Maqola yozishdagi ma'suliyat
1. 500 ta odam 2 daqiqadan o'qish uchun vaqt sarflaganda ham 17 soat ketadi. Atrofdagilarni shuncha vaqtini olayotganingizni hisobga olib yozing.
2. Hayolingizga kelgan, tuturiqsiz bo'lgan postlarni chiqarmang. Mashq qilish uchun bo'lsa o'zingizda qolsin.
3. Post yozayotganda siz nafaqat fikr balki g'oyalarni ham tarqatayotgan bo'lasiz. Kimnidir hayotini yaxshi yoki yomon tomonga o'zgartirishingiz mumkin.
4. Aniq ma'lumotlardan havola berish orqali yozing. Ko'cha xotinlarini gaplari hech kimga kerak emas.
5. Yozilganidan keyin ham tezda ommaga chiqarib yubormasdan, avval o'zingiz bilan keyin yaqinlar bilan baxs qilib ko'ring.
6. Yozayotganda faqat fikrni emas balki o'zingizni shaxsiyatingizni ochib berayotganingizni unutmang.
7. Sir tutilishiga kerak bo'lgan narsalar haqida yozmang. Oiladagi holatlar, mahramlar, katta ustozlar va hokazo.
Maqola yozish – bu nafaqat ijodiy jarayon, balki mas’uliyatli ishdir. Har bir so‘zingizga javob berishga tayyor turing. Javob berasiz ham.
Muhammad Amin Naziraliyev
@mnshuz

Vaqt oz qoldi...
22 yoshsiz, ba'zi narsalarni o'zingizda shakllantirmoqchisiz. Qilishingiz kerakligini bilasiz. Ammo orqadasiz.
Shoshiling, mutaxassislarni aytishi bo'yicha 30 yoshgacha o'zingizni o'rgatib olsangiz oldingiz, bo'lmasa keyin qiyin bo'ladi.
Katta yoshda o'zgarganlar juda kam. Va istesnolar umumiyga qiyos qilinmaydi.
Undan ham yomoni insondan ba'zi yaxshi odatlarga o'rganishim kerak deb yuradi, qiynaladi, vijdoni bir narsalarni eslatadi keyinchalik bahonaga aylanadi, qoladi.
Aytishadiku: "Vijdon azobi degan narsa vaqt o'tishi bilan yo'qolib bahonaga aylanadi."
Yana bir gap:
Yoshlikda o'rgansang, qariguncha ko'nikasan,
Qariganda o'rgansang, o'rganguncha ko'milasan.

Yetishtirish
O'quv markaz va bog'chalarimizda ota-onalar bilan ishlaganimiz uchun ko'p narsalarga guvoh bo'lamiz. Yozaman:
Ota-onalar farzandlarini kasbli qilishga, ingliz tili, shaxmat, matematika, Ayti va hokazo fanlarga berishlari ko'paygan. Birgina Ingliz tilidan 2024-yilda 5,5 balldan yuqori IELTS olganlar soni salkam 53 mingta.
Xursand qiladi, quvontiradi, ajablantiradi.
Lekin farzand kamolotida bir narsani unutgandekmiz. Bu haqida ko'pchilik fikrga ham ega emasdek.
Bu - shaxsiyat tarbiyasi. Rus tilida harakter, eski turkiy tilda axloq.
Shaxsiyat deganda
• Vada berdingmi – bajar.
• Fikrla, tafakkur qil.
• Qoidalaringdan chiqma.
• Haq-huquqingni bil.
• Do’stlikni qadrlagin, xiyonat qilma.
• Mehnatkash bo’l.
• Kattalarni hurmat qil.
• Omonatni vaqtida qaytar.
• Qo’rqma, oldinga bos.
Bu narsalar farzandga berilmasligi yoki jamiyatda kam qatlam tarafidan o'rgatilishi natijasi tez ko'rinmasligi va bizni bu narsalardan ancha uzoqligimiz hisobiga.
Oddiygina mehnat qilishni o'rgatib bolaga singdirsak, ingliz tilida 1000 ta so'z bilsa deyarli gapirib, tushuna oladi, ingliz tilini bemalol o'rgana oladi. Chunki mehnatkashlik unga yot narsa emas.
Xullas, bolalarni faqatgina bilimli, kasbli emas balki shaxsiyatli qilib yechishtirsaggina bizga el bo'ladi. Bo'lmasa siz va men bo'lib qoladi.

Charchash
Zalda qachonki toshlar ko'tarib mehnat qilinsagina foyda bo'ladi. Charchash bo'ladi.
Ustoz bo'lib dars beryapsiz, mehnat qilyapsiz. Charchash bo'ladi.
Berilgan ma'suliyatdagi ishlarimizda charchamayotgan ekanmiz yaxshilab o'ylab ko'raylik. Ertaga savol-javobi bor.
Charchash — qilinayotgan ishning mas’uliyatini bildiruvchi muhim belgidir. Agar mas’uliyatli ishlarda charchoq bo‘lmasa, bu ishga yetarlicha jon kuydirilmayotgani yoki natijaga e’tibor berilmayotganini anglatishi mumkin.
Xulosa:
1. Har qanday mehnat samarasini charchoq orqali sezamiz.
2. Ertangi savol-javobga tayyorgarlik sifatida, bugungi mehnatimizni va uning samarasini chuqur o‘ylab ko‘rishimiz kerak.

Hayotda ham shundaymizmi?
Challenge yaxshi narsa, ayniqsa to'xtatib qo'ysangiz atrofdagilarni siz berayotgan dakkilari yana o'sha marafonni boshlab yuborishga sabab bo'ladi.
Ot minish marafonini to'xtatib qo'ydim. To'xtatganim haqiqat.
Faqat kaminaga qiyin bo'layotgani sovuq tushib sog'lig'imda muammo bo'lishidan qo'rqyapman. Atrofdagilar sovuq havoda sog'lig'imda jiddiy muammo bo'lib qolishini yaxshi bilishadi.
Erta turish esa o'tgan gal yozganimdek bizda qish kunlari faqat yotoqxona va kerakli uylari isitiladi. Shuning uchun.
Lekin erta turish yoki dars qilish hayotimizning ajralmas qismi.
Xullas, jiddiy bahonalar bilan bahordan ko'rishguncha Ot minish va erta turish marafoni.
Shira yemaslik esa juda yaxshi ketyapti. 26-kuniga keldim.
Qo'limizdagi qalam va hayotimiz bir shaklda.

Maqola yozish qiyinmi?
Post yozishda fikr kelganda vaqt bo'lmaydi, vaqt topilganda fikr kelavermaydi.
Menda ancha vaqtdan beri shunday edi. Lekin ozgina bo'lsada mashaqqatni yengish chorasini topgandayman.
1. Qayerda yozish uchun mavzu kelsa hech bo'lmasa mavzusini yozib qo'yaman.
2. O'sha mavzu bo'yicha olingan bilimlarni eslab fikrdan o'tkazib turiladi.
3. Yozishga yaqin mavzuning fikrlar bayoni ketma-ketlikda tartiblanadi.
4. Yozishga qunt qilib o'tirib yoziladi.
5. Keyin yana qayta eng kami 10 marta o'qiladi. Fikrlarni oson usulda yetkazib berishga ahamiyat beriladi.
Imloviy xatolarni ko'rib chiqiladi. Undan ham murakkabrog'i gap to'g'ri tuzildimi va so'zlarni munosibi qo'yildimi, bir so'z o'rnida va ikki marta qo'llanilmadimi?
Kelgan fikrni tezlikda yozib post qilishga uyalaman. Uyaling!

Yo'llar
Boshqaruv va rahbarlar guruhiga taklif qilib, qo'shib qo'yishdi. Qarab chiqsam eng kami qo'lida 40 tadan kam bo'lmagan xodimlari bor insonlar.
Hammalari birma-bir o'zlarini tanishtirib chiqishdi. Ko'rib chiqsam deyarli 90% izida shaxsiy blogi bor. Yozadi.
1. Xulosa qildimki, yozing. Yozsangiz ochiladi. Keng foydasi bor.
2. Obunachilarni qo'ying. Bu dunyoda eng muhim auditoriya – sizni yaxshi ko’radigan va qadrlaydigan insonlardir. Ota-ona, ustoz va do’stlarning o’zi kifoya.
3. Farazan 5k obunachingiz bor, maslahat so'rashyapti. Bera olmaysizku. Nima qilasiz obunachilarni ko'paytirib.
4. Fikr keldimi yozing, maqsadlar, kuzatganlaringiz, qiziqarli jarayonlar, tajribalar.
5. 6 oydan keyin yozganlaringizni o'qisangiz kulasiz lekin ancha o'sgan bo'lasiz.
Bir narsaga erishishning yo'li deyarli bir xil. Faqat qiyinchiligi bor xolos.
Jang maydonidan qochmagan ertami kechmi g'alaba qozonadi.

Marg'ilon gaplari
Odatdagi gaplarimiz ajoyibda.
1. Hamidjonaka uyga kirsinlar choy tayyor.
2. O'xshatasizda! O'xshatmasilla!
3. Qimirlab turibmiz, rizqimizni terib. Bir chekkada yuribmiz, birovdan oldin birovdan keyin.
4. Bizni ko'rgani kelibsiz. Qarang, kecha sizni eslab turgandik.
5. Hojidadam yaxshimilar?
6. G'iybat basu oma .... . Betigayam ayto'raman.
7. Ko'rishib turaylik uzoqlashib ketmadan.
8. Bizga nima xizmat endi?
Yuqoridagi gaplar odatiy gaplar bo'lsada odamni qalbiga iliqlik olib kiradi. Xo'mrayib salomlashishdan yaxshiroq.
Yana bilasizmi?

2025-yil
Ertani kutayotganlar. Qaroringizni hurmat qilgan holda, ertangi kunidan boshlaydigan ishlaringizga quyida yozilgan tavsiyalarni qo'shib qo'ysangiz foydadan holi bo'lmaydi:
1. Erta turing.
Vaqt yetmasligi va ishlaringizdagi unumni har xil joylardan qidirmang.
Xotiringizni jam qiling. Shunchaki ko'p ishlaringizni ertalabga rejalang.
2. Ko'p yuring.
Yurish nafaqat sog'lom qiladi balki fikrlar kelishi va tafakkurni oshiradi.
Suhbatga ham mazmun bag'ishlaydi. Vazn to'plamaysiz ham.
3. Yozing.
Yozish haqida ko'p yozildi va yozishdi o'qib olarsizlar.
4. Kitob o'qing.
Endi vaqti kelgandir.

Shira yemaslik marafoni
Bugun shira yemaslik marafonini 36-kuniga keldim. Olayotgan foydalarim:
1. Yosh boladek xursand bo'lib ketyapman. Demak bir ishni ushlasam bemalol oxiriga yetkaza olar ekanman. Faqat ozgina turtki kerak ekan xolos.
2. Kayfiyatim yaxshilandi. Faqatgina shirinlik uchun kayfiyat buzilishlar o'tib ketdi.
3. Ovqatdan keyin tanam shirinlik talab qilmay qo'ydi.
4. Vaznimda o'zgarish yo'q, balki qish bo'lgani uchundir.
5. Uyqim chuqurroq va sokinroq bo'lmoqda. Lekin buni yaxshi va yomon taraflari ko'rinib qolyapti.
6. Anglab yetdim, shirinlikni bemalol meva va sabzavotlarga almashtirsak bo'lar ekan.
"Tadbir ishonchning asosidir" deb bekorga aytishmagan ekan.

Statuslar o'yini
Yoshligidan boshlab atrofdagilarni u haqida fikri muhim deb biladi, yoqishga harakat qiladi. Yoqish uchun o'zi yoqtirmagan va keraksiz ishlarni qilishga o'tadi.
Unda na mashina, na tuzukroq telefon bor edi. Keyin pul topishi yaxshilanishi bilan bu qarashlar o'zgardi, birinchi eng yaxshi telefon keyinchalik mashina ham oldi.
Endi esa mashinasini yana ham yaxshilamoqchi. Sababi turli bahonalar bilan ehtiyoj degan soxta fatvoni orqasiga yashirinmoqchi.
Keyin uylar, eng yaxshi uy, kiyimlar, restoranlar, kompyuter, ko'zoynak, soat, xatto borib-borib soyabon ham.
Oddiy soyabon ham status ramziga aylanganini ko‘rish g‘alati.
Siz ham bir kun status o'yini qurboni bo'lasiz. Faqat qachon tushunib yetishingiz muhim, pulingiz va vaqtingizni asrab qoladi.
Kamina shunday insonlar bilan yashaymanki, daromadi oshsa ham o'ziga xarajati oshmaydigan lekin ehsoni ko'payadi. Bu insonlarni maqsadi faqatgina katta boy bo'lish emas balki jamiyatga katta qiymat berish.
Haqiqiy muvaffaqiyat ichki xotirjamlik va atrofdagilarga foyda keltirish bilan o‘lchanadi.

Xolis amal
Qilingan xolis amalning orqasidan o'zining jinsidan sinov keladi. Tushuntiraman:
Siz bir insonga doimiy yordam berib yuribsiz, keyin sizni orqangizdan yomonlayotganini eshitasiz.
Ana shu yerda "Unga qancha yaxshilik qilgan edim, yaxshilikni bilmadi nomard" deysiz.
Shu yerda ish xabada bo'ladi. Chunki sinovdan o'ta olmadingiz.
Bu amalni kim uchun qilgan edingiz, u odam maqtashi uchunmi yoki xolismi?
Javob qaytarayotganingizda ma'lum bo'ladi.
Amallar ham dargohga ko'ratilishi uchun oldin xolisligi tekshiriladi.
Bir ish qilmoqchimisiz niyatingizga nazar tashlang.
Amalingizni aslida kim uchun qilayotganingizni so‘nggi marta qachon o‘zingizdan so‘ragansiz?

Kuzatganlarim, tajribalardan
1. Marg'ilonda tirbandlik bo'lmaydi. Farazan bir yo'lni yopsa mahallar orqali yuriladigan yo'llar ko'p.
Mashinani ayamasa, katta yo'l ochiq bo'lsa ham ko'chalardan yursa tez manzilga yetadi.
Bog'chamizdan uyimizgacha 4 ta tarafdan yo'l bor ekan. Katta yo'ldan tashqari.
2. Bir narsa haqida ko'p gapirgan odam ayni shu narsada no'noq bo'lishi mumkin ekan. Davoga amal mos tushishi kerak.
Qamoqxonadagi inson ozodlik haqida ko'p gapiradi.
3. Sen bilgan dushman bilmagan dushmandan yaxshiroq ekan.
4. Har kuni 10 daqiqa qorong'u xonada ko'zni yumib fikr qilish qayerga qarab ketayotganigizni aniqlab beradi.
Qayerga, qanday, nima uchun degan savollar va o'zingizni anglashingizga yordam beradi.
Buni Ilmiy tilda - introspeksiya deyiladi. Oddiy, lekin ta’sirchan usul.

Muhit
2014-yil litseyda o'qishni boshlashni 1-kuni, litseydan maqsad o'qishga kirish. Birinchi kundan yeg'ilish. Yeg'ilishda bir guruhda o'qiydigan 3 yigit tanishdik.
Biri matematikani ozgina biladi, yana biri ko'cha bezorisi, 3-si esa bir narsalarni orzu qilayotgan parvona.
O'qishni boshlagandan keyin asta-sekinlik bilan birlashdik, bilim olishga harakatni boshladik. Bizni harakatimizni ko'rib yana bir olim bo'lishi davo qiladigan bola bizga qo'shildi. 4 ta bilag'on birga bo'ldik.
Maqsadlar birlashdi, harakatlar tezlashdi, suhbatlar murakkablashdi, amallar maqsadlarga moslashdi.
Hozirga kelib esa 4 talamiz yaxshi ishlarda, katta maqsadlar bilan ishlab kelyapmiz. Qaysidir ma'noda jamiyatga nafimiz kengayib bormoqda.
Bu narsalarga eshishni muhitga bog'lamoqchi bo'laman. O'zgarishimiz uchun, muhitimiz o'zgarishi kerak.
Muhitni qanday o'zgartiramiz, yaxshi do'stlar topish orqali. Ular orqali ta'sirlanamiz.
-12 yoshida aqlli bolalar bilan do’st bo’lganlar 18 yoshida IQ darajalari katta o’sgani kuzatilgan. (J.Klir)

Aniq hisob
1. Bir kunda 7 soat uxlayapman deysiz. Hisoblab ko'ringda 8 soatdan kam emas.
2. 10 soatdan kam ishlamayman, qattiq mehnat bizga chiqarilgan deysiz. Uchrashuvlar, telefonga qarash, sheriklar bilan gaplashish va hokazo ishlarni chiqarib yuborganda 4 soatga ham bormaydi.
3. Telefon yoki TV 4 soatdan oshmaydi deysiz. Iphone da screen time funsiyasidan statistikangizni ko'rib qo'rqib ketasiz.
4. Kitob o'qish, podkast tinglash, darslik ko'rishni hisoblamay qo'yaqolay.
Ushbu misollar muhim narsaga ishora qilyapti: Kunimizni ko'p vaqtini hisob-kitob qilmay o'tkazamiz.
Kunimizni qayta ko’rib chiqishga, qimmatli daqiqalarimizni bekorga ketkazmaslikka harakat qilish foydali.
Vaqt o’zi yetarli, muammo uni qanday ishlatayotganimizda. Har kuni 24 soat – bu imkoniyat.

Yozishdagi tavsiyalar
1. Maqola oxiriga albatta ismi-familyangizni yozing. Oxirgi ma'lumot birinchi ism va keyin familya yozishni tavsiya qilinyapti.
2. Bir kunda bitta maqola joylang blogingizga. Mavzular tugab qolganda siqilmaysiz. Chunki har kuni ham yoza olmaysiz.
3. Hayolingizga bir fikr kelib qolsa, sarlavhasini yozib qo'ying. Keyin ketma-ketlikni o'ylayverasiz.
4. Yozilgan maqolani o'sha kuni chiqarmang. Hech bo'lmasa oldin hayolingizda pishib yetilgan bo'lsin. Yoki yozilganidan keyin o'ylash, tahrir qilish yoki tuturiqsiz joylarini olib tashlashga fursat qolsa yaxshi.
5. Yozmoqchi bo'lgan yoki yoziladigan maqolani oldin gapirib bering.
Aqlimiz shunaqaki, gapirib berayotganimizda oldin o'qigan yoki eshitgan ma'lumotlarni fikrga olib chiqib turadi.
6. Ko'rishlar soniga qarayvermang yoki kanaldagi odamga. O'zingiz uchun yozyapsizku.
7. Ozgina hazil joylari ham bo'lsin. Jiddiylik davr talabi emas.
Yuqoridagi tavsilarni kimdirgadir gapirib berishim kerak. Kim bor?!))

Faqat oldinga..
"Faqat oldingga qarab bos, sen hech kimdan kam emassan, erishadigan narsalaring ko'p" deyishdi, deyishdi oxiri ne'matni ko'rish, haqiqatlarni anglash, bor narsalarni qanday kelganini tafakkur qilish ko'nikmasini olib qo'yishdi.
Endi bor narsaga ham shukr qilmaslik muborak bo'lsin! Orqamizga ham bir qaraylik, nimalarga erishdik? Qancha narsalar qo'lga kiritdik.
Ustozlarimiz, ota-onamiz, farzand, oila, mashina, uy, shogirtlar va nimalardir, anglashga yetar?!
Bu esa erishgan yutuqlarni qadrlash zarurligini eslatib turadi, chinakam baxtni his qilishga yordam beradi.
"Agar Allohning ne'matlarini sanasangiz, sanog'iga yeta olmassizlar"(14:34)

Jiddiy emasman
1. Kanalda jiddiy postlar chiqishi sizni aldab qo'ymasin. Aslida jiddiy inson emasman.
2. Kulishni va kuldirishni yaxshi ko'raman. Jiddiylik asliyatimda yo'q nazarimda.
3. Birinchi uchrashuvda ozgina hazil bilan tanishishni yaxshi ko'raman. Vodiy tushunadi lekin Toshkentdan uyog'i tushunmasdan turaverishini kuzatdim.
4. Bekorchi gaplar bo'lmagan latifalar eshitishni yaxshi ko'raman va o'zimda ham matn holatida to'plab yuraman.
5. Tabassum bilan yurish naqlga ham aqlga ham to'g'ri keladi. Umid bilan yashayman. Lekin qalbimda yaralar ham bor.
Nega yozdim? Bildirish uchun.
Bir ayol uyini polini artib bo'lgan ekan eri artilgan polni bosib yuboribdi. Ayol to'pponchasini olib erini otib tashlabdi. Politsiyachilar kelib ayolni ushlash uchun pol qurishini 20 daqiqa kutib keyin qo'lga olishgan ekan))

Shapaloqlar
1. Birinchi yegan shapalog'im bog'chada bo'lgan. Uxlamaganim uchun yordamchi tarbiyachim naqd qulog'imni tagiga tushurganlar. Tasviri ko'zim oldida.
Shuni mazasidanmi bog'cha ochishga qaror qilganim va tarbiyachi bolani ursa o'sha zahoti ishdan bo'shataman.
2. Universitetda 2-kurs edik. Ishga topshirdik. Tayyorlanmasdan, ba'zi ko'nikmalarni o'rganmasdan bordim. "O'zingni qadringni bilib tayyorlanib kelsang bo'lmaydimi?" degan gapni eshitdim. Shapaloqni kattasi tushdi.
Shundan keyin qaysi shogirdimiz ishga topshirsa, bilgan narsamni o'rgatishga kirishaman. Xatto ba'zi materiallar ham tayyorlaganman.
3. Yoshligimda do'stim bilan ish boshladim. Na yozish, na aniq narsalar belgilagan ekanmiz. Faqat og'zaki bo'ldi. Yakunda hisob kitob qiyomatga qoldi. Eng og'ir shapaloqlardan biri bo'lgan edi.
Hozir kimni sherikchilikda ish boshlashini bilsam chaqirmasa ham borib yozish, chizish, aniq asoslar bilan ish boshlashni tavsiya qilaman. Birlarini o'rtasida turib o'zim yozdirgan kunim ham bo'ldi.
Xulosai-kalom shuki, har bir shapaloqdan ibrat olmasak og'rigani qoladi xolos.
Bizga toshdek tekkan narsani gulga aylantiradigan o'zimiz.

Uzoq yashash uchun
Jismoniy holatni ushlash, har vaqt tetik holda yurish, uyqu sifatli yaxshi bo'lishi uchun quyidagi ishlarni anchadan beri qilib kelyapman. Foydasi bo'ldi:
1. Kechqurun 20:00 dan keyin toam yemaslik. Semirib ketishdan uzoqda bo'lasiz. Uyqu sifati yaxshilanadi.
2. Bir kunda eng kami 25 daqiqa yurish. Stressni kamaytiradi va tetik bo'lishni taminlaydi.
3. Shira yemaslik. Kayfiyatni yaxshi qiladi va vazn to'plashdan halos qiladi.
4. Nonushta qilish. Bu ovqatlanishni tartibini joyiga qo'yadi.
Aytadiku, Sportni menga yoqqan eng yaxshi tomoni uni meni hayotimda yo'qligi))