Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
Jamoada tempi umumiy tempdan past insonni ushlamang. Oxirida yutkazgan siz bo‘lasiz

Yaqinda yana bir jamoa a’zosi bilan xayrlashdik. Tabiatan juda yumshoqligim sabab bu qarorni 3 oyga kechiktirib qabul qildim. Aslida o‘shanda qabul qilishim kerak ekan. Lekin nima bo‘lganda ham oxir oqibat to‘g‘ri qaror qila olganimdan xursandman.

3 oy oldin fikrlashda, ishlash tartibi va tempida bir-birimizga to‘g‘ri kelmayotganimiz ma’lum bo‘lgandi. Lekin o‘zgarish bo‘lar, holat yaxshilanar degan bahonalar bilan xayrlashishni ortga surib yurdim. Holat borgan sari yomonlasha boshladi. Natija yo‘qligidan mening asabim buziladi, bosimdan u insonda demotivatsiya kuchayadi.

Oxirgi 3 oy – 0% o‘zgarish. Xuddiki joyimizda turgan holatda shunchaki qadam tashlayotgandek edik. 2 kun oldin xayrlashdik. Uning zimmasidagi ishlarni jamoadagilarga bo‘lib berishga to‘g‘ri keldi. Shunday ham qildik. Ba’zi qismlarni vaqtinchalik o‘zimga oldim.

6 oydan ortiq erisha olmagan ichki tizim va natijalarga 1 haftada erishdik. Hammasi yaxshilanayotgandek, natija bordek.

Olgan xulosam shu bo‘ldi: tempga tusha olmayotgan jamoadoshlar bilan o‘rnida xayrlashish o‘zimiz uchun ham ular uchun ham eng yaxshi qaror ekan.

Kecha bitta zo‘r HR interview’sida ham ko‘rgandim. Muvaffaqiyatli kompaniyalar – bu to‘g‘ri insonlarni ishga ola olgan kompaniyalar emas, balki to‘g‘ri insonlarni bo‘shata olgan kompaniyalardir dedi. Bu fikrga qo‘shilmay ilojim yo‘q…
Bu tasbeh doim yoshligimni eslatadi.

Dadam bilan tarovihga chiqqanimizda eng oshiqib kutadiganim shu tasbeh edi. Sababi u o‘qilayotgan paytda o‘tirish mumkin edi😁😄

eeehhh yoshlik…

Alhamdulillah, yana yetishdik.

Bu Ramazonda oldimga maqsad qo‘ydim. Bu oyning 1 daqiqasini ham istof qilmaslik.

Ustozlardan bu maslahatni ko‘p eshitdim. Ijtimoiy tarmoqlar va YouTube o‘rnini kitoblar va ilm bilan to‘ldirmoqchiman. Telefon tozalandi. Ilovalar o‘chirildi.

Sizlarga bildirdim-ki, lafzimga xilof qilib yuklab olmaslik uchun.

Undan tashqari, Challenge’ga qo‘shilish niyati borlar bo‘lsa turtki beray dedim :)
Marketingda o‘smoqchilar uchun yaxshi imkoniyat bor

ABBA’dagi do‘stlarimizga marketing manager kerak ekan. O‘zbekistondagi eng katta agentliklardan bittasida ishlash va rivojlanishingiz mumkin.

Talablar:
- strategik marketing haqida umumiy tushuncha;
- brief asosida mjoz uchun taklif yarata olish;
- marketing instrumentlarining ishlashi va o‘ziga xosloklarni tushunish;
- qiymatli taklif yarata olish.

Qilinadigan ishlar:
- marketing va savdo bo‘limlari o‘rtasidagi muloqotni ta’minlash
- mijozlarni briflash va ular asosida tijoriy taklif yarata olish
- yaratilgan taklif asosida marketing bo‘limiga loyihani yuritish uchun TZ yoza olish

Shartlar:
- O’z sohasining yetakchi mutaxasislari bilan networking va birga ishlash imkoniyati.
- O’sib boruvchi tajriba va oylik.
- Shahar markazidagi katta va shinam ofis.
- Ish vaqti 6/1, 10:00dan 19:00gacha.

Agar taklif ma’qul bo‘lsa @abu_Zubayr shu insonga rezyumengizni yuborsangiz bo‘ladi
Baxtli bo‘lishga intilish baxtsizlikka olib boradi.

Bugun bitta tadqiqot natijalarini o‘qib qoldim. Unda aytilishicha, doimiy ravishda baxtliroq bo‘lishga intilish insonni ruhan toliqtiradi va oxir oqibatda u bor baxtini ham yo‘qotadi.

Hozirda juda ko‘p tengdoshlarimga qaraganda keladigan savollarning javobini maqolada topdim.

Hozir “muvaffaqiyat” vabosi tarqalgan zamondamiz. Hamma omadliroq, baxtliroq bo‘lishga intiladi. Oxir-oqibat o‘ziga zarar beradigan qarorlar olishni boshlaydi. Natija esa baxtsizlik.

Bu xuddi nasiyaga narsa sotib olishga o‘xshaydi. Baxtliroq bo‘lamiz deb nasiyaga yangi iPhone sotib olamiz. 10 kunda odatiy holga aylangandan keyin oldimizda turgan 1 yil haqida o‘ylashni boshlaymiz, hali uning pulini to‘lash kerak chunki…

Maqoladan iqtiboslar:

Baxtliroq bo‘lishga harakat qiladigan odamlar ko‘pincha vaqt kam deb o‘ylashadi, diqqat jamlashda qiynalishadi, vahima ta’sirida ularni haqiqatan baxtli qilishi mumkin bo‘lgan ishlarni qilishga resurslari qolmaydi, bu esa ularni yanada baxtsiz qiladi.


Yanada baxtliroq bo‘lishga harakat qilish o'rniga, hozirda mavjud narsalarga qarang va holatingizga shukur qilishni o‘rganing


1400 yil oldin ochilgan haqiqatlarga ilm fan endi yetib kelyapti ekan. Qazo-i qadarga iymon va shukronalik Islomning asos tamoyillaridan. Shunchaki ilm olib amal qilsak bas. Hayotda yashash o‘ylaganimizdan ancha osonroq…
Ishga ketayotib taksi chaqirdim

Mashinaga o‘tirganda ko‘zim birinchi bo‘lib shu yozuvga tushdi. Takliflarning hech biridan foydalanmadim, lekin e’tibordan kayfiyat ancha ko‘tarildi, CTA ish berdi)

Ilovaga kirib 5 ta yulduz qo‘ydim

Ko‘p haydovchilar baho qo‘yishni so‘rashmaydi, ularda menimcha CR 1-10% bo‘lsa kerak.

Ba’zilar bor, beso‘naqay qilib so‘rab olishadi. Ularda menimcha 20-30% konversiya bo‘ladi.

Lekin salgina e’tibor va nostandart offer bilan bu akada CR 70-80% bo‘lsa kerak.

Hayot to‘la marketing-a, subhanalloh! Hatto taksida yurib ham uni o‘rgansa bo‘ladi)
“Ijtimoiy tarmoqlar tomni ketkazadi” ekan

Mana shu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazish, Reels, Shorts, TikTok tomosha qilish insonda “tom ketish”, o‘zga mahliyo bo‘lish, o‘zga noadekvat baho berish va hokazolar kuzatilishiga olib kelishi aytilibdi.

Bu narsalarni o‘zimda ham seza boshlagandim. Ramazonni birinchi kunida hamma ijtimoiy tarmoqlarni o‘chirib tashladim. Albatta umuman kirmayapman deya olmayman. Brauzer orqali kirganim sabab faqatgina xabarlarni o‘qish uchun toqatim yetyapti. 1 kunda maksimum 10 daqiqa.

YouTube ni qayta yuklab olishga majbur bo‘ldim, sababi brauzerda audiokitob eshitish juda noqulay ekan.

Natija: Boshida sal qiyin bo‘ldi. Xatto 2-3 marta o‘z-o‘zidan Instagramni qidirib qolganimni sezdim. Bu narsa albatta qo‘rqitdi. “Shu darajada manqurtlashganmidim?”dedim o‘zimga o‘zim.

Hozir esa miya ancha tiniqlashgan, ishda fokus qila olish qobiliyati qaytgan. Xatto kitob o‘qishni boshladim))

Dofamin xohlagan paytda Telegram kanallardagi maqolalarni o‘qiyapman (qanday kanallarni kuzatishim qiziq bo‘lsa ro‘yxat qilib beraman). To‘g‘ri Reels o‘rnini bosmaydi, lekin ancha “chanqoqni
qondiradi”

O‘sha gap, tom ketmasidan siz ijtimoiy tarmoqdan keting :)
100 ta loyiha * 3 oy ≠ 3 ta loyiha * 100 oy

Ko‘pchilik o‘ylashadiki, qancha ko‘p loyiha bilan ishlasam, shuncha mohirroq mutaxassis bo‘laman deb. Aslida esa mahorat kamroq loyihada uzoqroq ishlash hisobiga shakllanadi.

Sababi shundaki, loyiha bilan qisqa muddat ishlanganda biznesga kirishish juda sayoz, marketingni asl mohiyatiga yetib borish qiyin bo‘ladi. Buni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va professorlar taqqosloviga o‘xshatsa bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi birdaniga hamma fandan dars o‘ta oladi. Lekin beradigan ilm darajasi o‘ta sayoz. Professor esa bir qiyin sohani daqiq o‘rganadi, ana o‘sha sohani ustasi farangiga aylanadi. Katta istiqbolda ikkinchi tur insonlar ko‘proq natijaga erishishadi nazarimda.

Bizning bozorda ham ana shunday mutaxassislar juda kam. Bitta nishada katta tajriba olayotgan, u bilan bo‘lishayotgan. Ana shunday insonlardan biri Elmurod aka.

Registon marketologi. 3 yildan beri ta’lim sohasidalar. Sohaviy bilim va tajriba juda katta.

Bu insonni unikal qiladigan yana bir jihat - marketing, sotuv bo‘yicha juda ko‘p kitob o‘qiydilar (shaxsan man marketingni kitobdan o‘rgana olmayman🫠)

@raimbaev_elmurod bloglarida ana shu kitoblardan olinayotgan insaytlar, tajribalari bilan bo‘lishib boradilar. Albatta kuzatib boring, manfaatli bo‘ladi inshaaAlloh
Ertaga dolzarb bir mavzuda maqola chiqadi inshaaAlloh, ishtaha saqlab turinglar)

3 daqiqa oqiladigan maqola👀
Marketolog bo‘lib katta kompaniyada ishlaymi agentlik ochaymi yoki freelance’da loyihalar qilaymi?

Bu savol hozirgi kunda juda ko‘pchilikni o‘ylantiradigan savollardan biri. Bu masalani shogirdlarim bilan ko‘p muhokama qilganmiz. Sizlar bilan ham bo‘lishay dedim, manfaati tegsa ne ajab.

Maqola uzun. Uni o‘qishga 3 daqiqa vaqtingiz ketadi. Lekin oldingizdagi tumanlarni ancha tarqatib, ehtimol 3-5 yil umrni «yutish»ingizga sabab bo‘lar…

Maqolani o‘qish
Yana bir loyiha muvaffaqiyatli topshirildi

Ramazon oyi juda barakali bo‘ldi, data-driven marketing bo‘yicha kursni tugatdik, ABBA Marketing bilan hamkorlikda bir ta’lim loyihasi uchun marketing strategiyani topshirdik.

Yanvar-mart oylari davomida bozor tahlili, o‘tgan davrda qilingan ishlar auditini o‘tkazdik va yangi o‘quv yili uchun marketing va sotuv strategiyalarini ishlab chiqdik. Oliy ta’lim bozori bo‘yicha juda ko‘p qiziqarli insaytlar oldim o‘zim uchun.

Ana shu insaytlar va boshqa yo‘nalishlarda orttirgan tajribalarim asosida hozirda oliy ta’lim bozorida deyarli ishlatilmagan yangicha yondashuvlarni taklif qildik, buyog‘iga endi faqatgina amalga oshirish qoldi. Natijalarni kuzda ko‘ramiz inshaaAlloh.

Bu strategiyada o‘zimga yoqqan narsa shu bo‘ldi-ki, u ishlatish uchun tayyor holatda. Bozordagi juda ko‘p mutaxassislarning yaratgan strategiyalariga ko‘zim tushgan. Eng asosiy kamchilik shu-ki, ular, asosan, voqelikdan uzulgan bo‘ladi, ya’ni strategiya faqat mana shunday pptx yoki pdf fayllar ichida qolib ketadi, hayotga ko‘cha olmaydi, sababi u strategiyalarda ularni hayotga ko‘chirish bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lmaydi.

Ko‘pincha strategiyaning asosini ham hayotiy insaytlar emas, balki gipotezalar va hayolot olami mahsullari tashkil qilgan bo‘ladi. Ular, albatta, real hayotda hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi.

Strategiya, qachonki real tahlillar, tadqiqotlar asosida qurilsa va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi berilsa, qandaydir qiymat kasb etishi mumkin. Yuqorida ko‘rib turganingiz ham 3 ta Google Sheets’ni egallagan tahlillar va 3 ta Google Sheets’ni egallagan yo‘riqnomadan tashkil topgan.
Assalomu alaykum, hammaga

Zor scenaristlar bormi?👀

Infobizda emas real biznes bilan ishlagan odamlar kerak – @mirzoqodirov
“Test qilib ko‘rish kerak!” degan maslahatni noto‘g‘ri tushunganingda…
AkromMalik.Uz
Akrom Malik qalamiga mansub yangi "Sirkachi" romanini o'qish
Yozuvchi Akrom Malikning “Halqa” asarlari kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan har bir insonga yaxshi tanish bo‘lsa kerak…

Kanallarida ko‘zim tushdi, yaqinda “Sirkachi” nomli asar ustida ishlashni boshlabdilar. Ba’zi boblarini o‘qib tugatdim. Juda ta’sirli roman.

Hozirgi jamiyatda bor bir qancha illatlar, umuman olganda, hozirgi kunimiz mohirona tasvirlangan. Ba’zi satrlarini o‘qib o‘zim va atrofimdagi insonlarni ham
ko‘rgandek bo‘ldim)

Badiiy asar o‘qishni anchadan beri reja qilib yurgan bo‘lsangiz vaqtni mazmunli va manfaatli narsa bilan band qilish uchun eng yaxshi yechim bo‘ladi nazarimda. Eng kamida “Halqa” qadar o‘tkir.
Kasb mahoratimi yoki fahm kuchi?

6 oydirki, muhim hodisaga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bugun IMAN yangicha ko‘rinish va falsafa bilan qaytadan tug‘iladi. Post aslida bu haqida emas, lekin aloqasi bor.

Shu 6 oy davomida qilingan ishlar ko‘lami va tezligini ko‘rib, bir xulosaga keldim. Shu xulosa bilan bo‘lishmoqchiman.

«Hard skill» va «soft skill» tushunchalarini bilasiz. O‘zbekcha qilib aytganda, biri kasb mahorati, ikkinchisi, inson fahmining kuchi. 85% holatlarda kasbiy muvaffaqiyat fahm kuchi sababidan deydi Garvard universiteti va Stanford tadqiqotlar markazi o‘tkazgan mana bu tadqiqot.

Stressga boy jarayonlarda asosiy hal qiluvchi narsa insonning muammolarga tez yechim topa olishi, ushlagan joyini uza olishi, mas’uliyatliligi, omonatdorligi va boshqalar bo‘ladi.

Ayni shu sababdan bo‘lsa kerak, ko‘p mehnat bozorlari hozirgi kunda parokanda holatda. Mutaxassis ko‘p, lekin ko‘pchiligi g‘o‘r – kasb mahorati bo‘yicha ham, fahm kuchi bo‘yicha ham. Ko‘pincha ikkinchisi.

Behisob tugatilgan kurslar, olingan sertifikatlar, o‘qiganini bildirish uchungina chalama-chakki o‘qilgan sohaga oid kitoblar…
Aql yoshda emas, boshda deyishadi, lekin hayotda har doim ham miyada to‘planib yotgan, amalga aylanmaydigan foydasiz ilm as qotmaydi, aksincha ilmi oz-u, lekin uni hayotga ko‘chirib, tajriba kasb eta olgan insonlarda natijalar yaxshiroq bo‘ladi.

Oddiy bir holatni misol keltiraman. Tadbirimiz keng ko‘lamli bo‘lishi uchun media-ta’sirga ega insonlarga muxtoj edik. Ammo hammasiga berish uchun pul ko‘p emas. Bilimi bor inson ana shu insonlarni taklif qilish kerakligini biladi, ammo ilk to‘siqqa uchragandayoq qo‘l siltaydi yoki pul kerak deb hiqillashni boshlaydi. Bilimdan tashqari tajribasi ham bor inson o‘ylashni boshlaydi: ko‘p misollar bor-ki, media-ta’siri bor insonlar ba’zi joylarga bepulga ham boradi. Ana shunday bo‘lishi uchun qanday yechim qilishim kerak? Yoki bu insonlarni bir og‘iz so‘zi bilan kelishini ta’minlab bera oladigan insonlar kimlar, ular bilan qanday tanishsa bo‘ladi? Nostandart yechimlar paydo bo‘lishni boshlaydi.

Kerakli insonlarni topadi, tanish-bilish orttiradi, bilmaganini so‘rab surushtiradi – oxiri maqsadiga erishadi. Ilmi zo‘r bo‘lsa-yu, lekin bu tur muammolarga yechim qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, bunday insonlar o‘z o‘rnini boshqalarga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi.

Har qanday mutaxassis bera olishi mumkin bo‘lgan eng katta qiymat – muayyan muammoning yechimi. Agar mutaxassis muammo nimadaligini aniqlab, uni qanday hal qilishni bilsa-yu, lekin hal qilishga malakasi, tajribasi, ko‘lami, fahmi yetmaydigan bo‘lsa, bunday mutaxassis talabga javob bermaydi. Demak-ki, u bilan ishlashdagi maqsad hosil bo‘lmaydi. Natija - loyiha muvaffaqiyatsiz, mutaxassis esa ishsiz.

Fahmni kuchaytirish haqida ko‘proq o‘ylang.
Alhamdulillah, biz buni uddaladik!

Allohni fazli bilan yuzimiz yorug‘ bo‘ldi

Ko‘pchilikni chaqira olmadik, albatta, lekin onlayn namoyish qilindi. Qiziqqanlar bu yerda ko‘rishlari mumkin.
Agar marketolog va brendologlar o‘zlarining insonlar va jamiyatlar taqdiriga qanchalik ta’sir qilishlarini bilganlarida edi...

Ko‘plab trend va madaniyatlar aynan kompaniyalar, aniqrog‘i, brend mutaxassislari va marketologlar tomonidan ishlab chiqiladi va singdiriladi. Reklama roligini yaratayotganda, ular shunchaki mahsulot sotyapman deb o‘ylashlari mumkin, aslida esa reklama, manifest va kommunikatsiya orqali madaniyat shakllantirashadi. Jamiyatning qaysi tomonga qarab harakat qilishi ularga bog‘liq.

Bu borada biz boshqacha yo‘l tutishga harakat qildik. Rebrendingimiz va manifestimiz orqali bir narsani yetkazishni xohladik: "Onglilik - bu nur. Nafs quliga aylanmaslik uchun yordam beradigan qurol»

Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar ESG tashabbuslarini joriy etish orqali shu yo‘nalishda harakat qilishmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, ESG tamoyillari ko‘p asrlar davomida bizning dinimiz - Islom asosida mavjud bo‘lgan. Biz shunchaki manifest orqali bu go‘zallikni ko‘rsatishga harakat qildik.

Nurli g‘oyalar va axloqiy yondashuvlarni ilgari suradigan, shu orqali jamiyatning to‘g‘ri o‘rnaklardan ibrat olishiga yordam beradigan bunday marketologlar va brendologlar ko‘payishini istardim.

https://youtu.be/Xy7ZbucLIQI/
Nima uchun behalovatmiz?

Halovat, menimcha, insonga berilgan eng buyuk ne’matlardan biri bo‘lsa kerak.

Albatta, hozirgi hayot tezligida doim ham halovat topa olmaymiz, ayniqsa, atrofimiz informatsion shovqinga to‘lgan holatda.

Bu muammo va uning yechimi haqida yangi maqola yozdim. Manfaatli bo‘ladi inshaaAlloh.
Insonda ilm oshgani sari, u haqida gapirish kamayib boradi.

Psixologiyada Danning-Kryuger effekti degan tushuncha bor. Bu effekt bizga odamda ilm oshgani sari ilm bilan maqtanish, hamma narsaga “ekspertlarcha” fikr bildirish kamayib borishining sabablarini tushuntiradi.

Bugungi maqola ana shu haqida.
Batafsil o‘qish
Kecha bir loyiha egasi yozgan edilar.

Maqsad mijozlar olib kelish, menga kreativ go‘ya kerak, yordam bera olasizmi dedilar. Kreativ g‘oya kerakligini qayerdan bilasiz desam, qancha ko‘p odam ko‘rsa, qiziqsa, shuncha ko‘p savdo qilamanku dedilar.

Bo‘lishi mumkin. Lekin muvaffaqiyat omillarini 100 ta deb oladigan bo‘lsak, bunday bo‘lish ehtimoli 1% bo‘ladi. Bu ehtimol bilan harakat qilish juda qo‘rqinchli.

Xo‘p, nima qilish kerak?

Raqamlarga qarash kerak. Ularni ko‘rmaguncha holatni to‘liq anglash qiyin. Sizda hozir bor muammo aniq trafik yetishmasligidami yoki trafik kreativingizdan qoniqmayotganidami? Balki hozir ham trafik yetarlidir, ammo boshqa muammolar sabab sotuvingiz yo‘qdir? Balki sotuvlaringiz ham joyida, shunchaki, biznes foyda ko‘rmayapti va siz ko‘proq sotsam ko‘proq pul topaman deb o‘ylayotgandirsiz?

Savol ko‘p – javob yo‘q. Raqamlarga sho‘ng‘imaguncha shunday – fol ochishdan boshqa narsaga yaramay qolamiz.

Har doim yangi loyihani boshlayotganda o‘zim eng avvalo juda oddiy narsadan ish boshlayman – voronka. Lekin bunday holat juda kam bo‘ladi-ku dersiz. Iloji boricha raqamsiz loyiha bilan ishlamaslikka harakat qilaman. Umuman raqamsiz loyiha bo‘lmaydi. Bir nechta asosiy ko‘rsatkich bilan ham amallasa bo‘ladi.

Mana sizga o‘zim ishlatadigan algoritm:

1. Mijoz reklamani ko‘rgan paytdan boshlab sotuvgacha nechta muhim bosqich bo‘lsa bir qatorga yozib chiqasiz.
2. Uning yonidan har bir bosqichdagi raqamlarni yozasiz.
3. Oradagi konversiyalarni hisoblaysiz.
4. Odamlar eng ko‘p “to‘kilayotgan” bosqichlarni topasiz.


Mislo uchun:

Reklamani ko‘rganlar – 200 000
Reklama orqali o‘tganlar – 2 450
Ilovani o‘rnatganlar – 1 375
Ilovada ro‘yxatdan o‘tganlar – 985
Xarid qilganlar – 98
Qayta xaridlar – 20

va h.k.

Ko‘pincha juda zo‘r offer bergan bo‘lamiz, ammo menejerlar eplab sota olmagan bo‘ladi yoki, aksincha, lidlarning yarmidan ko‘pi sifatsiz yoki ular bilan bog‘lanib bo‘lmaydi.

Marketing – bu “keling “trendoviy” bitta video olib post qo‘yamiz” yoki “shu videoga target yoib yuborish kerak” emas. Bu aniq diagnostika va prognoz: mana bu yerni to‘g‘rilash uchun mana bu ishni qilsak mana shunchaga o‘samiz.

Ha, meni tushunchamda marketing shunday ishlaydi. Hamma ish jadvallardan boshlanadi. Sababi jadval har qanday kreativ yoki nostandart g‘oyadan ko‘ra ko‘proq natija beradi.