Mr Gap
3.09K subscribers
9 photos
2 videos
4 links
Download Telegram
17330
17828
Mr Gap pinned «Challenge’ga qo‘shilish qabuli yakshanba kuni soat 23:50 da tugaydi.»
8836
hama narsa kantrol qilingan balancega nisbatan risk menegmeng kantrol qilingan Heyt qilmang !
110630
hozir bir narsa ustida ishlayapmiz inshallah u narsa hamaga manfiatli buladi va u mutloqo tekin buladi hech kimdan bizga hech narsa kerak emas !
112345
buyirda bazi tasdiqlar master clasda utilgan narsalardan entry qilingan foydalangalar kup ekan alloh omadilarni bersin HURSAND MAN !
113942
O‘zbekistonda treyding sohasi rivojlanib borayotganini ko‘rib xursand bo‘lish o‘rniga ba’zan achinib ketaman

Chunki bugun hech narsani bilmay turib o‘zini treyder deb tanishtirayotgan ommaga chiqib men bilaman men zo‘rman deb odamlarni ishontirayotgan referral orqali pul ishlayotgan va sizlarga signal berib boy qilaman deb va’da qilayotganlar juda ko‘payib ketdi

Eng achinarlisi esa odamlar internetdagi har qanday chiroyli hayot ko‘rsatadigan odamga ishonib cho‘ntagidagi oxirgi pulini ham kursga berib yuborayotgani

Kurs sotish yomon narsa emas
Ilm berish albatta yaxshi narsa
Lekin siz bergan ilmni o‘rgangan odam real hayotda undan foydalanib foyda qila olmasa bu bilimning nima foydasi bor

Bugun Dubayda yurib o‘zini treyder deb tanishtirayotgan ayrim insonlarning kurslari 30 ming dollar individual ta’limlari esa 50 ming dollargacha chiqayotganini eshityapmiz

Eng achinarlisi esa o‘sha kurslarni o‘qigan ayrim bolalar keyin yozib aka o‘qidim ming pushaymon bo‘ldim siz aytgan narsalarning hammasi shunaqa ekan deb aytishyapti

Savol oddiy

Qachongacha odamlarni boy qilaman deb va’da berasiz
Qachongacha hech qanday real natijasiz odamlarning ishonchidan foydalanasiz
Qachongacha internetdagi chiroyli hayotga qarab odamlar sizni haqiqiy mutaxassis deb o‘ylaydi

Treyding bu Instagramdagi mashina Dubaydagi uy yoki qimmat soat emas

Treyding bu bilim
Tajriba
Riskni boshqarish
Psixologiya
Intizom
Va eng muhimi odamga yolg‘on umid bermaslik

Davlatimiz chiroyli
Yurtimiz go‘zal
Lekin ba’zida shu go‘zal davlat ichidagi ayrim insonlarning ichki dunyosi va vijdoni juda achinarli holatga kelib qolayotganini ko‘rish og‘riqli

Agar haqiqatan ilm berayotgan bo‘lsangiz odamga shunchaki kurs emas kelajak uchun foydali bilim bering

Agar odam sizdan o‘rganib ham oxirida faqat pulidan ayrilib chiqayotgan bo‘lsa o‘zingizdan bir marta bo‘lsa ham savol so‘rang

Men unga haqiqatan ilm berdimmi yoki shunchaki uning umidini sotdimmi
113151
11439
11243
10942
10637
10538
10347
10046
17826
266
63
57
151