Fikrlarim
475 subscribers
83 photos
6 videos
58 links
Assalam alaykum aziz mehmon.
Bu kanalni bir ona, suyukli ayol, magistraturada student va bölğusi deputat(inşaAllah) olib boradi
Şaxsiy fikrlar
Öqilgan kitoblar
Hayotiy könikmalar
Va bir çimdim siyosat va tarix

Aloqa uchun: @Miyamshup
Download Telegram
Bugungi postlarim mavzusi hali turmuşga çiqmagan qizlar uçun bölyapti. Hozir ham öz boşimdan ötgan va afsuslangan joylarimni yozmoqçiman.

Qadrli qizlar, opalarim-singillarim, siz öqiganmisiz, yöqmi, turmuşga çiqmasingizdan oldin bir kitobni-Haq Kitobini öqib çiqişingiz şart va zarur. Çunki vatanını rivojlantiradigan, ummat kötaradigan öğlonlarni, Tömaris-u Xadiçalarni bizlar yetiştiramiz. Kelajak bizning qölimizda. Öğlingizni qörqmas, arslan, böri qilib, qizlaringizni ilm-marifatli va jasoratli qilib tarbiyalang. Şunda Temuriylar, Usmonlilar Xorazmşohlar kabi ajdodlarimizni iziga iz kelajak yaratamiz.

Yana bir kitob bu konstitutsiyamiz, kodekslarimiz. Çunki har birimiz öz haq huquqlarimizni biliş bilan bir qatorda bolalarimizga ham örgatişimiz kerak-ki, ularni kelajak hayotda heç kim haq huquqlarini poymol qilolmasin.


Bu gaplarni şu kitoblarni öqimagan bir ayol aytyapti, çunki men şu adabiyotlarni çukur tahlil qilib öqimaganim uçun afsusdaman. Endi öqiyapman. Qur'onni bir marta öqib çiqdim alhamdulillah, ammo bir marta öqiş yetmas ekan. Çunki, manolarini miyamda Yana bir marta çukur va murakkab joylaşim kerak-ki, ertaga bolalarim menga savol berganda ularning barça savollariga Qur'on va Qonunlar orqali bemalol öylanmay javob berişim kerak.

Nega bularni turmuşga çiqmasdan oldin deyapman? Çunki, siz turmuşga çiqqaningizdan keyin öz ustingizda işlaş vaqtingiz qisqaradi. Farzandli bölganingizdan keyin esa siz heç qaçon hozirgi siz bölmaysiz, bölolmaysiz! Bolangiz katta bolib, bolangizning ham bolalari bölganda ham siz onasiz! Siz baribir ularni muammo va hursandçiliklari bilan yaşaysiz, busiz iloj yöq! Siz özingiz bölmaysiz, bolali böldingizni bolangiz sizni hayotingizni ajralmas bölagi böladi. Men bölmaydi, biz böladi!

Bakalavr paytimda universitetda öqiyotganimda juda köp vaqtim bölgan ekan. Hozir angladimki, ança vaqtimni uvol qilgan ekanman. Ayniqsa öşa paytlarda "çarçadim deganimda nima iş qilib çarçagan ekanman? ", - deb öylab öyimga yetolmayman.

Nima demoqçiman, har bir vaqtingizni qadriga yetib bilim olişdan toymang. Çunki Olloh Öz Kitobining 1-oyatini Iqro-öqi deb boşlagan.
Forwarded from Şaxsiy kutubxonam
GLOBAL INQIROZDAN ÇIQIŞ

Iqtisodiyot hayotning talab va taklif muvozanati ustiga barpo qilinganini iddao qiladigan kapitalistik mafkura ko‘proq ishlab chiqarib, ko‘proq daromad topish uchun ommaviy axborot vositalari (OAB) dan foydalangan holda, odamlarni ko‘proq iste’mol qilishga chorlaydi. Natijada u uyiga non olib borishga qiynalayotgan ota-onalar reklamalardan ta’ sirlangan farzandlarining talablariga chiday olmasdan marketlardan o‘yinchoqlar va sotib olishga majbur bo‘ladi.

Kapitalizmda har qanday yo‘l bilan pul topish, daromad qilishga tomon olib boradi. Ishlab chiqaruvchi nazdida inson xarid qilish kuchiga ko‘ra hurmat qozonadi. Kapitalist kambag‘alga infoq-ehson qilish zarurligi to‘g‘risida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Shu sababli odamlar ochlikdan o‘layotgan bu dunyoda kapitalistlar daromadlari kamayib ketmasligi uchun mo‘l hosil olgan yillarida ham mahsulotlarining ma’lum qismini dengizga uloqtirib yuborishsa, yuborishadi-yu, lekin odamlarga tekinga berishmaydi.

Kapitalizmda "axloq” tushunchasi bo‘lmaydi
Kapitalizmning vijdoni bo‘lmaydi.

Millionlab odam qurbon bo‘lgan birinchi va ikkinchi jahon urushlarining ortida ham kapitalizmning eksplutasiya qilish (ezib ishlatish) va mahsulotlar uchun bozor topish ilinji yotgan edi.


Yaqin paytlargacha Gʻarbda foizning qonuniyligi to‘g‘risida bahs-munozara qilib kelingan bo‘lsa, endilikda foiz iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega ekanligi mutaxassislar tomonidan qabul qilingan. Ular o‘rtasida foizning miqdori qancha bo‘lishi haqida qarama-qarshi fikrlar mavjud.

Kapitalizm singari sosialistik mafkura ham foizni qonuniy daromad manbai deb hisoblaydi va iqtisodiyot nazariyalarining foizli tizimini ma’qullaydi. Islomiy davlat usmoniylar saltanati qulaganidan keyin butun dunyoda foizga asoslangan iqtisodiy tizimlar rivojlanib ketdi. Natijada kapitalistlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ezgan, eksplutatsiya qilgan mamlakatlarda qarz olingan davrda tug‘ilgan farzandlar bir umr ishlasa ham jamiyat qarzdan qutula olmaydigan darajaga yetdi.

Zavod va fabrikalar qurib, ish o‘rinlari yaratishga qurbi yetadigan yirik sarmoyadorlar foiz vositasida hech qanday qiyinchiliklarsiz, ya’ni korxona qurmay turib, ishlab chiqargan mahsulotiga xaridor qidirib o‘tirmay pul topadi. Shu tariqa jamiyatda ishsizlar soni ortadi. Oqibatda esa, mamlakatda ezuvchi va eziluvchilardan iborat bir-biriga dushman ikki sinf paydo bo‘ladi.

Omonatchilardan pul to‘plagan banklar tadbirkorga foizli qarz beradi. Tadbirkor ham o‘z navbatida, ishlab chiqargan mahsulotining tannarxiga bankka to‘lagan foizini qo‘shadi va mahsulot narxini oshiradi. Pulini bankga qo‘ygan omonatchi esa qo‘lga kiritgan foizini ishlab chiqaruvchidan qimmatga olgan mahsuloti uchun to‘lashga majbur bo‘ladi. Bunday holatda o‘z-o‘zidan aniqki, foyda ko‘rgan taraf bitta, ya’ni bank bo‘lib qoladi.

Islom infoq-ehson, zakot, sadaqa kabi tushunchalar bilan boylar va kambag‘allar o‘rtasida mustahkam muvozanat hosil qiladigan va odamlar o‘rtasida o‘zaro tartib o‘rnatadigan dindir. Bunday jamiyatda ikki sinf, ya’ni boylar va kambag‘allar o‘rtasida mojaro-nizolar yuzaga kelmaydi. Shu bois tarixda Islomiy davlatlar hukmron bo‘lgan davrlarda kapitalizmdan sosializmning ajrab chiqishi kabi holatlar kuzaga kelmagan. Islomga muxolif hech kanday tizim uning ichidan o‘sib chiqmagan.

Kapitalizmni qurgan va uni qo‘riqlagan g'oya tarafdorlari Islomning ishlab chiqarish va bandlik atrofida jipslashgan iqtisodiy tizimi eksplutasiyaga nuqta qo‘yishini anglab yetgan. Ular shuning uchun Islom dinini asos qilib olgan boshqaruv tizimlarini hukumatdan uzoqlashtirish uchun qattiq urinadilar.

Kapitalizm rivojlanayotgan hozirgi paytda musulmonlar milliy va xalqaro iqtisodiy poydevor yaratib, islomiy iqtisoddan xabardor olimlarni yetishtira olsa, yangi dunyo islomiy mamlakatlardan andoza olishi mumkin.

Harakat bizdan, tavfiq Allohdandir.

Ehson Şenojak
📚"Islom Iqtisodi"


Globalistlarning öq tomiri foiz( ribo). Foizdan voz keçilgan kuni ular inqirozga yuz tutadi.
Foizga bankda pul qöymang ham, iloji bölsa olmang ham.


https://t.me/milliykitobiqtibos
Fikrlarim
GLOBAL INQIROZDAN ÇIQIŞ Iqtisodiyot hayotning talab va taklif muvozanati ustiga barpo qilinganini iddao qiladigan kapitalistik mafkura ko‘proq ishlab chiqarib, ko‘proq daromad topish uchun ommaviy axborot vositalari (OAB) dan foydalangan holda, odamlarni…
"Şaxsiy kutubxonam" bu mening jiddiy mavzular, ilmiy işlar, ilmiy maqolalar tarjima qilinadigan, öqigan kitoblarini yozib boradigan manaviy-marifiy kanalim

Reklama qilib qöyay😊
Forwarded from Танатоз
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩: Bugun şunday boşim oğriyaptiiii, juda mazam yöq💆‍♀
👨: Seni heçam tiling oğrimaydi-ya😜🤗
Mana bu taşkilot men işga kiriş uçun hujjat topşirganimda, "malakangiz va iş tajribangiz yetarli emas",- deb meni işga qabul qilmagan edi
😅😁😄🙃

P.s. Meni homilador bölganim uçun Özbekiston Respublikasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ham işga olmagan edi
Bu Nestle kompaniyasining 4 hil bolalar uçun quruq sutlari. Bular 150 yildan köp vaqt böldi bolalar uçun çiqarila boşlagan va ko'pçilik şu sutdan bolalariga beradi.

Lekin bu sutlar bolaning içak tizimini buzib yuboradi. Ayniqsa 1 yoşgaça bularni bolalaringizga yaqinlaştirmasligingizni sörayman. Çunki meni özimni boşimdan ötgan. Nafaqat meni balki, jiyanlarim ham şu sutdan içagi işlamay qiynalgan. Uni örnigan Humana yoki Hipp sutlarini berganingiz ma’qul. Eng maquli esa kökrak suti. Bular esa ilojsiz qolganda.

Endi masalani qiziq tarafını aytaman. Bu 4 hil sut 4 hil ijtimoiy qatlam uçun işlab çiqarilgan. Bu yerda eng qimmatining ham, eng arzonining ham tarkibi deyarli bir hil. Lekin ular barça haridorlarni özida tutib turiş uçun öylangan marketing
.
ChatGPT ga meni qanday tasavvur qilasan deb sörasam shu rasmni çizib berdi😊☺️

Sizlar meni qanday tasavvur qilasiz?
Bugunning rasmlari❤️
Issiqda oila azolaringizga özingizça yangi uslubda, öğirlangan retsept asosida çoy damlab berishga şoşilmang😂

Bozor kuni erim bilan aylanişga çiqdik. Yötalim sabab menga 30 mingga çoy olib berdilar. Bu çoy uçun yetarliça qimmat narx. Agar bu pulga "Safiya"dan pirojniy olsam afsuslanmayman, çunki u tamni men takrorlay olmayman. Çoyni esa bundan ham zör qilib damlab beraman deb maqtanib keldim, uyga kelguncha😁🤦‍♀ Ering olib berganda 🤌 yur deydigan odam yöq😅

Uyga kelib çoyda körgan narsalarimni solib 6 l kastryulkada sovuq, mevali çoy qilib qöydim özimça( çunki oilada 7 kişimiz) lekin uni sovuq çoy qilib içib bölmas ekan, qaynoqqina damlang va tezda içib oling😊
Retsept:
Moyçeçak
Kök mevali çoy
Atirgul
1kg olma
Karkade
Qalampirmunçoq

Bu retsept aslida juda zör, tayyorlab korişni maslahat beraman, lekin qalampirmunçoq qöşib damlangan çoy 6 soatdan keyin açib qolar ekan. 2 l çoyimni taşlab yubordim, afsus.
⸺ Dono bilan johilning farqi nimada? ⸺ deb so‘rashdi Luqmoni hakimdan. Hakim qisqagina javob berdi:
⸺ Dono bilmasligini biladi...