Mirzo Zominiy
5.7K subscribers
4.6K photos
246 videos
46 files
1.44K links
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Download Telegram
Forwarded from Аъзамхўжаев
Хуршид Абдурашиднинг “Дардисар” китобидаги шаҳар хабарлари қизиқ шакл бўлибди. Жуда ёқди шу нарса.
“Kursilarni sotish” deb nomlangan rasm.

Kim boʻlsayam, joyidan uncha-munchaga turmagan / turgʻizisholmagan odam ekan 💼

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Men xususiy sektorning kreativlik va bunyodkorlik kuchiga doim ishonaman (albatta, buzg‘unchilari ham yo‘q emas).

Payme x Lokals Mosaicvertising ("Mozaiklama") keysi bilan Kann sherlaridan yutish uchun harakat qilib ko‘risharkan.

Ishonamanki, ular buni uddalashadi. Omad tilayman 🦁

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov.

Hey, baraka topgur, olim odamsiz, "mentalitet" nima oʻzi? Uning ilmiy taʼrifi nima? "Biz"ning "oʻzimizga yarasha" qanday mentalitetimiz borki, rektorlarni saylashga toʻsqinlik qilsin?

Oʻzbekiston xalqi hokimlarni saylashga, demokratiyaga, inson huquqlariga tayyor emas deydiganlarni eshitsam ensam qotadi. Prezidentni saylayapti-ku shu "tayyor boʻlmagan" xalq? Parlamentni saylayapti-ku shu"tayyor boʻlmagan" xalq?
Oʻtgan yili yangilangan Konstitutsiyani shu "tayyor boʻlmagan" xalq muhokamasiga olib chiqdinglar-ku?

Bir tarafdan, siyosatchilar xalqni "tayyor emas" desa, tushunsa boʻladi, siyosatchilar hokimlar saylanmasligi, hamma narsa "tepa"da hal boʻlishidan manfaatdordir balki - saylov payti "oʻtdimmi - oʻtmadimmi" deb jon hovuchlab oʻtirish, har bir qadami uchun xalq oldida hisobdor boʻlishdan koʻra shunisi tinchroqdir balki.

Lekin shu xalq ichidan chiqqan olim, ziyoli odam xalqni "tayyor emas" deb oʻtirsa ... Bilmadim, bilmadim.
Mirzo Zominiy
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar…
Menimcha, Kongratbay Sharipovning oʻziga qoʻyib berilsa, hech ham bunday demagan boʻlardi.

Komil akaning esa gapida jon bor – axir rektorlardan, hokimlardan boshqa hammani xalq saylab yotibdi.

Huv bir yozgan gaplarimga qaytaman – saylovlarda haqqingizni, huquqingizni tanib oling, koʻzni oching, azizlar.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Ayni paytda 37 million aholiga ega davlatning bosh sport kanali – “Sport” Chempionlar Ligasi yarim final oʻyinini boshqa chet el kanallaridan koʻchirib olib koʻrsatyapti.

Boshlovchilar darajasi oʻyinga mos, lekin kanal rahbariyati oʻz ishini eplolmagani uchun oʻzbekistonlik muxlislardan rasman uzr soʻrashi va xalqaro huquqlarga rioya qilib, jonli efirni tashkil etishi kerak.

Oʻzbekistonliklar jahon futbolini sifatli koʻrishga haqli axir, butun dunyodan 3 daqiqa keyinroq emas.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Madridning “Real” klubi 15-kubok tomonga dadil qadam tashlab, finalga yoʻl oldi.

Endi madridliklar “Borussiya Dortmund” bilan kurashadi.

Futbol muxlisi sifatida ora-sirada shunday baqir-chaqir qilib turamiz endi. Toʻgʻri tushunasiz, azizlar.

#DavraniKengroqOling

@mirzo_zominiy
UNESCO'ga koʻra, chet elda oʻqiyotgan Oʻzbekiston talabalari 109 945 nafarni tashkil etadi (2021-yil ma’lumotlariga tayanilgan)

Bizdan oldinda faqat Xitoy, Hindiston, Vetnam, Germaniya bor.

Buncha inson kapitali, yoshlar, mutaxassislarning hech boʻlmasa bir qismini saqlab qolish yoki qaytara olish uchun, albatta, ichki ta’lim zavodi va bozor shaffof, qonuniy ishlashi shart.

#Reyting

@mirzo_zominiy
Oʻrisga oʻxshab ketar qorakoʻzlarim…

@mirzo_zominiy
Ташкент, 2024 год. Независимость Республики Узбекистан была объявлена 33 года назад. Наверное, у этих людей есть паспорта нашей страны? Кажется, они не очень этому рады.

@makarenko_channel
Forwarded from Ilyos Safarov
Toshkentda har yili noqonuniy tarzda tashkil qilinadigan propaganda tadbirida chiqish qilib, SSSR va Stalinni ulug'lovchi shiorlar bilan hayqiruvchi mana bu kabi ta'viyalarning jazolanmasligi faollarda norozilik uyg'otyapti.

Nega mustaqil bir davlatda despotik (zulm) imperiyasi – SSSR bayrog'i va uning qonxo'r diktatori Stalinni baralla ulug'layotganlar jazolanmaydi, mazmunida hukumat manziliga haqli savollar berilmoqda.

Umuman, bu kabi savollar faollar tomonidan hukumatga har yili beriladi, javob kutiladi. Ammo jamoatchilikka doim ochiqligini da'vo qiladigan o'zbek mas'ullari masalaga hozircha e'tibor qaratayotgani yo'q. Va fikrimcha, bundan keyin ham ulardan javob eshitishimiz mushkul.

"Odnoklassniki"da qandaydir diniy postga like bosgan ayolni 3 yildan keyin ham topib, qamatayotgan huquq organlarining bu kabi  masalalarga kelganda kar, ko'r va soqov rejimini yoqib olishiga fikrimcha, qo'rquvdan boshqa sabab yo'q. Miyasi SSSR va uni qayta tiklash g'oyasi bilan yashovchi Putin rejimidan qo'rquv.

Toshkent markazida turib har yili qayta-qayta sodir etilayotgan bir turdagi jinoyatlarning jazosiz qoldirilaverishiga boshqa sabab ko'rmayapman.

@haqiqatdaIlyos
Siyosatshunoslar fikri va grafikka qarasak, matbuot (media) erkinligi boʻyicha Islom Karimov davridagi darajaga yana qaytibmiz.

@mirzo_zominiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi postda vinillarni, oʻsha gullab-yashnagan musiqali retro Oʻzbekistonni eslab, shu paytlar jurnallari ham yodimga tushdi. Ularni, asosan, bolaligimda qarindoshlarning eski javon, qutilarida yoki Yangiobod bozorida koʻrardim — “Mushtum”, “Sharq yulduzi”, “Saodat”, “Gulxan”…

Hozir zamon oʻzgaryapti, lekin kam sonli boʻlsayam, sifatli jurnallar chiqishi – oʻzbek tilida ham davom etishi kerak. Mahalliy “moda + layfstayl + reklama” janridagi bir-ikkita nashrlarimiz bor, lekin katta qismi oʻzbek tilida yozmaydi, afsuski.

Oʻzbekiston boy madaniyat, moda va bir-biridan goʻzal naqsh-u bezaklardan tortib iste’dodli dizaynerlarimiz ijodi bilan munosib ravishda faxrlana oladi. Deylik, oʻzbek ayollari oʻzlari haqida, jamiyatdagi oʻrni, davlat, biznesi, oʻz sohasi, oilasi rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan ayollar haqida oʻzbek tilida qayerdan oʻqishi, ilhomlanishi mumkin, masalan?

Bozorda oʻzbek tilidagi xususiy, did bilan tayyorlangan, har safar muqovasida kim chiqar ekan deya kutiladigan nashr yoʻq lekin…

Boʻlsa, bir paytlar “Yosh kuch” yoshlar toifasida ajoyib ishlar qilardi. Agar boʻlganida, oʻqirdik. Til rivoji uchun oʻzini shu til, madaniyatga taalluqli deb hisoblash va boshqa “xoslar” tilida ajralib olib gaplashishning oʻzigina yetmaydi.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy