Mokhiya's Thoughts
120 subscribers
62 photos
5 videos
15 links
Havaskor dasturchi va raqamli lingvistning hayotiy xulosa va fikrlari

Asosiy kanal:
https://t.me/komp_ling_uz
Download Telegram
That's why i love read reddit. It inspires with real stories.
1
Tez orada hammasi tugaydi. Va boshlanadi.

@mokhiya_thoughts
4🔥1😁1
Istalgan tushunarsiz vaziyatda borib boshingizni (sochingzini) yuving — yordam beradi

@mokhiya_thoughts
😁6😢1
Любовь и боль
Ваграм Вазян
А кто сказал что время лечит?!
И где лекарство от этой боли.
Только холод мне тихо шепчет:
не заживет рана твоя...
2
Hech kim va hech narsa iymondan kechishga arzimaydi.

@mokhiya_thoughts
🔥8
Finally.
Kichik tanaffusdan keyin tonggi mashg'ulotlarga qaytdim.

Salqin havoda ertalab sayr qilishga hech nima yetmaydi. Kimdir ishga shoshgan. Kimdir shunchaki aylanib yurgan. Kimdir esa haliyam uxlayapti ) Shu uchinchi toifa — eng xavflisi. Ular toza havodan ham, ertalabki barakadan ham quruq qolganlar. Afsuski.
👍32😁1
«Бир-бирини яхши кўрганлар учун никоҳдан яхшиси йўқдир»

Муҳаммад алайҳиссалом
(Имом Ибн Можа ривояти)

@mokhiya_thoughts
6🔥2👍1
Mokhiya's Thoughts pinned ««Бир-бирини яхши кўрганлар учун никоҳдан яхшиси йўқдир» Муҳаммад алайҳиссалом (Имом Ибн Можа ривояти) @mokhiya_thoughts»
Sinovlar iymondan kechish uchun emas

Ulg'ayganim sari atrofimda turli hayotiy qiyinchiliklar sabab (ajrim, xiyonat, tushunmovchilik, pulsizlik, nochorlik va h.k) oxir oqibat nafaqat o'ziga, balki atrofdagi hech kimga va hech narsaga, hatto Xudoga ham ishonmaydiganlar borligini payqayapman.

Ular bilan suhbatlashsangiz, sizga aytar o'z hikoyalari, asoslari va "haqiqatlari" bor:
— Man ko'p harakat qildim, charchadim, bilganimni qilaman endi...
— Bu dunyoda adolat yo'q, nega man adolat qilishim kerak?
— O'lib ketsin hammasi, baribir o'lamiz, o'zingdan boshqani o'ylamay kayfda yashash kerak...


Ularning aksariyati, agar surishtirsangiz, avvalari iymon-ixlosli, musulmon bo'lib chiqadi. Lekin sinovlarga yo'liqaverib hamma narsaga gumon bilan qaraydigan va ishonmas kimsalarga aylanib qolishadi.

Ularga qanchalik haqiqatni chuqur va go'zal asoslamang, o'zlarining "dardlari", "shiorlari"da mahkam qolishadi. Oxir oqibat hidoyat faqat Allohdan ekanligini, agar u muhr bossa, hech qaysi vallomat, hatto Payg'ambarlar ham uni berolmasligini tushunasiz.

Shunda mana bu oyatni ich-ichingizdan his qila boshlaysiz:
Biz jinlarning va odamlarning ko‘pchiligini do‘zax uchun yaratdik. Ularning yuraklari bor-u, ular bilan anglamaydilar; ko‘zlari bor-u, ular bilan ko‘rmaydilar; quloqlari bor-u, ular bilan eshitmaydilar. Ular hayvonlar kabidir, balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana o‘shalar g‘ofil kimsalardir.
Al-A'rof (7:179)


Tushunaman, qiyin. Lekin hech narsa va hech kim iymondan kechishimizga ARZIMAYDI!

@mokhiya_thoughts
7👍2👏1
Allohning 99 ta go'zal ismi sifati bor. Shulardan biri Al Xobirdir.

Dunyodagi hech bir narsa Allohning ilmidan chetda qolmaydi. U o'ta xabardor Zotdir. U biz ko'rgmagan va eshitmagan/ko'rmaydigan va eshitmaydigan narsalarni biladi. Ilm — nazariy bilish, xabadorlik — amaliy ham bilish. Xabardorlik olimlikni qamrab oladi, lekin olimlik xabardorlikni to'la qoplab ololmaydi.

Agar hayotingizda siz tushunmayotgan lekin bilishni istaydiganlaringiz bo'lsa, Xobiyr zotga o'z ismi bilan murojaat qilib ko'ring:

Ya Xobiyr... Menga o'zim bilmaydigan xavflardan xabar ber.


Alloning ismlari bilan unga murojaat qilishni O'zi buyurgan chunki.

@mokhiya_thoughts
8🔥2
Hammadan umidingizni uzsangiz ham hech qachon Xudodan umidni uzmang. Xudo — bu bizning hamma narsamiz.

@mokhiya_thoughts
🔥76👍2
Yo'qotishdan qo'rqsang, yo'qot va boshqa qo'rqma, degan gap bor. Yo'qotdik. Lekin qo'rqish ketmadi. Hech qachon ro'y berishini istamaganim ro'y berdi.

Bundan battari bo'lmasa kerak.

@mokhiya_thoughts
😢6😁31
Forwarded from The Stranger
Masalan, biror narsani chin dildan xohlasangiz butun koinot uni sizdan olib qoʻyishga harakat qiladi.
😁3😢3
Tole yo‘qki jonimg'a balolig' bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.


@mokhiya_thoughts
5🔥4😁4
Agar ushbu Qur’onni tog‘ga tushirganimizda edi, uning Allohdan qo‘rqqanidan titrab-qaqshab va parchalanib kеtganini ko‘rar eding.

Ushbu misollarni odamlarga kеltirurmiz, shoyadki ular fikr yuritsalar.

Hashr surasi, 21-oyat

@mokhiya_thoughts
👏4👍1
Forwarded from Qizingiz yozdi...
#tarjima
‏من أدب النعمة : ألا تتباهى بها أمام محروم منها
Ne'mat odoblaridan biri - undan mahrum kishilar oldida maqtanmasligingdir.

@qiziningyozdi
5👍3
Barcha yaxshilik Uning iznida. Alloh barcha narsaga qodir Zotdir!

Tavhid kalimasidan

@mokhiya_thoughts
🔥5👍2👏1
Biz har bir insonning amalini bo‘yniga bog‘lab qo‘yganmiz...


Isro surasi, 13-oyat

@mokhiya_thoughts
🔥2