Bu so'zlar
Davay boshlaylik unda,
Prablema yo'q uka,
Abed qilamizmi?
Do'm, achki, tapichka...
O'ylab qarasam juda ko'p rus tilidagi so'zlardan foydalanar ekanmiz. Qonimizga singib ketgan.
Imkon qadar o'zbek tilidagisidan foydalanishga o'tdim.
Ma'nodagi aniqlik, milliyni saqlash, avlodlar orasida bog'liqlik uchun ham shunday qarorga kelyapman.
Agar rus tili so'zlaridan foydalanganimni ko'rsangiz to'g'irlab qo'ying.
Davay boshladik unda)
Muhammad Amin Naziraliyev
@mnshuz

Ogohlantirish
"Graf Monte-Kristo" asarini o'qiyapman. Xalq tilida "If qal'asining mahbusi" romani.
Muallif voqealar orasida qahramonni yoki o'zini tilidan o'quvchiga ko'p narsalarni bildirmoqchi bo'lyapti. Ayniqsa tarix xatolari, his-tuyg'ular, zulm javobsiz qolmasligi, shaxsiy kelajak har doim tuman bo'lishi va hokazo.
Aleksandr Dyuma asarni 1846-yilda yozgan va 1300 betga yaqin bo'lsa haqiqatda hozirgacha qo'ldan-qo'lga o'tib kelar ekan. 179 yil bo'libdi o'ziyam.
Hozir ham shaxsiy holatimiz, biznesimizdagi xatolarni oldindan ogohlantiradigan tajribali odamlar topiladi.
Ertaga soat 10:00 da Farg'onada "Biznes nonushta" bo'lyapti. Abdulloh bizga biznesdagi xatolar va kelajakdagi mavhumlikni kamaytirishga yordam bermoqchi.
Qiziqqanlar bo'lsa havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin ekan. Ko'risharmiz unda.

Oshiq ko'rmasa yonar
Shunday insonga oshiq bo'lginki, hayotingda bir marta ko'rsang armoning qolmasin. Uni aytgan gapi vujudinga singib ketsin.
Har kun, har soni uni eslagin, xoh tog'da bo'lsin, xoh cho'lda, turganda ham, yotganda ham.
Yurgan yo'lida yurishni, xatto bir tola sochini ko'rishga mushtoq bo'lgin. Uni mukammal ekanligiga aslo shubha qilmagin.
Unga bo'lgan oshiqligingni uni eslash, unga doim salom aytish bilan isbotlab qo'y. Qayerda uni nomi zikr qilinsa, sen ham qo'shilib aytgin, hurmatingni bildirib qo'y.
Uni bir marta ko'rish uchun boringni bergin, ko'rib ko'zing to'ymasin. Har doim yana bir bor ko'rsam degan armoning bo'lsin. Ko'z yoshlaring uni ko'rish uchun daryo bo'lib oqsin. Ko'z yoshingni ayamagin.
Undan uzilma, ey Dil!

Iqtisodiy o'sish
O'zbekiston 2016-yildan beri iqtisodiy o'sishini raqamlarda o'rganib chiqdim.
2024-yilda (YaIM) deyarli 115 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu esa 2023 yilga nisbatan 6,5% ni ko'p degani.
Aholini 900 mindan o'sayotganini hisoblaganda bu juda yaxshi ko'rsatgich.
O'sishni atrofimizdan qidiramiz.
Insonlarni birlamchi ehtiyojlari(oziq-ovqat, kiyim-kechak va sog'liq) qonsa keyin ikkilamchilariga o'tishadi.
Misol: 2024-25-yilda 112 ming bola xususiy maktabda o'qiyapti. Bu degani 2023-24-yildagiga qaraganda deyarli 50% ga ko'p.
Yana bir misol: 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4,5 mln o‘zbekistonliklar chet elga sayohat qilgan(Ishlagani ketganlar alohida).
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln nafarga yoki 35,8 foizga oshgan.
Xullas, zo'r ketyapmiz. Zo'r desak yana ham ziyoda qilinadi.

Marg'ilondagi mehmon
Samarqanddan mehmon bo'lib ukamiz kelgan edilar, ko'p narsalar o'rganibdilar:
Marg'ilonliklar:
1. Odamlarining biror narsa so’rasa “yo’q” demasligi.
2. Masjidlarning ko’pligi, yaqinligi. Masjidlarda namozxonlarning 3-4-5 qator bo’lib ketishi.
3. Odamlarining muomalalari, samimiyligi, tinglay olishlari.
4. Kirgan do’konimizda biror-bir boycott mahsuloti yo’qligi. Bitta mamlakatning bir viloyatining kichkinagina shaharchasi bo’lishiga qaramay birodarlari uchun qayg’urishyotgani
5. Ustoz bilan suhbat bo’lishigachayam odamning haybatlanib, beodobliklardan tiyilib turishi.

Uyqu haqida
Aqliy mehnat qilayotgan odamni uyqusi 7-8 soatni tashkil qilishi kerak. Lekin ikkiga bo'lishni tavsiya qilishadi ustozlarimiz.
Tartib qanday:
Kechqurun uzog'i 23:00 da uxlash 04:00 da turiladi. Abeddan keyin ham 45 daqiqa yetar-yetmas yon boshlab olinadi.
5-6 soat aqliy mehnat qilgan odam baribir charchaydi. Charchaganda tanaga dam berib olinsa kunni qolgan qismida ham faol mehnat qiladi tanamiz.
Uyquning sifati muhim, faqat soati emas. Masalan: Qorong‘i xonada, telefondan uzoq, sokin muhitda uxlash.
Ingliz tilida buni "deep sleep" deyiladi.
Dam olishga borish yoki kasallik mustasno.

Kun va tun
Rivojlanishni istagan odam uyquni kamaytirishni xohlab qoladi. 2-3 soat vaqtini ko'payishini o'ylab qoladi.
Qisqa muddat uchun to'g'ri lekin uzoq muddatda zarar bo'lishi mumkin.
Kunidan foydalanmagan, tunidan foydalanmaydi.
Vaqtni ko’pligi – foydani ko’pligi degani emas. Naqd turganidan foydalanish kerak.
Kunni vaqtini asrash kerak, tunni emas.
Uyqu me’yoridan kamligi rivojlanish yaxshi ketayotganidan emas.
Me’yorida uxlaylik. Kami zarar, ko’pi katta zarar.
Uyquga emas kunni tartiblashga targ'ib.
O'yin o'ynash, qisqa videolar, bekorchilik, tartibsiz uchrashuvlar....

Pul haqida
"Pul odamni o'zgartiradi emas kimligini ochib beradi" degan gapga ishonaman.
Birinchi sabab:
Pul bo'lmagan paytda majburlikdan yaxshi gapiradi, chiroyli muomila qilishga majbur. Pul bo'lsa, pul bilan ishni bitirib oladi.
Demak, pul bo'lmagan paytda yaxshi gaplashib, keyin mensimay qolgan bo'lsa, yaxshi gaplashgani - majburligidan bo'lgan.
O'zgarmaganini bilish uchun o'zidan paslarga oldin qanday muomila qilgan, hozirchi ajratib olish mumkin. Gadoy, ofitsiant, sotuvchi, xodimlar.
Ikkinchi sabab:
Pul ko'paygani sari odamlar vaqtlarini pullaridan ko'proq qadrlay boshlaydilar. Har kim bilan ko'rishmaslik, telefonlashishni qisqaroq qilish, baxslashmaslik.
Oldin shu ishlarni qilib yurgan bo'lsalar, eski tanishlar tomonidan bu kibrdek baholanishi mumkin. O'zgargandek tuyulishi mumkin.
Mensimaganini bilish: Vaqtim yo'q deb o'yin, qisqa videolar, bekorchilikka sarflash. Bunday qilmasa demak pul topib vaqti qadrli ekanini bilib qoldi.
Xulosa, pul — odamning “ichki oynasi”.

Yosh bo'lib qolsam
"Yoshlingizga qaytib qolsangiz nimalar qilgan bo'lar edingiz yoki edim" savollari ko'p uchrab turadi.
Qaytsak ham shu holatga kelgan bo'lamiz. Hozirgi aql, ilm, tajriba bilan qayta olmaymiz.
Hozirgi holatimiz o'sha paytda qilgan qarorlarimiz natijasi.
Kelajagimizni to'g'irlamoqchi bo'lsak hozir qilayotgan qarorlarimizga qarashimiz kerak ekan.
Bu aybni tan olishdan boshlanadi. Boshqalarni emas o'zimizni ayblashdan.
Xulosa, kelajakda afsus qilmaslik uchun hozir to'g'ri qaror qabul qilish.
Hozir to'g'ri qaror qilishimiz uchun ayblarimizni o'zimizdan qidirishimiz kerak ekan.
Qachon oxirgi marta o'tirib, "Kelajakda nimadan afsuslanar ekanman" deb o'yladik?

Xohishlar tugaydimi?
U oldin Nexia oldi, keyin Tracker, hozir Kia da. Shu kunlarda Santa Fe ga qiziqyapti.
"Xohishlar tugaydimi?" deb savol berishadi. "Xohishni atrofdagilardan olamiz" deyishadi ustozlar.
Ko'chadagi mashinani ko'rib, tezda xohlab qolmaydi. Oldidagi odamda ko'rsa, shunda olishga xohish kuchayadi.
Bog'chamizda bolalar o'yinchoq talashishida ham ko'rganman. Bir o'yinchoqni olsa qolganlari ham bittaga yopishadi, talashish boshlanadi. Sinfni yarmi bir qizni sevishi ham misol.
Demak, nima xohlashimizni do'stimiz, qarindosh, hamkasbimiz, ijtimoiy tarmoqda kuzatayotgan insonimiz belgilab beradi.
Imkoniyat bo'lsa, eski xohishlarga erishsak, yangi xohishlar paydo bo‘ladi. Bu tugamaydigan jarayon.
Boy bo'lishdan emas, boylarning muhitidan qochishga buyurilganmiz. Xohishlar yuqumli, dunyo yuqumli.
Hozir kimni kuzatyapsiz?

Niyatlar
Aksar insonlardan "Bir paytlar shu maqsadga erishishni niyat qilar edim, erishdim" degan gaplarni eshitamiz. O'zimizda ham o'tgan.
Aleksandr Dyumaning "If qal'asining mahbusi" asarinida bosh qahramon boylik topib, katta boylar kabi yashaydi, uni qamatganlardan qasos olish uchun.
Dyuma ham asarni yozayotganda qahramoni kabi yashashni xohlaganidan asar katta gonorar (mualliflik haqi) oladi, teatrlarda qo'yiladi va kinolar ishlanadi.
Qarabsizki, Aleksandr ham o'z qahramoni kabi yashashni boshlaydi.
Muallif asarni yozayotganda juda qattiq shunday yashashni xohlaydi shekilli vaqtlar o'tib ro'yoyi ro'yobga aylandi.
Xulosa, qalbdagi yaxshi niyat va orzu - bizning yo'lchi yulduzimizdir.

Yetakchilar
Ustozimiz bilan ba'zi joylarga borsak tashkilotchilikni kamina qiladi.
Xato tashkillab qo'ygan bo'lsam yoki kerakli ma'lumotni bermagan bo'lsam bir nazar tashlab qo'yadilar.
U joydan chiqsak xato haqida gapirmay boshqa mavzuga o'tib ketadilar. Xatoga qaytmaydilar.
Yetakchilarni xususiyati shunaqa ekanda, xato qilganimni bildim, yuzim qizardi, hayajonlandim shu kifoya qiladi.
Ba'zida gap bilan, boshqasida ishora, nazar bilan tarbiyalash bor ekanda.
AQSH ning 6-prezidenti Jon Adamning gapi bilan tugataman:
“Agar sening amallaring boshqalarni ko‘proq orzu qilishga, ko‘proq o‘rganishga, ko‘proq ishlashga va yaxshiroq inson bo‘lishga ilhomlantirsa, demak sen yetakchisan.”

Kichik ishlar
Ustozlarimiz kichik lekin natijasi og'ir amallarni o'rgatib kelishadi.
1. Telegram, sms da salom berilgan bo'lsa alik olib keyin yozish. Munosabatni qalinlashtiradi.
2. Aytilgan vazifa, tanqid, topshiriqlarni yozib olish. Esdan chiqmaydi.
3. Aytilgan ish bitgan bo'lsa o'ziga bildirib qo'yish. Qalb xotirjam bo'ladi.
4. Ishni kamchiligini bildirishdan oldin kayfiyatni ko'tarib olish. Tez qabul qilinadi.
5. Telefon qilingan bo'lsa, vaqt bo'lganida bir bora bo'lsa ham qaytarib qo'yish. Ko'ngil olish bo'ladi.

Rioya
*Rioya - boshqalarning fe’lini ko‘tarish, murosa qilish.
*Shaxsiy chegara - o‘zingizga hurmat talab qilish.
Do'stlarimiz ichida jaxli tez chiqadigan, himmati baland, halim, ko'p gapiradigan, qo'rqoq, xolis, erka va hokazo fe'ldagilari bor.
Ularni rioyasini qilishga buyurilganmiz.
Lekin qizil chiziqlarimiz ham bo'lishi kerak, buni shaxsiy chegara ham deyiladi.
Oldingizda chekishi, tillab so'kinish, mahramiyatga chuqur kirish, yo'q do'stlar g'iybati - lar shaxsiy chegaraga kiradi.
Bularda shaxsiy chegaramizga yo'l ochgan bo'lamiz.
Faqat do'stlarda emas, xodim, xo'jayin, qarindoshlarga qarab yuqoridagi shaxsiy chegara elementlari o'zgarib turishi mumkin.
Xulosa, rioya boshqani asraydi, shaxsiy chegara esa sizni asraydi.

Umid bor
Ustozlarimiz "Umid" va "Orzu" ni farqini ajratib berishadi: "Umid" harakat qilib u tarafga yuzlanish, Orzu esa harakatsiz yuzlanish.
Umidni amalga oshishi aniqroq, orzu amalga oshmasa ham mazammat qilinmas ekan.
Mavzuga qaytamiz:
Bog'cha yoshidagi bola yodlash qobiliyati orqali o'rgangani uchun bog'chamizda bir haftada bir kublet she'r yodlatamiz.
She'rlarni ma'nosi yuqori, bola hozirda foydalanayotgan so'zlisidan tanlab olamiz.
Ota-ona, mehr, do'stga muhabbat, vatan, mavsumiy she'rlardan tashkil topgan.
Foydalari: Yodlash ko'nikmasi o'sadi, so'z boyligi ko'payishi, zehni mustahkamlanadi.
Umidimiz, ma'noli she'rlarni yod olgan bola 20 yoshdan keyin yodlatilgan she'rlarni idrok qilib amalda qo'llay olsin.

Foydali ish
Ustozlarimiz "Foydasiz ishlarni tark qilishni oson yo'li, foydali ishlar bilan mashg'ul bo'lish" degan oddiy formulani aytishadi.
Lekin qanday qilib?
Foydali ish bilan shug'ullanish uchun foydali ishlar bilan shug'ullangan insonlar yonida bo'lishimiz kerak. Muhit kerak.
Muhitni topish esa faoliyat turiga bog'liq. Solih solihlar muhitida, sport sportchilar, boylik boylar va hokazo.
"Odamni o'zida bo'lishi kerak" deyishadi. O'zini ochishi uchun imkoniyat, muhit kerakku! Qafasdagi qushga uch deyish ahmoqlik.
Ko'pincha ichki iqtidor tashqi ta'sir orqali vujudga keladi.
Muhitda bo'ling. Vagon o‘zi yura olmaydi, ammo lokomotivga ulansa, harakatga keladi.

Tavsiya olish
Ustozlarimizdan maslahat olgani kelishadi. Ikki murakkablikka ro'baro bo'lishadi: Ma'lumotsizlik va shaxsni tanimaslik.
1-dars:
Maslahat so'rashda sizni yaxshi taniydigan, shaxsiyatingiz, oilangizni, holatingizni biladigandan so'rash kerak ekan. Mos maslahat olinadi.
2-dars:
Agar sizni tanimasa, xotirjam o'zingiz haqingizda gapirib berish. Keyin savolni berish kerak ekan.
Sizni holatingizga o'zini qo'ymasdan javob bersa amal qilinmaslik ehtimoli bor yoki xato maslahat ketadi.
O'zini o'rniga qo'yib ko'rishni ajnabiy tilda "tranformatsiya" deyiladi.
Shifokor sifatida to'g'ri retsep yozishning eng yaxshi usuli to'g'ri tashxis qo'yishdir.

Rost gapirish
Ustozlarimiz rost gapirishni 4 foydasi haqida aytishadi:
1. O'ylashdan qutulish
Aldayotgan odam har bir hodisani va gapni eslab qolishi kerak. Aql band bo'ladi, rivojlanish haqida kamroq, tafakkur payadi.
2. Do'stlarimiz ko'payadi
Sizga xiyonat qilmasligi, orqadan pichoq urmasligi va aldab ketmasligini aniq biladigan do'stdan kim kechadi.
3. Qalb oldida xotirjam yurasiz
Qalb tubida nur uchquni bor. Shu bilan har doim nafs hisoblashib yuradi. Uyalmaymiz. Atrofdagilardanku qocha olamiz lekin uchqundan qocha olmaymiz.
4. Daromad ko'payadi
Izoh berish shart emas. Yolg'on gapirgan odamga ishonib bo'lmasligi hamma biladi. Bittada bo'lmas, asta sekinlik bilan molimiz ko'payib boradi.
Rost gapirish o‘zini yengil va xotirjam qiladi, do‘stlarni ko‘paytiradi, qalbini pok saqlaydi va rizq eshiklarini ochadi.

Adabiyotlar
Ustozlarimiz badiiy adabiyotlarni foydalarini sanab o'tishadi.
1. So'z boyligi oshadi.
So'z oshganidan keyin nutq ham o'sadi. Qancha ko'p so'z bilsangiz shuncha so'zda o'ylashni boshlaysiz.
2. O'rniga qo'yish boshlanadi.
"Qahramonni o'rnida bo'lsam nima qilgan bo'lar edim" degan savollarga javob izlab yurasiz. Bir epizodga bir tarafdan emas boshqa rakerlardan qarash o'rganiladi.
3. Voqealar rivojini ko'rish
Asarni o'qib, keyingi bosqichda nima bo'lishini taxmin qilish qobiliyati shakllanadi. Kelajakni bashorat qilish osonlashadi.
4. Birovni tushunish osonlashadi.
Qahramonlarning iztiroblari, quvonchlari va shodliklarini o‘z qalbingizdan o‘tkazasiz. Bu insonlarni osonroq tushunishga olib keladi.
Kitobxon ming xil hayotni yashaydi, o‘qimagan bir xil. George Martin

Ha, ular!
Ustozlarimiz: "Oliy maqsadni qobiliyatga qarab belgilash kerak" deyishadi.
Kimdirni puli ko'p, demak katta joylar qurish, odamlarni ish bilan ta'minlash, yaxshi insonlarni yetishtirish uchun sarf qiladi.
Vaqti bori esa xizmat orqali, vaqti yetmayotganlarga yordam berish orqali. Bilimi bori bilim bilan olg'a intiladi.
Qobilyatlar ko'p, qobilyatni sanog'idek yo'l ko'p.
Har kim har tarafdan. Xatto yo'lda ketayotganda tutashmaydiganlari bor.
Lekin qaysi yo'ldan yurilsada, bir insonga tutashadi. Umrni oxirgacha uni qo'lidan ushlashga majburmiz.
Bu - ustozdir. Kimdir otasini, kimdir murabbiy, boshqasi shayxini.
Ularni kunlarining 70% qismi stressda o‘tar ekan. Shunga qaramay eng ko'p umr ko'ruvchi ustoz ekan.
Faqat bir kun, bir on emas har doim duolarimizda, niyatlarimizdasizlar.