Digital.uz
9.86K subscribers
14.2K photos
862 videos
1 file
5.28K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari hamda oliygoh matbuot xizmati xodimlari Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” shiori ostida tashkil etilgan chellenjda faol ishtirok etib, Toshkent viloyatida joylashgan Krasnogorsk hududida 2 gektar maydonda chiqindilardan tozalash aksiyasini o‘tkazdi.

💻 Siz ham chellenjda qatnashing va g‘olib bo‘lib, noutbuk egasiga aylaning.

Tayyorlagan videolaringizni ushbu botga yuboring: https://t.me/yurtimizniobodqilaylikbot

#mitc
#chellenj
#yurtimizniobodqilaylik

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chellenjda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz

Xabaringiz bor, Raqamli texnologiyalari vazirligi jamoasi Oʻzbekistonimizning tabiatini ozoda saqlash va “yashil makon” tashabbusiga hissa qo‘shish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenjini e’lon qilgan edi.

Tanlov natijalarini saralash jarayonlarida mutaxassislar ishtirok etib, o‘z-fikr mulohazalarini bildirishdi va g‘oliblar aniqlandi.

Ma’lumot uchun, chellenjda qatnashish maqsadida maxsus botga 100 dan ortiq videolar yuborildi, ijtimoiy tarmoqlarga #yurtimizniobodqilaylik heshtegi ostida videolar joylashtirildi.

Ushbu chellenjga va yurtimiz obodligiga bee’tibor bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizlarning mehnatlaringiz tahsinga sazovor.

Chellenj g‘oliblari kelasi hafta taqdirlanadi.

#mitc
#chellenj

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” shiori ostida o‘tkazilgan chellenj bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 18-mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi yurtimizni yanada obod qilish, bu jarayonga ko‘proq yoshlarni jalb etib, ona Vatanimiz tabiatini ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbusiga munosib hissa qo‘shish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki!” shiori ostida chellenj e’lon qilgan edi.

Shu munosabat bilan, 4-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida tadbir tashkil etildi.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3p8JlQ9

#mitc
#chellenj

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube