Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
Ikki maktab, ikki xil xotima

Yuqorida kasb mahorati va fahm kuchi haqida post yozgandim. Bugungi post ana o‘sha postning isboti bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yili ikkita maktab bilan ishlagan edik. Bittasi Anor xalqaro maktabi, ikkinchisi SIS. Bir xil yo‘nalish, bir xil narx segmenti, deyarli bir xil byudjet, bir xil sharoitga ega ikki maktab.

Lekin natija ikki xil.

Birinchisida hammasi ostin-ustun bo‘lib ketdi. Mas’uliyat zonalarini tushunmaslik, kelishuvdagi mavhumlik, o‘zaro muloqotdagi kamchiliklar…

Bizda ajoyib bir gap bor: yetti oʻylab bir kes.

Ya’ni oldingga tanlov qo‘yilganda birdaniga javob berma, uyingga bor, yaxshilab o‘yla, istishora va istixora qil, ana undan keyin uni qabul qil degani.


Birinchi holatda shu ishni qilmaganimiz bizga $4 000 zarar olib keldi.

Zohirda juda ko‘p ishlar qilindi, bir necha martalab muzokara stoliga o‘tirdik, lekin qadam tashlaganimiz bilan baribir joyimizdan siljimasdik. Loyiha o‘xshamadi, hammani kayfiyati tushik, tushunmovchilik ketidan tushunmovchilik.

Bunda asosiy xato strategiyada, qilingan ishlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligida emas. Xato eng avvalda bo‘lganini oxirida tushundik – aniq kelishuv, loyiha davomida bizga kerakli resurslar berilishining muhokamasi, kutuvlarni solishtirish bo‘lmagan ekan.

Ikkinchisida holat umuman boshqacha bo‘lgan.

Birinchi kundan boshlab loyiha egalari bilan gaplashganda ularga aytilgan narsa: Biz natija qilib berishimiz uchun shuncha pul, erkinlik va hamma bosqichda «yashil chiroq» kerak.

Hamma ish yuqoridagi algoritmdan boshlandi. Har bitta zonaga o‘z ishini ustalarini qo‘ydik. Tahlildan olingan xulosalar bilan birma-bir o‘zgarishlar qila boshladik. Ish juda silliq ketdi. Yil oxirigacha qo‘yilgan KPI’larga 25 kun ichida erishdik.

Shunda bir narsani tushundim:

Strategiya va taktika – bu faqat natijaga olib boradigan yo‘l emas, balki unda jarayon va insonlar ham bor. Agar insonlar orasida yaxshi o‘ylangan kelishuv, aniq jarayonlar bo‘lmasa hech qanaqa raqam loyihani qutqara olmaydi.

Xullas, kelishuv qilish mahorati ustida ham ancha ishlash kerak))
Diagnostikaning ahamiyati

So‘nggi yillarda o‘nlab loyihalar bilan ishlab shuni tushundim-ki, ularning ko‘pchiligini birlashtiradigan bitta umumiy muammo bor:

✓ Marketing, sotuv to‘xtovsiz ishlaydi, yangi yondashuvlarni sinab ko‘riladi – lekin o‘sishdan darak yo‘q.

Voronka bor. Trafik bor. Lidlar ham bor. Gohida sotuv ham bor. Ammo biznes go‘yo bitta joyda qadam tashlayotgandek, oldinga siljish yo‘q.

Bu vaziyatda ko‘pchilik qiladigan xatolar:

1. Yangi jamoa yoki mutaxassis qidirish.
Vaholanki yangi jamoa olib kelib, ularga biznes haqida tushuncha berib ishchi holatga olib kelish uchun kamida 3 oy vaqt ketadi. Bu degani 3 oy ichida hech qanday o‘sish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

2. Kreativ yechimlar izlash.
Kreativ aslida juda mavhum tushuncha. Bu xuddi didga o‘xshaydi. Kim uchundir kreativ tuyulgan narsa boshqalar uchun oddiy bo‘lishi mumkin. Kreativ = biznesdagi natija degani emas.

3. Yangi reklama kanallaridan umid qilish
Falon bloger bilan ishlashimiz kerak, falon joyda tashqi reklama o‘rnatishimiz kerak, falon vositadan foydalanishimiz kerak. Bu narsa yana pulni bekorga sovurish ehtimolini oshiradi.

Lekin ko‘pincha muammoning asl sabablari bular emas. Asosiy sabab loyihani to‘g‘ri diagnostika qila olmaslik, ya’ni muammo qayerda ekanini topa olmaslikda.

Bunday yondashuvda marketing sarmoyaga emas, xarajatga aylanadi.

Yaqinda xuddi shu mantiq bilan IMAN’da bir masalani tahlil qildik. Olingan insayt 🤯

Agar qiziq bo‘lsa, tafsilotlar bilan bo‘lishaman, nima deysizlar?👀

+ 👇
LinkedIn’ni bir o‘ziga xosligi bor, faqat tanishlar emas, balki kasbiy rivojlanish bo‘yicha ham juda ko‘p chuqur ma’lumotlarni topish mumkin. Instagram’da bundaylarini ko‘rmaysiz.

Hozir ko‘zim bir postga tushib qoldi. Unda kasb egalari uchun Imom G‘azzoliyning bir go‘zal so‘zlari yozilibdi:

“Sizdagi vaqt - bu sizning hayotingiz, hayot esa qo‘lingizdagi kapital. U orqali siz o‘z savdongizni qilasiz. U orqali siz Yaratganga yaqin bo‘lishning ulug‘ ne’matlariga erishasiz.

Kundan kunga boyligi oshayotganiga xursand bo‘layotgan ahmoqlarga o‘xshamang, vaholanki, ularning umri kamayib bormoqda.

Ikki narsaning o‘sishidan xursand bo‘ling: ilm va yaxshi amallar. Darhaqiqat, bu ikkisi qabrda sizga hamroh bo‘luvchi narsalardir; umr yo‘ldoshingiz, boyligingiz, farzandlaringiz va do‘stlaringiz – barchasi bu dunyoda qoladi.”

Mana bu postda bu gaplarni kasbga nima aloqasi borligi haqida go‘zal sharh ham berilibdi.
Performance marketologlar bormi?👀

Talablar:

- kamida 1 yillik tajriba
- Google Ads, Meta Ads, Telegram Ads’da ishlay olish
- rus/o‘zbek tillarida gaplasha olish
- bitta loyiha bilan shtatda ishlay olish (narxini kelishamiz)

Agar hamma talablarga mos kelsangiz rezyume kutib qolaman @mirzo_imanum
O‘tgan kuni bir ilhom kelib maqola yozgan edim.

Bu safar kontent, saviya, diqqat va shular bilan bog‘liq muammolar haqida yozdim…

Marhamat👇

https://medium.com/@qodirovd2000/axborot-shovqini-c392d55d7edb

Xulosa yoki fikrlar bo‘lsa, bemalol👇
Ba’zida biror bir ishni qila olmasligimizga sabab dangasalik, motivatsiya yoki intizom yetishmasligi deb o‘ylaymiz.

Aslida sabab mohiyatning yo‘qligi yoki ichki va tashqi kutuvlarning zid kelishida bo‘lishi mumkin.

Tushuntiraman, inson miyasi tabiatan quvvat tejashga moyil, shu sabab qaysidir ishni qilishda mohiyat ochib berilmasa unga quvvat sarflamaydi. Ya’ni “Quvvat sarflashdan nima naf?” degan savolga javob berish kerak.

Oddiy misol — sport. Hozir hamma shunday qilayotgani uchun zalga chiqmoqchi bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan, hech qachon qattiq intizom qura olmaysiz. Ammo sport bilan shug‘ullanish natijasida nimaga erishishingizni his qilgan holda harakat qilsangiz ancha osonroq kechadi. Boshlash ham, bardavom bo‘lish ham.

Ichki va tashqi kutuvlarning zid kelishi. Masalan, siz zohiran har kuni zalga chiqishni xohlaysiz, ammo ichingizda o‘zingizni sport ichida hayot kechirayotgan odam sifatida ko‘rmaysiz, unday odam bo‘lish sizga aslida kerak emas. Yoki kuchli mutaxassis bo‘lishni istaysiz, ammo deyarli hech narsa o‘rganmaysiz, sababi hozirgi holatingizdan qoniqasiz. Rivojlanishga sabab yo‘q.Bu dilemmani ichida ham miya osonrog‘ini tanlaydi.

Jeyms Klir ta’biri bilan aytganda agar o‘zingizni buni uddalayotgan odam sifatida qabul qila boshlasangiz, natijaga erishishingiz osonroq bo‘ladi.

“Amallar niyatlarga bog‘liq…” deb boshlanuvchi hadisni o‘qiganimda “Amal to‘g‘ri bo‘lishi uchun niyat to‘g‘ri bo‘lishi kerak” degan ma’noni tushunar edim. Aslini olsak amal bo‘lishi uchun ham niyat bo‘lishi kerak ekan.
Assalomu alaykum!

Production tashkillashtira oladigan prodyuserlar bormi oramizda (lokatsiya, aktyor, rekvizitlarni topish va syomka jarayonini tashkillashtirish)

Aloqaga chiqib yuboringlar)

@mirzo_imanum
Mirzo Qodirov | Blog pinned «Assalomu alaykum! Production tashkillashtira oladigan prodyuserlar bormi oramizda (lokatsiya, aktyor, rekvizitlarni topish va syomka jarayonini tashkillashtirish) Aloqaga chiqib yuboringlar) @mirzo_imanum»