MUHIM24.uz
1.96K subscribers
8.66K photos
2.03K videos
12 files
7.79K links
muhim24.uz yurtimiz va jahonning eng muhim yangiliklar rasmiy sayti

Faqat tasdiqlangan va ishonchli axborotlar

Tahririyat ОAV guvohnomasi: № 2201

Veb-sayt: http://muhim24.uz/

Aloqa http://t.me/muhim24uz_aloqaBOT
Download Telegram
#PAXTACHI_GAZETASI

"PAXTACHI" gazetasi yangi 2024-yil 30-SONIda:

🔘 Avtomashina rulidagi mas'uliyatsizlik oqibati;

🔘 "Ziyovuddinning jasur o‘g‘loni!" — suhbat;

🔘 Kasb-hunar maskanlari mahallaning fayzi;

🔘 "Qatlnoma"si (t)o‘qilib, "Kafansiz ko‘milganlar" iztirobi... yohud OKTYABRNOMA!


📡 Shu va shu kabi xabarlarni birinchilardan bo'lib muhim24.uz saytimizda ham kuzatib borishingiz mumkin.

🔘👉 @muhim24Uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Jizzaxda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona qamaldi

Jizzaxda 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona ushlandi. Aniqlanishicha, fuqaro o‘zining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib voyaga yetmagan 2021-yilda tug‘ilgan farzandini 3 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi erkak JKning 135-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchi ayolga esa JK ning 135-moddasi qo'llanilib 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

🔘👉 @muhim24Uz
Oʻzbekiston COP29da ishtirok etadi

Batafsil👉👉 https://muhim24.uz/3931/

Telegram  | FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Sayt | Instagram
🇰🇿 Qozogʻiston hukumati kerak boʻlsa, Ukraina boʻyicha tinchlik muzokaralarida vositachi boʻlishga, shuningdek, butun dunyo boʻylab boshqa xalqaro harbiy mojarolarni diplomatik yoʻl bilan hal etishda ishtirok etishga tayyor, dedi Qozogʻiston prezidenti Toqayev.

🔘👉 @muhim24Uz
🛫 Zarafshon shahridagi eski aeroport qayta tiklanishi mumkin

Bu haqda bugun Navoiy viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi 200 ming aholi Toshkent shahriga borish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga borishiga to‘g‘ri kelayotgani, keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayotgani qayd etildi.

Shu sababli, Zarafshon shahrida o‘tgan asr 80-yillarida qurilgan va ayni paytda ishlamayotgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.

🔘👉 @muhim24Uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda III Xalqaro NAUKA 0+ festivali bo‘lib o‘tmoqda

#uzbekistan #tashkent

Bu yil uning asosiy mavzusi “Atrofimizdagi ilm-fan”dir, deb xabar beradi @SputnikUzbekistan muxbiri.

Tadbir jamiyatda ilm-fanni ommalashtirishga qaratilgan.

– Yigitlar o‘tkazilayotgan tajribalarni qiziqish bilan kuzatayotgani ko‘rinib turardi, ular juda xursand bo‘lishdi, chinakam qiziqish uyg‘otdi, – deydi festival mehmoni, kosmonavt Solijon Sharipov.

Fan festivali Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy tashabbusi bilan 2006 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Bu yil festival "Ilmga sodiqlik uchun" Butunrossiya mukofoti bilan taqdirlandi.‌‌

🔘👉 @muhim24Uz
#XORIJ #Isroil_Falastin

🇮🇷 Tel-Aviv va Vashington Eronga qilingan hujumlar uchun javobgar bo'ladi - Eron oliy rahbari

“Dushmanlar, xoh Isroil rejimi boʻlsin, xoh Qoʻshma Shtatlar boʻlsin, Eron, Eron xalqi va qarshilik fronti bilan bogʻliq qilgan ishlariga qatʼiy javob beradi”, - deya Ali Xomanaiyning soʻzlarini keltiradi ICANA agentligi.

🔘👉 @muhim24Uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi Chorsu maydoni yangi qiyofa kasb etadi

2-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha doirasida yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar joylar barpo etiladi. Bu loyihada 2025-yildan qurilish ishlari boshlanib, 2029-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 170 million AQSh dollaridan oshadi.

Rekonstruksiya jarayonida 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq bo‘lib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi. 2024-yilning texnik ekspertizasiga ko‘ra, binoning temir-beton konstruksiyalari jiddiy shikastlangan va rekonstruksiya qilishga yaroqsiz deb topilgan.

🔘👉 @muhim24Uz
Andijon viloyatida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi habar berdi.

Uning bizga bildirishicha, joriy yilning 22-oktyabr kuni soat taxminan 09:30 larda Jalaquduq tumani, “Navoiy” MFY Ne’mat ko‘chasida yashovchi xonadon a’zolari uxlab yotgan vaqtida xonada bo‘lgan nosoz isitish moslamasi (kotyol)dan sizib chiqqan is gazidan zaharlangani aniqlangan.

Buning oqibatida 4 nafar fuqaro yashash xonadonida vafot etgan, qolgan xonadon vakillariga esa tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Voqea joyi tezkor-tergov guruhi a’zolari ishtirokida ko‘zdan kechirilgan, shuningdek, vafot etganlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

🔘👉 @muhim24Uz
Moskvada haydovchisiz tramvay sinovdan o‘tmoqda

Bu haqda "Sputnik" axborot agentligi ma'lum qildi.

Xabarda keltirilishicha, tramvay sunʼiy ong tomonidan boshqariladi. U vaziyatni lidarlar yordamida baholaydi. Lidar — lazer nuri yordamida 360 gradus atrofda va 200 metr masofada joylashgan har bir obyektning harakatini aniqlashga qodir. Sunʼiy ong ushbu maʼlumotlar asosida vaziyatni baholash va prognoz qilishni, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni biladi.

Dastlabki bosqichda haydovchisiz tramvay harakatlari haqiqiy haydovchi tomonidan nazorat qilib turiladi.

Ayni damda u 2 ming km masofa bosib o‘tdi, 2025-yil oxirida haydovchisiz tramvayni to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

🔘👉 @muhim24Uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM