🇺🇿MMTRI - rasmiy kanal
10K subscribers
810 photos
34 videos
245 links
Ushbu kanalda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutiga oid tezkor xabarlari berib boriladi!
Download Telegram
#Malakaoshirish

🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida malakani baholash jarayoniga jalb etiladigan ekspert nomzodlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

🗓️Besh kunlik o‘quv dasturi davomida tinglovchilar milliy malaka tizimining normativ-huquqiy asoslari, kasbiy standartlar va malaka darajalarining mazmun-mohiyati, shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqish usullari bo‘yicha chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar.

🔎Shu bilan birga, kasbiy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, apellyatsiya jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish mexanizmlari hamda ekspertlik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlash va boshqarish masalalari yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladilar.

✍️Mashg‘ulotlar ma’ruza, amaliy topshiriqlar, guruhli ishlar hamda loyiha taqdimotlari shaklida tashkil etildi. Tinglovchilar kasblar kesimida baholash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha ishlarini tayyorlab, ularni ekspertlar ishtirokida asoslab, himoya qildilar.

✔️ Seminar-trening davomida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari hamda amaliy vazifalar orqali tizimli ravishda baholab borildi. Shuningdek, natijalarni aniqlash, tahlil qilish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

👍 O‘quv dasturi yakunida faol ishtirok etgan 30 ga yaqin ekspert nomzodi belgilangan tartib asosida sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21
#kitobxonlik

📌 Biz kitob mutolaa qilyapmiz. Siz-chi?!

🇺🇿 Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-9 sonli qarori (15.01.2026-y) ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga ko'ra "Bir haftada bir kitob" loyihasi yo'lga qo'yildi!

📚Bizning ilk kitobimiz Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub "Dunyoning ishlari" memuar qissasi.

✍️ Bu qissа kаttа-kichik nоvellаlаrdаn ibоrаt. Birоq ulаrning bаrchаsidа men uchun eng аziz оdаm – оnаm siymоsi bоr. Bundаgi оdаmlаrning hаmmаsini o‘z ko‘zim bilаn ko‘rgаnmаn. Fаqаt bа’zilаrining ismi o‘zgаrdi, хоlоs. Bu оdаmlаrning qismаti hаm qаysidir jihаti bilаn оnаmgа bоg‘lаngаn. Dunyodаgi hаmmа оnаlаr fаrzаndigа munоsаbаt bоbidа bir-birigа judа o‘хshаydi. Bаs, shundаy ekаn, bu аsаr sizlаrgа bаg‘ishlаnаdi, аziz Оnаjоnlаr!

📝 Muаllif


🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥1👏1👨‍💻1
#Xalqarouchrashuv

✔️ Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti) hamda Germaniyaning BIBB (Kasbiy ta’lim va tayyorgarlik federal instituti) vakillari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

☺️ Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda milliy malaka tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ustuvor va strategik yoʻnalishlar, shuningdek, TexVET II loyihasi doirasidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🗣Muloqot chog‘ida Germaniya tajribasi asosida ish beruvchilarning faolligini kuchaytirish, kasbiy standartlar va malakani baholash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✍️ Uchrashuv yakunida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda GIZning TexVET II loyihasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Memorandum imzolandi.

🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
🗣Germaniya Kasbiy ta’lim va tayyorgarlik federal instituti (BIBB) ekspertlarining hafta davomida amalga oshirgan tashrif sarhisobi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi (VET) tizimining hozirgi holati bo‘yicha tahlillar natijalari bo'yicha taqdimot qilindi.

🗣 Tahlil natijalarida dual ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonini ish joyidagi amaliy o‘qitish bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

🗣Ushbu tashabbuslarni O‘zbekiston Milliy malaka tizimi bilan uyg‘un holda rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Xususan, dual ta’limni joriy etishda kasbiy standartlardan foydalanish, tarmoqlarda koʻnikmalar tahlilini oʻtkazish, xususiy sektorni jalb qilish va kasbiy salohiyatni oshirish kabi tadbirlar bilan integratsiyani ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

🗣Shuningdek, GIZ va BIBB vakillari milliy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda dual ta’limni yanada takomillashtirish bo‘yicha rivojlanish rejasini taklif etdilar. Ushbu reja doirasida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, Kasbiy ta’lim agentligi, Tarmoq kengashlari hamda Helvetas tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda ishlash ko‘zda tutilmoqda.

🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6