Yaxshilab o‘ylab qarasak, bu dunyo kichik bir ko‘prikdir. Agar uni yaxshi kesib o‘tsak, abadiy saodatga erishamiz. Agar aksi bo‘lsa, jazo muqarrar. Bu ko‘prikdan qanday o‘tishimiz esa niyatlarimizga, tanlovlarimizga va amallarimizga bog‘liq. Har bir qadamimiz o‘z mas’uliyatimiz, har bir lahzamiz esa Allohga yanada yaqinlashish uchun berilgan imkoniyatdir.
❤9❤🔥4⚡2🔥1💯1
Men ko‘p odamlar orasida bo‘lishni yoqtirmayman, chunki vaqtimni behuda sarflashni istamayman. Ammo agar ular ilmli, bilimli insonlar bo‘lsa, ularning davrasini tark etishni xohlamayman.
❤8❤🔥4💯2⚡1🔥1
Men kimnidir ortidan o‘ylamasdan ergashishni yoqtirmayman. Har bir narsani tahlil qilishni, uning sababini tushunishni va odamlar nega aynan shunday qilayotganini so‘rashni yaxshi ko‘raman. Balki shuning uchun ham ko‘p urf-odatlarimizdan o‘zimni ancha yiroq his qilaman.
❤9❤🔥3⚡2🔥2💯1
O‘zidan kuchlilarga mulozamat qilish fazilat emas, o‘zidan kuchsizlarga rahm qilish fazilatdir.
❤10💯4❤🔥3⚡1
Ko‘zimizni kattaroq ochadigan bo‘lsak, nafas olayotganimizning o‘zi hali imkonimiz borligini bildiradi. Chunki so‘nggi nafasdan so‘ng barcha eshiklar yopiladi.
@muhammadaziz_notes
@muhammadaziz_notes
❤7❤🔥4😢4💯2⚡1
“Nega?” deb so‘rashdan qo‘rqmang.
Bilim har doim bitta savoldan boshlanadi: “Nega?”
Aynan shu savol insonni fikrlashga, haqiqatni izlashga va o‘sishga undaydi. Savol bermaydigan inson ko‘pincha bilmaganini ham bilmay yashaydi.
Ota-onangiz, ustozingiz yoki jamiyat sizga biror narsani o‘rgatsa, odob va hurmatni saqlagan holda: “Nega?”, “Buning hikmati nima?”, “Bu qayerdan kelgan?” deb so‘rashdan uyalmang. Agar javob ma’lum bo‘lsa, ilm olasiz. Agar noma’lum bo‘lsa, uni birgalikda izlash imkoniyati tug‘iladi.
Dinimiz ham bizni ko‘r-ko‘rona ergashishga emas, tafakkur qilishga, dalil izlashga va haqiqatni anglashga chorlaydi.
Shunday ekan, “Nega?” degan savolni qo‘rqmasdan, ammo odob bilan bering. Chunki har bir samimiy savol sizni haqiqatga bir qadam yaqinlashtiradi.
Savol berish ojizlik emas, aksincha, jumboqligicha qolgan narsalarga oqilona javob topish yo‘lidir.

❤6❤🔥5⚡3💯1
Bir kishi Abdulloh ibn al-Muborak (rahimahulloh) huzurlariga kelib, boshqa bir insonning ayblarini gapira boshladi.
Shunda Ibn al-Muborak dedilar:
Shayton bu xabarni menga yetkazish uchun sendan boshqa elchi topolmadimi?

❤🔥7😢5❤3⚡1💯1
Nega inson o‘z xatolarini ko‘rmaydi?
Boshqalarning xatosini ko‘rish oson. O‘z xatosini ko‘rish esa halollik va jasorat talab qiladi.
Insonning nafsi uni doimo oqlashga urinadi. Biror xato qilsa, sabab izlaydi. Boshqa birov xato qilsa esa, bahona emas, aybini ko‘radi. Shuning uchun ham o‘zini hisob-kitob qilmaydigan inson asta-sekin xatolarini odatga aylantirib qo‘yishi mumkin.
Dono inson esa har kuni o‘zidan so‘raydi: “Bugun kimnidir ranjitmadimmi? Tilim bilan ozor bermadimmi? Alloh mendan rozi bo‘ladigan amal qildimmi?” Ana shunday savollar qalbni uyg‘otadi va insonni yaxshiroq bo‘lishga undaydi.
Biz boshqalarni tuzatishga shoshilishdan oldin, o‘zimizni tuzatishga ko‘proq vaqt ajratsak, jamiyatimiz ham, munosabatlarimiz ham go‘zalroq bo‘lardi.
Unutmang, insonning eng katta kamchiligi - xatosiz bo‘lishi emas, balki xatosini tan olishni istamasligidir.
Shunday ekan, bugun boshqalarni emas, avvalo o‘zimizni isloh qilishdan boshlaylik. Zero, isloh so‘zdan emas, o‘zdan boshlanadi.

❤7❤🔥5⚡1💯1
O‘liming oddiy kunlarning birida, hali tugallanmagan rejalaring o‘rtasida keladi. Dunyo esa sensiz ham davom etadi. Shuning uchun, biroz yashashni ham unutma.
@muhammadaziz_notes
@muhammadaziz_notes
💯7❤3❤🔥3⚡2😢1
Tilingizni boshqalar haqida yomon gapirishdan saqlang.
Omar Suleiman
Omar Suleiman
❤10❤🔥5🔥2👍1
Haqiqiy oila boshlig‘i - u uyga kelsa, hamma qo‘rqib turadigan inson emas. Balki shunday qo‘rqinchli holatlarda faqatgina unga suyanish mumkin bo‘lgan insondir.
@muhammadaziz_notes
@muhammadaziz_notes
💯10❤🔥2❤2⚡1🔥1
Agar tanlovlaringiz go‘zal bo‘lsa, demak, siz ham go‘zalsiz.
❤7❤🔥6⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤6❤🔥4⚡3🔥2👍1🤩1
Nikoh — bu chiroyli to‘y, hashamatli uy, shirin farzandlar, qimmat mashinalar yoki mukammal hayot degani emas.
Nikoh — bu kasalxona kunlari, uzoq mehnat soatlari, sinovlarni birgalikda yengish, ro‘zg‘or tashvishlari va hisob-kitoblarni ado etish, iymon va umidni yo‘qotmasdan, barcha qiyinchiliklarga qaramay bir-biringizni tark etmay birga qolishdir.

❤8❤🔥2⚡2🔥1🤩1