Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
so‘nggi kun, jiddiy va hayajonli kun))
Mubaşşir Ahmad
Бизнинг жамиятимиздаги энг катта ва энг жиддий муаммолардан бири бу— ҳукумат ва ҳалқ ўртасидаги муносабатларда ўзаро ишончнинг йўқлигидир. Уларнинг ўзаро муносабатларига дарз кетган. Иккала томон ҳам бир—бирига ишонмайди.
33 yil

Davlat sifatida 33 ga to‘libmiz) Navqiron, qirchillagan, shijoatga to‘la yosh erkakdek. Lekin bizda shu yoshning shijoati bormi? Tasavvurimda 33 yoshida hali ham o‘z yo‘lini topa olmagan, omadsiz erkakdekmiz go‘yo.

Uzoqqa bormaylik, turklar va qozoqlar bor. Ularda bor o‘ziga xosliklardan bittasi shuki, fikr jihatdan ming firqaga bo‘lingan bo‘lishsada, kerakli paytda hammani bitta joyga yeg‘ib bera oladigan mafkuralari bor. Davlati, bayrog‘i uchun jonini berishga tayyor xalqi bor.

Bizdachi? Ma’naviyat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tushunchalari shu darajada qoralab yuborildiki, xalq oxiri bu narsalarni o‘zaro kulishish uchun mavzu sifatida qabul qiladigan bo‘ldi. Yangi kiritilayotgan g‘oyalar ham bora-bora shu oqibatga keladi. Buni ko‘p guvohi bo‘ldik.

Bu narsa operatsion boshqaruvga kirib ketib strategik rivojlanish haqida o‘ylamayotgan biznesga o‘xshaydi. Holat hozir zo‘r bo‘lishi mumkin, lekin kelajakda ko‘proq mijozlar, yangi bozorlar va eng kamida hodimlar sodiqligiga ega bo‘lishi uchun kompaniya o‘zini missiyasi, g‘oyasiga ega bo‘lishi kerak, aks holda mayda chuyda ishlar bilan o‘ralashib yurgan biznes hech qachon hech kimga qiziq bo‘lmaydi.

Yuqoridagi postda esa batafsil tahlil va xulosalar bor

Mustaqillik kuni bilan))
Muvaffaqiyatli marketing va sotuvning siri – muammo va yechim

JTBD modeli haqida ko‘pchilik eshitgan, lekin uning asl mohiyatini tushunadiganlar yoki tushunsa ham amalda qo‘llay oladiganlar kam.

Bu mavzuni ko‘p doiralarda, master-klasslarda muhokama qilganmiz, yetkazishga harakat qilganman, navbat ommaga ham kelgan ekan)

Marhamat)

https://youtu.be/sLiEBFPmomY
Influence bozori o‘lishga yaqinlashmoqda😳

Oxirgi paytlarda IMAN va boshqa loyihalarda ko‘p blogerlar bilan ishladik. Ularning ichida 5-6 ta millionnik, 10 ga yaqin kichik blogerlar bor.

IMAN’da o‘tgan yili ishlagan hamma bloggerlarimiz bo‘yicha statistikalar saqlangan. Har safar bloger bilan ish boshlashdan avval o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar asosida bu yilga prognoz qilamiz (blogerlar har safar boshqa bo‘ladi lekin voronka etaplaridagi konversiyalar u darajada katta farqqa ega bo‘lmaydi)

Bu yilgi bloggerlarning deyarli hech birida prognozlar o‘zini oqlamadi)) raqamlar 2-3 barobarga farq qiladi.

Storisda berilgan reklamalardagi CTR ni o‘lchaydigan bo‘lsak 0,2% dan 1,6% gacha chiqdi. Bundan oshgan blogerni hozircha ko‘rmadim. CTR yaxshi ekanu deyishiz mumkin, lekin bu target uchun yaxshi. Blogerda CPM ancha qimmat, xarajatni oqlashi uchun CTR targetdan ancha baland bo‘lishi kerak, bo‘lmasa targetga pul sarflagan yaxshi.

Nima xulosalarga keldim?

1. Odamlarda bloggerlarga nisbatan ishonch kamaygan (sababi 1 ta bloger bir biriga konkurent brendlarni reklama qilaverib ularning ishonchini yo‘qotadi yoki yana bir sababi reklama samimiy emas, ya’ni blogerni o’zi o‘sha mahsulotdan foydalanmaydi)

2. Odamlarda “baner ko‘rlik” paydo bo‘lgan. 1 ta bloger 1 haftada o‘rtacha 10 ta reklama qo‘yadi. Bu auditoriyani ko‘zini ko‘niktirib qo‘yadi, natijada reklama odatiy holatga aylanib qoladi va deyarli e’tibor katta bo‘lmaydi.

3. Reklamani isini sezgan odamlar storisni o‘tkazib yuboradi, bu esa oxvatni tushishiga olib kelyapti, natija yana yomon.

4. Blogerlar faqat uznavayemost’ni oshirish uchun yaxshi, maqsad natija olish bo‘lsa, xarajat o‘zini oqlamaydi.

Yechim?

1. Agar siz blogerdan trafik olib kirish maqsadida u bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi ishlamaganingiz ma’qul. Sababi CPA sizga ancha qimmatga tushadi, undan ko‘ra shu pulni targetga sarflaganingiz yaxshi. CPM arzonligini hisobiga har tomonlama + da bo‘lasiz

2. Agar byudjet yaxshi bo‘lsa bir marttalik emas, iloji boricha ko‘proqqa kelishib reklama jarayonini 1 oyga cho‘zib, oldin progrev qilib keyin offerni oxirida berish. Bizda nisbatan yaxshiroq ishladi.

3. Bitta blogerni tanlab u bilan maxsus loyiha qilish. Aynan blogerni lineykasida produkt chiqarsa bo‘ladi. Timur Alixonov va FeedUp keysidagi kabi.

4. Bloger bilan shunchaki video olib uni storis yoki postga qo‘ydirmay faqatgina targetda ishlatish. Ya’ni offerlarni blogerga oldirish. Bunda ham bloger arzon tushadi, ham tejalgan pulni targetga sarflab yaxshiroq va arzonroq natija olsa bo‘ladi.
Forwarded from Mukhammad
Всем, Доброе утро. Объявление!

Сейчас я в поиске ассистента, который готов учиться и помогать в управлении повседневными задачами. Если нет опыта, но есть желание расти в крутой команде и познавать что-то новое – то это к нам

Что нужно будет делать?
- Проектные задачи
- Организация рабочего дня: планирование встреч, контроль за выполнением задач.
- Подготовка и организация рабочих документов.
- Помощь в решении ежедневных вопросов и задач компании.
- Взаимодействие с командами внутри компании (бухгалтерия, разработка и др.).

Требования:
- Желание учиться и быстро адаптироваться к новым задачам.
- Ответственность и пунктуальность.
- Базовые навыки работы с ПК и офисными приложениями
- Коммуникабельность и умение работать в команде.
- Грамотная устная и письменная речь.
- Внимательность к деталям.

Остальные детали будут обговорены при собеседовании. Опыт работы не обязателен!

Для связи: @khojimatovm
Ne qadar buyukdir Xoliq qudrati,
Ko‘rganda hayratla tishlaysan yoqa.
Bejizga demamish Qur’on oyati,
Aql egalari fikr aylagay boqsa.

Koinotda millionlab toshlarni tutgan,
Suv ila dunyoni obdon sug‘organ,
Bir inson hayotini boshqarmay behol,
Tashlab qo‘ymas uning o‘ziga har hol.

Hayotdan, rizqingdan olmay xavotir,
Barchasini robbing Allohga topshir.
Shunda toparsan hayotning sirrin
Chin iymonning lazzatin…

• Amirzod
Aman Marketing👨‍💻

Ancha yillar hayol qilib oxir oqibat ochilgan agentligim. Nima uchun paydo bo‘lgani, nima uchun aynan Aman degan nom olgani haqida pastda batafsil o‘qib olasiz.

Hozir esa agentlikning birinchi yulduzli keysi – Singapore International School, undagi asosiy muammo, qilingan ishlar va natijalar haqida Case Study tayyorladim.

Natija haqida qisqacha aytadigan bo‘lsam: 25 kun ichida 368 ta yangi o‘quvchi.

Qolgani bu yerda👇
https://parallel-galliform-6a2.notion.site/Case-Study-Xalqaro-darajadagi-xususiy-maktabga-1-oyda-368-ta-o-quvchi-10c355d5f73d80bd94dbc3b8d355f9cc?pvs=4
Assalomu alaykum!

Silaga yana ikkita vakansiya bilan chiqyapman)

1. Macbro jamoasiga sonlar bilan ishlashni biladigan marketolog kerak ekan.

Asosiy vazifa jamoani boshqarish ( butun jamoa tayyor ), ofisda ishlay olishi kerak.

Batafsil ma’lumot uchun @FarkhodKamilov

2. IMANdagi jamoamizga Instagram uchun moshniy kontent tayyorlay oladigan odam kerak.

Kamida 1 yillik tajriba, Reel orqali Instagramni yurgizib natija qila oladigan odam bo‘lishi kerak)

Batafsil ma’lumotni ozimdan olasila: @amirzod
Welcome to Israel🚀🚀🚀
Hayot tempi juda tezligidan ba’zida oqim bilan birga suzayotganimizni sezmay qolamiz.

Bunday oqishda ba’zan hayot haqiqatlari, undagi oddiy ne’matlarni esdan chiqarib qo‘yamiz. Manqurtlashmaslik uchun ora-orada bu oqimda to‘xtab nafas olib turish kerak. Oxirgi paytlar o‘qigan 4-5 kitobda bu narsaga yanada ishonch hosil qildim.

Halqa, Dor ostidagi odam, Iskanja, Tutqun. Bu kitoblar atrofdagi biz bilgan, lekin haqiqatini anglab yetmagan muhim narsalarni qaytadan eslashga va oqimdan to‘xtab biz unutgan haqiqatlarni chuqurroq anglashga va biroz nafas olishga yordam beradi.

Bu kitoblarda dunyoni turli chekkalarida bir burda non, ozodlik va hurriyat uchun kurashayotgan ummat vakillari hayoti hikoya qilinadi. Bularni o‘qib “Qanchalik noshukurmiz a?!” degan fikrga kelasiz. Biz intilayotgan dunyo lazzatlari bu dardlar oldida arzimas chaqadek ko‘rinadi.

Haqiqiy ruhiy ozuqa olaman deganlar uchun qat’iy tavsiya))
Assalomu alaykum hammaga!

Yaqinda yana kontentlar bilan qaytaman))) ishlar ko‘payib ketdi

Horzircha yana bitta vakansiya bilan chiqyapman

IMAN’dagi jamoamizga videomontajer kerak (Reel va YouTube ga ixtisoslashgan)

Portfolio va CV bilan @Kamoliddin_R ga yozsela bog‘lanamiz
Voronkaning eng oxiridagi raqamlar har doim muhim ☝️

Bir necha yil oldin targetda ishlab yurgan paytlarimda Targetologlar guruhida beriladigan eng ko‘p savol «Rekord darajada arzon lid (klik, переписка va h.k.) oldim, maladesmanmi????» degan savol bo‘lardi) Balki hozir ham bordir shunaqa insonlar

Lekin siz hisobga olayotgan unit qanchalik voronkani boshida bo‘lsa uning arzon yoki qimmat bo‘lishi marketolog sifatida sizning natijangizni ko‘rsatib bera olmaydi.

Yuqoridagi misolda 18-oktyabr kuni reklama strategiyasini o‘zgartirgandik. Strategiya o‘zgargandan keyin deyarli o‘sha byudjet bilan ikki barobar kamroq Install (ilovani o‘rnatib olish) olishni boshladik. Ya’ni bu CPI qimmatlaganini bildiradi.

Lekin konversiyalarga qaraydigan bo‘lsak orada 3-4 barobar farq bor. Kun o‘tgan sari bu konversiyalarning oshish dinamikasi ham ancha balandroq. Ya’ni oxirgi natijaga yetib borgan insonlar soni oldingidan ancha ko‘proq.

Shu sabab natijalarni o‘lchashda iloji boricha voronkani oxiriga qarash kerak. To‘g‘ri sotuv bo‘limi, biznes, produkt va boshqalarning ham bunga ta’siri bor, lekin marketologni vazifasi o‘zi turgan vaziyat uchun yechim qilish va o‘sha vaziyatda natijani yaxshilash.

Ya’ni sizga bog‘liq bo‘lmagan narsalar haqida noligandan ko‘ra, shu holatda qanday qilib maksimal natijani yaxshilay olasiz – birinchi o‘rinda marketing doirasida, agar umuman iloji bo‘lmasa sotuv yoki boshqa bosqichlar doirasida, shunga qarash kerak.
Yandex Call Center’idan marketinggacha

Yaqinda Marketing bo‘limi loyihasi asoschisi, 605 agentligi rahbari Otabek aka Sharapov bilan intervyu qilgandik “Qorako‘z marketolog” podkasti doirasida.

Juda qiziqarli suhbat bo‘lgan. Unda 0 holatdan marketinggacha bo‘lgan yo‘l va undagi o‘zim olgan muhim xulosalar bilan bo‘lishgandim. Bugun itervyuni YouTube’ga joylashibdi.

Ko‘pchilik uchun manfaatli bo‘ladi deb umid qilaman inshaaAlloh.

Podcast uchun link:

https://youtu.be/I0qysWi_uFA?si=BzryWUx9tLMk4BcA
Bugun Marketingdagi natija bilan bog‘liq muammolarini hal qilish bo‘yicha video chiqadi YouTube’ga

Osmondan tushgandek qaytish bo‘ldi manimcha😂😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu narsani o‘rganmaguningizcha o‘ziga ishongan marketolog bo‘la olmaysiz

Marketing ilmi juda abstrakt, uni tushunib bo‘lmaydi deyishadi. Menimcha bu gapni aytadiganlar matematika va mantiq bilan yaxshi chiqisha olishmaydi))

Sababi matematika va mantiqdagi bazaviy tushuncha va formulalarni ishlatib marketingdagi har qanday muammoning yechimini topish mumkin.

Buni qanday qilish haqida mana shu videoda aytib berdim