Mirzo Zominiy
5.36K subscribers
4.37K photos
235 videos
46 files
1.39K links
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Download Telegram
Mirzo Zominiy
Jonim senga fido, O’zbe… iye, Green Card ochildimi? - Жизнь отдам ради тебя, Узбе… ой, ГринКарт уже открылся? Photo credits: Mirzo Zominiy @trolluz
271 mingdan ko‘p ko‘rishgan ekan shu suratni. TROLL UZ kanalining o‘zidan.

Bugundan boshlab esa DV Lottery natijalarini tekshirib ko‘rish boshlandi.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Bahor faslidagi o‘zbek qishlog‘i Gibli studiyasi uslubida DALL-E tomonidan chizilganida 🌱🌳

#SuniyIdrok

@mirzo_zominiy
Forwarded from Аъзамхўжаев
Хуршид Абдурашиднинг “Дардисар” китобидаги шаҳар хабарлари қизиқ шакл бўлибди. Жуда ёқди шу нарса.
“Kursilarni sotish” deb nomlangan rasm.

Kim boʻlsayam, joyidan uncha-munchaga turmagan / turgʻizisholmagan odam ekan 💼

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Men xususiy sektorning kreativlik va bunyodkorlik kuchiga doim ishonaman (albatta, buzg‘unchilari ham yo‘q emas).

Payme x Lokals Mosaicvertising ("Mozaiklama") keysi bilan Kann sherlaridan yutish uchun harakat qilib ko‘risharkan.

Ishonamanki, ular buni uddalashadi. Omad tilayman 🦁

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov.

Hey, baraka topgur, olim odamsiz, "mentalitet" nima oʻzi? Uning ilmiy taʼrifi nima? "Biz"ning "oʻzimizga yarasha" qanday mentalitetimiz borki, rektorlarni saylashga toʻsqinlik qilsin?

Oʻzbekiston xalqi hokimlarni saylashga, demokratiyaga, inson huquqlariga tayyor emas deydiganlarni eshitsam ensam qotadi. Prezidentni saylayapti-ku shu "tayyor boʻlmagan" xalq? Parlamentni saylayapti-ku shu"tayyor boʻlmagan" xalq?
Oʻtgan yili yangilangan Konstitutsiyani shu "tayyor boʻlmagan" xalq muhokamasiga olib chiqdinglar-ku?

Bir tarafdan, siyosatchilar xalqni "tayyor emas" desa, tushunsa boʻladi, siyosatchilar hokimlar saylanmasligi, hamma narsa "tepa"da hal boʻlishidan manfaatdordir balki - saylov payti "oʻtdimmi - oʻtmadimmi" deb jon hovuchlab oʻtirish, har bir qadami uchun xalq oldida hisobdor boʻlishdan koʻra shunisi tinchroqdir balki.

Lekin shu xalq ichidan chiqqan olim, ziyoli odam xalqni "tayyor emas" deb oʻtirsa ... Bilmadim, bilmadim.
Mirzo Zominiy
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar…
Menimcha, Kongratbay Sharipovning oʻziga qoʻyib berilsa, hech ham bunday demagan boʻlardi.

Komil akaning esa gapida jon bor – axir rektorlardan, hokimlardan boshqa hammani xalq saylab yotibdi.

Huv bir yozgan gaplarimga qaytaman – saylovlarda haqqingizni, huquqingizni tanib oling, koʻzni oching, azizlar.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Ayni paytda 37 million aholiga ega davlatning bosh sport kanali – “Sport” Chempionlar Ligasi yarim final oʻyinini boshqa chet el kanallaridan koʻchirib olib koʻrsatyapti.

Boshlovchilar darajasi oʻyinga mos, lekin kanal rahbariyati oʻz ishini eplolmagani uchun oʻzbekistonlik muxlislardan rasman uzr soʻrashi va xalqaro huquqlarga rioya qilib, jonli efirni tashkil etishi kerak.

Oʻzbekistonliklar jahon futbolini sifatli koʻrishga haqli axir, butun dunyodan 3 daqiqa keyinroq emas.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy
Madridning “Real” klubi 15-kubok tomonga dadil qadam tashlab, finalga yoʻl oldi.

Endi madridliklar “Borussiya Dortmund” bilan kurashadi.

Futbol muxlisi sifatida ora-sirada shunday baqir-chaqir qilib turamiz endi. Toʻgʻri tushunasiz, azizlar.

#DavraniKengroqOling

@mirzo_zominiy