Mirodil Mavlonov
20 subscribers
73 photos
12 videos
1 file
53 links
Murojat uchun: @mirodil_o1
Download Telegram
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik!

Shu kunlarda 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi.

Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan.

Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan.

“Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan.

Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi.

Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman.

Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq.

‼️ Ayniqsa bog’cha va maktablarda bolalarimizga Georgiy tasmasi taqishni mutlaqo taqiqlashimiz kerak. Qaysi tilda o’qiyotganining umuman farqi yo’q. Ota-onalar ham buni nazoratga olishsa, yaxshi bo’lardi.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
Mirodil Mavlonov
https://osiyo-academy.netlify.app/
Toshkent shahrida
🇺🇸 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇰🇷 Koreys tili
✖️ SAT kurslari

🚇 Metrodan 100 metr uzoqlikdagi oʻquv binosi.
🧑‍🏫 Tajribali ustozlar.
📈 Haftalik oʻquvchilar reytingi.

@osi0_academy

93 586 99 96 | Instagram
Over-complexity

Loyihaga qo'shilganimga ko'p bo'lib qoldi. Ammo, kodlarga tushunishda biroz qiyinchiliklar bo'lyapti. Sababi esa, sodda narsalarni ham juda og'ir darajada qiyinlashtirib yozilgani. Backend'chilar Frontend yozishibdi 🙂

Biror narsani tez hal qilaman deb yoki dinamik ishlaydigan qilaman deb ko'pincha shunday kodga aylantirib qo'yishadi. Qayerdan nima kelayotganini bilmay o'tiraveradi kishi.

Oltin qoidani aytaymi?

Loyihangizda quyidagi uchta narsani ajratib oling:

UI, Logic va Data.

Ulashishni unutmang ✈️

#tips

@JoshDeveloper
👍1🔥1
🛳 Kemaning bandargohda turishi xavfsizroq, lekin u bu uchun yaralmagan!

@mirodil_dev | Instagram
👍1🔥1
📚 Har bir daqiqasi foydali loyihaga marhamat!

📌 “Mutolaa”
marafonida siz turli xil sohalarning eng kuchli mutaxassislari bilan olib boriladigan manfaatli suhbatlarda qatnashasiz.

••• Qolaversa, bir dona kitob oʻqib 5 million soʻmgacha, eng faol targʻibotchi bo’lib 4 million so’mlik pul mukofotlari yutib olishingiz, yuzlab sovgʻalar, kitoblar va bonuslarga ega boʻlishingiz mumkin.

🔥 Eng qizig'i - loyihada ishtirok etish mutlaqo BEPUL 👇

https://t.me/mutolaamarafon_bot?start=6064471708
https://t.me/mutolaamarafon_bot?start=6064471708
Ajoyib xabar 🔥

https://t.me/mirodil_dev
Hooked: How to Build Habit-Forming Products

Bu kitob odatga aylanadigan mahsulotlarni qanday ishlab chiqishni o'rgatadi. Uni nafaqat yangi mahsulot ishlab chiqishda, balki boshqa mahsulotlarga ortiqcha bog'lanishni oldini olishda ham qo'llash mumkin.

Buning uchun Fogg Behavior Model'ni tushunish zarur. Bu modelga ko'ra, biror xatti-harakat yuz berishi uchun uchta omil bir vaqtda sodir bo'lishi kerak:

- Motivatsiya (Motivation)
- Qobiliyat (Ability)
- Turtki (Prompt)

Formulasi: B = M × A × P
(B - xatti-harakat; M - motivatsiya; A - qobiliyat; P - turtki)

- - - - - - - -

Instagram misolida:

Harakat: Instagram'ni ochib, skroll qilish.

Turtki: "Do'stingiz yangi surat joyladi" degan bildirishnoma.

Motivatsiya: Yangiliklardan xabardor bo'lish va ozgina chalg'ish istagi.

Qobiliyat: Juda oson - bitta tap bilan ochiladi.

Uchala omil bir vaqtda bo'lsa, siz Instagram'ni ochasiz va skroll qilasiz.

- - - - - - - -

Agar biror omil yetishmasa, nima bo'ladi?

Turtki yo'q bo'lsa: Bildirishnoma kelmasa, esingizga tushmaydi va ochmaysiz.

Motivatsiya past bo'lsa: Band bo'lsangiz yoki qiziqishingiz yo'q bo'lsa, ochishni xohlamaysiz.

Qobiliyat (imkoniyat) yo'q bo'lsa: Internet bo'lmasa yoki telefon ishlamasa, ocholmaysiz.

- - - - - - - -

Odatdan qutulish uchun kamida bitta omilni yo'q qilish kerak.

Turtki: Butunlay yo'qotish qiyin, do'stingiz link yuborishi yoki o'zingiz eslab qolishingiz mumkin.

Motivatsiya: Kuchli iroda bilan pasaytirish mumkin, ammo ko'pchilik uchun bu qiyin.

Qobiliyat: Eng samarali yo'l - Instagram ilovasini o'chirish yoki akkauntni yopish. Shu tarzda, bir omil yo'q qilinadi va odatning yo'qolishiga erishiladi.

Demak endi siz qanday qilib odatdan qutulishni bildingiz. Endi buni amalda qo'llash qoldi xolos.
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Sun’iy intellekt ilk marta “Zakovat” klubida rasmiy apellyatsiya hakami sifatida qaror qabul qildi

Bugungi kunda sun’iy intellekt imkoniyatlari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda “Zakovat” intellektual klubi ham chetda qarab turmasdan, o‘z faoliyatida SIdan foydalanishni boshlab yubordi.

Ikkinchi liga o‘yinlarining kuzgi mavsumida sinov tariqasida ilk marta 2 ta sun’iy intellekt dasturi — ChatGPT hamda Gemini rasman apellyatsiya hakami sifatida ishlaydigan bo‘ldi. Kecha ularning ilk qarori e’lon qilindi va bu sana tarixiy kun bo‘ldi, desak ham bo‘ladi. SI xulosalarini mana bu yerda to‘liq o‘qib chiqsangiz bo‘ladi, qiziq suhbat bo‘lgan:
👉 ChatGPT;
👉
Gemini.

Hozircha bu sinov bo‘lgani uchun, qaror qabul qilish SIga to‘liq ishonib topshirilmadi, balki 3+2 formatidan foydalaniladi. Ya’ni 3 nafar bilimdondan iborat hakamlar bilan birga 2 ta SI ham ishlaydi. Baribir ko‘proq ovoz insonlarda qolmoqda. Ammo sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, kelgusida boshqa ligalar va yirik turnirlarda ham ishlatish, shuningdek, inson ishtirokisiz to‘liq SIga topshirishni ham o‘ylab ko‘ramiz.

Ma’lumot uchun: apellyatsiya hakami bahsli vaziyatlarda jamoalarning savolga bergan muqobil javoblari ham to‘g‘rimi yoki yo‘qmi, degan masalani hal qiladi. Masalan, qaysidir savolning to‘g‘ri javobi “choy”, lekin jamoa “qaynagan suv” deb yozib bergan. Shu javobga savol matnidan kelib chiqib, ochko berish mumkinmi yoki yo‘qmi, shu kabi masalani hal qiladi.



👉@xushnudbek👈
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buni ko’rmasangiz bo’lmaydi 😂😂

Dasturchilar juda yaxshi tushunadi )

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Bugun Vatanimiz bayrog'i qabul qilinganiga 34 yil bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda o'z mustaqilligini e'lon qildi va shundan so'ng 1991-yil 18-noyabrda  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qili.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bayrog'ing doimo hilpirab tursin jonajon O'zbekiston!

👉 @mirodill 👈
🔥3🥰1
Forwarded from 🇺🇿Bankxabar
❗️Ўзбекистонда карталардан СМС-кодсиз пул ечиб олиш ҳолатлари қайд этилмоқда

Бугун эрталаб бир қатор фойдаланувчилар банк карталаридан “PL Humans P2P H2H” номи билан маблағлар уларнинг розилигисиз ечилгани ҳақида хабар беришди.

Humans компанияси ходимлари маълумотига кўра, шу каби мурожаатлар сони 50 дан ошган. Пул ечилган фойдаланувчилар айтишича, транзакция ҳақида СМС-код ёки тасдиқ хабарлари келмаган.

Мутахассислар фуқароларга карталар ва онлайн тўлов хизматларига боғлиқ амалиётларни текшириб туриш, шубҳали ҳолатларда дарҳол банкка ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга мурожаат қилишни тавсия қилмоқда.

Манба

Каналга уланиш👉🏻 @Bankxabar
Channel photo removed
Channel photo updated
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreyada o'zbekcha gapiradigan politsiyachi. Yaxshi gapirar ekan Manba
👉@mirodill 👈
Toshkent bugun
👍1🔥1