Modalar Dunyosi
3.05K subscribers
36.2K photos
4.46K videos
14 files
8.23K links
Har hil moddalar va ajoyib liboslar tanlab oling ozigiz uchun Hurmatli tomoshabinlar


Admin @SaMbeS
kanalimizda reklama ham bera olasizlar

Reklama berish : @sambes


💚💙💚
Download Telegram
#Mulohaza

📌 Quyida siz uchun foydasi tegadigan ajoyib maslahatlarni taqdim etmoqchimiz :

​​ Yaxshi ko‘rgan insonlaringizni juda mahkam tuting!

Ularga yaxshi ko‘rishingizni ayting! Xatolarini kechiring!

Bir kuni kelib yo siz yoki ular rihlat qiladilar. Qalbda esa, ularga aytilmay qolgan gaplar, sog‘inchlar qoladi.

Siz bilan tortishgan, o‘zlarini oqlagan, tushuntirgan, e’tirof etgan, urishishlaridan yetgan jarohatingiz ichidan tuzalmasidan oldin, tashqarisini tikib qo‘ymang!

Hayot gina - kudrat, hasad, g‘azab saqlash, rishtalarni uzishga arzimaydigan darajada qisqa.

Ertaga faqat xotiralarga aylanamiz. O‘lim ruxsat so‘rab o‘tirmaydi. Sizga yomonlik qilganlarga tabassum qiling, marhamatli bo‘ling!

© Shayx Aliy Tantoviy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

Bilasizmi muammo nimada?

Muammo - aslida biz atrofimizdan ideallikni qidiraverishimizda...

Yon atrofimizdagi insonlar, ularning xarakteri, biz bilan bo'lgan munosabati va hatto o'z shaxsiy hayotimiz ham IDEAL darajada bo'lishini istaymiz. Talabimizga javob bermasa bizda chuqur tushkunlik holatini his qilamiz...

Yechim esa, atrofdan IDEALLIKNI qidiravermasdan voqelikka REAL qarashimiz zarur...
#Mulohaza

😒Pessimist:
-Odamlar kerak bo'lib qolganingdagina seni eslashadi!

😃Optimist:
-Demak, kimgadir hali ham kerakli ekanman.

😒Pessimist:
-Odamlar sendan foydalanishadi, deyapman!

😃Optimist:
-Demak, foydali inson ekanman...

Keling qarashimizni hozirdan o'zgartiramiz!!!
#Mulohaza

🌴 BIRGINA daraxt - qalin o'rmonzorni boshlab berishi mumkin..!!!

🌴 BIRGINA kechirim - rishtalarni qayta bog'lashi mumkin...!!!

🌴 BIRGINA shirin so'z -- siniq ko'ngillarni shod qilishi mumkin...!!!

🌴 BIRGINA tabassum - noxushliklarni bartaraf etishi mumkin...!!!

🌴 BIRGINA uzr - alamzada qalblarni yumshatishi mumkin..!!!

🌴 BIRGINA salom - o'zaro muxabbat uyg'otishi mumkin...!!!

🌴 BIRGINA umid - yuksak muvaffaqiyatlarga etaklashi mumkin..!!!

🌴 BIRGINA sukut - minglab ko'ngilsizlikning oldini olishi mumkin..!!!

🌴 BIRGINA yaxshilik - Jannnatga olib kirishi mumkin.
#Mulohaza

🌶 ACHCHIQ HAQIQATLAR

• Negadir doim ko'nglimizni og'ritgandan emas - ko'nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

• Bizni sevganlarga ozor beramizu - sevmagan insonlarga poyandoz bo'lamiz...

• To'g'ri yo'l ko'rsatganni yomon ko'ramizu - egri yo'lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...

• Yaxshi ko'rgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yo'g'u, etti yot begonanikiga oshga borishga har doim vaqt topamiz...

• Oilasi nochorroq singlimizga har xil baxonalar bilan yordam bermaymizu lekin - xalqni ko'ziga qozon - qozon osh qilib ziyofat beramiz...

• Ota - onamizni haftada bir bora ko'rib kelishga fursat yo'q - ammo ulfatlar bilan o'tirishga har doim ham tayyormiz...

• Ayolimizga bir necha kalima shirin so'zimizni ayaymizu - lekin ko'chadagi ayollarga go'zal kalimalar orasidan go'zallarini ayamaymiz.
#Mulohaza
⚡️ Hech nimani qoyillatmasdan turib ham juda zo'r ko'rinish mumkin.

Ps: Lekin qilingan mehnat tanimizda iz qoldiradi, bu iz biz uchun unutilmas bilim-ko'nikma, malaka va tajribadir.
#MULOHAZA

O'limdan keyin ham savob olish uchun 6 yo'l:

1. Qaysi masjidga bo'lmasin Qur'on Karim qo'yib qo'ying.

2. Kasalxonaga nogironlar aravachasi berib qo'ying.

3. Masjid qurilishiga qatnashib qo'ying (Mehnat yoki mablag' bilan).

4. Odamlar ko'p o'tadigan joyga suv chiqarib qo'ying.

5. Daraxt eking.

6. Eng osoni shu ma'lumotlarni tarqatib qo'ying
#Mulohaza

⚡️ Ishonch bu katta kuchdir!

Qani endi ... !
Qani endi ... ! Bu jumlalar sizga tanish, shundaymi?

Barcha oʻylagan „qani endi ... ! “ larimiz amalga oshadi In shaa Alloh.
Sizda ishonch boʻlsa bas.

Ishonch bu - qalbdan his etib, uni ijobati uchun sizni harakatga undovchi kuch!
#Mulohaza

⚡️Hayot bu muallim! ( 1-qism)

• Qiyinchilik ortidan – sabr va kenglikni tuydim.

• Jahl chiqib, aql ketdi – xatolar qildim. Endi jahl chiqqanda sukut qilib, Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun deyishni oʻrgandim.

• Doʻstimning ham doʻsti bor. Sirimni aytsam vaqtlar kelib oʻzimga yetib kelishi mumkinligini bildim.

• Shoshib birovni ustidan xulosa chiqarib dil xiralandi, bir dam oʻylashni lozim koʻrdim.

• Oldindan hukm chiqarmay suhbatlashishni ixtiyor etdim.

• Ruhiy kechinmalarimni Allohgagina aytishni oʻrgandim.

• Ixtiyor menga berilmaganligi gʻam emas. Aql bilan ish tutishim kerakligini bildim. Kuchli istak va iroda boʻlsa, albatta, niyatim ijobat boʻlishiga inondim.

Davomi bor...
#MULOHAZA

👩‍🦰 ONA OLDIDAGI MAJBURIYATLARIMIZ

▪️1. Hadyani avval onaga soʻng otaga berilishi zarur.

▪️2. Hayot boʻlsalar ham, vafot etgan boʻlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʻlmoq zarur.

▪️3. Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʻllarining qadoqlari – sen va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini unutma!

▪️4. Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik bilandir, ammo sening unga bergan taoming ba’zida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli boʻlishi uchun kamtarin boʻl!

▪️5. Unga sen har kuni koʻrinish ber, chunki uning seni koʻrishi sening unga minglagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.

▪️6. Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavoze’li va shirin soʻzli boʻl, qachonki agar uni yoʻqotsang armondan xoli boʻlasan.

▪️7. Hayit kunlari bagʻringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʻyib-toʻyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!

Savol : Ota haqidagisini chiqarishimizni istaysizmi ?