https://youtu.be/SIupzm-2uwc?si=QALsgzSS3lPGxX_C
YouTube’dagi navbatdagi video chiqdi
Bu safar asosan o‘zi uchun soha tanlashga qiynalayotganlar uchun tajribamdan kelib chiqib maslahatlar berdim.
Keyingi videolar sohadagilar uchun, JTBD, выгорание va auditoriya analizi haqida bo‘ladi🌚

YouTube
O‘z yo‘lini topa olmayotganlar uchun tavsiyalar
Kasb qilish barcha payg‘ambarlarning sunnati hisoblanadi, har bir inson eng kamida o‘zi va oilasining taminotini qilish uchun yetarli darajada daromad oladigan kasb bilan shug‘ullanishi mumkin.
Hozirgi kunda tanlovlar juda ko‘p, an'anaviy kasb va hunarlar…

Qancha pul topayotaningiz emas, ularni qanday topayotganingiz muhim.
Gary Vaynerchuk degan Belaruslik tadbirkorning gapi. Iqtibosda eshitib qoldim. Juda to‘g‘ri gap.
Siz 3000$ topishingiz mumkin, lekin buning uchun siz boringizni berib, sog‘ligingizni zo‘rlab, xattoki qilmayman degan ishlaringizni qilib o‘z prinsiplaringiz va qadriyatlaringizga qarshi borayotgan bo‘lsangiz bu narsa yaxshilik bilan tugamaydi. Oxiri yo kasal bo‘lasiz, yo выгорание bo‘ladi, yoki ishdan ko‘nglingiz soviydi
Undan ko‘ra work-life balansni ushlab, xotirjam, o‘z prinsiplaringiz va qadriyatlaringiz doirasida 1000$ topayotgan bo‘lsangiz, bunisi yaxshiroq. Uzoq muddatda siz yutuqda bo‘lasiz.
Lekin xotirjam bo‘lib kam topish yaxshi ekan degan xulosaga kelish kerak emas, balki qanday qilib xotirjam qolgan holatda ko‘proq pul topish mumkin, shu haqida o‘ylash kerak.
Bu yerda muhimi “ko‘proq pul” emas, balik “xotirjam qolish”
O‘zingizga yoqqan ishni qilish, hozrigi holatingizga nisbatan mos risklarni olish, prinsip va qadriyatlarga xiyonat qilmaslik
Bu narsa sizni pul ortidan quvib noto‘g‘ri qaror qilib qo‘yishingizdan saqlaydi va o‘sishingiz stabil bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni bir uchish, bir qulash bo‘lmaydi.
Baraka ham ana shunda aslida
Marketing va axloq. Shunaqasi ham bo‘ladimi?👀
Juda ko‘pchilikdan “marketing yolg‘on va manipulyatsiya ustiga qurilgan” degan fikrni eshitganman. Aslida ham shundaymi?
Men bu holatni pichoqqa o‘xshataman, u qassobni qo‘lida bo‘lsa yaxshi, lekin qotilni qo‘liga tushsa odam o‘ldiradi. Bu yerda savol marketingdan kim foydalanayotganida. Agar marketolog va biznes egasini axloqi, qadriyatlari bo‘lsa yaxshi, agar maqsad faqatgina tezroq sotib pul qilish bo‘lsa bu yomon.
Hozirgi kunda G‘arbda ham bu muammo ancha muhokama qilinadigan bo‘ldi. 1970-yillarda “Ethical marketing” tushunchasi paydo bo‘lgan va o‘ziga ancha tarafdorlar yig‘ib ulgurgan.
Chris Arnold kitobida yozadi:
Mahsulotni sotsam bo‘ldi, qolgani muhim emas degan prinsip bilan qilinayotgan marketing kampaniyalariga ko‘p ko‘zimiz tushadi. Ayollar tanasidan e’tiborni tortish uchun foydalanish, mahsulotda yo‘q narsani bordek ko‘rsatish, shkaf ichidan chiqayotgan odamlardan reklama olish, “kotta bola”, “muvaffaqiyatli” bo‘lish modasi. Bularning hammasi ko‘p hollarda odamlarda xarid bo‘yicha noto‘g‘ri qarorlarga olib keladi va ularning qarz, kredit (ribo) domiga botishiga sabab bo‘ladi.
Bu hozirgi voqeligimiz. Bu yomonmi yoki yaxshi? Albatta insonlarning yashash sifati oshgani yaxshi, lekin nimani hisobiga? Agar ortib borayotgan kredit, qarzlar hisobiga bo‘lsa, yaxshi emas, chunki bu narsa bora bora iqtisodiyotni yeb bitiradi. Ana shu sababdan giperiste’molga qaramlikni kamaytirish uchun axloq asosiga qurilgan marketing kampaniyalari g‘oyasi hozirgi kunda dolzarblashib boryapti.
Ho‘p, alternativ usullar bormi? Albatta, yaqinda bu mavzuda YouTube’da video tayyorlamoqchiman. Qiziqmi?)

“Giperiste’mol G‘arbning odatiga aylandi va, afsuski, boshqa mamlakatlarga ham tarqalib bormoqda. Buyuk Britaniya, Yevropa va Amerika iste’mol quliga aylanib ulgurishdi. Biz xaridlar maqsadida yashayapmiz, bunga yangi savdo komplekslarining ochilishi, internet va reklama kampaniyalari sabab bo‘lmoqda va ular bizni kasod bo‘lgunimizga qadar xarid qilishga undayapti. Bizni eng texnologik, eksklyuziv tovarlarni xarid qilishga, o‘zimizni mashhur insonlardek tutishga, ulardek yashashga targ‘ib qilishmoqda va baxtimizga kreditlar borki, biz bu narsani eplay olyapmiz. Hozirgi dunyomiz atigi 60 yil avval bo‘lgan urushdan keyingi davrdan ancha farq qiladi.”
Mahsulotni sotsam bo‘ldi, qolgani muhim emas degan prinsip bilan qilinayotgan marketing kampaniyalariga ko‘p ko‘zimiz tushadi. Ayollar tanasidan e’tiborni tortish uchun foydalanish, mahsulotda yo‘q narsani bordek ko‘rsatish, shkaf ichidan chiqayotgan odamlardan reklama olish, “kotta bola”, “muvaffaqiyatli” bo‘lish modasi. Bularning hammasi ko‘p hollarda odamlarda xarid bo‘yicha noto‘g‘ri qarorlarga olib keladi va ularning qarz, kredit (ribo) domiga botishiga sabab bo‘ladi.
Bu hozirgi voqeligimiz. Bu yomonmi yoki yaxshi? Albatta insonlarning yashash sifati oshgani yaxshi, lekin nimani hisobiga? Agar ortib borayotgan kredit, qarzlar hisobiga bo‘lsa, yaxshi emas, chunki bu narsa bora bora iqtisodiyotni yeb bitiradi. Ana shu sababdan giperiste’molga qaramlikni kamaytirish uchun axloq asosiga qurilgan marketing kampaniyalari g‘oyasi hozirgi kunda dolzarblashib boryapti.
Ho‘p, alternativ usullar bormi? Albatta, yaqinda bu mavzuda YouTube’da video tayyorlamoqchiman. Qiziqmi?)
Hamma joyda «Onasini emsin»ni muhokamasi
Hozir chatlarni aylanib ko‘rsam hamma joyda debat, kimdir zo‘r kreativ desa, yana kimdir befarosatlik deb baholashyapti.
Shaxsan man boshqa tomondan tahlil qilib ko‘rmoqchiman.
Marketing kampaniya sifatida vazifasini bajardi: odamlar e’tiborini tortib ularga shunaqa haftalik borligi haqida ma’lumot yetkazdi.
Lekin muvaffaqiyatni o‘lchaydigan metrika bu ko‘rishlar soni emas, balki emizmaydigan onalarning emizadigan onaga aylanish konversiyasi.
Bu reklamadan keyin odamlar bolani ona suti bilan boqish kerakligiga yaxshiroq ahamiyat bera boshlaydimi? Manimcha yo‘q. Sababi bu yerdagi ma’lumot «what to» tipdagi ma’lumot hisoblanadi. Odamlar shundog‘am biladi ona suti bilan boqish kasha bilan boqishdan ko‘ra yaxshiligini. Reklamani ko‘rib esa shunchaki kulib qo‘yishadi.
Lekin ona suti bilan boqmaslikning sabablari bor, kasallik, sut yetishmasligi va h.k. Nazarimda nima qilish kerakligini aytgandan ko‘ra qanday qilish kerakligini aytishsa, ya’ni «how to» ma’lumot berishsa manfaati kattaroq bo‘lardi. Masalan shu reklamani o‘zida qandaydir CTA berib voronkani keyingi qismiga o‘tkazish kerak edi)
IMHO. Холостой otilgan o‘q desa to‘g‘riroq bo‘lar balki😁

Shaxsiy tajriba: Agar taklif yechim bermasa sotib olishmaydi.
Yaqinda bitta loyiha uchun marketing bo‘yicha taklif tayyorlagandim. Unda biznesni muammosi uchun 3-4 ta yechim taklif qilingandi.
Boshidagi bir nechtasida biznes egasi uchun unchalik “выгодный” bo‘lmagan takliflar bor edi. Ya’ni uning natijasi 50 ga 50: marketing jamoasi sifatida biz qiladigan ish va biznes egasi tomonidan qilinadigan ishlarga bog‘liq edi. Lekin oxirgisida kompleks yechim taklif qilingandi. Ya’ni muammo bor va natijasi 100% bizga bog‘liq bo‘lgan yechim bor.
Tadbirkorni e’tiborini aynan oxirgisi tortdi, nima uchun? Sababi tadbirkorga xizmat nima ekanligi, uni ichida nimalar taklif qilinayotgani emas, balki muammoning yechimi va natija muhim. Natijaga bo‘lgan mas’uliyat muhim.
Siz SMM taklif qilasizmi, targeting yoki marketing xizmatlarini taklif qilasizmi, farqi yo‘q. Asosiysi u biznesi muammosiga yechim va natija bersa bo‘ldi. Shu sababdan o‘z xizmatingizni emas u beradigan natijani sotishga harakat qiling. SMM emas ko‘proq odamga reklamani ko‘rsatish orqali so‘rovlarni ko‘paytirish. Targeting emas, balki ko‘proq lid, переписка, установка yoki boshqa unit. Marketing, branding emas, balki ko‘proq odamlar ongiga kirib borish.
Aslida hamma joyda shunday, odamlar mahsulot yoki xizmatni emas, yechimni sotib olishadi.

Auditoriya tahlil va u ochadigan imkoniyatlar
Juda ko‘p joyda guvohi bo‘lganman, auditoriya haqidagi xulosalar shunchaki marketolog yoki biznes egasining gipotezalari, shaxsiy qarashlari asosida qilinadi. Bu noto‘g‘ri.
Auditoriya tahlilining qilinmaslik sababi uni qanday qilishni bilmaslik bo‘ladi. Bilgan odam qiladi, effektini tushunadi, va usiz ish tutmaydi.
Auditoriya tahlili birinchi navbatda savolni to‘g‘ri qo‘yishdan boshlanadi. Siz u haqida nimani bilmoqchisiz?
Har xil keyslar bo‘lishi mumkin:
- siz mahsulot yaratmoqchisiz yoki bor mahsulotni bozorga olib kirmoqchisiz. Bunda siz beradigan savol “Auditoriyaning qanday muammolari bor va ularga mendagi mahsulot qanday yechim beradi?”, “Alternativ yechimlar qanday va nima sababdan odamlar uni tanlashadi?”
- reklama uchun offer yaratmoqchisiz, lekin qanday CTA’lar effektiv bo‘lishini bilmaysiz. Bunda asosiy e’tibor og‘riq, uning yechimi va qaror qilishga ta’sir qiladigan faktorlarni yaxshilab ochib berish kerak. Demak siz auditoriyaga beradigan savollar: “Meni mahsulotimni qaysi paytda sotib olishadi va bu qarorga qanday faktorlar ta’sir qiladi?
- siz kontent yaratmoqchisiz, lekin g‘oya yo‘q, sababi auditoriyani nima qiziqtirishi, ularni nima xavotirga solishini bilmaysiz. Bunda beriladigan savol: “Auditoriyamga qanday mavzular va kontent turlari qiziq?”, “Ayni paytda ularni qanday muammolar qiynayapti?”
Misollar juda ko‘p. Asosiysi tahlil natijasida nima olmoqchisiz, buni olish uchun ularga qanday savollar berish kerak? Shunga aniqlik kiritib olganingizdan keyin 5-6 mijoz bilan deep interview qilib gipotezalarni sonda tekshirib olsangiz bas, yechim paydo bo‘ladi. Test qilasiz, ishlagan g‘oyalarni masshtablashtirasiz, qarabsizki olam guliston.
Bugun 20:00 da shu mavzuda YouTube’da ham kontent chiqadi)

Mirzo Qodirov | Blog
Auditoriya tahlil va u ochadigan imkoniyatlar Juda ko‘p joyda guvohi bo‘lganman, auditoriya haqidagi xulosalar shunchaki marketolog yoki biznes egasining gipotezalari, shaxsiy qarashlari asosida qilinadi. Bu noto‘g‘ri. Auditoriya tahlilining qilinmaslik…
YouTube
Qalovini topsang qor ham yonadi | Auditoriyani og‘rig‘ini topsangiz, istalgan narsa sotiladi
Auditoriyani tahlil qilish, uning og‘riqlarini bilish va ularga yechim bera olish marketolog qilishi mumkin bo‘lgan eng muhim va eng asosiy ish hisoblanadi.
Telegram: https://t.me/mirzokodirov
Telegram: https://t.me/mirzokodirov
Agar o‘z ishlaringizni rejalashtirmasangiz, boshqalarning rejasi asosida yashaysiz.
Marketing va umuman unga yaqin sohalardagilarni asosiy muammolaridan bittasi bu fokus. Loyihalar, tasklar juda ko‘p, ba’zida bu narsa samaradorligimizga ta’sir qiladi.
Nima uchun ishlar qolib ketadi? Sababi tartib yo‘q. Miyamiz tartibni yaxshi ko‘radi. Tartib bo‘lmagan joyda stressni his qilamiz va bu stress bizni ish qilish o‘rniga arzon dofamniga berilib ketishga majbur qiladi.
Ho‘p tartib bo‘lishi uchun nima qilishimiz kerak?
1. Task-menejerdan foydalanish.
Notion, Trello, Todoist, Заметки, Bloknot. Instrumentni farqi yo‘q asosiysi miyamizda suzib yurgan ishlarning barchasini yozish. Bu narsa miyamizni yengillashtirishga yordam beradi va stress darajasi kamayadi. Man shaxsan todoist’dan foydalanaman.
2. Prioritetni belgilash.
Eyzenxauer texnikasi bor. Unga ko‘ra siz ishlarni zarurlik va shoshilinchlik darajasi bo‘yicha ajratib chiqishingiz mumkin. Todoist’da masalan har bitta topshiriq uchun uni dedlayni, boshlanish vaqti va zarurlik darajasini belgilasa bo‘ladi. Bu sizga topshiriqlarni tartiblashga imkon beradi.
3. Har bitta topshiriq uchun aniq vaqtni belgilash.
Agar bu punktni bajarmasangiz bundan avvalgi ikkitasi befoyda. Har kuni kechki payt yoki ertalab kunni rejalashtirish muhim. Sizda topshiriqlar bor, ular zarurlik va shoshilinchlik bo‘yicha ajratilgan. Endi shu asosida topshiriqlarni kunning muayyan qismlarida qilishni belgilab olmasangiz ularni katta ehtimol bilan qilmaysiz.
Yozganlarimning hammasini boshimdan o‘tkazdim. O‘tgan ikki oy mobaynida to‘xtovsiz qilib kelyapman. 100% samarador bo‘ldim deya olmayman, lekin oldingiga qaraganda 2-3x samaradorroq ishlayapman. Asosiysi miya xotirjam, stress yo‘q va hech qaysi topshiriq esimdan chiqmaydi.
Hammaga omad!

Kelgusi oylar uchun YouTube va Telegram kanal uchun kontent rejasini tuzib chiqmoqchiman. O‘ylab nima qilaman undan ko‘ra odamlarni o‘zidan so‘rab qo‘ya qolay dedim.
Qaysi mavzularda muammolaringiz bor? Nimada ko‘proq qiynalasiz?
Izohlarda yozilgan eng qiziq mavzularda go‘shtli kontent qilamiz inshaaAlloh👇

Assalomu alaykum!
Bitta taklif bor blogdagilarga. Bitta loyihamizda marketing bo‘yicha keys bor, ana shu keysni hal qilishimiz uchun gipotezalar kerak👀
O‘zimda 3-4 ta variant bor, lekin ko‘pchilik bor joyda ideyalar ham ko‘p bo‘ladi.
Bitta tanlov o‘tkazmiqchiman agar qiziq bo‘sa.
Keys study va muammo haqida yozaman va qiziqqanlar, g‘oyasi borlar g‘oya berselar ichidan 5-6 tanlab olib ishlatib koramiz, kimni gipotezasi ish bersa 1 000 000 so‘m kartasiga tashab beraman va marketing boyicha 2 soatlik razbor mandan sovg‘a bo‘ladi.
Agar 30 ta reaksiya yeg‘a olsak keys haqida ma’lumot yuboraman😁

Mirzo Qodirov | Blog pinned «Assalomu alaykum! Bitta taklif bor blogdagilarga. Bitta loyihamizda marketing bo‘yicha keys bor, ana shu keysni hal qilishimiz uchun gipotezalar kerak👀 O‘zimda 3-4 ta variant bor, lekin ko‘pchilik bor joyda ideyalar ham ko‘p bo‘ladi. Bitta tanlov o‘tkazmiqchiman…»
Mirzo Qodirov | Blog
Voice message
Aytgancha, bu bo‘yicha hammaga rahmat)
Hali yechim qila olmadik, lekin juda ko‘p fikrlar keldi.
Aktiv bomba bo‘ldi, ko‘proq tashkillashtiramizmi deyman?)

Kuz fasli kelyapti)
Bundan xursandman albatta, chunki u mani faslim, har yili kuzda hayotimda katta o‘zgarishlar bo‘ladi (bitta masalada o‘xshamay qoldi, bahorga qoldi😂)
Xullas har yili kuzda komfort zonadan chiqaman, shunga komfort zonadan chiqish bo‘yicha video tayyorlgandim bir paytlar, ulashib qo‘yay dedim)
Faqat 1,5 yoki 2x da ko‘ringlar, uxlab qolay deb yozganim shundoq bilingan ekan 😆
Link 👉 https://youtu.be/5hIBW0wS_0M

Atrofimdagilar mendan ko‘ra aqlliroq | Shuncha natijalarga tasodifan erishgan bo‘lsamchi?
Komfort zona – o‘sishning kushandasi)
Unda kamroq qolishga harakat qiling
Unda kamroq qolishga harakat qiling
Mandan eng ko‘p so‘raladigan savollardan bittasi «Marketing bo‘yicha yaxshi bilim va insaytlatlar olish uchun kimni kuzatay?»
Ko‘pincha o‘zim kuzatadigan chet ellik mutaxassislarni tavsiya qilaman, sababi baza jihatdan, fikrlash jihatidan ular bizni bozordagilardan ko‘ra ancha kuchliroq.
LEKIN har doim ham ular berayotgan maslahatlar bizning bozorga to‘g‘ri kelavermaydi, sababi bozor o‘sganlik darajasi, madaniyati, kontekst degan narsalar bor. Ulardan olinayotgan maslahatlarni albatta moslashtirib olish mumkin, lekin hammada ham bunday qilishga yetarli darajada tajriba bo‘lmasligi mumkin.
Shu sababdan O‘zbekistondagi so‘zda emas, amalda haqiqiy marketing bilan shug‘ullanadigan insonlarni kuzatish ham ancha foyda beradi.
Zabihulloh ismli birodarimiz bor, ana shunday mutaxassislarning bloglarini to‘plab tayyor qilib qo‘yibdilar, bemalol kirib o‘rganib yoqsa obuna bo‘lsangiz bo‘ladi, o‘zingiz uchun kerakli va aktual ma’lumotlarni olasiz
https://t.me/addlist/ReV13exg31U4MDA6

https://qalampir.uz/uz/news/telegram-asoschisi-pavel-durov-ҳibsga-olindi-106051
Ish qilib tinchlik bo‘lib tursinda)
O‘zi bitta shu Telegram qoludi norm ishlayotgan

Qalampir.uz
Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olindi
Qiziq tahlil | 21-asrdagi professional vabo haqida
Atrofimizda juda ko‘p insonlarga qarab ularni psevdo-mutaxassis ekanligini payqaymiz.
Ular esa doim o‘zlarini sohadagi eng kuchli mutaxassis yoki qaysidir sohani mukammal egallagan insondek ko‘rsatishadi.
Juda ko‘p o‘ylardim “Nega bunday?” deb. Yaqinda buning javobini topdim.
Nima demoqchi ekanim yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun:
18 yoshida o‘zini zo‘r SMM mutaxassis sanaydiganlar, SMM va Targetda ozgina ishlab o‘zini MARKETOLOG yoki sal yumshoqroq qilib DIGITAL MARKETOLOG deb nomlab oladiganlar haqida ketyapti gap.
Oldin xato shu insonlarning o‘zida deb yurardim, keyin bilsam xato ularning shaxsiyatida emas, balki sohaviy dunyoqarashida, fikrlashida va tajribasining kamligida ekan.
Masalan yuqoridagi misolda aytilgan ishlar bilan shug‘ullanib turib o‘zini MARKETOLOG deb nomlab oladiganlar marketing faqat shu narsadan iborat degan tushunchada bo‘lishar ekan. Qiziq a?)
Buning sababi fikrlashning torligi va tajriba yetishmasligida, ya’ni bunday insonlar o‘ziga o‘zidan kelib chiqib subyektiv baho berishadi. Qanday qilsa to‘g‘ri bo‘ladi? Albatta obyektiv baho berilsa.
Obyektiv baho qanday beriladi desangiz, avvalo iddao qilinayotgan narsaning mohiyati o‘rganiladi, bizning holatimizda marketing yoki digital marketing mohiyati. Undan keyin o‘zga savol beriladi “Men qilayotgan ish yoki menda bor bilim tajriba ana shu mohiyatga qanchalik yaqin?”
Agar yaqin bo‘lsa shunda ana shu narsa menda bor deb iddao qilsa arziydi. Yo‘qsa tushungan odamlar nazdida o‘sha inson fikrlashi tor mutaxassis sifatida qolaveradi va e’tiborga olinmaydi.
Aynan shu uchun ham aytishadi
Doim o‘zini obyektiv baholab yuradigan mutaxassislar hech qachon o‘z kasbining nomini chiroyli eshitilishi uchun qo‘ymaydi va uning miyasida doim “men hali bu darajaga yetganim yo‘q” degan fikr aylanadi.
Think about it

“Bilganing sari hech narsani bilmasligingni tushunib borasan”.
Doim o‘zini obyektiv baholab yuradigan mutaxassislar hech qachon o‘z kasbining nomini chiroyli eshitilishi uchun qo‘ymaydi va uning miyasida doim “men hali bu darajaga yetganim yo‘q” degan fikr aylanadi.
Think about it
Anchadan beri bir fikrni yozib qo‘yaman deyman, hech fursat bo‘lmaydi
Ustozationni shu videosini hamma ko‘rdim manimcha, ko‘rmaganlar bo‘lsa tavsiya qilaman.
https://youtu.be/hRQWc_47kgE?si=OP3yux94UfCyohuC
Bu videoni ko‘rgandan keyin miyamga o‘rnagan fikr shu bo‘ldiki, qaysidir ma’noda shu ishda biznes va marketologlarning ham payi bor. Sababi ko‘p vayner va blogerlar agar blogi orqali pul topmasa katta ehtimol bilan kontent qilishni davom ettirmaydi yoki pul olib keladigan boshqacha formatlarni izlab o‘zgarishni boshlaydi.
Bunda har birimiz kompaniya marketingini qilishda reklamamiz orqali nimaga sabab bo‘layotganimiz haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak) To‘g‘ri hali alternativ blogerlar unchalik ko‘p emas, lekin pulni o‘ylab sarflashni boshlasaka ular ham ko‘payadi.
Man 1 marta bergan 1000$ pul nima ham bo‘lardi degan fikr to‘g‘ri emas, xuddi shu fikr bilan son mingta biznes yuripti. Agar har kim o‘zidan boshlasa juda katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Boykot nima ham bo‘lardi degan odamlar McDonalds va Starbucks’ni qulayotganiga guvoh bo‘lishdi)