Mittiland books
2.2K subscribers
3.66K photos
1.54K videos
35 files
661 links
Ingliz tilidagi bolalar kitobi do'koni! Faqat original kitoblar!
Toshkent shahri

Bepul PDF kitoblar mediamizning “file” (fayl) qismida joylashgan!

Buyurtma qilish uchun: @Shmittiland

Order in English/Russian 👉 @ezozaumarova
Download Telegram
Binomial va Trinomial kublar aslida sensorik material hisoblanadi. Ular 5-sinfda bizga o‘rgatilgan matematik formulalarning hajmli ko‘rinishi. Maktabda esa bu formulalarni hech kim bizga bunday darajada tushunarli qilib o’rgatmagan.
83👏2
Mana bu material ham matematikaga oid. Bu bolaga kasrni tushuntiradi.
62🤗2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mening Gallaktikam”

Bu kichkina kashfiyotchilar uchun yozilgan rang-barang va tushunarli kitob. Har bir sahifa orqali bola:
Quyosh tizimi bilan tanishadi
Sayyoralar haqida faktlarni o‘rganadi
Kosmos haqida orzu qiladi

📚 Bolalarcha til, katta va aniq rasmlar, qiziqarli izohlar, bularning barchasi bolangizga ilmni sevdira oladi.

👩‍🚀 Yulduzlar olamiga birinchi qadamni bugun qo‘ying!
12🔥3👍1😍1
Forwarded from Turon Montessori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Bola o‘z kuchiga ishonganida, u o‘qishga tayyor bo‘ladi 🌿

Montessori maktabga tayyorlash dasturimizda biz bolaga bilimni tayyor shaklda bermaymiz. Aksincha, u o‘zi tajriba qilib, mustaqil kashf etadi. Shu orqali ichki ishonchi va haqiqiy qiziqishi shakllanadi.

Muhit – tartibli, sokin va bolaning rivojlanish ehtiyojiga mos
Materiallar – qo‘l orqali o‘rganishga imkon beruvchi Montessori materiallari
Jarayon – bola o‘z tezligida, o‘z qiziqishiga binoan rivojlanadi

Bu jarayonda bola faqat maktab uchun emas, balki butun hayoti uchun zarur bo‘lgan odatlar va qobiliyatlarni egallaydi:
👐 mustaqillik
🧩 diqqatni jamlash
🤝 hamkorlik
💡 tafakkur erkinligi

Montessori yondashuvida bizning vazifamiz — bolaga yordam berish, lekin uning o‘rniga ishlash emas.

📩 Agar siz farzandingizning ichki kuchiga tayangan holda ishonchli o‘quvchiga aylanishini istasangiz, biz bilan bog‘laning.
9🤗1
Forwarded from Turon Montessori
Montessori uyda ham mumkin!

Aziz onalar, farzandingizning mustaqil, ishonchli va quvnoq ulg‘ayishini xohlaysizmi? Buning uchun qimmat o‘yinchoqlar kerak emas, ular shunchaki marketing. Oddiygina uyda topiladigan buyumlar kifoya qiladi.

Eng keraklilari:
• rangli stakan, krujka va likopchalar
• kichkina choynak yoki ko‘za
• latta, shimgich (bola o‘zi artishi uchun)
• bolaga mos qoshiq va pichoq
• kichkina supurgi, mo‘yqalam va chelak
• gul sug‘oradigan idish
• oyna artkich

Shu oddiy buyumlar bolangizga mustaqillikni his qildiradi va hayotiy ko‘nikmalarni beradi.

🔑 Sir oddiy: har bir mashg‘ulotning o‘z materiali bo‘lsin. Masalan:
🍎 “Olma kesish materiali” faqat olma kesishga xizmat qiladi.
🥕 “Sabzi tozalash materiali” faqat sabzi uchun bo’lsin.
🌱 “O‘simlikka g‘amxo‘rlik materiali”dagi qaychi bilan boshqa narsani qirqmasin.

Har bir to‘plamni bir xil rangda tayyorlasangiz, bola osongina farqlaydi va chalkashib ketmaydi. Bu bolada tartib, diqqat va mas’uliyatni shakllantiradi.

@turonmontessori
8🔥1👏1
Assalomu alaykum, azizlarim!

Hozirgi kunda Mittiland do’koni faol emas. Shu paytgacha onalik instinktiga bo’ysungan holda kitoblarni tanlab, sotuvga qo’yardim. Hozir Montessori falsafasining ichida yurib, avval sotilgan ba’zi kitoblar xato ekanligini tushunyapman. Inshaallah, bu do’kon faoliyati yana qayta ishga tushadi. Bolalar fitratiga mos keladigan, kontenti to’liq o’rganilgan kitoblar sizni qarshi oladi. Bizga biroz vaqt berishingizni va kanalda qolishingizni so’raymiz.

Hurmat bilan
Ezoza Umarova
🔥3624👍7👏3🎉3
Montessori bog’chamizga qabul ochildi💚
🤩73🥰3👏1
Forwarded from Turon Montessori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Turon Montessori sinf xonasi nafaqat ta’lim maskani, balki bolalarning qalbi ochiladigan, o‘zini erkin his qiladigan makon.

Quyosh nuri derazalardan to‘lib kirib, xonani yorug‘ va iliq qiladi. Atrofda yashil gullar va o‘simliklar xuddi tabiatning o‘zi bolalar yonida mujassam bo’lgandek. Ular nafaqat go‘zallik bag‘ishlaydi, balki kichkintoylarda g‘amxo‘rlik va mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otadi.

Montessori muhiti shunday tuziladiki, bola o‘zini tinch, xotirjam va hayratga to‘la dunyoda his qiladi. Yorug‘lik va gullar esa bu dunyoni yanada hayotbaxsh qiladi.

Farzandingiz yorqin kelajak poydevori Turon Montessori bilan shakllanadi 💚
18🤩4🔥3🎉2👍1
Forwarded from Turon Montessori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz bilimni majburlab emas, zavq bilan o‘rganishini xohlaysizmi? 🌱
Bu yerda bolalar har kuni maza qilib ishlaydi va o‘yin orqali dunyoni kashf etadi.
8🥰6👏3😍2
Mijozimiz talking pen olishgan edi. Bir olam taasurotlar bilan bo’lishdilar❤️ Katta rahmat, ishonch uchun tashakkur
👏95
https://www.facebook.com/share/g/1A1VwWZwD9/?mibextid=wwXIfr

Facebookda O’zbekiston Montessorichilari guruhini ochdim. Bu guruh xalqimizga montessorining asl mohiyatini tanishtirib borish, maslahat berish va montessori olamidagi yangiliklar haqida bo’ladi. Kimda facebook bo’lsa, qo’shilib olishsin.
2