Mirzo Zominiy
5.45K subscribers
4.29K photos
227 videos
44 files
1.36K links
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.
Tushirgan suratlarim shu yerda boʻladi: instagram.com/mirzayor
Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Download Telegram
Yuqoridagi postda vinillarni, oʻsha gullab-yashnagan musiqali retro Oʻzbekistonni eslab, shu paytlar jurnallari ham yodimga tushdi. Ularni, asosan, bolaligimda qarindoshlarning eski javon, qutilarida yoki Yangiobod bozorida koʻrardim — “Mushtum”, “Sharq yulduzi”, “Saodat”, “Gulxan”…

Hozir zamon oʻzgaryapti, lekin kam sonli boʻlsayam, sifatli jurnallar chiqishi – oʻzbek tilida ham davom etishi kerak. Mahalliy “moda + layfstayl + reklama” janridagi bir-ikkita nashrlarimiz bor, lekin katta qismi oʻzbek tilida yozmaydi, afsuski.

Oʻzbekiston boy madaniyat, moda va bir-biridan goʻzal naqsh-u bezaklardan tortib iste’dodli dizaynerlarimiz ijodi bilan munosib ravishda faxrlana oladi. Deylik, oʻzbek ayollari oʻzlari haqida, jamiyatdagi oʻrni, davlat, biznesi, oʻz sohasi, oilasi rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan ayollar haqida oʻzbek tilida qayerdan oʻqishi, ilhomlanishi mumkin, masalan?

Bozorda oʻzbek tilidagi xususiy, did bilan tayyorlangan, har safar muqovasida kim chiqar ekan deya kutiladigan nashr yoʻq lekin…

Boʻlsa, bir paytlar “Yosh kuch” yoshlar toifasida ajoyib ishlar qilardi. Agar boʻlganida, oʻqirdik. Til rivoji uchun oʻzini shu til, madaniyatga taalluqli deb hisoblash va boshqa “xoslar” tilida ajralib olib gaplashishning oʻzigina yetmaydi.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Yana bir Z-artistga to‘rimizni beramizmi?

Rossiya Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a'zosi hamda Ukrainadagi urushni faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy propagandachi Nikolay Rastorguyev boshchiligidagi "Lyube" guruhi 20-sentabrda O‘zbekistonda konsert berishi aytilyapti.

Urushni romantizatsiya qilish, harbiy harakatlarni oqlab-ko‘klashga mo‘ljallangan qo‘shiqlarni tinglash va o‘zini imperialistik davraga yaqinligi, simpatiyasini ko‘rsatish narxi – 400 000 so‘mdan 2 500 000 so‘mgacha turadi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri tomonidan bir paytlar RF anneksiya qilgan hududlar tan olinmasligi aytilgandi, Rastorguyev rus istilolarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan, kelmoqda.

Ishonamanki, suveren yurtimizdagi mas'ul tashkilotlar bu kimsa (va bunga o‘xshaganlarning) bemalol kelib, konsert qo‘yishi davlatimizning xolislik, betaraflik imijiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatishini yaxshi tushunishadi va jamoatchilik, OAV, blogerlar konsertning bekor bo‘lishiga erishadi.

#LyubeKerakmas

@mirzo_zominiy
Mirzo Zominiy
Yana bir Z-artistga to‘rimizni beramizmi? Rossiya Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a'zosi hamda Ukrainadagi urushni faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy propagandachi Nikolay Rastorguyev boshchiligidagi "Lyube" guruhi 20-sentabrda O‘zbekistonda…
Izohlarda yozishyapti: "Talab bo‘lmaganida, taklif bo‘lmasdi" deb. Bir tomondan bu fikrga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q, lekin mana shunday paytda jamiyatning katta qismida siyosiy savodxonlik, o‘zligini tanish, suverenligini anglash degan tushunchalar oldinga chiqadi.

Taqqoslash uchun: ayni paytda Gruziyada #NoToRussianLaw harakati (RF'da hukumatga yoqmagan biror OAV, media vakili, blogerni tamg‘alash uchun chiqarilgan chet el agentlari haqidagi qonun endi Gruziyada ham Kremlga simpatiyali hukumat tomonidan ma'qullanish arafasida, xalq bunga qarshi) avj olgan.

Deyarli butun Tbilisi va mamlakati kelajagiga, uning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga befarq bo‘lmagan erksevar gruziyaliklar ko‘chalarga chiqishgan. Ijtimoiy tarmoqlar ularni qo‘llab-quvvatlashga to‘lgan.

Men doim hayron qolaman – nega bizda istilochilar biqinidagi Z-propagandachilar kelishi oylar oldin aniq bo‘lsa, yuzlab "takrorlay olamiz"chilar Sovet bayrog‘ini ko‘tarib, Stalinni olqishlasa, boshqa tomondan tan olinmagan DXR rahbari O‘zbekistonga kelib shartnomalar qilib yursa, OAV va media vakillar, inflyuenserlar-u qorako‘z blogerlarimiz jimgina mum tishlab o‘tirsa.

Nimaga? Biz 37 millionmiz, gruzinlar 3,7 million...
Ozodlik, o‘zlik ular uchun qadrliroqmi?


Kadrda Tbilisi'dagi Yevropa maydoni yuqoridan / Mtavari TV.

@mirzo_zominiy
"Eslab qoling, dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan kompaniya taqdimotini shunday qilyapti. Vaqtingizni Canva va ppt dizaynlariga ortiqcha sarflab yubormang", deb yozyapti X (Twitter) foydalanuvchilaridan biri.

Siz biror ish yoki loyihangiz taqdimotiga, odatda, qancha vaqt sarflaysiz? 🎨 Minimalizm yoqadimi yoki rang-baranglik?

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy
Forwarded from EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Andijonning Navro‘z savdo markazida 30 MINGta shar uchiriladi. Bu haqida @ekologuzda 13 may kuni xabar bergan edik. Poytaxt Ashxobod parkida boshlab berilgan ayanchli tashabbus qo‘llab quvvatlanmoqda.

Tasavvvur qilayapsizmi 30 mingta havoga uchirilgan shar qancha qushlarni nobud qiladi, yo‘llarga tushib avariya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin, oqibatda yerga chiqindi bo‘lib tushib, atrofni ifloslantiradi. Ammo bu tadbirkorlarga na ekovazirlik, na boshqa tashkilotning kuchi yetmayapti shekilli

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
"Ular (Gazprom) 700 million dollarlik qarzni Moldova hukumati o‘z zimmasiga olishini istashdi. Ular bu “Moldovagaz"ning qarzi ekanini aytishdi. ... Biz esa buni tekshirishimiz lozimligini aytdik, chunki biz bu qarzlar qayerdan paydo bo‘lib qolganini bilmaymiz. Biz bu pulni qaytarishga rozi bo‘lmadik, chunki o‘zimiz tekshirib ko‘rmagan qarz bo‘yicha bitimga qo‘l qo‘yish bizning fuqarolarimiz nafaqat narxi oshib ketgan va ishlatilayotgan gaz uchun, balki bu qarz uchun ham to‘lashi lozimligini anglatardi. Shuning uchun biz xalqaro auditorlarni yolladik va auditorlar qarz 700 emas, 8 (sakkiz) million dollar ekanini ko‘rsatib berishdi. Bu hikoyadan qanday xulosa qilish mumkin? Biz muqobil manbalarimiz bo‘lishi, bizni boshqa “shantaj” qilmasliklari uchun barcha ishni qilyapmiz. Chunki tijoriy sharoitlar bo‘lishi bir narsa, hech qachon bo‘lmagan qarzingizni bor deyishlari — umuman boshqa narsa".

...

"Biz gazni bozordan sotib olyapmiz. Gazni hozir bozorda o‘zimiz topgan eng past narxda xarid qilyapmiz va eng muhimi — bizda tanlov bor. 30 yil ichida qilinmagan va biz qilgan narsa shuki, bizda tanlov paydo bo‘ldi. Agar narx bir bozorda yaxshiroq bo‘lsa, o‘sha yerdan gaz sotib olamiz, agar boshqasida yaxshiroq bo‘lsa — unisidan".

Moldova prezidenti Mayya Sandu

Qiziq. Nega Moldova qila olgan narsani O'zbekiston qila olmaydi?

Shunchaki ma'lumot o'rnida. 2019-yilda O'zbekistonning "Lukoil"dan 600 mln AQSH dollari qarzi borligi aytilgan edi.
Forwarded from Shokirjonov news
Jahon banki tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu xaritada mamlakatimizning turli viloyatlarida quyosh energiyasini ishlab chiqarish salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Masalan, Guliston shahrida o‘rnatilgan quvvati 1 kW bo‘lgan quyosh panellari bir yilda 1387 kWh elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyati bo‘lsa, Buxoro shahrida bu ko‘rsatgich 1680 kWh’ni tashkil etadi.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Serquyosh, hur oʻlkam, elga energiya – najot,
Hech boʻlma yovlarga yoʻldosh, mehribon.

#EnergetikaSerquyoshi

@mirzo_zominiy
Forwarded from Аъзамхўжаев
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Бу ерда ёзиш учун шароит қолмагани учун тўхтаганман. Бугун ёзиб бўлмайди”, - Карим Баҳриев.
Қозоқ тилини бошланғич даражада билмайдиганларга Қозоғистон фуқаролиги берилмайди

Қозоғистон Республикаси президенти Қосим-Жўмарт Тўқаев аҳоли миграцияси ва жиноят ижро тизими тўғрисидаги қонунларга ўзгартиришларни тасдиқлади. Бу ҳақда Оқўрда ахборот хизмати маълум қилган.

👉 https://kun.uz/kr/00387499

Kun.uz расмий канали
Toshkent ustida oppoq bulutlar 🌤️

#PiyodaSayr

@mirzo_zominiy