Mirzo Zominiy
5.7K subscribers
4.6K photos
246 videos
46 files
1.44K links
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Download Telegram
Portugaliya va Fransiya oʻyinidagi Oʻzbekiston hamda Qoraqalpogʻiston bayroqlari 🇺🇿

Yaqin rakursdan Zafar aka Hoshimov olgan surat 📷

@mirzo_zominiy
Forwarded from Аъзамхўжаев
Эски шиор
Mirzo Zominiy
Эски шиор
Dushanba tongidan shijoat uchun

@mirzo_zominiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 95 CHOY
Tbilisidagi MoMA’da (Zamonaviy san’at muzeyida). Vinsent va Pablo amakilar bilan.

Toshkentda ham biror muzeyimizni qayta malakalab, MoMA shaklida ochish kerakmikan-a…?

Hafta avvali – dushanba ko‘proq g‘oyalar va kreativ keltirsin.

@toqsonbeshchoy
Хатирчида ёш қиз ўлимига сабаб бўлган ҳайдовчилардан бири 1 йилда 12 марта радарга тушгани маълум бўлди

Навоий вилоятида 8 ёшли қизнинг ўлимига сабаб бўлган ҳайдовчилардан бири 1 йил давомида 12 маротаба тезликни ошириш, 1 маротаба йўл чизиғини босиш қоидабузарлигини содир этгани аниқланди. Ҳайдовчилар ўша вазиятда пойга ўйнаб кетаётган бўлган.

👉 https://kun.uz/kr/51627406

Kun.uz расмий канали
Yurtimizdagi aholining katta qismi “poyga oʻynab ketayotganlarga” oʻxshab qayergadir 150 km/soat tezlikda shoshayotgandek goʻyo. Qahramonlar, havas qiladiganlarimiz – mashinasi bor (u salgina premium segmentroq boʻlsa, undan ham battar) adrenalinchi, gap-soʻzi soʻkinish-u qoʻpol muomala va kibr, oʻziga manfaatli boʻlsa, birdan ibratli videodagi personajga aylanib oladigan yangi oʻzbekistonlik.

U yoʻllarda bosssib haydashini videoga oladi, oʻziga oʻxshaganlarga maqtanadi, ijtimoiy tarmoqqa jarimalarini maqtanib qoʻyadi, qisqasi – bosar-tusarini bilmaydi. Chunki jarimalar, jazolardan qoʻrqmaydi. Muammo haqida yozsang, oʻzicha topib olgan navbatchi bahonalari bilan “whataboutism” (nega buni gapiryapsiz-u, bunga jimsiz deyish) qiladiganlar ham potensial shu toifada.

Yoʻlda esa shunday olifta, bez personajlar va budjetni ozuqa zanjiridek koʻruvchi (yoʻllar sharoiti, piyodalar xavfsizligiga panja ortidan qaraydigan) ayrim mas’ullar kasriga oʻzbekistonliklar qirilib ketyapti. Ular orasida hali umrining 10-15 yilini ham yashamagan bolalar borligi qoʻrqinchli.

❗️ Men kanalimdagi faollardan, jamoatchilik vakillari va befarq boʻlmagan oʻzbekistonliklardan bu muammoga qoʻl siltab ketmasliklari, birdam boʻlib, quyidagi bandlarni deputatlar, hukumatgacha yetkazishlari, ular esa ekspertlar bilan muammoni koʻrib chiqib, qat’iy choralar koʻrishida, quyidagi bandlarni inobatga olishida yordam berishlarini soʻrayman:

• yoʻl harakati xavfsizligiga doir qonunlar qayta koʻrib chiqilishi;
• jarimalar jiddiy va organlar bunda qat’iyatli boʻlishi;
• balli tizimni ishga tushirish;
• qoidabuzarlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
• YTH qurbonlari bilan bogʻliq holatlarni odam oʻldirish darajasida baholash.

Transport vositasi – oliftalik, maqtanchoqlik, poyga oʻyinlari vositasi emas, u mas’uliyat. Tirikchilik vositasi ekanligi sizni mas’uliyatdan ozod qilmaydi.

#Qachongacha oʻzbekistonliklar yoʻllarda halok boʻladi? Biz tinch davrda urushdagidek qurbonlar berishimiz #Qachongacha davom etadi?

@mirzo_zominiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel photo updated
Ukraina va Gʻazoda bombalar.
Oʻzbekistonda esa oʻpkasiz haydovchilar va orsiz chayqovchilar.

Bolalar va binolarga rahming keladi…

#Dard

@mirzo_zominiy
Forwarded from 95 CHOY
Bugungi kunimiz egalari kimligi qiziq… 😅

@toqsonbeshchoy
Shu tvitda yozilgan fikrga qo‘shilaman. Ehtiyot bo‘laverish kerak.

Aholimizning katta qismida ruhiy-psixologik holat yaxshi emas. Ko‘pchilik agressiv. Buning turli-tuman sabablari bor va muammoga davlat darajasida qaralib, asosli ilmiy tadqiqot (mafkura, siyosat va ayrim shaxslar, tashkilotlar manfaati aralashtirilmasdan) o‘tkazilishi kerak, bu OAVda keng yoritilishi zarur.

Jamiyatimiz qayergadir shoshyapti. Rivojlanish yo‘lidagi toza qadriyatlar haqida esa gap bo‘lishi mumkin emas. Ustiga turli yaltir-yulturlar yopishtirilgan, tutuni chiqib yotgan, tormozsiz aravada bosib ketayotganga o‘xshaymiz.

Aholi orasida sog‘lom muloqot yo‘qligi ortidan 5 – 10 yil ichida (hozir ham) ekologiyaning yomon tomonga o‘zgarib borishi, qonunlar ustuvorligi ta’minlanmasligi, kuchli parlament va saylovlarning yo‘qligi, OAV ishiga haddan ziyod, bevosita va bilvosita aralashishga jim qarash kuchayib boraveradi. Salohiyatli va sog‘lom ongli aholining mamlakatdan chiqib ketishi kuchayaveradi.

O‘zbekiston yo‘llaridagi ba’zi o‘pkasiz, lekin pichoq ko‘tarib yuradigan haydovchilar, jamoat joylari va o‘quv muassasalaridagi tarbiyasiz mushtumzo‘rlar, balki hatto devor ortidagi odamlarning ruhiy holatini ham inobatga olib yashaydigan zamonlar kelyapti.

Sog‘lom muloqot va boshqalarning ham asosli fikrlarini tinglash yetishmayapti.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Forwarded from O‘zbekcha yoz!
Har kuni xayolimizga mingta g‘oya kelishi mumkin. Ularning ko‘pi bir qarashda zo’r ko‘rinadi — yugurib borib tezroq amalga oshirishni xohlab ketamiz.

Lekin, ayrim g‘oyalar o‘lik tug‘iladi: shunchaki biz buni birdaniga sezmaymiz. Ulardan vaqtida voz kechib yubormasangiz, egningizda yuk bo‘lib, sizni pastga tortib turaveradi.

Hamma narsani qilish shart emas — nimadir baribir qolib ketadi. O‘ylamang.

Undan ko‘ra, sizni tepaga tortadigan, bo‘ladigan g‘oya va loyihalarga e’tiboringizni qarating.
Forwarded from Urikguli
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧐Buxoroda shunday ixtirochimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz!
Mirzo Zominiy
Yana bir Z-artistga to‘rimizni beramizmi? Rossiya Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a'zosi hamda Ukrainadagi urushni faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy propagandachi Nikolay Rastorguyev boshchiligidagi "Lyube" guruhi 20-sentabrda O‘zbekistonda…
Bir necha hafta oldin yozgandim, xabar bergandim – 20-sentabrda O‘zbekistonga yana bir “Z” propaganda artisti – Nikolay Rastorguyev boshchiligidagi “Lyube” guruhi kelyapti. Uning kimligi, hozir nimalar qilayotgani haqida avvalgi postimda yozganman.

Bu haftaning boshida ruslar Kiyevdagi bolalar shifoxonasi – Ohmatditni bombalashi oqibatida 36 odam halok bo‘ldi, 140 nafari esa jarohatlandi. Bu hali urushdan bir parcha xolos. Mustaqil davlat hududiga bostirib kirgan Rossiyaning propaganda quroli ham to‘xtamayapti. Qanchadan-qancha o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari askar sifatida yollanib, halok bo‘lishyapti.

Shunday propagandachilardan biri – bu “Lyube” hisoblanadi. Ular urushni romantizatsiya qilishi, hukumatga, Ukrainaga hujum qilgan askarlarni qo‘llab-quvvatlashi, ularga yaqinligi bilan tanilgan. Endi esa “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida uyalmay konsert berishmoqchi. O‘zbekistonlik ayrimlar uyalmay uni qabul qilmoqchi. Xalqlar do‘stligi va urush kuychisi? G‘alatiroqmasmi? Biz ukrainlarga ham birdek do‘st emasmizmi?

Befarq bo‘lmagan, hali sharafi kuyib bitmagan o‘zbekistonliklardan bu konsertni boykott qilishda qo‘llab-quvvatlov kutib qolaman. O‘z sahifangizda #LyubeKerakmas heshtegini qo‘ying, posterni ommalashtiring.

Ha, yana bir jihat – iticket.uz’ni kim moliyalashini bilmadim-ku, lekin ular “Z” artistlarning kelishini bamaylixotir qabul qilayotgani va hatto 9-mayda O‘zbekistondagi Xotira va qadrlash kuni emas, uni G‘alaba kuni deb nishonlaganini , e’lonlarini doimo rus tilida qo‘yib kelishini tushunmadim.

@mirzo_zominiy
Ilyos aka, o‘zi bunday boykott va tashqi tahdidlarga qarshi ijtimoiy tashabbuslarni siyosiy partiyalar faollari boshlashi, partiya qadriyatlaridan kelib chiqib targ‘ibot yuritishi kerak.

Partiyalar oldidagi “siyosiy” so‘zi unda nechun kerak?

@mirzo_zominiy
Mo‘g‘uliston olimpiya jamoasining ochilish marosimi uchun kiyimlari.

Dizayni “Michel Amazonka” brendidan.

Bizda ham qanchadan-qancha bezaklarimiz hali tarix qa’rida yotibdi.

O‘zbekiston ruhiyatini singdirgan #Kiyaman degan loyihani o‘ylab turibmiz. Xudo xohlasa, yaqin orada boshlanadi.

@mirzo_zominiy