🇺🇿 G‘alaba muborak! 🎉
Mirzo Ulug‘bek tumani 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-“V” sinf o‘quvchisi Kadirova Lola Fransiyada o‘tkazilgan “Para Swimming World Series” xalqaro musobaqasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Bu yuksak natija uning mehnatsevarligi, qat’iyati va sportga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi samarasidir. Ushbu g‘alaba nafaqat maktabimiz, balki yurtimiz yoshlarining salohiyatini namoyon etuvchi yorqin misoldir!
Kadirova Lolaning ushbu muvaffaqiyati bilan faxrlanamiz va unga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Mirzo Ulug'bek tumanidagi 27-maktabda tahsil olgan, xizmat vazifasini o'tayotgan chog‘ida halok bo‘lgan Adliya kapitani Ibragimov Baxtiyor Xursanaliyevich byusti poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bosh mutaxassisi Badalov Doniyor, “Olimlar” mahalla yettiligi, faxriylar, shuningdek, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
Marosim davomida Adliya kapitani Ibragimov Baxtiyor Xursanaliyevich Vatan oldidagi fidokorona xizmatlari, jasorati va yorqin xotirasi yod etilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Gul qo‘yish tadbiri yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qahramonlar xotirasini e’zozlashga xizmat qiladi.

Joriy yilning 8 may kuni Mirzo Ulug'bek tumani 27-sonli umumta'lim maktabida 9-may "Xotira va qadrlash” kuniga bag`ishlab o’tkazilgan “Xotira-abadiy,xotira- mangu” nomli tadbirdan lavhalar.
Tadbirda rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi G.I. Hakimova tomonidan tayyorlangan,o'quvchilar ijrosidagi sahna ko'rinishi,raqs va kuy- qo'shiqlar namoyish etilishi barchaga birdek manzur bo'ldi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MIRZO ULUG‘BEK TUMANIDAGI 27-SONLI MAKTABDA “KELAJAK UCHUN XORIJIY TIL” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARASI HAQIDA
11-sinf o‘quvchilari, xorijlik Cherry Kathlenn Teresa hamda maktabda faoliyat yuritayotgan mahalliy ingliz tili o‘qituvchilari bilan loyiha doirasidagi ishlar o’z natijasini ko’rsatmoqda.
Hozirgi kunda 117 nafar bitiruvchidan 33 nafari xorijiy til sertifikatiga ega.
1- bosqich test sinovlarida 20 nafar o’quvchi qatnashdi va 6 nafar o’quvchi B2 sertifikat, 8 nafar o’quvchi B1 sertifikatni qo’lga kiritdi. 27 nafar bitiruvchilar 2-bosqich test sinovlarida ishtirok etib, o’z natijasini kutmoqda, qolgan 37 nafar o’quvchilar bilan 3-bosqich test sinovlariga tayyorgarlik olib borilmoqda
Maktabdagi 8 nafar xorijiy til pedagoglar oliy va birinchi toifalarga, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega ekani o‘quv jarayoni sifatini kafolatlamoqda.
“Kelajak uchun xorijiy til” fakultativ mashg‘ulotlarning samarali yo‘lga qo‘yilgani ota-onalar tomonidan ham ijobiy qabul qilinmoqda.

MUROJAATNOMA
🔔 Hurmatli ota-onalar hamda tumandoshlarga!
Sanoqli kunlardan so‘ng maktab bitiruvchilari hayotidagi eng unutilmas va hayajonli kunlardan biri 25-may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Albatta, bu bayram har bir o‘quvchi uchun katta quvonch va yangi hayot sari qo‘yilayotgan muhim qadamdir.
Shu bilan birga, ushbu kunni tinch, xavfsiz va ko‘ngilsiz holatlarsiz o‘tkazish barchamizning mas’uliyatimiz ekanligini unutmasligimiz lozim.
Unutmang, bayramning haqiqiy go‘zalligi — uning tinch, xavfsiz va yaxshi xotiralar bilan o‘tishidadir.
📥Biz bilan birga bo‘ling — ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
📱 Web-site 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube

Shu munosabat bilan Ichki ishlar organlari xodimlari siz aziz ota-onalardan quyidagilarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raydi:
♦️ farzandlaringizning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishini nazorat qilishingizni;
♦️ voyaga yetmagan farzandlaringizning avtomashina boshqarishiga yo‘l qo‘ymasligingi; ♦️ avtomashina oynasi yoki lyugidan chiqish kabi xavfli holatlarga qat’iyan yo‘l qo‘ymasligingizni;
♦️ har qanday tartibbuzarlik, xavfli hazil va nojo‘ya harakatlarning oldini olishingizni;
♦️ farzandlaringizning suv havzalari, ko‘p qavatli uylar tomi va chordoqlariga chiqmasligi hamda notanish hududlarga bormasligini nazorat qilishingizni;
♦️ yoshlarni ustozlari, ota-onalari hamda maktab inspektor-psixologlari tavsiyalariga amal qilishga chaqirishingizni so‘raymiz.
Unutmang, bayramning haqiqiy go‘zalligi — uning tinch, xavfsiz va yaxshi xotiralar bilan o‘tishidadir.
MATBUOT XIZMATI