Forwarded from Jalilov. Qaydlar
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov.
Hey, baraka topgur, olim odamsiz, "mentalitet" nima oʻzi? Uning ilmiy taʼrifi nima? "Biz"ning "oʻzimizga yarasha" qanday mentalitetimiz borki, rektorlarni saylashga toʻsqinlik qilsin?
Oʻzbekiston xalqi hokimlarni saylashga, demokratiyaga, inson huquqlariga tayyor emas deydiganlarni eshitsam ensam qotadi. Prezidentni saylayapti-ku shu "tayyor boʻlmagan" xalq? Parlamentni saylayapti-ku shu"tayyor boʻlmagan" xalq?
Oʻtgan yili yangilangan Konstitutsiyani shu "tayyor boʻlmagan" xalq muhokamasiga olib chiqdinglar-ku?
Bir tarafdan, siyosatchilar xalqni "tayyor emas" desa, tushunsa boʻladi, siyosatchilar hokimlar saylanmasligi, hamma narsa "tepa"da hal boʻlishidan manfaatdordir balki - saylov payti "oʻtdimmi - oʻtmadimmi" deb jon hovuchlab oʻtirish, har bir qadami uchun xalq oldida hisobdor boʻlishdan koʻra shunisi tinchroqdir balki.
Lekin shu xalq ichidan chiqqan olim, ziyoli odam xalqni "tayyor emas" deb oʻtirsa ... Bilmadim, bilmadim.

Газета.uz
“Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak”. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz
Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala 'O‘zbekiston — 2030' strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. 'Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga…
Mirzo Zominiy
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar…
Menimcha, Kongratbay Sharipovning oʻziga qoʻyib berilsa, hech ham bunday demagan boʻlardi.
Komil akaning esa gapida jon bor – axir rektorlardan, hokimlardan boshqa hammani xalq saylab yotibdi.
Huv bir yozgan gaplarimga qaytaman – saylovlarda haqqingizni, huquqingizni tanib oling, koʻzni oching, azizlar.
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy

Ayni paytda 37 million aholiga ega davlatning bosh sport kanali – “Sport” Chempionlar Ligasi yarim final oʻyinini boshqa chet el kanallaridan koʻchirib olib koʻrsatyapti.
Boshlovchilar darajasi oʻyinga mos, lekin kanal rahbariyati oʻz ishini eplolmagani uchun oʻzbekistonlik muxlislardan rasman uzr soʻrashi va xalqaro huquqlarga rioya qilib, jonli efirni tashkil etishi kerak.
Oʻzbekistonliklar jahon futbolini sifatli koʻrishga haqli axir, butun dunyodan 3 daqiqa keyinroq emas.

Madridning “Real” klubi 15-kubok tomonga dadil qadam tashlab, finalga yoʻl oldi.
Endi madridliklar “Borussiya Dortmund” bilan kurashadi.
Futbol muxlisi sifatida ora-sirada shunday baqir-chaqir qilib turamiz endi. Toʻgʻri tushunasiz, azizlar.
#DavraniKengroqOling

UNESCO'ga koʻra, chet elda oʻqiyotgan Oʻzbekiston talabalari 109 945 nafarni tashkil etadi (2021-yil ma’lumotlariga tayanilgan)
Bizdan oldinda faqat Xitoy, Hindiston, Vetnam, Germaniya bor.
Buncha inson kapitali, yoshlar, mutaxassislarning hech boʻlmasa bir qismini saqlab qolish yoki qaytara olish uchun, albatta, ichki ta’lim zavodi va bozor shaffof, qonuniy ishlashi shart.
#Reyting

Forwarded from Эффект Макаренко
Ташкент, 2024 год. Независимость Республики Узбекистан была объявлена 33 года назад. Наверное, у этих людей есть паспорта нашей страны? Кажется, они не очень этому рады.
@makarenko_channel
@makarenko_channel
Forwarded from Ilyos Safarov
Toshkentda har yili noqonuniy tarzda tashkil qilinadigan propaganda tadbirida chiqish qilib, SSSR va Stalinni ulug'lovchi shiorlar bilan hayqiruvchi mana bu kabi ta'viyalarning jazolanmasligi faollarda norozilik uyg'otyapti.
Nega mustaqil bir davlatda despotik (zulm) imperiyasi – SSSR bayrog'i va uning qonxo'r diktatori Stalinni baralla ulug'layotganlar jazolanmaydi, mazmunida hukumat manziliga haqli savollar berilmoqda.
Umuman, bu kabi savollar faollar tomonidan hukumatga har yili beriladi, javob kutiladi. Ammo jamoatchilikka doim ochiqligini da'vo qiladigan o'zbek mas'ullari masalaga hozircha e'tibor qaratayotgani yo'q. Va fikrimcha, bundan keyin ham ulardan javob eshitishimiz mushkul.
"Odnoklassniki"da qandaydir diniy postga like bosgan ayolni 3 yildan keyin ham topib, qamatayotgan huquq organlarining bu kabi masalalarga kelganda kar, ko'r va soqov rejimini yoqib olishiga fikrimcha, qo'rquvdan boshqa sabab yo'q. Miyasi SSSR va uni qayta tiklash g'oyasi bilan yashovchi Putin rejimidan qo'rquv.
Toshkent markazida turib har yili qayta-qayta sodir etilayotgan bir turdagi jinoyatlarning jazosiz qoldirilaverishiga boshqa sabab ko'rmayapman.
@haqiqatdaIlyos

Siyosatshunoslar fikri va grafikka qarasak, matbuot (media) erkinligi boʻyicha Islom Karimov davridagi darajaga yana qaytibmiz.
@mirzo_zominiy
@mirzo_zominiy
Yuqoridagi postda vinillarni, oʻsha gullab-yashnagan musiqali retro Oʻzbekistonni eslab, shu paytlar jurnallari ham yodimga tushdi. Ularni, asosan, bolaligimda qarindoshlarning eski javon, qutilarida yoki Yangiobod bozorida koʻrardim — “Mushtum”, “Sharq yulduzi”, “Saodat”, “Gulxan”…
Hozir zamon oʻzgaryapti, lekin kam sonli boʻlsayam, sifatli jurnallar chiqishi – oʻzbek tilida ham davom etishi kerak. Mahalliy “moda + layfstayl + reklama” janridagi bir-ikkita nashrlarimiz bor, lekin katta qismi oʻzbek tilida yozmaydi, afsuski.
Oʻzbekiston boy madaniyat, moda va bir-biridan goʻzal naqsh-u bezaklardan tortib iste’dodli dizaynerlarimiz ijodi bilan munosib ravishda faxrlana oladi. Deylik, oʻzbek ayollari oʻzlari haqida, jamiyatdagi oʻrni, davlat, biznesi, oʻz sohasi, oilasi rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan ayollar haqida oʻzbek tilida qayerdan oʻqishi, ilhomlanishi mumkin, masalan?
Bozorda oʻzbek tilidagi xususiy, did bilan tayyorlangan, har safar muqovasida kim chiqar ekan deya kutiladigan nashr yoʻq lekin…
Boʻlsa, bir paytlar “Yosh kuch” yoshlar toifasida ajoyib ishlar qilardi. Agar boʻlganida, oʻqirdik. Til rivoji uchun oʻzini shu til, madaniyatga taalluqli deb hisoblash va boshqa “xoslar” tilida ajralib olib gaplashishning oʻzigina yetmaydi.

Yana bir Z-artistga to‘rimizni beramizmi?
Rossiya Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a'zosi hamda Ukrainadagi urushni faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy propagandachi Nikolay Rastorguyev boshchiligidagi "Lyube" guruhi 20-sentabrda O‘zbekistonda konsert berishi aytilyapti.
Urushni romantizatsiya qilish, harbiy harakatlarni oqlab-ko‘klashga mo‘ljallangan qo‘shiqlarni tinglash va o‘zini imperialistik davraga yaqinligi, simpatiyasini ko‘rsatish narxi – 400 000 so‘mdan 2 500 000 so‘mgacha turadi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri tomonidan bir paytlar RF anneksiya qilgan hududlar tan olinmasligi aytilgandi, Rastorguyev rus istilolarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan, kelmoqda.
Ishonamanki, suveren yurtimizdagi mas'ul tashkilotlar bu kimsa (va bunga o‘xshaganlarning) bemalol kelib, konsert qo‘yishi davlatimizning xolislik, betaraflik imijiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatishini yaxshi tushunishadi va jamoatchilik, OAV, blogerlar konsertning bekor bo‘lishiga erishadi.
#LyubeKerakmas

Yana bir Z-artistga to‘rimizni beramizmi? Rossiya Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a'zosi hamda Ukrainadagi urushni faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy propagandachi Nikolay Rastorguyev boshchiligidagi "Lyube" guruhi 20-sentabrda O‘zbekistonda…
Izohlarda yozishyapti: "Talab bo‘lmaganida, taklif bo‘lmasdi" deb. Bir tomondan bu fikrga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q, lekin mana shunday paytda jamiyatning katta qismida siyosiy savodxonlik, o‘zligini tanish, suverenligini anglash degan tushunchalar oldinga chiqadi.
Taqqoslash uchun: ayni paytda Gruziyada #NoToRussianLaw harakati (RF'da hukumatga yoqmagan biror OAV, media vakili, blogerni tamg‘alash uchun chiqarilgan chet el agentlari haqidagi qonun endi Gruziyada ham Kremlga simpatiyali hukumat tomonidan ma'qullanish arafasida, xalq bunga qarshi) avj olgan.
Deyarli butun Tbilisi va mamlakati kelajagiga, uning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga befarq bo‘lmagan erksevar gruziyaliklar ko‘chalarga chiqishgan. Ijtimoiy tarmoqlar ularni qo‘llab-quvvatlashga to‘lgan.
Men doim hayron qolaman – nega bizda istilochilar biqinidagi Z-propagandachilar kelishi oylar oldin aniq bo‘lsa, yuzlab "takrorlay olamiz"chilar Sovet bayrog‘ini ko‘tarib, Stalinni olqishlasa, boshqa tomondan tan olinmagan DXR rahbari O‘zbekistonga kelib shartnomalar qilib yursa, OAV va media vakillar, inflyuenserlar-u qorako‘z blogerlarimiz jimgina mum tishlab o‘tirsa.
Nimaga? Biz 37 millionmiz, gruzinlar 3,7 million...
Ozodlik, o‘zlik ular uchun qadrliroqmi?
Kadrda Tbilisi'dagi Yevropa maydoni yuqoridan / Mtavari TV.

"Eslab qoling, dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan kompaniya taqdimotini shunday qilyapti. Vaqtingizni Canva va ppt dizaynlariga ortiqcha sarflab yubormang", deb yozyapti X (Twitter) foydalanuvchilaridan biri.
Siz biror ish yoki loyihangiz taqdimotiga, odatda, qancha vaqt sarflaysiz? 🎨 Minimalizm yoqadimi yoki rang-baranglik?
#MarketingvaPR

Forwarded from EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Andijonning Navro‘z savdo markazida 30 MINGta shar uchiriladi. Bu haqida @ekologuzda 13 may kuni xabar bergan edik. Poytaxt Ashxobod parkida boshlab berilgan ayanchli tashabbus qo‘llab quvvatlanmoqda.
Tasavvvur qilayapsizmi 30 mingta havoga uchirilgan shar qancha qushlarni nobud qiladi, yo‘llarga tushib avariya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin, oqibatda yerga chiqindi bo‘lib tushib, atrofni ifloslantiradi. Ammo bu tadbirkorlarga na ekovazirlik, na boshqa tashkilotning kuchi yetmayapti shekilli
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning

Bugun Andijonning Navro‘z savdo markazida 30 MINGta shar uchiriladi. Bu haqida @ekologuzda 13 may kuni xabar bergan edik. Poytaxt Ashxobod parkida boshlab berilgan ayanchli tashabbus qo‘llab quvvatlanmoqda. Tasavvvur qilayapsizmi 30 mingta havoga uchirilgan…
Buni esa na marketing, na PRga aloqasi bor.
Hukumatning ekologiyaga mas'ul vakillaridan bunga e'tibor qaratishlarini so‘raymiz.