#Malakaoshirish
🇺🇿 Bugun Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida malakani baholash jarayoniga jalb etiladigan ekspert nomzodlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
✔️ Mazkur seminar-trening kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari tomonidan tavsiya etilgan ekspertlikka nomzodlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — milliy malaka tizimi doirasida mustaqil, shaffof va xolis baholash jarayonlarini samarali tashkil etish, baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda ekspertlik faoliyatining huquqiy va metodik asoslarini mustahkamlashdan iborat.
🕯 Seminar-trening davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, muhokamalar orqali baholash jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha zarur kompetensiyalarni mustahkamlaydilar.
✔️ Mazkur o‘quv kurslari ekspertlarning kasbiy salohiyatini oshirish, baholash jarayonlarining sifati va ishonchliligini ta’minlash hamda milliy malaka tizimining institutsional asoslarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
➡️ Eslatib o‘tamiz: Seminar-trening joriy yilning 27-fevral kuniga qadar davom etadi.
🇺🇿 Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
☎️ Veb-sayt 😎 Telegram 😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.
“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi”,
– dedi Prezidentimiz.
“Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝2👍1
🇺🇿 Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
🇺🇿 Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
🇺🇿 Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
☎️ Veb-sayt 😎 Telegram 😎 Facebook
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
🇺🇿 Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kasbiystandart
🚗 Avtomobil haydovchisi (yengil)
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha haydovchi quyidagi asosiy mehnat funksiyalarini bajaradi:
🔵 Avtomobilni harakatga tayyorlash va uning texnik holatini muntazam nazorat qilish;
🔵 Yo‘l harakati jarayonida transport vositasini xavfsiz boshqarish;
🔵 Yo‘lovchilar va yuklarni belgilangan manzilga xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib berish.
🚗 Avtomobil haydovchisi (yuk tashuvchi)
Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi esa quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim:
🔵 Yuk tashish jarayonini tashkil etish va samarali amalga oshirish;
🔵 Transport vositasini belgilangan tartibda boshqarish;
🔵 Texnik xizmat ko‘rsatish va mayda nosozliklarni bartaraf etish;
🔵 Yo‘l harakati hamda mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilish;
🔵 Hujjatlar bilan ishlash va muloqot madaniyatini namoyon etish.
🚦 Professional haydovchi — xavfsiz harakat kafolati!
➡️ Batafsil
🇺🇿 Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
☎️ Veb-sayt 😎 Telegram 😎 Facebook
Transport sohasida xavfsizlik, mas’uliyat va professional mahorat eng muhim mezonlardan hisoblanadi. Shu bois “Avtomobil haydovchisi” kasbiy standarti ishlab chiqilib, unda yengil va yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilarining mehnat funksiyalari, kasbiy kompetensiyalari hamda mas’uliyat doiralari aniq belgilab berildi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha haydovchi quyidagi asosiy mehnat funksiyalarini bajaradi:
Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi esa quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim:
🚦 Professional haydovchi — xavfsiz harakat kafolati!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝1
#Malakaoshirish
🇺🇿 Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida malakani baholash jarayoniga jalb etiladigan ekspert nomzodlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.
🗓️ Besh kunlik o‘quv dasturi davomida tinglovchilar milliy malaka tizimining normativ-huquqiy asoslari, kasbiy standartlar va malaka darajalarining mazmun-mohiyati, shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqish usullari bo‘yicha chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar.
🔎 Shu bilan birga, kasbiy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, apellyatsiya jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish mexanizmlari hamda ekspertlik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlash va boshqarish masalalari yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladilar.
✍️ Mashg‘ulotlar ma’ruza, amaliy topshiriqlar, guruhli ishlar hamda loyiha taqdimotlari shaklida tashkil etildi. Tinglovchilar kasblar kesimida baholash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha ishlarini tayyorlab, ularni ekspertlar ishtirokida asoslab, himoya qildilar.
✔️ Seminar-trening davomida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari hamda amaliy vazifalar orqali tizimli ravishda baholab borildi. Shuningdek, natijalarni aniqlash, tahlil qilish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.
👍 O‘quv dasturi yakunida faol ishtirok etgan 30 ga yaqin ekspert nomzodi belgilangan tartib asosida sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
🇺🇿 Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati
☎️ Veb-sayt 😎 Telegram 😎 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2❤1