MUHIM24.uz
2.59K subscribers
7.94K photos
1.94K videos
10 files
7.38K links
muhim24.uz yurtimiz va jahonning eng muhim yangiliklar rasmiy sayti

Faqat tasdiqlangan va ishonchli axborotlar

Tahririyat ОAV guvohnomasi: № 2201

Veb-sayt: http://muhim24.uz/

Aloqa http://t.me/muhim24uz_aloqaBOT
Download Telegram
⚡️⚡️Qamchi Ko‘lboyevning qarindoshlari deputatlarni o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda

Batafsil 👉👉 https://muhim24.uz/3332/

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
Checheniston rahbarining o‘g‘li Axmat Qodirov Grozniyning “Axmat” futbol klubi prezidenti bo‘ldi.

Kichik Qodirov yaqinda Checheniston jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangan edi.‌‌

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
Oʻlmasbek Samarqandiyning “Oson deb oʻylamang erkak zotiga” deb nomlangan sheʼriga
parodiya.


(Mahalla raislari tilidan)

Oson deb oʻylamang rais zotiga,
U tinmay uyma-uy yurishi mumkin.
Er-xotin janjalin tinchitish uchun,
Tunda uyqusidan turishi mumkin.

Oson deb oʻylamang rais zotiga,
Xonada koʻkragin kerishi mumkin.
Lek ziqna, xasisga boshini egib,
Chiqindi pulini terishi mumkin.

Suvning nazoratchi xodimi kelmas,
Ortidan yalinib yuradi rais.
Soʻng oʻzi tergilab, yigʻib suv pulin,
Uyiga yetkazib beradi rais.

Soliqchi yigitga koʻz qiri tushsa,
Buyuk bir shamanni koʻrgandek boʻlar.
Demak ogʻir yukdan qutuladi u,
Demak bugun soliq rejasi toʻlar.

Shaman bir koʻrinib yoʻqolar koʻzdan,
Millionlab soliqni yigʻadi rais.
Soliqchi oʻn  million mukofot olsa,
Alamdan oʻzini boʻgʻadi rais.

Oson deb oʻylamang rais zotiga,
Bolalar pulining egasi boshqa.
Nafaqa olmagan ayollar kelib,
Yongʻoqlar chaqishar chiqishib boshga.

Oson deb oʻylamang rais zotiga,
Xalqim deb jonidan kechishi mumkin.
“Nogohon minsa u jahl otiga”,
Tinchlanishi uchun ichishi mumkin.

Aytsam tugamaydi gʻurbatlar sira,
Uyingiz quvonchga toʻlsin raislar.
Qiyinchilik oʻtar, ammo ungacha,
Boshingiz temirdan boʻlsin raislar!

Muallif: Maqsud MIRZAYEV,
Narpay tumani


Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
⚡️Toshkentda maktab bitiruvchilari kuni munosabati bilan dronlar shousi oʻtkaziladi

“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi maydonida 25-may kuni soat 19:00 da “Bitiruvchi va talaba – 2024” festivali yakuniga bagʻishlangan konsert boʻlib oʻtadi. Shuningdek, dasturda retro namoyishi ham koʻzda tutilgan.

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
⚡️⚡️Yevropa Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda — Orban 

Batafsil 👉 https://muhim24.uz/3340/

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
Bugun O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari universiteti olti yoshga to'ldi.

Bayram tadbirlariga Turkiya, Germaniya elchixonasi vakillari, xorijiy va mahalliy OAV hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov, Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirovlar ham ishtirok etdi.

❗️ Muhim24'ning jurnalistlari jarayonlardan reportaj tayyorlashmoqda.

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (12 minutes)
"Yilning eng yaxshi maktabi – 2024" tanlovi g'olibi aniq bo'ldi

Bugun soat 00:00 holatiga ko‘ra, qayta tekshirilib, tanlovda kuzatuvchilar tomonidan eng ko'p ovozni:

🥇 37-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 754 ta bilan qo'lga kiritdi.

Unda keyingilar esa:
🥈 36-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi : 730
🥉 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi : 446


🎗Kuchli TOP-10 lik esa yuqorida.

❗️ Oldingi postimizdagi texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan anglashilmovchilik uchun barchangizdan uzr so'raymiz.

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
Maktablarda bayram bayramga ulanmoqda🤩🎉🎁

Xabaringiz bor, "PAXTACHI" gazetasi "muhim24.uz" saytida "Yilning eng yaxshi maktabi – 2024" tanlovi tashkil etilgandi. Bugun tahririyat ijodiy jamoasi g'oliblarni taqdirlashda davom etmoqda. 16-36-37-maktablariga borib diplom va esdalik sovg'alarini topshirishildi.

Shu o'rinda barcha g‘olib va sovrindorlarni yana bir bor tabriklab, ta'lim fidoyilarining keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Jurnalistika universiteti 6 yoshga to'ldi | Журналистика университети 6 ёшга тўлди

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantiriladi!

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.

Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz.

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram