Mirzayeev✍️
333 subscribers
1.91K photos
527 videos
38 files
844 links
Ибрат фарзандлари раис ўринбосари, ижрочи директори.

Ёшлар парламенти аъзоси, "Келажак лидерлари" клубининг президенти Дилшодбек Мирзаев

🇺instagram.com/dilshodbek_mirzaayev
🇺fb.com/ДилшодМирзаев
🇺https://t.me/lider_kitobxon
🇺TikTok.com/mirzayev_557
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi bosqich, yangi imkoniyatlar!

Bugun Yoshlar ittifoqi bilan muhim hamkorlikka qo‘l urdik! Endilikda “Ibrat Academy” ilovasidagi Super Start maxsus dasturi respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari orqali talabalarga keng targ‘ib qilinadi.

Bu memorandum — nafaqat hamkorlik hujjati, balki minglab yoshlarga xorijiy tillarni o‘rganishda yangi ufqlar ochuvchi qadamdir!

Super Start — til o‘rganishni xohlagan, ammo qayerdan boshlashni bilmayotganlar uchun ayni topilma!

@mirzaayevv
«Меҳрибонлик, камтарлик ва ширин сўз киши бошқалар қалбида қолдирадиган энг гўзал нарсадир».

@mirzaayevv
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik!

Shu kunlarda 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi.

Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan.

Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan.

“Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan.

Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi.

Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman.

Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq.

‼️ Ayniqsa bog’cha va maktablarda bolalarimizga Georgiy tasmasi taqishni mutlaqo taqiqlashimiz kerak. Qaysi tilda o’qiyotganining umuman farqi yo’q. Ota-onalar ham buni nazoratga olishsa, yaxshi bo’lardi.

@mirzaayevv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashkilotlarida ham hodimlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari va kompetensiyani oshirishlari uchun "Ibrat academy" ilovasidagi Super start maxsus dasturining Gold kartochkalari berilmoqda.

@mirzaayevv
Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid domla bilan suhbatda bo‘ldik.

Haqiqiy ilm egalari.

Ibrat farzandlari loyihasining maqsad va vazifalarni ham bir og‘iz so‘zdan anglab olishdi.

Duo qilishdi, faoliyatimizga omad tilashdi.

@mirzaayevv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI HAMKORLIK — YANGI IMKONIYATLAR!

Endi School 21 IT maktabining iqtidorli o‘quvchilari ingliz tilini "Ibrat Academy" ning Super Start dasturi orqali oson, samarali va kreativ tarzda o‘rganishadi!

Bu hamkorlik nafaqat bilim, balki kelajakdagi kasbiy yo‘lga ham eshik ochadi —
Ibrat farzandlari loyihasi esa maktabning eng namunali o‘quvchilarini ishga qabul qilishga tayyor!

Texnologiya va til — birlashganda, yangi yutuqlar boshlanadi!

@mirzaayevv
Имом Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳ айтадилар:

«Ёмонликнинг асоси учтадир:
1) ҳасад;
2) ҳирс;
3) дунёга меҳр қўйиш.

Ёмонликнинг шохобчалари олтитадир:
1) уйқуни; 2) бошлиқ бўлишни; 3) тўқликни; 4) мақтовни; 5) роҳатни; 6) фахрни яхши кўриш.

@mirzaayevv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv!

Bugun oliy ta’lim muassasalarining faol yoshlar yetakchilari bilan “Ibrat Academy” mobil ilovasidagi Super Start dasturining imkoniyatlari haqida ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdik.

Super Start – bu yoshlar uchun zamonaviy, interaktiv va eng muhimi, samarali o‘quv tajribasi!
Uchrashuv davomida ko‘plab yetakchilar hamkorlik qilish, dasturni o‘z talabalari orasida targ‘ib qilish istagini bildirishdi.

Bu esa shuni anglatadiki – kelajak uchun birgalikda harakat boshlanmoqda!

@mirzaayevv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yoshlar Ishlari Agentligi direktori va Senator Alisher Sa’dullayev Ibrat Debate Camp’ga tashrif buyurdi

@mirzaayevv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ibrat debate camp" ishtirokchilari bilan Ibrat farzandlari rahbariyati oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Campʼga bilimga chanqoq va juda iqtidorli yigit-qizlar yigʻilganiga guvoh boʻldik, yaqin kelajakda ular dunyoning Top 100 universitetlariga oʻqishga kirishlariga va vatanimiz uchun muhim kadrlar boʻlib yetishishlariga ishonchimiz komil.

Ibrat debate campʼning barcha ishtirokchilariga "Ibrat academy" mobil ilovasining Gold kartochkalari tarqatildi va ishtirokchilarni Ibrat farzandlarining hududlardagi elchilari sifatida eʼlon qildik. Endi ular Ibrat farzandlari nomidan bemalol barcha bilan suhbat qilishlari mumkin.

@mirzaayevv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamkorlik davom etadi.

Bu safargi manzilimiz Toshkent ijtimoiy innovatsiyalar universiteti bo‘ldi.

Talabalar va universitet rahbariyati bilan, xorijiy tillarni o‘rganishni universitetda ommalashtirish yuzasidan kelishuv amalga oshirildi va Ibrat academy mobil ilovasining Gold kartochkalari talabalarga tarqatildi.

@mirzaayevv
☺️😊🇺🇿🇺🇿🌍🇺🇿🌎


Biz uchun muhim bo‘lgan belgilar))))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Коинотнинг барча тартиблари ва тартибсизликлари инсоннинг ичида яширинган. Шайтон, ташқаримизда бизни адаштириш учун, йўлимизни пойлаётган қўрқинчли бир махлуқ эмас, балки ичимиздаги биргина овоздир. Шайтонни фақатгина ўзингда, ичингда изла, бошқалардан, ташқаридан эмас. Ва унутма, нафсини таниган батаҳқиқ Роббисини танийди. Бошқалар билан эмас, фақатгина ўзининг айби билан банд бўлган инсон, оқибатда мукофот ўлароқ Роббисини танийди.

@mirzaayevv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Super Start bilan xorijiy tillarni qulay va kreativ usulda o‘rganishni boshlang.

Toshkent Iqtisodiyot universitetida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdik. Eng faol talabalarimiz esa Super Start Gold kartochkalariga ega bo‘lishdi!

Endi ular bilan birga til o‘rganish — zamonaviy, qulay va samarali!

@mirzaayevv