qism 1:
Harakatlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlovchilar uning aholi hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etishadi. Xususan, ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish, maosh va nafaqalarni oshirish orqali odamlarning turmush darajasi yaxshilandi. Shuningdek, infratuzilma rivojlanib, yo‘llar, uy-joylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari yangilandi. Bularning barchasi aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Asosiy qism 2:
Biroq, ayrimlar bu fikrga qo‘shilmaydi. Ularning fikricha, narx-navoning oshishi va inflyatsiya sababli aholining real daromadi har doim ham oshavermaydi. Ayrim hududlarda ishsizlik muammosi saqlanib qolgan. Bundan tashqari, ijtimoiy yordam barcha qatlamlarga birdek yetib bormayotgani haqida ham fikrlar mavjud. Shu sababli ular farovonlik oshganini tan olgan holda, bu o‘zgarishlar hali yetarli darajada emas, deb hisoblaydi.
Shaxsiy fikr:
Mening fikrimcha, Harakatlar strategiyasi aholi farovonligini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Haqiqatan ham, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ammo farovonlikni yanada oshirish uchun muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bosqichma-bosqich hal qilish zarur.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, Harakatlar strategiyasi aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Biroq bu jarayon hali yakuniga yetmagan. Islohotlar izchil davom ettirilsa va mavjud kamchiliklar bartaraf etilsa, kelajakda aholi farovonligi yanada oshishi shubhasiz.

👍1
Mana shu 20 ta esse mavzusiga idealar yig'ib turing
👍2❤1