Modalar Dunyosi
2.77K subscribers
36.3K photos
4.48K videos
14 files
8.24K links
Har hil moddalar va ajoyib liboslar tanlab oling ozigiz uchun Hurmatli tomoshabinlar


Admin @SaMbeS
kanalimizda reklama ham bera olasizlar

Reklama berish : @sambes


💚💙💚
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

RAQOBATLASHISH

1. Bolalardagi o'zaro raqobatlashish tuyg'usidan unumli foydalanish.
2. Musobaqalar tashkil qilish orqali foydali narsalarni bolajonlar zehniga singdirish.
3. Bu mavzuga doir hayotiy misollar.
#Farzand_tarbiyasi

FARZANDLARIMIZDAGI QOBILIYAT YO'QOLIShINING BA'ZI SABABLARI:

📌 1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o'ldiradi.
Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.

📌 2. Elektron o'yinlar ijtimoiy aqlni, lug'aviy ziyraklikni barbod qiladi.

📌 3. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik
natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi.

📌 4. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi.

📌 5. Ta'lim berish davomida suv ichishni kamaytirishi (Miyaning 85% i suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan suv ichish zarur.)

📌 6. O'quvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay o'qitish samarali natijaga olib kelmaydi.
#Farzand_tarbiyasi

👶 Farzand tarbiyasida muhim maslahatlar

1⃣ Bir biriga solishtirish.
Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi.

2⃣ Jismoniy qo'pollik, urish yoki qo'pol, uyat so'z ishlatish.
Bular bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini barbod qiladi.

3⃣ Masxaralash.
Doim masxara qilingan bola o'zini hurmat qilmaydigan bo'lib qoladi.

4⃣ Ortiqcha erkalatish.
Ko'p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas'uliyatsiz bo'lib qoladi.

5⃣ Ortiqcha tergash.
Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi.

6⃣ Beparvolik.
Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg'usini barbod qiladi.

7⃣ Shijoatlantirmaslik.
Rag'batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo'lib qoladi.
👫 #Farzand_tarbiyasi

Farzandlar bilan aloqani mustahkamlash dasturi:

1. Farzand bilan har kuni 20 daqiqa do‘stona suhbat (maktabi, o‘qishi haqida gapirmay va pand nasihatsiz).

2. Har kuni 5-10 marta ota-ona o‘z farzandlariga mehr-muhabbat hislarini izhor qilishi.

3. Har kuni 5 marta farzandning yaxshi axloqi, chiroyli amaliga maqtov aytish.

4. Har kuni farzandning o‘zini tutishi va ko‘rinishiga maqtov aytish (tabassumi, chiroyli, sog‘lom qadam tashlashi…)

5. Haftada bir marta
farzand bilan uydan tashqaridagi mashg‘ulotni birga bajarish (piyoda yurish, sport bilan shug‘ullanish, avtoulovda sayr qilish…), besh daqiqa bo‘lsa ham.

6. Hayot asoslarini bolada paydo qilish uchun uyqudan oldin har kuni «Falon yaxshi ishni bajarganingda, o‘zimni juda baxtiyor his qildim», “Ukangga qaraganing – juda katta ish”, «Falon kelishuvimizga amal qilganing men uchun faxr» kabilar orqali o‘z rizoligingizni bildirib turing.
#Farzand_tarbiyasi

Farzandingizga gapirishingiz kerak bo'lgan jumlalar:

1.Seni yaxshi ko'raman
2.Kuning qanday o'tdi?
3.Bu holat hammada bo'ladi, yana harakat qilib ko'r.
4.Seni tushunaman...
5.Borliging uchun shukronalar aytaman.
6.Savoling bo'lsa so'ra, gaping bo'lsa ayt.
7.Bu haqda fikring qanday
8.Men senga ishonaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

📹 «KINDIK RISHTASI» nomli qisqa metrajli multiplikatsion film.

Separatsiya haqida.

Farzandini oʻzidan hecham uzoqlashishini istamaydigan ota-onalar uchun maxsus.

Albatta koʻring!

© bola_tarbiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

🧒 Farzandingiz-sizning aksingiz. Ular barbir sizning gap-so'zlaringizga va amallaringizga taqlid qilishadi va kamchiliklaringizni ko'rsatib berishadi.

Aytganingizni emas, ko'rganlarini qiladilar.Shuning uchun ularni koishdan avval o'zingizga boqing, aslida o'zingizga tanbeh berayotgan bo'lasiz.
#Farzand_tarbiyasi

👨‍👩‍👦‍👦 Barcha insonlar o'zini muhim deb hisoblashni istaydi, jumladan bolalar ham. Hattoki eng kichik yoshdagilar ham o'z fikri va qarashlariga ega shaxsdir. Bolalar ba'zida bo'lsa ham vaziyatni boshqarishni va o'z qarorlarini mustaqil ravishda qabul qilishni istaydi:
qaerga borish, qanday kiyinish, qanday o'yinchoqlarni olish, qanday taom iste'mol qilish. Bu ularning o'ziga nisbatan ishonchni oshiradi.

Agar siz uchun o'ta ahamiyatli bo'lmasa uning fikri bilan hisoblashing. Agar u talab qilayotgan narsani qabul qila olmasangiz, sababini tushuntiring.
#Farzand_tarbiyasi

⚡️BOLALARNI ALDAMANG . . . !

Tilimizga o'rnashib qolgan, o'zimiz bilmagan holda ishlatib, farzandlarimizni yolg'onchilik va o'ziga nisbatan ishonchsizlikka olib kelishi mumkin bo'lgan iboralar mavjud. Biz ularni kundalik hayotda o'zimizning halovatimizni o'ylab ishlatamiz. Lekin ularning bola ruhiyatiga ta'siri salbiydir. Ularni siz ham ishlatgansiz
​​#Farzand_tarbiyasi

​​Bilasizmi, chayon o'zi tuqqan bolalarini o'z elkasiga chiqarib, o'zining go'shtini edirib katta qilarkan. O'zi holdan toyib, barcha azoblarga chidab, bolalari bor go'shtini eb bitirgandan keyin nobud bo'lar ekan… Chayonning bolasi chayon-da, deb qo'ya qolamiz… Hozirgi zamonda ona qobirg'alari ostida bino bo'ladigan,uning jon ichida joylashgan joni, o'z tomirini uzib dunyoga keltirgan onalar ohu fig'oni ba'zi farzandlarlarni xuddi chayon bolasidan battar ekanligini eslatadi…

O'z ota-onasini ho'rlagan, duosini olmagan, bir bor yo'qlab qo'yishga yaramagan farzandning chayon bolasidan qanday farqi bor!?
#Farzand_tarbiyasi

Farzandingizga gapirishingiz kerak bo'lgan jumlalar:

1.Seni yaxshi ko'raman
2.Kuning qanday o'tdi?
3.Bu holat hammada bo'ladi, yana harakat qilib ko'r.
4.Seni tushunaman...
5.Borliging uchun shukronalar aytaman.
6.Savoling bo'lsa so'ra, gaping bo'lsa ayt.
7.Bu haqda fikring qanday
8.Men senga ishonaman.
👫 #Farzand_tarbiyasi

Psixologlarning ta’kidlashicha, bolaning birinchi yolg’onining paydo bo’lishiga ota-onalarning o’zlari sababchi bo’lar ekan

Taxminan 3-4 yoshgacha bolalar yolg’on gapirishni umuman bilmaydi, bunda ularda ehtiyoj ham bo’lmaydi.
Ota-onadan nimanidir sir saqlash ularning xayollariga ham kelmaydi.

Aynan 4 yoshdan keyin bola u bilan sodir bo’layotgan hodisa va voqealarni tahlil qilib o’ziga savol bera boshlaydi:

«Nega meni jazolashdi?,
«Nima qilib shunday holdan qochib qutulish mumkin?»,
«Nima qilsam oyimni mehrini yanada ko’proq olaman?»,
«Adamning rag’batlantirishiga sazovor bo’laman?»


Ota – onasining barcha «yo’q» va «mumkin emas» larini chetlab o’tish maqsadida u har xil ayyorliklarga boradi.
#farzand_tarbiyasi

Bola onasining oldiga yugurib kelib oyijon men sizni "umuman" yaxshi ko'raman dedi.❤️
🤱Ona kulib bolajonim "umuman" emas "judayam" dedi.

👦Bolakay yana qarshilik bildirib yo'q "umuman" men o'yinchoq otimni, mashinamni judayam yaxshi ko'raman, Sizni esa "Umuman" dedi❤️

😊Ona uni kulib bag'riga bosdi.
Bola onasini boricha, uning hamma narsasi bilan yaxshi ko'rishini, onasinig borligi uchun yaxshi ko'rishini aytmoqchi ekanini tushundi.👩‍👦

♥️BuTanlovsiz va Shartsiz Sevgi edi...
#Farzand_tarbiyasi

👶 Farzand tarbiyasida muhim maslahatlar

1⃣ Bir biriga solishtirish.
Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi.

2⃣ Jismoniy qo'pollik, urish yoki qo'pol, uyat so'z ishlatish.
Bular bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini barbod qiladi.

3⃣ Masxaralash.
Doim masxara qilingan bola o'zini hurmat qilmaydigan bo'lib qoladi.

4⃣ Ortiqcha erkalatish.
Ko'p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas'uliyatsiz bo'lib qoladi.

5⃣ Ortiqcha tergash.
Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi.

6⃣ Beparvolik.
Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg'usini barbod qiladi.

7⃣ Shijoatlantirmaslik.
Rag'batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo'lib qoladi.
#Farzand_tarbiyasi

Onalar uchun eslatma!

🙇‍♂️ Bolaga nisbatan kibr, man-manlikda bo'lish ularni tushunmaslikka, ularni ozmi-ko'pmi tajribalariga hurmatsizlik bilan qarashga olib keladi. Bolaga «yuqoridan» qarar ekansiz, u qullikka ko'nika boshlaydi, pastdan tepaga qarashga, «labbay xo'jayin» deyishga o'rganadi.

🙇‍♀️ Bola bilan umumiy muloqot tilini topish uchun unga buyruq ohangida emas, suhbatdoshiga qiziqish bildirgan kabi, pedagogik maqsadlarsiz muloqotda bo'lish kerak. Avtoritar tarzda muloqot qilsangiz, bola so'zsiz bo'ysunishga, ohir-oqibat qul bo'lishga tayyorlanib boradi.


👨‍👧‍👦 Bolalarxususiy mulkingiz emas! Bola otasi yoki onasi chizgan chizig'idan emas, o'zi yaratgan yo'ldan yurishga haqli. Ona yoki ota bola atrofida o'z real xayotini shakllantirmasdan, uni o'z mustaqil hayotiga, o'z realligiga ega bo'lishiga imkoniyat yaratib berishi lozim.
#FARZAND_TARBIYASI

Farzandlaringizni muvaffaqiyat sari yoʻnaltirish hamda oʻzlariga boʻlgan ishonchlarini orttirish uchun mana shunday ruhlantiruvchi jumlalarni koʻp-koʻp aytib turing, qadrli ota-onalar ❗️
👫 #Farzand_tarbiyasi

Farzandlar bilan aloqani mustahkamlash dasturi:

1. Farzand bilan har kuni 20 daqiqa do‘stona suhbat (maktabi, o‘qishi haqida gapirmay va pand nasihatsiz).

2. Har kuni 5-10 marta ota-ona o‘z farzandlariga mehr-muhabbat hislarini izhor qilishi.

3. Har kuni 5 marta farzandning yaxshi axloqi, chiroyli amaliga maqtov aytish.

4. Har kuni farzandning o‘zini tutishi va ko‘rinishiga maqtov aytish (tabassumi, chiroyli, sog‘lom qadam tashlashi…)

5. Haftada bir marta
farzand bilan uydan tashqaridagi mashg‘ulotni birga bajarish (piyoda yurish, sport bilan shug‘ullanish, avtoulovda sayr qilish…), besh daqiqa bo‘lsa ham.

6. Hayot asoslarini bolada paydo qilish uchun uyqudan oldin har kuni «Falon yaxshi ishni bajarganingda, o‘zimni juda baxtiyor his qildim», “Ukangga qaraganing – juda katta ish”, «Falon kelishuvimizga amal qilganing men uchun faxr» kabilar orqali o‘z rizoligingizni bildirib turing.
#Farzand_tarbiyasi

🧒 10 xil so'z bolalarning ruhini yo'q qiladi.

1. "Eshak, it, hayvon" deb qasam ichish.

2 "Baxtsiz, yolg'onchi, chirkin, semiz, semiz" ....., haqoratli.

3. Boshqalar bilan taqqoslash bolani o'zini past his qilishi va o'ziga bo'lgan ishonchini susaytirishi mumkin.

4. "Hech narsani tushunmaysan, jim bo'l, shayton, ahmoq, senga itning foydasi yo'q" deb bolani yo'q qilish.

5. "Men sening boshingni kesib tashlayman, qoningni ichaman, seni sevaman" deb noto'g'ri tahdid qilish.

6. Qoniqmaslikni taqiqlash. Har doim ham "yo'q, yo'q, yo'q" demaydi va sababini tushuntirmaydi.

7. "Xudo hayotingizni olsin, o'lsin, la'natlang", deb la'natladi otangiz la'nat kabi so'zlar bilan.

8. Farzandingizning sirlari va xatolarini boshqalar oldida ochish.

9. Agar biror narsa qilsangiz, meni sizni sevishga majbur qiling, men sizni bu qilganingiz uchun sevmayman, lekin agar siz buni qilsangiz yoki yutib yuborsangiz yoki dars tayyorlasangiz, men sizni yaxshi ko'raman.

10. "Erkak yig'lamaydi, jim bo'l, sen gapirish uchun juda yoshsan, bu bola meni aqldan ozdirdi, men unga dosh berolmayman, Xudo meni jahannamga tashlash bilan jazolasin" kabi noto'g'ri so'zni ishlatish. "
#Farzand_tarbiyasi

Farzandingizga berishingiz kerak bo'lgan narsalar:
— Mehr-e'tibor;
— Ta'lim-tarbiya;
— Savollariga javob;

Bularning barchasini ixlos, muhabbat ila qilib, barcha ezgu ishlarda go'zal o'rnak bo'lish lozim. SHu bilan birga, mabodo bandalik qilib biror yomon odatingiz, kamchiliklaringiz bo'lsa, buni unga bildirmaslik va o'zingizni isloh qilishga harakat qilishingiz kerak
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

👦 Bola tilidan.

Bolani hech nimaga aqli etmaydi, hali u bola deb o'ylaydiganlar uchun..