Misraginam
621 subscribers
3.67K photos
90 videos
2 files
13 links
Ushbu kanalda o'zbek hamda jahon adabiyoti namoyandalarining asarlaridan parchalar namunalari e'lon qilinadi.

Taklif va mulohazalar: @oydin2185
Download Telegram
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.

Xayrulla Hamidov
Aytishlaricha, avgustdan kuz ifori kelarkan. Bilmayman. Balki shundaydir. Lekin men yozning so'nggi salomini yaxshi ko'raman.

Marina Svetayeva

@misraginam
* Moddiy sohada xarajatlarni kamaytirish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin.
* Nomoddiy sohada esa xarajatlarni oshirish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Yulo Vooglayd

@misraginam
Mehnatga majburlash mumkin, lekin hamkorlikka majburlay olmaysiz!
Bir-birini hurmat qiladigan va qo'llab-quvvatlaydigan alohida shaxsiyatlargina hamkorlik qilishlari mumkin.

Yulo Vooglayd

@misraginam
Sabr bilan kuzni kutmoqdaman.
Qisqa, salqin va sokin kunlar, sap-sariq xiyobonlar, issiq qahva va  albatta yomg'ir...

@misraginam
Sensan nomus va sha’nim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.

Abdulla Oripov

@misraginam