Muhammad Amin Naziraliyev
421 subscribers
1.16K photos
72 videos
415 links
Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
Download Telegram
Qaytarish

Bir odam sizga s
ovg'a berdi, shuni o'ziga rahmat aytish kerak. Agar foydalanayotgan bo'lsangiz o'ziga aytib qo'yish kerak.

Ruchka sovg'a qilindi: "Juda yaxshi ruchka ekan, mazza qilib yozyapman" deb.

Sizdan hech kim sovg'asini e'tirofini kutmaydi lekin xursand bo'ladi va boshqalarga ham hadya berish rag'bati oshadi.

Qalblarni xushnud qilishni kim ham xohlamaydi deysiz.

Iqtibos:

Yaxshiliklarni e’tirof eting va boshqalar sizga yordam bersa, ularga foydali bo'lganini yetkazing. Bu yaxshilik qilishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi"

Kimga yaxshilik qilinsa, u ham yaxshilik bilan javob bersin yoki hech bo‘lmasa, e'tirof etsin.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Borib qaytamiz

Shohmardonga borganimizda doim bir xil joyda o'tirib o'tgan ketgan mashinalarga qaraydigan yoshi katta otaxonni ko'raman.

Shu bilan maqolani tugatmoqchi edim. Lekin xulosaga qoldirgim kelmadi.

Sen ham 60 yosh bo'lishingizni hayol qil.

Kuchdan qolgan, shijoat yo'qolgan, hech kim seni ishga olmaydigan, tengdoshlaring ko'pi ketgan, faqat duo so'rab keladigan mahaldasan. O'sha paytda bir ishing bo'lmasa zerikish seni azoblaydi.

O'sha paytda nima qilsam hayotim qiziq bo'ladi deginda hozirdan shu odatni boshla. Ha aytgancha, "nima qila olar edim" degan savolni ham unutma.

Yoshlikda o'rgansang, qariguncha ko'nikasan,
Qariganda o'rgansang, o'rganguncha ko'milasan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ramazondagi odatlar

1. Sizda ham ramazonni birinchi kuni qorningiz ochmagan bo'lsayu lekin "Biron narsa yeb qo'ymadimmi" degan savol paydo bo'laveradimi?

2. Ertalab turib bir yutinib "iyi ishqilib yutinsa ro'za ochilmasmikin" degan savol paydo bo'lganmi?

3. Do'stlarimiz orasida har ramazon oldi doim bir savol so'rab yuradigan do'stimiz topiladi. Savol: Ramazonda cho'milsa bo'ladimi?

4. Abeddan keyin qorin ochgandagi tabiiy savol: Ro'zador odam tishini yuvsa bo'ladimi?

5. Ramazonda hamma shomni vaqtini yoddan biladi.

6. Bomdodga hech kim uxlab qolmaydi.

7. Ko'p yeyman deb olib kelgan narsangni o'ndan birini yeb to'yib qolasan.

Kech bo'lsa ham Ramazon oyi muborak bo'lsin! 😎

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Shirinlik yemaslik

Mana shirinlik yemaslik marafoni ham tugab qoldi. Marafon foydalari haqida ko'p yozildi. Bundan keyin ham yana challange lar davom etadi.

Shirinlik yemaslikni boshidan eslasam, ozgina boshida qiyin bo'ldi. Huddi ovqatni ko'p yesam ham o'zimni to'ymagan his qildim.

Kayfiyatsiz bo'lib yurdim. Tabassum yo'qoldi. 25 kundan keyin hammasi joyiga tusha boshladi.

Adashmasam 30 kundan keyin o'zimni ancha yengil his qilishni, tabiiy mahsulotlarni haqiqiy mazasini his qila boshladim.

Atrofimga nazar solsam haqiqatda shakarli mahsulotlar quliga aylanibmiz. Buni istemol qilayotgan 50% narsamdan voz kechganda sezdim.

Endi bundan keyin ham yemayman, me'yorida bo'lsa mayli.

Xudoga shukr, yakunladim. Yordam, maslahat va qo'llab-quvvatlagan hammaga rahmat. Yaqinda yangi challange haqida e'lon qilaman.

Boshlash hammaning qo'lidan keladi faqat oxiriga mardlar yetadi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Keyingisi nima?

Mana shirinlik yemaslik tugadi. Xatto xurmo ham juda shirin tuyulyapti. 1-2 ta yeya olyapman xolos. Oldin qancha bo'lsa ketaverar edi.

To'xtab qolish yo'q. Jismoniy holatimni ushlab qolish uchun yana davom etaman.

Bu safar, anchadan beri reja qilayotgan - bir kunda 10.000 qadam yurishni boshlayman:

1. Qadamlarni Whoop 4.0 soatida o'lchayman va dasturi orqali bo'lishib boraman.

2. Oldingi kundagi rasmni qo'yaman. 3-4 kunlikni birdaniga qo'yishim ham mumkin.

3. 100 kun davomad etadi. Ketma-ketlikda qilib boraman. Safar va fors-major holat istesno.

5. Yurishdan olgan foydalarimni bo'lishib boraman.

Endi ko'p suhbatlar piyoda yurish orqali bo'ladi. Sheriklar ham topilib qolar!

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Yurish foydalari

Yurishni
hamma aytib yuradigan foydalari bor: Sog'liqqa foydasi, stress kamayishi, vazn yo'qolishi, tafakkur.

Lekin biz bilmagan foydalari ham ko'p ekan:

1. 10.000 qadam yurish taxminan 7-8 km ga to
'g'ri kelar va 400-500 kaloriya sarflanar ekan.

2. Tadqiqotlar ko‘rsatganki: 12 hafta davomida muntazam yurib turgan odamlarning xotira va diqqatni jamlashi 20-30% yaxshilanar ekan.

3. Ijobiy fikrlarni 60% izga oshirar ekan.

4. Siz yoki siz bilan yurgan odam foyda oladi. Aloqalar mustahkamlanadi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ta'lim loyihalarida ishlab, amaliyot qiling

O'quv markaz, xususiy bog'cha kabi bir nechta loyihalarda faoliyat olib borib, karyerangizni mustahkam quring.

Hozirda marketing jamoamizga shogird izlayapmiz (O'g'il bola).

Talablar:
- Doimiy rivojlanish, o'rganish talabida bo'lgan.
- Yoshi 16-20 atrofida.
- Farg'ona yoki Marg'ilon hududida istiqomat qilishi.
- Ingliz yoki rus tilini bilishi foyda.
- Tajriba uchun ma’lum muddat bepul ishlay oladigan.


Nimalar beramiz?
- Har oy kamida 2 ta treyning
- Shaxsiy rivojlanish
- Yangi tadqiqotlar o'tkazish uchun sharoit
- Haqiqiy ish muhiti.
- Soha bo'yicha bilimi bo'lmasa o'rgatamiz.

Yana boshqa masalalarni suhbat davomida gaplashamiz.

👇 Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldiring:
https://forms.gle/7i2EhNqjFcFZr8qJ8
Bugun arafa

Kuzatasiz, yozasiz, haqiqatda degan izoh yoziladi.

Bug
un:

1. Sartaro'shlar soqqani qiladigan, biz esa navbat kutadigan kun.

2. Hamma uyda osh qiladigan va ayollar idishlari haqida ko'p o'ylanadigan kun.

3. Kelinglar hayitni nechanchi kuni uyiga borishi va ammalar qaysi kuni ona uyiga kelishini muhokama qilinadigan kun.

4. Oziq - ovqat va kiyim bozorlari to'ladigan kun.

5. Bolalar hayitlikni miqdorini taxmin qiladigan kun.

6. Telegramda yozilgan tabriklarni yuboriladigan kun.

7. 28 kun ro'za tutdik, yana 1 kun tutish hech narsa emas deb amallar habada bo'ladigan kun.

Kelayotgan hayitlar bilan, sizni va bizni qilgan amallarimizni qabul qilsin! Omin.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Farzand tarbiyasidagi 6 xato

O'zim uchun o'rganib chiqqan edim. Foydasi bo'lar deb ulashib yubordim. 6 ta xato:

1. Bolani strukturaga solib qo'yish

Biz doim aytib kelayotgan gap: Bolani 24 soatini band qilmaslik kerak. Ingliz tili, shaxmat, suzish, mental arifmetika, odob to'garaklariga berishadida bolani vaqtini umuman qoldirishmaydi. Ozgina o'ynashi, do'stlari bilan narsa talashishi, urishishiga qo'yib berish kerak.

2. Risklardan to'sish

Bolani risklardan to'sish imkoniyatlardan to'sish degani. O'zi mustaqil biron narsa qilishidan to'sib qo'yiladi. Kelajakda esa biron narsa qilishga qo'rqib qoladi.

3. Qaror qabul qilishiga qo'yib bermaslik

Har doim o'zi nazorat qiliib turish. Bola qaror qabul qilsin, xato bo'lsa tushunsin. Lekin man aytgan shu boshqasiga yurmaysan demaslik kerak. Kelajakda bironta riskni olmasligiga olib keladi.

4. Qilayotgan ishlarini sababini tushuntirmaslik

Opoqim yoshligimdan beri ishlarni mohiyatini tushuntirishga harakat qiladilar. Savollarimizga batafsil javob olamiz. Bolaga bir narsani batafsil tushuntirayotgan paytimizda qaror qabul qilishimizni ham o'rgatib ketayotgan bo'lamiz. Bola dono bo'ladi.

5. Katta bo'lganda gaplashaman

Bolani birinchi ko'rgan va eshitgan narsasi bilan kelasi fikrlarni filtr qiladi. Shuning uchun YouTube yoki boshqalar emas birinchi fikrni o'zimiz berishimiz kerak.

6. Muhim voqea bo'lganda hukm berish

Sen xato qilibsanda emas balki xatoligini sababini tushuntirish kerak. Kelasi safar ham siz bilan maslahat qilsin. Lekin birinchi olib kelingan ish bilan bolani tergansa kelasi safar siz bilan maslahat qilmay qo'yadi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ikki yo'l

Bir yaqinim avvalo o'quv markaz yuritishni, yurmasa loyiha qilish imkoni borligini aytib qolgan edi. Ikki imkoniyat bilan o'quv markazi yurmasa kerak deb o'ylagan edim. Yurmadi, loyiha qilyapti.

Har doim shu iqtibos esimga keladi: "Orolni bosib olmoqchi bo'lsang, kemalarni yoqib yubor."

Ham bozorda savdo-sotiq qilib ham o'qiyman deb kelganlarni 2 donasi Ayti yo'nalishidan ketdi. Qolganlari yana bozorga qaytdi. Chunki ularda imkoniyat bor edi. Ozgina qiyinchilik kelsa yurayotgan ishiga qaytish.

Bolani hassasi bor ekan, u hech qachon yura olmaydi. Ikki imkoniyat bo‘lsa, odam doim osonrog‘iga qaytadi.

Bonus: Sen eng yaxshi maslahatni seni eng yaxshi bilgan odam beradi. Atrofingda seni tanigan aqqlilar bo'lsin.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Zamon qiyinligi

Shaxsiy kuzatuv, Instagram reels larda:

1. Mashina olgan yigit haqida video chiqyapti. Mashinasi juda ajoyib, tonirovka, tuning, balonlar, pult, bolani yoshi va hokazo.

2. Bir qiz o'yinga tushyapti. Juda chiroyli, eng qimmat ko'ylaklar kiygan, makiyaj, tishlarni tekkisligi, qaddi-qomat, daxshat.

3. Bitta odam aqqli gapni gapiryapti. Haqiqat 100 lagan kitobni ko'rgani ko'rinib turibdi, puli ko'p, gaplari ham saviyali hayotga to'liq tushadi.

Uchta videoda ham eng zo'rlari. Hayotimiz eng zo'rlarini ko'rishdan iborat bo'lib qoldi.

Ochiq oydin o'zingizga, hayotingiz, oilangiz, mashinangiz xatto qo'pol bo'lsa ham ayolingizga nisbatan noshukrligingiz ortadi. Bo'mishga o'xshab yashayotganga o'xshab qolasiz.

Shukr qilmayapsizmi ziyoda ham qilinmaydi, umringiz faqat nolish bilan o'tadi.

O'chiring, qutuling, qadrlang, yolg'onchilarga ishonmang, shukr qiling, xalovatda yashang.

ps: Telefonimda instagram yo'q. Faqat story qo'ygani kiraman, 1 daqiqaga.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Bilarmikin?

Kech Marg'ilon bog'iga yurgani chiqdim. Qorong'u bo'lsa ham deyarli hamma o'rindiqlar band. Kelajak kutayotgan bolalar guruh-guruh bo'lib o'yin o'ynashmoqda.

Telefonni qiyshaytirib ko'zi telefonda. Yana o'sha Pubg, Minecraft degan o'yinlar bo'lsa kerak.

Vaqt, ko'z nuri, iqtidorlar, yaxshilik, o'rindosh mehnat barchasi isrof bo'layotganini sezishmayapti deb o'ylab turib yana fikr kelib qoldi.

O'zimizchi? Balki bizda ham nimadirlar isrof ketayotgandir. Atrofimizda bizga achinayotganlar bordir. Ba'zida ularga quloq solmayotgandirmiz. Sezmayapmizmi?

Ikki ne’mat bor: ularning qadrini ko‘pchilik odam bilmaydi – sog‘lik va bo‘sh vaqt.(Buxoriy rivoyati)

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Bolamga nima o'rgataman?

Avvalo bir narsaga tushunib olishimiz kerak: Farzandga o'rgatiladigan yo'nalishlar ikkiga bo'linadi:

1. Ilm odami

O'qituvchi, professor, yozuvchi, boshqaruvchi, dasturchi, biolog, iqtisodchi, ulamo va hokazo.

2. Amaliyot odami

Mexanik, muhandis, usta, shifokor, tadbirkor, tikuvchi va hokazo.

Hozirda bular 80% amaliyotga 20% ilmga yo'naltiriladi.

100 yil oldin birinchi bolalarga Ustodi avval, Muallim soniy, Ilmi axloq, chor kitoblari o'qitilgan. Keyin iqtidoriga qarab ustozlari ularni hunar yoki ilmga yo'naltirishgan.

Agar hunarga yo'nalishgan bo'lsa ustalari ularga ishni qanday qilinishi, halol-haromlarini o'rgatib ketaverishgan.

Ilmga yo'nalgan bo'lsa, 15-20-yillab bir ilmda kamolot hosil qilishgunigacha o'rganishgan ekan.

Hozirgi vaqtda farzand ilmga yo'nalsa ham amaliyotga yo'nalsa ham boshlang'ich o'rganishi kerak bo'lgan ilmlar bor.

Bular:

Ingliz tili, matematika, Ayti.

Agar ilmiy yo'ldan ketsa shularni o'rganib keyin mutaxassisslikka doir fanlar va yo'nalishlarni o'rganishni boshlayveradi.

Hozirgi tibbiyot yo'nalishidan ketmoqchi bo'lganda ham 4-kursdan keyin bir yo'nalishga yo'naltirilar ekan(jarroh, stamatolog, ko'z...). Bu degani yo'nalish tanlashga shoshilmasdan boshlang'ich ilmlarni yaxshi o'zlashtirish kerak.

Ps: Arab tili va diniy ilmlar qachon o'rgatishni ulamolardan so'raladi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Bolajonim

Jim o'tirsinsin deb telefon beramiz. Telefonda faqat qisqa videolar(shorts) ko'radi. Anime.

Bir yoqlik bo'lsin deymiz televizor oldiga o'tkazib qo'yamiz. Turk seriallari bilan o'sadi bola. Yana yap-yalang'ochlarni ko'rib. Gollivud kinolari. O'zgalarni qarashi bilan o'sadi.

Yeqilib tushadi, ko'chaga chiqib ketadi deb hovliga chiqarmaymiz. Uyga qamashga oshiqamiz.

Bolangiz yovvoyimi? O'zingizdan o'plakang.

Bolangiz tez achchiqlanish, alamzadalik bo'lib qolyaptimi? O'zingizdan o'pkalang.

Ochiqlarga qarashga uyalmayaptimi? O'zingizdan o'pkalang.

Men reels ko'radigan, faqat turk seriallari bilan o'sadigan, yovvoyi, yoshlikda qilishi kerak bo'lgan ishlarni qilmasdan o'sadigan bola tarbiya qilgim kelmayapti!

Xulosa, bolamiz o'zimiznikimi yoki mediayiniki tekshirib ko'ring.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Reklama

Odat kaminani blogiga o'xshash kanallar reklama qilishmaydi, xatto rasmdan ham foydalanishmaydi.

Bir chiroyli ketayotgan tartibni buzishni xohlashmaydi nazarimda. O'zim ham shunday.

Lekin ba'zi bir e'lon bo'ladiki ixtiyoriy-majburiy bo'ladi. Shunda nimadir maqola yozib oxirida shu mavuzga tegishli qilib havola orqali e'lon berib ketiladi.

Bilasizlar, bizni Farg'ona shaharda Codial akademiyamiz bor. Kurslar to'lovi haligi pulni yarmi bo'ladi.

Uyda turgan haligi pulni o'qitaman deb maydalamang deymizda Codialda Grant o'tkazyapmiz.

Test beriladi, yetarli ball to'play olsa bemalol kursda bepul o'qiydi pul ham yonga qoladi. Testlar Ingliz tili va matematikadan bo'ladi. Tanishishingiz uchun havola berib ketaman.

Codialdagilar mana e'lon qilib berdim. Qutuldimmi?!))

https://t.me/codialuz/1394

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Yaxshi axloq

Shaxsiyat = xarakter = axloq

Bir odamni juda ko'p maqtashadi, bir emas bir nechtalari. "Shaxsiyat masalasida ko'p narsa o'rganasiz, fazilatli, davolari amaliga to'g'ri keladi" deyishadi.

Oldiga borasan, birga yurib ko'rasan, hech narsa yo'q. Senga o'xshab ovqatlanadi, gaplashadi, hazillashadi, sotib oladi bir nimalar. Sendan ortiq hech shoxi yo'q.

Adashasan, yaxshi insonlarning axloqi sekinlik bilan bilinadi.

Shunday insonlar borki asta-asta yuradi, bir kun yoki haftada emas balki oylarda asl xarakeri ochiladi. Buning ustiga ular “mening fe’lim chiroyli” deb yurmaydi ham.

Uning shaxsiyati maqtovlar emas balki u bajarayotgan kichik yaxshi ishlari ochib beradi.

Yaxshi axloq birinchi ko'rishda ochilmaydi, kundalik hayot, qiyinchilik, muomila, qarorlarida bilinadi.

Xulosa qilsak, yaxshi axloq sekinlik bilan yomoni esa birdaniga ochiladi.

ps: 5 yil bir odam bilan yurib olgan xulosam.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Tajribalar

Shunchaki bo'lishgim keldi. Kutilma: Bir odam amal qilsa ham mayli, ko'piga niyat.

1. Telefonimda Instagram yo'q. Xohlagan vaqtingizda tekshirishingiz mumkin. O'rnatilsa ham story qo'ygani. Limiti 5 daqiqa bo'lsa kerak.

2. Tiktok, Facebook, Telegram, YouTube ham yo'q. O'rnatilsa ham 15 daqiqa limit bor xolos.

3. Telefon kechki soat 22:00 dan 05:00 gacha barcha dasturlari yopiladi. Parolini xodimimizga berib qo'yganman, bersa ishdan ketishini aytib. SMS va telefon qilish ochiq.

4. Kompyuterdan yuqoridagi dasturlarga kirsa bo'ladi, lekin aksar vaqtim ishda o'tadi.

5. Telegramda xodimlarim va faqat yozadigan aqqli yigitlarga a'zo ekanman. Yangiliklar, videolar, tuturiqsiz postlar qo'yadigan kanallar yo'q.

6. Videolarni faqat ruchka - daftar bilan yozib ko'rar ekanman. Audio kitoblarni yo'lda eshitib ketaman.

7. O'rganganlarimni o'rganishim bilanoq gapirib beraman yoki post qilar ekanman.

Sizda qanday tajribalar bor?

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Kuzatganlarim

Do'stim yozuvlaridan ilhomlanib yozdim. Tabassum bilan ko'rib, eshitganlarim:

1. Yigitlar "qizchasiga": "Tez uyga qayt, man sanga nima digandim, ko’chaga chiqma digandimku". Ular sevgilisini uyidan soat nechchidan keyin chiqmasligini belgilab beradi. Yana maktabga borganida tayinlab ham qo'yadi, maktab o'quvchisi.

2. Sigaretni chuqur tortib viqor bilan osmonga qarata puflab qo’yishadi. Orqasidan shirin saqich. Kattalar kelsa berkitishlariga o'laymi?!

3. Biror postning izohida urishib ketishsa "duxng yetsa tel qil gaplawvolamiz" deyishadi. Ashqovoq.

4. Do'sti bilan mashinada ketayotsa biror mashina yo'lini siqib qo'ysa "Yo’lga sig’mayapsimi bratan?!" deyishadi. "Onamning sochida oqlarni ko'rib" degan qo'shig'i balandligidan eshitilmaydi ham.

5. Do’stini tug’ilgan kunida, kechasi soat 00:01 da uyiga borib yuziga mayonez bilan tuxum choplaydi, yana “Jgar adduwi” deb qo’yadi.

6. Bir kun yezdaga mashina olsa 35 kun insta’da rul qarshisida olingan storylar tinmaydi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Vaqt

"Hozirgi vaqting kelajakdagi vaqtingizdan qimmat" deyishadi ustozlar. "Hozir hech kimlik paytingda kelajakda vaqt qila olmaydigan bilimlarni olib ol" deyishadi boshqa ustoz.

Ajoyib gaplar a? Birlashtirsakchi? Kelajakda uylanasan ayolingga eng kami 1 soat vaqt ajratishing kerak, ota-onang qarishyapti xizmatlarini qilishni boshlash kerak, ustozlar, shogirtlar, ijtimoiy ma'suliyat, farzand tarbiyasi yana bir qancha ma'suliyatlar.

Oshsa-oshadiki kamaymaydi. Ta'sir doirang borgan sari kattalashib boradi.

Hozirchi, bir joyga ketib qolsang ham birov "Qayerga ketding" desa xursand bo'ladigan payting. Ma'suliyatlar yo'q.

Oila tashvishi yo'q, kasal emassan, o'zingni eplasang bo'ldi, miya baquvvat.

Hech kimlik payting. Yoshlingda oldinga o'tib ket. Boshida erisha olmasak keyin qiyinlashib boraveradi.

Muammo aytildi, sabablar ko'rsatildi. Yechim esa birinchi vaqt olayotgan narsalarni tark qilishdan boshlash kerak.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
To'xtatishni o'rganish

Ot minishdan oldin qanday qilib to'xtatishni birinchi o'rgatishar edi.

To'xtatish, sekinlashtirish muhimligini minib ko'rganlar biladi. Bo'lmasa butun hayotingiz esga tushishi mumkin.

Sanab ko'rdim pul topishni o'rgataman degan kitoblar 100 ga yaqin ekan.

Biznes, muvaffaqiyat, oson topish, ko'p topish, 0 dan 1000 ga, yil oxirigacha $.

Topayotganlar ko‘paygan, lekin boshqarayotganlar — sanoqli.

Pulni qanday boshqarishni o'rgatadigan kitoblar 3 dona ekan.

Bir kishi bilan savol-javob qildim, o'tgan yili 500$ topgan bu yildan boshlab 1000$. Teng barobar o'sish. Ammo hali ham oylikdan oylikka.

Chunki daromad o‘sgan, lekin fikr, boshqaruv, uslub — o‘zgarmagan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz