Mirzayeev✍️
320 subscribers
1.89K photos
516 videos
38 files
843 links
Ибрат фарзандлари раис ўринбосари, ижрочи директори.

Ёшлар парламенти аъзоси, "Келажак лидерлари" клубининг президенти Дилшодбек Мирзаев

🇺instagram.com/dilshodbek_mirzaayev
🇺fb.com/ДилшодМирзаев
🇺https://t.me/lider_kitobxon
🇺TikTok.com/mirzayev_557
Download Telegram
Bir kun orzu,
Bir kun savdo tugaydi.
Bir kun uyqu,
Bir kun ro’yo tugaydi.
Behuda dunyoni quvlama jigar…
Bir kun qayg’u,
Bir kun dunyo tugaydi.

@mirzaayevv
Shoshilmasdan kiyindim. Bu esa bugunni, xuddi yakshanbadek his qilishimga sababchi bo‘ldi. 😁😁

@mirzaayevv
Siqilma (Muznavo.net)
Mashhur Muhammad
Siqilma mehmondir tanangda bu jon ham
Ko'p uchrar yo'lingda yaxshiyu yomon ham
Izlasang topilar har mushkulga iloj
Gar zamonga boqmasang boqmas zamon ham

Sandanam mandanam undanam bundanam
Bizdanam zo'rdanam qolar bu dunyo
Kamdanam ko'pdanam kengdanam tordanam
Yo'qdanam bordanam qidirma xato

@mirzaayevv
Al Musavvir 🙏

@mirzaayevv
Aslida odamlarning bir-biriga aytadigan gaplari yoʻq, qachon boʻlmasin ular oʻzi va oʻz tashvishlari haqida gapirayotgan boʻlishadi.

«Fyodor Dostoyevskiy»

@mirzaayevv
❤️‍🔥 "Yoshlar daftari" jamg'armasidan foydalanish tartibi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoniga muvofiq "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan ko'rsatiladigan ijtimoiy yordamlarga o'zgartirish kiritilgan, xususan:

Kasbiy ta'lim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yo'nalishida o'qiyotgan o'quvchi-talabalarning kontrakt to'lovlarning 50 foizgacha bo'lgan qismi, biroq BMH 50 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda to'lab beriladi (sirtqi va kechki ta'lim yo'nalishida o'qiydigan o'quvchi-talabalarga to'lab berilmaydi)

🌐 @mirzaayevv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tilini o'rgatish yo'lida yangi hamkorlik!

Bugun BMB Holding hamda "Ibrat farzandlari" loyihasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi!

Endilikda BMB Holdingning 150 nafar xodimi ingliz tilini zamonaviy "Ibrat Academy" platformasi orqali Super Start maxsus dasturida o‘rganadi.

Super Start dasturi davlat xizmatchilari, kompaniya va firma xodimlari, doimiy ishda bo'lib, til o'rganishga vaqt va imkon topa olmayotgan barcha uchun qulay va samaralidir.

BMB Holding o'z xodimlarining bilim va malakasini oshirish sari yangi qadam qo'ydi!
Zamonaviy bilim – kelajak garovi!


#InglizTili #OnlaynTalim #Ibratacademy #BMBHolding
#Hamkorlik

@mirzaayevv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Men o‘zgarmayman, aybdor emasman" DEB YASHASH OSON.

"Men xato qildim deb, aybini tan olish va o‘zgarish" — QIYIN.

Ammo aynan shu qiynalish orqasidan odam-odamga aylanadi.

Biz xato qilamiz — bu tabiiy.
Ammo aybni tan olmaslik, uni inkor qilish, uni oqlash — bu ruhiy o‘sishni to‘xtatadi. Ishonchni yo‘qotadi!

Tan olish — jasoratdir.
Tan olish — kamtarlikdir.
Tan olish — o‘zgarish uchun eshik ochishdir.


Siz xato qildingizmi? Ayting:
“Ha, men adashdim.”
Shunda qalbing yengillashadi. Ortiq himoyalanishga hojat qolmaydi.
Shunda qalbing o‘zgarishga tayyor bo‘ladi va siz rivojlanishni boshlaysiz.

Unutmang:
Har qanday chinakam baxt, o‘zgarish bilan boshlanadi.

Va har qanday o‘zgarish, tan olish bilan boshlanadi.


#ruhiytarbiya #hayothaqiqatlari #o‘zgarish #xato #tuyg‘ular

@mirzaayevv
Oʻzbeklarning, Oʻzbekchiligi.
Ota-Onaning uylantirish masalasida shoshganligi,
Oʻzbek tashkilotchilarining professional emasligi Abduqodir Husanovni ruhiyatini buzilishiga, professional formasidan chiqib qolishiga, xayollari chalgʻib qolishiga sabab boʻldi.

Bu esa, Husanovni zaxiraga mixladi!!!!

Toʻyni umuman qoldirish kerak, kamida bir yilga. Husanovni umuman cityga topshirish kerak, tinch qoʻyish kerak. Formaga qaytsin. Bu yigit xalqniki. Millatniki.
O‘zini ko‘rsatib o‘ynab ketsa, minglab O‘zbek yoshlari uchun ko‘prik bo‘lishi mumkin. Yoki aksincha!

@mirzaayevv
ERTAROQ UYG‘ONING

🌙Siz qanchalik erta uyg‘onsangiz,
shunchalik kuningiz barokatli bo'ladi.Bomdod namozidan so'ng qo'lingizni duoga ochib  allohimga iltijo qiling.

Ertaroq turish uchun albatta ertaroq uyquga ketishingiz kerak!
Telefondan kamroq foydalaning.

Soat o‘ndan keyin uxlang! O‘n bir emas, o‘n ikki emas, o‘ndan keyin.Bunga sabab o‘ndan keyin sizda uyqu garmoni melatonin ishlab chiqarila boshlaydi. Davomiyligi soat ikkigacha.Ushbu vaqt oralig‘ida uyquga ketishga harakat qiling.

Budilniklar haqida gapirganda: "Yana besh daqiqa" - degan so'zni ishlatmang.Chunki siz  shu iborani ishlatganingizda  irodangizni sindiryapsiz.

Ertalab yotoqdan turish qiyinmi? O'zingiz uchun qandaydir energiya toping!Tunning oxirgi uchdan birida o'qiladigan tahajjud namozining ajrlarini eslang.Allohimning sizga qanchalik yaqinligidan bahramand bo'ling!

@mirzaayevv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ibrat farzandlari” NNT va “BMB Holding” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Efir: 08.04.2025 | 12:00
#Toshkent
Muxbir: Arslon Umarov

@mirzaayevv
SOHIBQIRON AMIR TEMUR HAQIDA HAQIQAT

1. Buyuk imperiyani noldan, oddiy askarlikdan boshlab yakka oʻzi barpo etdi!

2. Uch qitʼani zir titratdi, Osiyo, Afrikaning eng qudratli hukmdorlarini boʻysundirdi, Yevropaning hamma qirollaridan tobelik maktublarini oldi!

3. 27 ta Sultonni tiz choʻktirdi, 20 ta buyuk yurish qilib, tamomila gʻalaba qozondi. Hech bir tarixchi uni biror marta yengildi deb yoza olmadi!

4. Yuzlab urushlarning barchasida toʻliq gʻalaba qildi va tarixga ismi "Yagona Yengilmas Xoqon" nomi bilan kirdi!

5. Sohibqiron Sibirning minus 40 daraja sovugʻida, Hindistonning 6O daraja issigʻida uz askarlari bilan birdek jang qilgan yagona sarkardadir!

6. Uz yurishlari bilan butun Osiyo hududiga teng 40 million km. hududni bosib oʻtdi!

7. Usmonlilar uch marotaba ololmagan Izmir shahrini 7 kunda bosib oldi, Chingizxon va uning avlodlari zabt etolmagan qalʼalarni osonlikcha egalladi, Aleksandr Makedonskiy olti yilda olga Hindistonni 12 oyda tiz choʻktirdi!

8. Oʻsha davrning eng qudratli 2 davlati - Chingiziylarning Buyuk Oltin Oʻrdasi va Usmonlilarning qudratli xoqonlarini ustidan shonli gʻalabaga erishdi!

9. Dinu diyonatni, Islom bayrogʻini hamisha baland kutardi, ulkan hududda toʻliq adolat oʻrnatdi!

10. Borgan joyida kurdi, bunyod etdi, oʻzidan ulkan madaniy, meʼmoriy yodgorlik qoldirdi Avlodlaridan esa dunyo tan olgan buyuk olimlar (Mirzo Ulugʻbek), yangi imperiyaga asos solgan buyuk sarkardalar (Zaxriddin Bobur) yetishib chiqdi!

@mirzaayevv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibrat farzandlarining Super Start maxsus dasturi orqali Sanoat Qurilish Bankning 500 nafar xodimlari ingliz tiliga onlayn oʻqitiladigan boʻldi.

Bizning maqsadimiz birgalikda rivojlanish.
Bu yoʻlda barcha davlat idoralari, banklar, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar va kompetensiyasini oshirmoqchi boʻlganlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

@mirzaayevv