Misbaah | المصباح
49 subscribers
251 photos
33 videos
1 file
23 links
#shunchaki ba'zida yozishga ehtiyoj tug'iladi
Download Telegram
men yonayotgan edim...
sen esa kelib meni tutun hidida ayblading

f.dostoevskiy
Har kimga ishonma. Bardoshing haqqi!
So’ngra bir sabringga bo’lar qiyini…
Yelka yo’q. Janglarda qolasan yakka -
Yengadi hayotning g’irrom o’yini.

Bir kun bog’zing yorib chiqadi ohing,
Bir kun inkorlaring toptaydi asli.
Bir kun o’zingdan ham ishongan tog’ing
Suyansang - qulasa… Fojiyangmasmi?!

@misbaah2
O'zimdan o'zimga

Kelaveradi kun ketidan tun
Yana bir yil, òtdi bir bolak umr
Unutma ketmoq bor bir kun
Meni kechir hammasi* uchun...
p.s : hammasi - manfaatsiz òtgan vaqt(

@misbaah2
xatolar ko'p bo'ldi to'g'ri menda ham
yanglish bosilgandi ba'zi qadamlar
gar hayot bo'lsa ham tirik bo'lsa ham
men uchun o'lganlar ba'zi odamlar
niqob ortidagi yuzlari uchun
o'tmishda qoldirgan izlari uchun
ortimdan g'iybatli so'zlari uchun
men uchun o'lganlar ba'zi odamlar

@misbaah2
so'ngra oyog'imni siltab yuztuban
sudray boshladilar haqiqat tomon
hilqatga boshimni ko'tarib tiyran
ketdim ketaverdim bu azob yomon

dardlar qiziq ekan qochib qutulsang
oldingdan yangisi qarshi olarkan
yurak dard ketidan dard kelaversa
oxiri o'rganib ham qolarkan

bu dard deganladi o'zing ham yetmay
qiynar ekan qondosh bag'ru jigarni
ishon rohatlanar ekansan bir kun
bol deb ichirganda zaharni

dunyoga baqir do'st faryodlar solib
axir bu hayotning bezagi darddir
ko'ngil sabog'iga intilgan tolib
darmon degan so'zning o'zagi darddir

dardlar o'yin bo'lib qoldimi she'rga
tortib olajaklar albatta uni
va topa olmaysan u qaytib kelmas
qolmas qoshingda ham bir zarra gardi

tong chog'i nogoh sezib qolasan
asli eng yomon dard bedardlik dardi
yig'lamoq istaysan ko'z yosh qayoqda
fig'ondan asar yo'q, she'r bitilmaydi
bozor aylanasan do'konlar ko'pu
lekin biror joyda dard sotilmaydi
#sheriyat #tafakkur

Ona yuragimda simillar og'riq
hayot girdobida berayapman jon
doim yaxshilikni istadim biroq
afsus, jajji qalbda laxta laxta qon

ezgu orzularim bo'lmoqda barbod
asli sof yurakka tushmoqda dog'lar
insof, vijdonning bozori kasod
Ona, bu yashashda qolmadi sog'lar

@misbaah2
#sheriyat #tafakkur

eshitdik zoʻr ekan hikoyatingni
ammo bir gapim bor qattiqroq olma
Allohga ayt ana shikoyatingni
hadeb qismatingni oʻrtaga solma

aqlla bezamish Xoliq insonni
senda bashariylik holidan qolma
oʻzing tanlagansan bu imtihonni
hadeb uzlatingni oʻrtaga solma

shayton yurar mudom fe'lingni poylab
mayli sen qochmoqdan hech lahza tolma
valiylar sukutin dilingga joylab
vale hislatingni oʻrtaga solma

har banda boʻynida savobu xato
gʻariblik rutbangdan aslo uyalma
Alloh uchun qilgan boʻlsang mabodo
hadeb xizmatingni oʻrtaga solma

@misbaah2
#sheriyat #tafakkur

dardlar o'yin bo'lib qoldimi she'rga
tortib olajaklar albatta uni
va topa olmaysan u qaytib kelmas
qolmas qoshingda ham bir zarra gardi
tong chog'i nogoh sezib qolasan
asli eng yomon dard bedardlik dardi
yig'lamoq istaysan ko'z yosh qayoqda
fig'ondan asar yo'q she'r bitilmaydi
bozor aylanasan do'konlar ko'pu
lekin biror joyda dard sotilmaydi...

@misbaah2
#sheriyat #tafakkur

jiddiy etirozim bordir u kunga
hamon bitmayabdi yaramning o'rni
ko'zim sotib qo'ydi nogahon unga
tamomiy yurakka tegishli sirni

birdan siyohrangga burkandi olam
sharmisor ayladi meni bu firib
endi o'sha sotqin ko'zlarim bilan
sochilgan sirlarni yuribman terib

@misbaah2
#sheriyat #atalgan

Kurashlar yengdimi? nigohlarda yosh,
Yurak ayt, qandayin darding bor sani?!
Tiqilib, yoqangga kelsada bardosh,
To’lsa, qo’yaverding yangi kosani…

Kim bilar, darding ne, darmoning qay dil,
Qay jangda yutasan, O’zi biladi…
Balki, yuz yil yasha, ehtimol ming yil –
Lek umr – sabringga kamlik qiladi…

@misbaah2
#mutolaa

“… Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo’lib ketish uchun yaratilmagan. Uni yanchib tashlash mumkin, lekin yengib bo’lmaydi.”

Ernest Xeminguey “Chol va dengiz”

@misbaah2
So'zlarning so'zlarga ishonchi o'lgan,
Har odam bo'lg'usi g'iybatga nishon.
Zabonsiz nurida dardlari to'lgan
Nigohlar aldamas ularga ishon...

@misbaah2
#sheriyat #tafakkur

Zohirimdan rozi bòlolmas botin
Òylarim qochgandir oqillik bilan
Orzu qilishimga qòymas hayotim
Hayolim kelishmas voqelik bilan

Kòzlarim qarida mantiq topilmas
Balkim bu yomondir balki yaxshidir
Baxtsizlik haqida gapirib bòlmas
Baxt haqida yozishga umrim qarshidir

@misbaah2
#sheriyat #tafakkur

va bir kun boshlanar g'alati mavsum
da'volar da'volar chirkin da'volar
bog'da andaliblar aylarlar ta'zim
gullarda haqqinga duo o'qirlar

boshlaysan yozasan ko'p deya dardim
dunyoni buzasan shovqin solasan
gapning po'stkallasin aytsam ey do'stim
shoir bo'lganingni bilmay qolasan

qadam tashlab nogoh baxt quchog'iga
ataysan o'zingni qayg'uga kotib
o'zing sezmaysanu ammo chin gapim
kun ko'ra boshlaysan dardingni sotib

mana shu joyida yetib oxirga
topasan o'zga bir matlab tuyg'uni
dardlar o'yin bo'lib qoldimi she'rga
tortib olajaklar albatta uni

@misbaah2
nega men shoshildim katta boʻlishga
toʻxtamay yugurdim u yonu bu yon
vaqt topolmay qoldim endi kulishga
ulgʻayish yoqmadi menga Onajon

kattalarga qarab havas qilardim
oʻylardim ulgʻaysam qaniydi shu on
hayot bundayligin qaydan bilardim
ulgʻayish yoqmadi menga Onajon

kapalak quvlagan bolalik qani
qayta olmayapman ortimga hamon
bildim toʻlmas ekan insonning kami
ulgʻayish yoqmadi menga Onajon

bolalil juda tez ketti uzoqqa
menchi yetolmadim bolalik tomon
tushib qolgandekman tubsiz tuzoqqa
ulgʻayish yoqmadi menga Onajon

@misbaah2
yuragimda tashvish tashidim doim
roziman ne kulgan kulmaganiga
qo'limdan kelganin qildim Hudoyim
qo'l ochdim qo'limdan kelmaganiga

© X.Hamidov
go'daklikdan malum har odam
bola boshdan degan gap to'g'ri
mabodo men shoir bo'lmasam
bo'lar edim bezori o'g'ri

jikkakkina shum bola edim
tengdoshlarim ichra qahramon
qaytar edim ko'chadan doim
burnim pachoq usti boshim qon

qo'rqib ketgan onam qoshida
derdim tutib o'zimni mahkam
hechqisi yo'q qoqildim toshga
ertagacha qolmas o'rni ham

yillar o'tti, yillar o'tti - ketti bolalik
nihoya yo'q armonlarimga
yoshlikdagi sho'xlik olovlik
ko'chdi she'ru dostonlarimga

bolaligim ketti borini
satrlarda qoldirib butun
she'rlarimda shum bezorini
hislatlari aks etar bu kun

mag'rurligim hamon qolmagan
hamon baland o'tli ko'kragim
bolalikda burnim qonagan
bugun esa qondir yuragim

mendan kulgan to'da qoshida
deyman tutib o'zimni mahkam
hechqisi yo'q qoqildim toshga
ertagacha qolmas o'rni ham
tushunmayman ko'nglim istaklariga
nedandir yurakka to'laverar g'am
hammasi yaxshidek tuyular lekin
yoki men ortiqcha, yoki kimdir kam...
yaxshiman deyishga bormaydi tilim
bilmasdan aytsam ham chiqar qarshilar
bu yoʻl majburlikdan tanlagan yoʻlim
meni yomon qildi mendan yaxshilar

minnatdan dasturxon tuzab qoʻyishar
hech kimdek koʻrishib bagʻrim oʻyishar
qanday oʻzlariga chidab yurishar
meni yomon qildi usha yaxshilar...
ummon sokin oqadi lekin
eshitmadim ariq tinganin
dono bilan tortishsa nodon
hech koʻrmadim dono yenganin

rozi boʻldim har ne taqdirga
hayr kutib oldim yengil tin
qarshi chiqsa kimdir shu she'rga
aytib qoʻyay unga yengildim