РАМАЗОННИ ҚАРШИЛАБ
Шом еган ой яшнаган пайти,
Яқинларда тинганда азон,
Болалардек рамазон айтиб
Остонада турар рамазон.
Бисотимда неки бор, барин
Қўлларингга қўшқўллаб тутай.
Бир қучоқла тўлдириб бағрим,
Ғамларимни буткул унутай.
Эшигимни топганинг не бахт,
Танлаб-танлаб келганинг гўзал!
Сиғмай қолиб оламга бу вақт,
Соғинганим билганинг гўзал!
Ўттиз кеча зиёфат берай,
Қулинг бўлай ўттиз кундузинг.
Фармонингга бош эгиб келай,
Остонамга келганда ўзинг.
Шом еган ой яшнаган пайти,
Юлдузчалар милтиллаган он.
Болалардек рамазон айтиб
Дарвозамда турар рамазон.
Раҳмат билан келдим дейди у,
Мағфиратга борми харидор?
Дунёсига туганмас хайру
Охиратга борми харидор?
Кел, қўлларинг ўпай, султоним,
Кулбам узра келтирдинг шараф.
Кундуз каби кулди осмоним,
Тўймаяпман кўзингга қараб...
Шом еган ой яшнаган пайти,
Ўз уйига қайтганда шаъбон.
Бўй кўрсатар рамазон айтиб
Остонада турган рамазон.
©️ Ўткирбек Муҳаммадсобир
@misralarichra
Шом еган ой яшнаган пайти,
Яқинларда тинганда азон,
Болалардек рамазон айтиб
Остонада турар рамазон.
Бисотимда неки бор, барин
Қўлларингга қўшқўллаб тутай.
Бир қучоқла тўлдириб бағрим,
Ғамларимни буткул унутай.
Эшигимни топганинг не бахт,
Танлаб-танлаб келганинг гўзал!
Сиғмай қолиб оламга бу вақт,
Соғинганим билганинг гўзал!
Ўттиз кеча зиёфат берай,
Қулинг бўлай ўттиз кундузинг.
Фармонингга бош эгиб келай,
Остонамга келганда ўзинг.
Шом еган ой яшнаган пайти,
Юлдузчалар милтиллаган он.
Болалардек рамазон айтиб
Дарвозамда турар рамазон.
Раҳмат билан келдим дейди у,
Мағфиратга борми харидор?
Дунёсига туганмас хайру
Охиратга борми харидор?
Кел, қўлларинг ўпай, султоним,
Кулбам узра келтирдинг шараф.
Кундуз каби кулди осмоним,
Тўймаяпман кўзингга қараб...
Шом еган ой яшнаган пайти,
Ўз уйига қайтганда шаъбон.
Бўй кўрсатар рамазон айтиб
Остонада турган рамазон.
@misralarichra
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TARIQAT_Uz_РОСУЛУЛЛОҲ_СИЗНИ_ЖУДА_СОҒИНДИК_Muhammad_Ayyub
<unknown>
Муҳаммад Айюб қори | Росулуллоҳ сизни жуда соғиндик
Islom uz - Ramazon nashidasi
<unknown>
Рамазон нашидаси | Муҳаммад Айюб қори ва "Жаннат булбуллар" гуруҳи.
Бу йилги сийрат дарсларимиз тугади. Рамазон ҳам кириб келди. Сийратда яшадик, ҳис қилдик. Ажойиб ҳолатлар ҳам юз берди. Аллоҳ таоло хайрга сабабчи қилсин.
Сийрат тугаганига маҳзун бўлган бўлсак, Рамазонга хурсандмиз.
Рамазон муборак бўлсин!
@siyratmanba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ТАШРИФИ РАМАЗОН
Ҳилол кўтарилди, шом тушди қатъий,
Шаъбон Билол бўлиб бошлади азон.
Руҳу жон муқтадий, жаҳон муқтадий,
Кўнгил меҳробига ўтди Рамазон.
©️ Ўткирбек Муҳаммад Собир
@misralarichra
Ҳилол кўтарилди, шом тушди қатъий,
Шаъбон Билол бўлиб бошлади азон.
Руҳу жон муқтадий, жаҳон муқтадий,
Кўнгил меҳробига ўтди Рамазон.
@misralarichra
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Koʻngil roʻzasi
Ey, koʻngi sen ham muslimsan,
Men oʻxsharsan – muslimsan!
Kel ramazonni kutali,
Roʻzani birga tutali!
Sening roʻzang emas oson,
Haq yoʻlida mosivosan!
Yodingda undan oʻzga yoʻq,
Gar oʻzga boʻlsa – roʻza yoʻq!
Bu shart ogʻir, base dushvor,
Andisha qil, boʻlib xushyor.
Rabbing faromush etsang bas,
Tutgan roʻzang roʻza emas.
Chalgʻitar seni xayollar,
Xayollarga yoʻq poyonlar.
Zalolat yoʻliga boshlar,
Isyonlar choʻliga toshlar.
Ichga kirib zillat, kibr,
Xotirga kelsa shum fikr.
Qoʻrq koʻngil, roʻzang ochilgay,
Men nechuk bunga ochilmay?
Til biyro, degay men soyim,
Riyodan saqla, xudoyim!
Vasvasalar kirib goh-goh,
Oh kim, koʻngil holing taboh!
Bir-u borga iqroring bor,
Ayt, nega sen agʻyorga yor!
Gar ergashib ahli radga,
Ikkilik qilsang Ahadga,
Koʻnglim seni demam koʻngil,
Koʻngil boʻlmay, toshga doʻngil!
Qayt! Qayt! Keldi qaytar chogʻing,
Xolis tavba yuvar dogʻing.
Sarkashlik bas, Haqqa egil,
Qora boʻlsang, oqqa egil.
Desangki, poklansin bu ich,
Maʼrifat bahridan suv ich.
Soim koʻngil, nurga toʻlgil,
Muhabbat oshyoni boʻlgil!
©islomuz
@misralarichra
Ey, koʻngi sen ham muslimsan,
Men oʻxsharsan – muslimsan!
Kel ramazonni kutali,
Roʻzani birga tutali!
Sening roʻzang emas oson,
Haq yoʻlida mosivosan!
Yodingda undan oʻzga yoʻq,
Gar oʻzga boʻlsa – roʻza yoʻq!
Bu shart ogʻir, base dushvor,
Andisha qil, boʻlib xushyor.
Rabbing faromush etsang bas,
Tutgan roʻzang roʻza emas.
Chalgʻitar seni xayollar,
Xayollarga yoʻq poyonlar.
Zalolat yoʻliga boshlar,
Isyonlar choʻliga toshlar.
Ichga kirib zillat, kibr,
Xotirga kelsa shum fikr.
Qoʻrq koʻngil, roʻzang ochilgay,
Men nechuk bunga ochilmay?
Til biyro, degay men soyim,
Riyodan saqla, xudoyim!
Vasvasalar kirib goh-goh,
Oh kim, koʻngil holing taboh!
Bir-u borga iqroring bor,
Ayt, nega sen agʻyorga yor!
Gar ergashib ahli radga,
Ikkilik qilsang Ahadga,
Koʻnglim seni demam koʻngil,
Koʻngil boʻlmay, toshga doʻngil!
Qayt! Qayt! Keldi qaytar chogʻing,
Xolis tavba yuvar dogʻing.
Sarkashlik bas, Haqqa egil,
Qora boʻlsang, oqqa egil.
Desangki, poklansin bu ich,
Maʼrifat bahridan suv ich.
Soim koʻngil, nurga toʻlgil,
Muhabbat oshyoni boʻlgil!
©islomuz
@misralarichra
❤🔥1🔥1
MAHZUNLIK
Ketmoqda jimgina buyuk ramazon,
Uning koʻzlariga tikilmoq qiyin.
Kimdir pichirlaydi judayam arzon:
“Qaytadi baribir bir yildan keyin...”
Ha, olgʻir hayotning qoidalari
Yutib yuboradi yana bizlarni.
Ovchidek ergashib yurganimiz sari,
U sekin yoʻqotib borar izlarin...
Goʻyo dil yurtidan quvilgan surgun
Ichga toʻkajakmiz koʻz yoshlarimiz,
U bizni quchoqlab oladi bir kun --
Tugab bitganida bardoshlarimiz...
Ha, shunda topamiz armugʻon kuchin:
“Ey yurak, och qolsang, gʻamingni yeyman!”
Tiriklik sharafin saqlamoq uchun
Ramazon bir yillik quvvatmi, deyman.
Alvido soʻzidan yasamam taskin,
Axir, qaylardadir mangudir bahor --
Ramazon taqvimdan ketishi mumkin,
Ammo yuraklarda qolmogʻi ham bor.
Ul yurak yurtida daryo besohil,
Risolat chashmasi tutqazar paygʻom --
Sharafli zotlarning uyida bir yil
Ayyom davom etar, ilohiy ayyom!!!
©Xayrulla Hamidov
@misralarichra
Ketmoqda jimgina buyuk ramazon,
Uning koʻzlariga tikilmoq qiyin.
Kimdir pichirlaydi judayam arzon:
“Qaytadi baribir bir yildan keyin...”
Ha, olgʻir hayotning qoidalari
Yutib yuboradi yana bizlarni.
Ovchidek ergashib yurganimiz sari,
U sekin yoʻqotib borar izlarin...
Goʻyo dil yurtidan quvilgan surgun
Ichga toʻkajakmiz koʻz yoshlarimiz,
U bizni quchoqlab oladi bir kun --
Tugab bitganida bardoshlarimiz...
Ha, shunda topamiz armugʻon kuchin:
“Ey yurak, och qolsang, gʻamingni yeyman!”
Tiriklik sharafin saqlamoq uchun
Ramazon bir yillik quvvatmi, deyman.
Alvido soʻzidan yasamam taskin,
Axir, qaylardadir mangudir bahor --
Ramazon taqvimdan ketishi mumkin,
Ammo yuraklarda qolmogʻi ham bor.
Ul yurak yurtida daryo besohil,
Risolat chashmasi tutqazar paygʻom --
Sharafli zotlarning uyida bir yil
Ayyom davom etar, ilohiy ayyom!!!
©Xayrulla Hamidov
@misralarichra
😢2😭1
Audio
Бу дунё роҳатини эй Ҳувайдо ихтиёр этма,
Ки ҳар роҳат аросида бўлур албатта ғам пайдо...
©aqoid_asoslari
@misralarichra
Ки ҳар роҳат аросида бўлур албатта ғам пайдо...
©aqoid_asoslari
@misralarichra
😢2
Misralar ichra...
Бу дунё роҳатини эй Ҳувайдо ихтиёр этма, Ки ҳар роҳат аросида бўлур албатта ғам пайдо... ©aqoid_asoslari @misralarichra
Qayta-qayta eshitish qattiq tavsiya qilinadi!
Shundagina ma'nosini chuqur anglash mumkin.
Shundagina ma'nosini chuqur anglash mumkin.
MADINAM
Visoling qumsaydi ko'ngillar takror,
Hayoldan o'tasan, ko'zlar bo'lar nam
Derlarki: "Bir emas, ikki quyosh bor",
Habibim duosin olgan Madinam...
Zarra tuprog'ing ham baxtli naqadar,
Nabiyning muborak izi mujassam
Bag'ringdan eng xushbo'y ifor taralar,
Har joy sakinatga to'lgan Madinam...
Dunyolar ichra go'zalsan, ko'rkam,
Esgan shamoling dillarga malham
Hazrat Abu Bakr siddiqligiyu,
Umar adolatin ko'rgan Madinam...
Baqi'dek ne ulug' bir qabristonning,
Qaniydi men ham bag'rida bo'lsam
Hayosiga guvoh shahid Usmonning,
Ali zakovatin bilgan Madinam...
Kunlar o:tgan sayin o:rtaydi firoq,
Qalblar yaqin-u, lek, manzil yiroq,
Biz unga, u bizga mahbub o'laroq,
Ustida Uhudi bo'lgan Madinam...
Sahobalar sodiq bo'ldilar har dam,
Shahidlar Jannatda bo'lajaklar jam,
O'lik deyilmaslar, jon bersalar ham,
Hamza janozasi o'tgan Madinam...
Xolid olgan edi "Sayfulloh" nomin,
Islom-chun xatarga qo'yishgan jonin,
Bilolning azoni yangragan zamin,
Necha ulug' shaxslar yotgan Madinam..
"Sahiylik dengizi", ul ibn Ja'far,
Aytay Hofizlarni, Qur'onda mahkam,
Ubay ibn Ka'b-u, ibn Mas'udlar,
Solimdek qorilar o'tgan Madinam...
Huzayfa bo'lgandi Nabiyga sirdosh,
Nuri Islom bilan yorishdi olam
Senda masrur erur, hatto tog'-u tosh,
Saodat lazzatin totgan Madinam...
Xullas, ta'rifingni tugatolmam hech,
Lek, ortiq yozmoqqa ojizdir qalam
Qumsar seni dillar erta birla kech,
Ansorlar Habibin kutgan Madinam,
"Marhabo" deb yo'lin tutgan Madinam...
#Bintu Habibulloh
@misralarichra
Visoling qumsaydi ko'ngillar takror,
Hayoldan o'tasan, ko'zlar bo'lar nam
Derlarki: "Bir emas, ikki quyosh bor",
Habibim duosin olgan Madinam...
Zarra tuprog'ing ham baxtli naqadar,
Nabiyning muborak izi mujassam
Bag'ringdan eng xushbo'y ifor taralar,
Har joy sakinatga to'lgan Madinam...
Dunyolar ichra go'zalsan, ko'rkam,
Esgan shamoling dillarga malham
Hazrat Abu Bakr siddiqligiyu,
Umar adolatin ko'rgan Madinam...
Baqi'dek ne ulug' bir qabristonning,
Qaniydi men ham bag'rida bo'lsam
Hayosiga guvoh shahid Usmonning,
Ali zakovatin bilgan Madinam...
Kunlar o:tgan sayin o:rtaydi firoq,
Qalblar yaqin-u, lek, manzil yiroq,
Biz unga, u bizga mahbub o'laroq,
Ustida Uhudi bo'lgan Madinam...
Sahobalar sodiq bo'ldilar har dam,
Shahidlar Jannatda bo'lajaklar jam,
O'lik deyilmaslar, jon bersalar ham,
Hamza janozasi o'tgan Madinam...
Xolid olgan edi "Sayfulloh" nomin,
Islom-chun xatarga qo'yishgan jonin,
Bilolning azoni yangragan zamin,
Necha ulug' shaxslar yotgan Madinam..
"Sahiylik dengizi", ul ibn Ja'far,
Aytay Hofizlarni, Qur'onda mahkam,
Ubay ibn Ka'b-u, ibn Mas'udlar,
Solimdek qorilar o'tgan Madinam...
Huzayfa bo'lgandi Nabiyga sirdosh,
Nuri Islom bilan yorishdi olam
Senda masrur erur, hatto tog'-u tosh,
Saodat lazzatin totgan Madinam...
Xullas, ta'rifingni tugatolmam hech,
Lek, ortiq yozmoqqa ojizdir qalam
Qumsar seni dillar erta birla kech,
Ansorlar Habibin kutgan Madinam,
"Marhabo" deb yo'lin tutgan Madinam...
#Bintu Habibulloh
@misralarichra
❤1🔥1
Tilim seni so'ylasin, qalbim doim seni eslasin,
Sevgingga to'qnashmagan qalb ko'ksimda bo'lmasin.
Mushk taratgan tuprog'ingga yuzlarimni surmasam,
Isyon ila chirigan ko'zlarim yumulmasin.
©Ahmad Lutfiy Qozonchi
@misralarichra
Sevgingga to'qnashmagan qalb ko'ksimda bo'lmasin.
Mushk taratgan tuprog'ingga yuzlarimni surmasam,
Isyon ila chirigan ko'zlarim yumulmasin.
©Ahmad Lutfiy Qozonchi
@misralarichra
🔥3😭2
#nazm
Masjidingiz uzra asta qadamlab,
Yerlaridan izingiz qidirib keldim.
Devorlarin barmoqlarim ohista silab,
Mushkli iforingiz qidirib keldim.
Salom aytay sizga bir bora deya,
Ravzangizga uzoqdan oshufta keldim.
Hayajonda oldingizga kirarkan ammo,
So'z topmay, ko'zimdagi yosh bo'lib keldim.
Hech ketgim kelmayin huzuringizdan,
Qani endi bir umr qolsam deb keldim.
Ajramay Abu Bakr, Umar as'hobingizdan,
Siddiqlik va odillik o'rgansam deb keldim.
Ubay-u, ibn Mas'uddek tartil qilolmasam ham,
Sizga bir bora Qur'on o'qib beray deb keldim.
Shunda mendek xatokor ummatingizga,
Shoyad shafoat etsangiz deb umidvor keldim.
Sizga munosib ergash bo'lolmasam-da,
Kech bo'lsa ham amalim tuzatay deb keldim.
Ba'zan sizni keragidek sevolmasam-da,
Dunyo sevgisidan mana kechay deb keldim.
Chorasiz duo etib "Allohim, bir kun,
Jannatda suhbatdosh qil", yolvorib keldim.
Bugun ravzangizda qovushganimdek,
O'shanda Firdavsda meni eslang deb keldim.
©weareululalbab
@misralarichra
Masjidingiz uzra asta qadamlab,
Yerlaridan izingiz qidirib keldim.
Devorlarin barmoqlarim ohista silab,
Mushkli iforingiz qidirib keldim.
Salom aytay sizga bir bora deya,
Ravzangizga uzoqdan oshufta keldim.
Hayajonda oldingizga kirarkan ammo,
So'z topmay, ko'zimdagi yosh bo'lib keldim.
Hech ketgim kelmayin huzuringizdan,
Qani endi bir umr qolsam deb keldim.
Ajramay Abu Bakr, Umar as'hobingizdan,
Siddiqlik va odillik o'rgansam deb keldim.
Ubay-u, ibn Mas'uddek tartil qilolmasam ham,
Sizga bir bora Qur'on o'qib beray deb keldim.
Shunda mendek xatokor ummatingizga,
Shoyad shafoat etsangiz deb umidvor keldim.
Sizga munosib ergash bo'lolmasam-da,
Kech bo'lsa ham amalim tuzatay deb keldim.
Ba'zan sizni keragidek sevolmasam-da,
Dunyo sevgisidan mana kechay deb keldim.
Chorasiz duo etib "Allohim, bir kun,
Jannatda suhbatdosh qil", yolvorib keldim.
Bugun ravzangizda qovushganimdek,
O'shanda Firdavsda meni eslang deb keldim.
©weareululalbab
@misralarichra
⚡3
Derd-mendim Yâ Resulallah Devâ Ol Derdime
(Müellif: Ali Ulvi Kurucu)
Derdmendim yâ Resûlallah devâ ol derdime
Destgîr ol yâ Habîballah bu 'âsî mücrime
Sen şefâ'at kânı varken yalvarayım ben kime
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Serfirâz-ı enbiyâsın cümlenin sultânısın
İlm-i zâhir ilm-i bâtın ilm-i ledünn sultânısın
Herkesin cândan azîz cânısın ve hem cânânısın
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Bûy-i vaslındır mu'attar eyleyen sünbülleri
Nûr cemâlinden eserdir bağ-ı aşkın gülleri
Gül cemâlindir Habîbim mest eden bülbülleri
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın, bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Cânını cânâne kurbân eyliyor pervâneler
Bezm-i vaslın neş’esinden gaşyolur mestâneler
Âşıkın gözyaşlarından doldu hep peymâneler
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın, bülbül-i nâlânıyım.
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Ermek istersen O Şâh’ın himmet ü imdâdına
Cân ü dilden âşık ol sen ism-i zât evrâdına
Ses verir Ulvî melekler âteşin feryâdına
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım...
©aqoid asoslari
@misralarichra
(Müellif: Ali Ulvi Kurucu)
Derdmendim yâ Resûlallah devâ ol derdime
Destgîr ol yâ Habîballah bu 'âsî mücrime
Sen şefâ'at kânı varken yalvarayım ben kime
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Serfirâz-ı enbiyâsın cümlenin sultânısın
İlm-i zâhir ilm-i bâtın ilm-i ledünn sultânısın
Herkesin cândan azîz cânısın ve hem cânânısın
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Bûy-i vaslındır mu'attar eyleyen sünbülleri
Nûr cemâlinden eserdir bağ-ı aşkın gülleri
Gül cemâlindir Habîbim mest eden bülbülleri
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın, bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Cânını cânâne kurbân eyliyor pervâneler
Bezm-i vaslın neş’esinden gaşyolur mestâneler
Âşıkın gözyaşlarından doldu hep peymâneler
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın, bülbül-i nâlânıyım.
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım
Ermek istersen O Şâh’ın himmet ü imdâdına
Cân ü dilden âşık ol sen ism-i zât evrâdına
Ses verir Ulvî melekler âteşin feryâdına
Ben Resûl-i Kibriyâ'nın bülbül-i nâlânıyım
Mücrimim gerçi Cemâl-i Mustafâ hayrânıyım...
©aqoid asoslari
@misralarichra
To'y qilishga ne hojat,
Ehh qancha vaqt ketadi.
Bir mulla, bir kalla qant,
Ikkita guvoh yetadi.
©nurmuhammadshoir
@misralarichra
Ehh qancha vaqt ketadi.
Bir mulla, bir kalla qant,
Ikkita guvoh yetadi.
©nurmuhammadshoir
@misralarichra
🤣12👍2
Borar joyim sen erursan
Intilmaymi sen tomon?!
Rosulimning oyoq qo'ygan
Eng suyukli yerisan.
Qani edi yetisholsam,
Bora olsam sen tomon
Bu sog'inchlar so'narmi, ayt?!
Yetar bo'lsam sen tomon...
Bu ko'z yoshlar bitarmi, ayt?!
Yetar bo'lsam sen tomon...
Nahot firoq bitmas bo'ldi?!
Bu jism-u jon yetmas bo'ldi.
Ammo yetdi qalb-u ruhlar
Men yetsaydim, sen tomon...
Bu sog'inchlar bitarmi, ayt?
Men yetarsam sen tomon...
Kulayapman, ko'zimda yosh
Qarayapman, qalbimda yosh
O'ylay desam, xotirim bo'sh
Bu sog'inchlar bitarmi, ayt?!
04.03.2025 ✍
@misralarichra
Intilmaymi sen tomon?!
Rosulimning oyoq qo'ygan
Eng suyukli yerisan.
Qani edi yetisholsam,
Bora olsam sen tomon
Bu sog'inchlar so'narmi, ayt?!
Yetar bo'lsam sen tomon...
Bu ko'z yoshlar bitarmi, ayt?!
Yetar bo'lsam sen tomon...
Nahot firoq bitmas bo'ldi?!
Bu jism-u jon yetmas bo'ldi.
Ammo yetdi qalb-u ruhlar
Men yetsaydim, sen tomon...
Bu sog'inchlar bitarmi, ayt?
Men yetarsam sen tomon...
Kulayapman, ko'zimda yosh
Qarayapman, qalbimda yosh
O'ylay desam, xotirim bo'sh
Bu sog'inchlar bitarmi, ayt?!
04.03.2025 ✍
@misralarichra
❤3🔥1
Kitobni do'st tutdim, deyapsan ammo
Do'stni haqqini ham bermoq unutma!
Ko'p o'qish, ko'p fikr, ko'proq tafakkur
Kalomlar mag'zini chaqarsan shoshma.
Kitobni do'st tutdim, deyapsan ammo
Do'stni zaruratda eslayapsan sen.
Axir do'st sodiq ermasmi har on
Do'stni do'st qilgan ham asli shumasmi?!
Kitobni do'st tutdim deyapsan, ammo
So'nggi kitobing ne bo'ldi, o'yla.
Chala qoldi, yetar-yetmas qoldi yarmida
Tugatmoq istading, bergan kunida.
Axir qachon o'sha Alloh bergan kun?
Allohni kuni ko'p, o'limni esla.
31.07.2025 ✍
@misralarichra
Do'stni haqqini ham bermoq unutma!
Ko'p o'qish, ko'p fikr, ko'proq tafakkur
Kalomlar mag'zini chaqarsan shoshma.
Kitobni do'st tutdim, deyapsan ammo
Do'stni zaruratda eslayapsan sen.
Axir do'st sodiq ermasmi har on
Do'stni do'st qilgan ham asli shumasmi?!
Kitobni do'st tutdim deyapsan, ammo
So'nggi kitobing ne bo'ldi, o'yla.
Chala qoldi, yetar-yetmas qoldi yarmida
Tugatmoq istading, bergan kunida.
Axir qachon o'sha Alloh bergan kun?
Allohni kuni ko'p, o'limni esla.
31.07.2025 ✍
@misralarichra
🔥3👍1
Ko'rmadim, sevdim uni
Man yetolmay xayronaman,
Yetganlar qay xasrat ichra
Bilolmay ovvoraman.
18.11.2025 ✍
@misralarichra
Man yetolmay xayronaman,
Yetganlar qay xasrat ichra
Bilolmay ovvoraman.
18.11.2025 ✍
@misralarichra
🔥2
Yarador ko‘nglimning yurdim izidan,
Mast bo‘ldim tuzalmas yara isidan,
Ishqning isi bumi - ajab, ming ajab,
Og‘riqlar chiqdi tez ko‘nglim esidan.
© Shamsuddin Sadruddin
@misralarichra
Mast bo‘ldim tuzalmas yara isidan,
Ishqning isi bumi - ajab, ming ajab,
Og‘riqlar chiqdi tez ko‘nglim esidan.
© Shamsuddin Sadruddin
@misralarichra
❤2
UZUM SHODASI
Bor edi nafis bir uzum shodasi,
Osilib turardi ishtaha ochib.
Yulduzdek yorqin edi har donasi,
Yaltirardi atrofga nurin sochib.
Hech hayol ham qilmagan edi bir kun,
Oʻzgacha taqdiri bor deb dunyoda.
Shunchaki yeyilib yoʻq boʻlmoq uchun,
Kelmagan, balki u turfa bir shoda.
Addos dedi bir kun: qani kel buyon,
Shoshilgin, axir baxting kuldi bugun.
Bizga tashrif buyurdi ulugʻ mehmon,
Chehrasi oydek porloq, yuzi gulgun.
Yur, borib, nuridan olamiz bahra,
Bagʻriga otaylik ruh-u jismimiz.
Bu ne oliylik, ne sharaf, bir qara,
Tarixga kiradi bizning ismimiz.
Ey shoda! Baxtimiz bo’ldi-ku zohir,
Koʻngil masrur, toʻldi bugun safoga.
Yetti uxlab tush koʻrmagandik axir,
Yoʻliqurman deb hazrat Mustafoga!
🖋 Toʻliq oʻqish
©fuqoyriy (Usmon Mahmud)
@misralarichra
Bor edi nafis bir uzum shodasi,
Osilib turardi ishtaha ochib.
Yulduzdek yorqin edi har donasi,
Yaltirardi atrofga nurin sochib.
Hech hayol ham qilmagan edi bir kun,
Oʻzgacha taqdiri bor deb dunyoda.
Shunchaki yeyilib yoʻq boʻlmoq uchun,
Kelmagan, balki u turfa bir shoda.
Addos dedi bir kun: qani kel buyon,
Shoshilgin, axir baxting kuldi bugun.
Bizga tashrif buyurdi ulugʻ mehmon,
Chehrasi oydek porloq, yuzi gulgun.
Yur, borib, nuridan olamiz bahra,
Bagʻriga otaylik ruh-u jismimiz.
Bu ne oliylik, ne sharaf, bir qara,
Tarixga kiradi bizning ismimiz.
Ey shoda! Baxtimiz bo’ldi-ku zohir,
Koʻngil masrur, toʻldi bugun safoga.
Yetti uxlab tush koʻrmagandik axir,
Yoʻliqurman deb hazrat Mustafoga!
©fuqoyriy (Usmon Mahmud)
@misralarichra
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Jism to'ydi, ruh hayron
Nafsdir ko'rgan rohatin.
Jism to'ydi, ruh hayron
Ruh istaydir Xoliqin.
Zikr etgil Robbing sen,
Rahmonni pokla, yod et.
02.01.2026 ✍
@misralarichra
Nafsdir ko'rgan rohatin.
Jism to'ydi, ruh hayron
Ruh istaydir Xoliqin.
Zikr etgil Robbing sen,
Rahmonni pokla, yod et.
02.01.2026 ✍
@misralarichra
🔥1
رمضان تجلى وابتسم
طوبى للعبد إذا اغتنم
أرضى مولاه بما التزما
طوبى للنفس بتقواها
رمضان زمان الحسنات
رمضان محط البركات
رمضان مجال الصلوات
يسمو بالنفس لمولاها
رمضان يكفر ما فرط
من خطأ الناس وما اختلط
فعسى من عفو الله عطا
لقلوب الأمة يرعاها
رمضان طهور الأرواح
رمضان زمان الأفراح
رمضان منار الإصلاح
في دنيا الناس وأخراها
رمضان تجلى وابتسم
طوبى للعبد إذا اغتنم
أرضى مولاه بما التزما
طوبى للنفس بتقواها
©Farohiy
@misralarichra
طوبى للعبد إذا اغتنم
أرضى مولاه بما التزما
طوبى للنفس بتقواها
رمضان زمان الحسنات
رمضان محط البركات
رمضان مجال الصلوات
يسمو بالنفس لمولاها
رمضان يكفر ما فرط
من خطأ الناس وما اختلط
فعسى من عفو الله عطا
لقلوب الأمة يرعاها
رمضان طهور الأرواح
رمضان زمان الأفراح
رمضان منار الإصلاح
في دنيا الناس وأخراها
رمضان تجلى وابتسم
طوبى للعبد إذا اغتنم
أرضى مولاه بما التزما
طوبى للنفس بتقواها
©Farohiy
@misralarichra
❤3