Modalar Dunyosi
2.59K subscribers
36.4K photos
4.49K videos
14 files
8.24K links
Har hil moddalar va ajoyib liboslar tanlab oling ozigiz uchun Hurmatli tomoshabinlar

Admin @SaMbeS
kanalimizda reklama ham bera olasizlar

Reklama berish : @sambes

💚💙💚
Download Telegram
#IBRAT

⚡️Qiyomat kuni sizni eng ko'p xafa qiladigan holat:

Qattiq sevishingizga qaramay ota-onangiz, hatto bolangizga bittagina yaxshiligingizni berolmaysiz...

Buning qarshisida esa yomon ko'rib, g'iybat qilgan odamingizga ana shu yaxshiliklarni majburan berib yuborasiz...
#IBRAT

Ma'noli hikoya

Antropologiya fani olimi Afrikaning ibtidoiy qabilalaridan birida bolalar bilan quyidagicha o'yin o'ynadi. Lazzatli mevalar solingan savatchani bir daraxt tagiga qo'yib, ularga: "Sizlardan kim birinchi bo'lib, savatchaga etib kelsa, uning ichidagi mevalarni qo'lga kiritadi", dedi.

"Boshladik" ishorasini berganda olim favqulodda qiziq bir holatning guvohi bo'ldi. Bolakaylar shirin mevalarga etishgunlaricha bir-birlarining qo'llaridan mahkam ushlab, barobar daraxt ostiga etib kelishgandi.

Har birlari g'olib bo'lish imkoniyatiga ega bo'la turib, nega bunday qilganlari haqida olim so'raganda, bolakaylar taajjub bilan: "Qanday qilib boshqalarimizning baxtsizligi evaziga birimiz saodatli bo'lishimiz mumkin?!" deya javob qilishdi!

Ular o'zlaridagi qoida: "Biz bo'lganimiz tufayli men borman!" qoidasiga muvofiq ish tutishgandi.
Bu ibtidoiy qabila, o'zini ulardan afzal va mutaraqqiy biluvchi jamiyatlar yo'qotib qo'ygan saodat sirriga ega edi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Yaratganga shukronalik keltirib bolangizni quching!
‼️Ko‘ring va
ibrat oling.
💐Ko‘zingiz namlansa demak qalbingiz toshga aylanmabdi.

"Bolalar orqali qalb da'volanadi".

© F. Dostoevskiy.
#IBRAT

⚡️Senga yomonlik qilganni kechir

Odamlarga adovat bilan qaraydigan, ulardan qasos – o'ch olish o'tida o'rtanadigan kimsa o'ta qiymat to'lov to'laydi. U g'azab o'tida yonar ekan, jismi-joni qovuriladi, qalbi o'rtanadi, asablari qaqshaydi, rohat-farog'atidan ayriladi. Demak u shak-shubhasiz ziyon ko'rguvchidir. Buning davosini esa bizga Olloh taolo ushbu oyatlarida ko'rsatgan xabar bergan:

«…g'azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) afv etadigan kishilardir…» (Ol-I-imron surasi 134 – oyat)

 «(Ey Muhammad alayhis-salom), afv —marhamatli bo'ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o'giring!». (A'rof surasi 199-oyat)

«…Siz (har qanday yomonlikni) eng go'zal so'zlar bilan daf' qiling! (Shunda) banogoh siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq-sodiq do'st kabi bo'lib qolur». (Fussilat surasi 34 – oyat)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT

🎥 Ushbu 4 daqiqalik film "Oskar" mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

Tomosha qilishni tavsiya etaman. Juda ta‘sirli ekan.

Insonlarning odatiga emas, qalbiga e’tibor berish zarur.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT

Biz boshqalarning kamchiliklaridan qochish yo'llarini emas, balki ularni bartaraf etish yo'llarini izlashimiz kerak.

Namunali videoni ko'ring va albatta yaqinlaringizga ham ulashing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT

🕋 Qur’onni tinglash...

— Bilasizmi, Qur’onni tinglash inson jismida saraton tayoqchalarining tarqalishini kamaytiradi, hatto ularni yo‘q qiladi.

— Sajdani uzoqroq qilish xotirani kuchaytirib, tomirlarda qon qoldig‘i (tromb) paydo bo‘lishining oldini oladi.

— Tashahudda ishorai sabboba qilish yurakni baquvvat bo‘lishiga yordam berish uchun qonning oqimini, harakatini ziyoda qiladi.

— Ko‘p sajda qilish tanadan manfiy zaryadni ketkazadi. Chunki, yerning zaryadi musbat bo‘lib, sajda paytida tanadagi manfiy zaryad yerga o‘tadi.

© «Umumiy nasihatlar»dan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT

Beshta narsani besh narsadan avval g'animat bil:

1. O'limdan avval hayotligingni.
2. Kasallikdan avval sog'ligingni.
3. Band bo'lib qolishdan avval bo'shligingni.
4. Keksallikdan avval yoshligingni.
5. Faqir bo'lmasdan oldin boyligingni.